MAVZU: MAKTABGACHA TA'LIM-UZLUKSIZ TA'LIMNING BOSHLANG'ICH BO'G'INI.
MUNDARIJA
KIRISH……......……………………………..…………………………
I-BOB.KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI. KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURINING MAQSAD VA VAZIFALARI..................................................................................
1.1.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Kadrlar tayyorlash
milliy dasturining maqsad va vazifalari ……………...............................
1.2.Kadrlar tayyorlash milliy modeli, uzluksiz ta`limni rivojlantirish tamoyillari…………………………………………………………….....
I-bob yuzasidan xulosa ………………………….……………….……...
II-BOB. MAKTABGACHA TA'LIM SOHASI UZLUKSIZ TA'LIM TIZIMINING BIRLAMCHI BO‘G‘INI................................................
2.1.Maktabgachata`lim konsepsiyasi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga qo`yilgan davlat talablari...............….............................................….......
2.2.Olib borilgan ishlarning amaliy tahlili …………….…………….......
II-bob yuzasidan xulosa…………………………….…………………....
XULOSA VA TAVSIYALAR………………….………………….......
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………….…………….…..
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimiz ta'lim tizimida uzoqni ko'zlab olib borilayotgan islohotlar bugun nafaqat jamoatchiligimiz, balki butun jahonda ham katta e'tibor bilan e'tirof etilmoqda.Bugun yangicha qiyofa kasb etgan, zamon talablari darajasida ta'mirlangan, eng so'nggi rusumdagi o'quv jihozlari bilan jihozlangan maktablar orzu emas ayni haqiqatdir.
Mamlakatimiz ravnaqi va islohotlarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan xalqning bilim darajasi va dunyoqarashiga bog'liq.
Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturining maqsadi ham komil inson tarbiyasiga qaratilgan. Maktabgacha ta'lim Konsepsiyasida: maktabgacha ta'Iimning tarkibi va mazmunini qayta ko'rib chiqish, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni, o'zbekxalqining milliy an'analari, qadriyatlari, xalq ijodiyotining o'ziga xosligi, tilda o'z aksini topuvchi tafakkur xususiyatlari xalq pedagogikasining ulkan tajribasi oiladagi o'zaro munosabat, milliy o'z-o'zini anglash, boshqa xalq madaniyatidagi ijobiy xususiyatlarini uyg'unlashtirish masalalari, maktabgacha va oila ta'limida hal etilmoqda.
Maktabgacha ta'lim bola sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta'lim bola 6-7 yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |