Kafedra: jamoat salomatligi, sog'liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish


Download 47.52 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.07.2017
Hajmi47.52 Kb.
#11667

KAFEDRA:  JAMOAT SALOMATLIGI, SOG'LIQNI SAQLASHNI 

TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH 

Fan: Jamoat salomatligi va sog'liqni saqlashni boshqarish 

 

MAVZU: DYeMOGRAFIYa, UNING 



TIBBIYoT VA SOG'LIQNI 

SAQLAShDAGI O'RNI 

 


• Demografiya – (yunoncha demos – aholi, grafiya – 

o'rganaman) aholi va uning rivajlanishi haqidagi fan. 

• Demografik statistika aholining soni, tarkibi, tug'ilishi, 

o'limi, ko'payishi, harakati haqidagi asosiy 

qonuniyatlarni o'rganadi. Demografik ma'lumotlar 

aholining tibbiy yordamga bo'lgan ehtiyojini qondirish 

uchun, uni rejalashtirishda katta ahamiyatga ega 

(muqim shifoxonadagi o'rinlar soni, poliklinikadagi 

lavozimlar, shtatlar, yasli, sanatoriyalardagi o'rinlar 

soni, vrachlar va o'rta tibbiyot xodimlarining, 

dorixonalarning soni va boshqalar).  


• Aholi, sog'liqni saqlash muassasalar uchun bevosita 

sog'lomlashtirish ishlari olib boriladigan ob'yekt 

hisoblanadi. 

• Demografiya ikkita asosiy  qismdan iborat: 

• Aholini statikasi, boshqacha qilib aytganda aholining 

ma'lum bir vaqtda olingan soni, tarkibi ( jinsi, yoshi, kasbi, 

mashg'uloti, oilaviy ahvoli, millati, tili, ma'lumoti), turar 

joyi, geografik  joylanishi, zichligi haqidagi ma'lumotlarni o'z 

ichiga oladi. 

• Aholi dinamikasi (harakati) - aholi sonining o'zgarashi. U o'z 

navbatida ikki xil bo'ladi:  

•  a) mexanik  harakat; 

•  b) tabiiy harakat (tug'ilish va o'lim natijasida).  

 


• Aholi statikasi haqidagi ma'lumotlarni olish 

uchun asosiy manba bo'lib davlat tomonidan 

davriy ravishda o'tkaziladigan aholini ro'yxatga 

olish hisoblanadi. Chor Rossiyasi davrida 

birinchi marta aholini ro'yxatga olish 1897 

yilda o'tkazilgan. Sobiq Ittifoq davrida 1920y., 

1926y., 1936y., 1959y., 1970y. va 1989 yillarda 

davlat tomonidan umumaholi ro'yxati 

o'tkazilgan. Oxirgi aholi ro'yxati 1989 yil 12 

yanavarda o'tkazilgan.  

 


• Aholi  ro'yxati lahzalik prinsipiga asoslangan bo'lib, u 

aniq  bir kun va soatda,  aholi eng kam harakat 

qiladigan payti, qish faslining dekabr yoki yanvarida 

o'tkaziladi va u barcha aholini ro'yxatdan o'tkazishga 

asoslangan. Aholini ro'yxatdan o'tkazish barcha 

territoriya bo'yicha bir xil dastur va reja asosida 

bevosita so'rov     usullari orqali amalga oshiriladi. 

Aholini ro'yxatdan o'tkazish juda katta mehnat,  kuch, 

mablag'ni talab qilganligi uchun ham odatda 10 yilda 

bir marta o'tkaziladi.  

• Aholi zichligi – 1 km

 maydonga to'g'ri  kelgan aholi 



soni.  

• Aholi dinamikasi (harakati). Aholining ichida 

tabiiy va mexanik (migratsiya jarayonlari) 

harakat farqlanadi. Aholining tabiiy harakati 

deganda, asosiy demografik jarayon tug'ilish 

va o'limning natijasida ma'lum bir 

territoriyada aholi sonining o'zgarishi 

tushuniladi. 

 


• Migratsiya deganda esa aholining bir davlat ichida 

yoki bir davlatdan ikkinchi davlatga mexanik 

ravishdagi harakati tushuniladi. Migratsiyaning 

har xil formalari bo'lib birinchi navbatda tashqi 

migratsiya – davlatlararo va ichki migratsiya – bir 

davlatning ichidagi harakat tushuniladi. Ichki 

migratsiya ham ikki xil bo'ladi. Masalan: doimiy 

yashash joyini o'zgartirish natijasidagi harakat va 

mavsumiy migratsiya – aholining ma'lum bir 

vaqtdagi (mavsumdagi) harakati va boshqalar. 

Migratsiya jarayonlari katta ijtimoiy - gigiyenik va  

epidemiologik  ahamiyatga ega:  

 


• a) aholining mexanik harakati ma'lum bir 

territoriyada aholining son jihatdan ko'payishiga, 

boshqa bir territoriyada esa kamayishiga, 

aholining yoshi, jinsi, kasbi bo'yicha tarkibini 

o'zgarishiga olib keladi. Bu esa o'z navbatida 

sog'liqni saqlash   muassasalarining faoliyatini  

ko'rib chiqishni talab etadi; 

• b) aholining mexanik harakati, ayniqsa 

davlatlararo migratsiyasi natijasida u yoki bu 

davlatda yuqumli kasalliklarni kelib chiqishiga olib 

keladi. 

 


• Aholining tabiiy harakati. Aholi – odamlardan tashkil 

topgan, demografik hodisalar esa aholida odamlarga 

tegishli bo'lgan belgilardan tashkil topgan. Demak, 

jamiyat orasida uchraydigan boshqa hodisalar kabi, 

kuzatilayotgan voqealar soni aholining umumiy soniga 

bog'liq. Shuning uchun ham, kuzatilayotgan  hodisaning   

kattaligi, intensivligi haqida  so'z yuritar ekanmiz, uning 

mutloq sonlardagi   kattaligini bilish yetarli emas. Aholi  

orasida bo'layotgan jarayonlar haqida  aniqroq  

ma'lumotlar olish uchun shu hodisalarning ular kelib 

chiqqan muhitga, ya'ni aholi soniga taqqoslashimiz 

kerak. 


 

• Bu esa demografik ko'rsatkichlar degan 

qiymatlardan foydalanishni talab etadi. Ammo 

bu yerda muhim bir holni esdan chiqarish 

kerak emas. Gap shundaki, demografik  

jarayonlarning soni, kattaligi, ma'lum vaqt  

oralig'iga to'g'ri keladi. Masalan: tug'ilishlar  

soniga: bir yildagi yoki bir oydagi tug'ilishlar 

kirishi mumkin. 

 


• Aholi soni esa yilning oxiriga yoki boshiga olingan 

bo'ladi. Shuning uchun ham  demografik 

ko'rsatkichlarni taqqoslash imkoniyatiga ega 

bo'lish uchun birinchi navbatda o'rtacha aholi 

sonini keltirib chiqarish kerak. Ko'pincha aholining 

o'rtacha soni sifatida uning yil boshidagi (1.01) va 

yil oxiridagi (31.12) sonining yig'indisini yarmi 

olinadi. Aholining yillik o'rtacha soni 

aniqlangandan so'ng tuman, viloyat, shahar, 

respublika bo'yicha aholining tabiiy harakatini 

tashkil etuvchi asosiy tibbiy - demografik  

ko'rsatkichlar hisoblanadi: 

 


1.Tug'ilish ko'rsatkichlari  

a)  umumiy tug'ilish  =    tirik  tug'ilganlar  soni x 1000 



      ko'rsatkichi                  aholining yillik o'rtacha soni 

  



b) umumiy serpushtlik  =   tirik  tug'ilganlar soni x 1000 

    ko'rsatkichi                         15-49 yoshli ayollar soni 



  



v) nikohdagi ayollar-         nikoxdagi ayollardan tirik  tug'il - 

    ning serpushtlik        = gan bolalar soni x1000 



    ko'rsatkichi                       15-49 yoshli nikoxdagi ayollar soni 

g) Ayollar yoshlari bo'yicha tug'ilish ko'rsatkichi – bu ko'rsatkich 15-49 yoshli 



ayollarda bir  yoki  besh yillik  intervallarda o'rganiladi. Masalan: 20 dan 24 

yoshgacha bo'lgan  ayollar orasidagi tug'ilish ko'rsatkichi quyidagicha hisoblanadi: 

20-24 yoshli ayollardan tirik   tug'ilgan   bolalar soni x1000 



                          20-24 yoshli ayollar soni 

 


2. O'lim  ko'rsatkichlari 

 

 



a) umumiy o'lim     =       o'limlar soni x 1000 

    ko'rsatkichi                  aholining yillik o'rtacha soni 



  



b) ayrim yoshlar              ma'lum masalan 20-24 yoshda o'lganlar  

    bo'yicha o'lim       =      soni x 1000 



    ko'rsatkichi                   shu yoshdagi (20-24 yosh) aholining yillik   

                                                             o'rtacha soni 



  



v) alohida kasalliklar bo'yicha o'lim ko'rsatkichi = 

   alohida olingan kasallikdan o'lganlar soni x 1000 



   aholining yillik o'rtacha soni 

  



g) o'lim sababla-           aloxida olingan kasallikdan o'lganlar 

   rining  tarkibi   =                      soni x 100 



     


 

 

 ja'mi o'lganlar  



• 3. Aholining tabiiy o'sish  ko'rsatkichi = umumiy 

tug'ilash ko'rsatkichi – umumiy      o'lim ko'rsatkichi. 

• Bir yoshgacha bo'lgan bolalar o'limini 

ko'rsatkichlarini hisoblash usullari. Bir yoshgacha 

bo'lgan bolalar o'limini hisoblash uchun alohida 

ko'rsatkichlardan foydalaniladi. Ularni hisoblash usullari 

quyidagicha: 

•   

• Bir yoshgacha  bo'lgan  bolalar o'limi ko'rsatkichi= 



• Joriy yilda 1 yoshgacha o'lgan bolalar soni x1000 

• Joriy yilda tirik  tug'ilgan   bolalar soni 

 


• Ushbu usulni 2 yil oralig'ida (o'tgan  va joriy yillarda) tirik 

tug'ilgan   bolalar soni o'rtacha bir xil bo'lganda qo'llash 

tavsiya etiladi. Yil davomida 1 yoshgacha o'lgan bolalar 

orasida joriy yilda tug'ilgan  bolalar bilan bir qatorda o'tgan 

yili tug'ilgan  bolalar ham bo'lishi mumkin. Shuning uchun 

ham 1 yoshgacha bo'lgan  bolalar o'limi kattaligini  aniq  

hisoblash uchun ko'pincha I. Rats usulidan foydalaniladi: 

•   


• Bir  yoshgacha bo'lgan  bolalar o'limi   ko'rsatkichi= 

• Joriy yilda 1 yoshgacha o'lgan bolalar soni x 1000 

• joriy yilda tirik  tug'ilgan   bolalarning 2\3 qismi + o'tgan  

yilda tirik  tug'ilgan   bolalarning 1\3 qismi 

 


Bir yoshgacha bo'lgan bolalar o'limi quyidagi davrlarga bo'lib o'rganiladi. 

1.Neonatal o'lim - 1 oygacha bo'lgan bolalar o'limi,aniqrog'i birinchi 28 kunlik 



hayotidagi o'lim ( 0-27 kun 11 soat). 

Ko'rsatkich  quyidagicha  hisoblanadi: 



  



Neonatal o'lim =   0-27 kunlik  davrda o'lgan                 chaqaloqlar x 1000  

ko'rsatkichi             tirik  tug'ilgan  bolalar soni 



• Birinchi oyda o'lgan bolalar tashqi muhitga kam moslashganligi va 

ulardan ayrimlari tug'ruq paytida shikastlanishlarga uchraganliklari 

tufayli hayotining birinchi oyidagi o'lim ham har xil davrlarda har xil 

kattaliklarda bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham  birinchi oydagi 

bolalar o'limini ikki davrga bo'lib o'rganiladi: 

 


• a) Erta neonatal o'lim ko'rsatkichi = 

• 0-6 kunlik  (168 soat) davrda o'lgan chaqaloqlar x 1000 

•                 tirik  tug'ilganlar soni 

• b) Kech neonatal o'lim ko'rsatkichi = 

• 2-4 xaftalik  davrda  o'lgan bolalar x 1000 

•   


 

tirik  tug'ilganlar soni 

• 2. Postneonatal o'limga bir oylikdan bir yoshgacha bo'lgan bolalar 

o'limi   kiradi. 

•  Ko'rsatkich quyidagicha hisoblanadi: 

• Postneonatal o'lim  

• ko'rsatkichi              =    1-12 oylikda o'lgan bolalar soni x 1000 

•          tirik  tug'ilgan   bolalar – bir oylik  bo'lguncha (0-27 kun)  o'lgan 

bolalar soni 

 


• Perinatal o'lim ko'rsatkichi – o'lik  tug'ilganlik ko'rsatkichi va 

barvaqt o'lim   ko'rsatkichlarning oddiy yig'indisidan iborat 

emas, chunki bu ko'rsatkichlarni hisoblash uchun bir-

biridan farq qiladigan asoslar olinadi. 

• Perinatal davrga homiladorlikning 28 haftasidan boshlab to 

chaqaloq  7  kunlik  bo'lgancha bo'lgan davr kiradi.  

•   

• Perinatal o'lim  



• ko'rsatkichi    =          o'lik  tug'ilganlar bilan, bir hafta   ichida o'lganlar  

•  sonining yig'indisi  x  1000 

• tirik  va o'lik  tug'ilganlar soni 

 


 

 

 



               E'TIBORINGIZ UChUN RAXMAT ! 

 

Download 47.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling