Kafedra: jamoat salomatligi, sog'liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish
Download 327.51 Kb. Pdf ko'rish
|
3.O'RTACHA MIQDORLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: ORTAChA MIQDORLAR VA ULARNING TIBBIYoTDA QOLLANILIShI
KAFEDRA: JAMOAT SALOMATLIGI, SOG'LIQNI SAQLASHNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH Fan: Jamoat salomatligi va sog'liqni saqlashni boshqarish
ULARNING TIBBIYoTDA QO'LLANILIShI
• Statistikada o'rtacha qiymatlar katta ahamiyatga ega. Ular yordamida bitta son bilan kuzatilayotgan voqeaga umumlashtirilgan holda baho beriladi. Aholini jismoniy rivojlanishiga, sog'lom va kasal organizmda kechayotgan har - xil jaryonlarga, ayrim kasalliklarni muqim shifoxonalarda davolanish muddatini aniqlashda, dori –darmonlarni samaradorligiga va boshqa ko'pgina masalalarga baho berishda o'rtacha miqdordan foydalaniladi. • O'rtacha qiymatlarni olish uchun variotsion qator tuziladi. Voqealar va hodisalar o'z kattaliklariga qarab o'sib yoki kamayib borish tartibida joylashtirilgan va ularning takrorlanish sonlari bilan birgalikda tuzilgan qatorlarga variatsion qator deyiladi. • Variatsion qator varianta (V) va ularning takrorlanishini ko'rsatuvchi (R) sonlardan tashkil topadi. Varianta (V) - o'rganilayotgan belgini sonlarda ifodalangan kattaliklaridir. Chastota yoki • takrorlanish darajasi (R) – har bir vari-antani necha marta uchraganligini ko'rsatadi.
• Variatsion qatorlar uch xil bo'ladi: oddiy, guruhli, interval-guruhli. Oddiy variatsion qatorlarda har qaysi varianta bir martadan ko'p uchramaydi. Kuzatuvlar soni ko'p bo'lganda bir xil kattalikka ega bo'lgan variantalar guruhlarga ajratiladi va shu yo'l bilan guruhli variatsion qator tuziladi. Kuzatuvlar soni ko'p, boshlang'ich va oxirgi variantalar orasidagi amplituda katta bo'lganda, qo'shni variantalarni bir-biriga qo'shish yo'li bilan ma'lum intervallar bo'yicha variatsion qator tuziladi.Bunday variatsion qatorni interval-guruhli variatsion qator deyiladi.
• Guruhli variatsion qatorlar tanaffusli (diskretli) va tanaffussiz bo'ladi. Tanaffusli variatsion qatorlarda variantalar bir-biridan birdan kam bo'lmagan kattaliklarda farq kiladi. Masalan: bir daqiqadagi yurak urishlari, nafas olishlari soni, guruhdagi talabalar soni va hokazo. Tanaffussiz qatorlarda variantalar bir- biridan butunning o'nliklar, yuzliklar bo'laklarida farq qilishi mumkin. Masalan, vazn, tana uzunligi va hokazolar.
• Sanitariya statistikasida eng ko'p ko'llaniladigan va foydalaniladigan kattalik bu o'rtacha arifmetik qiymatlardir. Variatsion katordan o'rtacha arifmetik qiymat (M), o'rtacha kvadratik og'ish (σ) va o'rtacha xatolik (m), bir necha usullarda keltirib chiqariladi.
• 1. Oddiy usul. Variatsion qatordagi har qaysi varianta bir martadan ko'p takrorlanmaganda yoki barcha variantalar bir xil sonda takrorlanganda o'rtacha arifmetik qiymat oddiy usul bilan topiladi. Bunda variantalarni oddiy bir - biriga qo'shib, topilgan yig'indini kuzatuvlar soniga bo'linadi.
• O'rtacha arifmetik qiymat • ΣV • M = ―― • n • O'rtacha kvadratik og'ish • ΣdІ • σ = + √―― • n • O'rtacha arifmetik qiymatning o'rtacha xatoligi (kuzatuvlar soni 30 dan ko'p bo'lganda). • σ • m =+ ―― • √n • O'rtacha arifmetik qiymatning o'rtacha xatoligi (kuzatuvlar soni 30 dan kam bo'lganda). • σ • m = +――― • √n-1 • Bu yerda: • V – varianta; • n – kuzatuvlar soni; • Σ – yig'indini ko'rsatuvchi belgi (epsilon); • d – variantalarni o'rtacha arifmetik qiymatidan farqi( d =V - M)
• O'rtacha qiymatlarni hisoblashda quyidagi shartlarga rioya qilinishi kerak: • Tuzilgan variatsion qatordagi materiallar mazmuni bir xil bo'lishi kerak (yoshi, jins, kasbi, tashxis, va hokazo). • Kuzatuvlar soni yetarli bo'lishi shart. • Variatsion qator tarqoq bo'lmasligi kerak: • a) variatsion qatorning tarqoq emasligini va o'rtacha qiymatning tipik ekanligini o'rtacha kvadratik og'ish (σ) orqali aniqlanadi. Agar M+1σ da kamida – 68, 3 %, M+2σ da – 95, 5 %, M+3σ da 99, 9 % kuzatuvlar soni joylangan bo'lsa, variatsion qator zich, kuzatilayotgan majmua esa simmetrik, o'rtacha arifmetik qiymat tipik hisoblanadi. • b) Sanitariya statistikasida jismoniy rivojlanishni baholash uchun o'rtacha kvadratik og'ishdan foydalaniladi: • M+1σ – oralig'idagi kattaliklarni o'rtacha qiymatlr; • M+1σ dan, +2σ gacha – o'rtadan yuqori qiymatlar; • M+2σ dan, +3σ gacha – yuqori qiymatlar; • M- 2σ dan, -1σ gacha – o'rtadan past qiymatlar; • M- 3σ dan, -2σ gacha – past qiymatlar deb hisoblanadi.
v) o'rtacha kvadratik og'ish yordamida o'rtacha arifmetik qiymatning o'rtacha xatoligi (m) aniqlanadi. σ σ m =+ ―― ; n ≤ 30 bulsa m =+ ―― √n √n-1 • 2. Vazn usuli. Bu usul har – bir varianta bir necha bor takrorlanib kelganda, kuzatuvlar soni bir necha ko'p bo'lganda (30 dan ko'p) qo'llaniladi. O'rtacha arifmetik qiymatlarni vazn usulida hisoblash uchun variatsion qator tuziladi va har bir variantani (V), uning takrorlanish soniga (R) ko'paytirib, ularning yig'indisi ΣVR ni topiladi. So'ngra olingan yig'indini kuzatuvlar soniga bo'lib (n), o'rtacha arifmetik qiymat topiladi: • ΣVR • M = ―― • n
• vazn usulida o'rtacha kvadratik og'ish (σ) bir necha bosqichlarda hisoblab topiladi: • O'rtacha arifmetik qiymat topiladi (M) • Har bir variantning o'rtacha arifmetik qiymatdan farqi (d=V-M) topiladi. • Har bir olingan farqni kvadratga ko'tariladi (d 2 ).
• Farqlarni kvadratini tegishli chastotaga, ya'ni takrorlanishlar soniga (d 2 P) ko'paytiriladi. • Yuqoridagi ko'paytmalarning yig'indisi topiladi (Σd 2 ) • Formula asosida o'rtacha kvadratik og'ish hisoblab topiladi. • 3. Lahza usuli. O'rtacha arifmetik qiymatni lahza usulida hisoblash variatsion qatordagi har - bir varianta bir - necha bor takrorlanib kelganda, kuzatuvlar soni ko'p bo'lganda, hamda matematik hisoblashlarni soddlashtirish uchun qo'llaniladi. O'rtacha arifmetik qiymatni lahza usulida hisoblash formulasi: • Σ d
P • M = M 1 + ――― • n • M – izlanayotgan o'rtacha arifmetik qiymat; • M 1
• O'rtacha arifmetik qiymatni lahza usulida hisoblash bir necha bosqichdan iborat:
• Variatsion qator tuziladi. • Shartli o'rtacha qiymat (M 1 ) qabul qilinadi. • Shartli o'rtacha qiymatdan variantalar farqi (d=V–M 1 ) topiladi. • Har bir variant bo'yicha olingan farq, variantalarning takrorlanish soniga ko'paytiriladi (d x P). • Olingan ko'paytmalarning (Σ dP) yig'indisi topiladi. • Olingan yig'indini kuzatuvlar soniga bo'linadi va shu yo'l bilan shartli o'rtacha arifmetik qiymatdan, variantalarning o'rtacha farqi topiladi – lahzaning birinchi darajasi (ΣdR/ n). • 7) Shartli o'rtacha arifmetik qiymatga lahzaning birinchi darajasini qo'shish yo'li bilan izlanilayotgan haqiqiy o'rtacha arifmetik qiymat topiladi (o'rtacha farq musbat sonni tashkil etsa, bu farq shartli o'rtacha arifmetik qiymatga qo'shiladi, manfiy sonni tashkil etsa ayriladi).
• Σ d
P • M = M 1 + ――― • n •
•
• • ΣdІ • σ = + √―― • n • • σ • m =+ ―― • √n
E'TIBORINGIZ UChUN RAXMAT ! Download 327.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling