Kafedra tarixi “Hayot faoliayti xafvsizligi”


Download 31.38 Kb.
Sana23.05.2022
Hajmi31.38 Kb.
#692102
Bog'liq
hayot faolyati xafsizligi
Skanerlar, Mavzu, inektsion eritpe, Normuminiva Shahnoza.Kurs ishi, mustaqil ish TDTU pustoy3, REJA, moliya va risklar, ClassVR-AR-Lesson-Plan-Science-The-Heart-Year6-v01r00-UK, shartnoma , a1a370035e4178b8f3a5efa6587400b2, DavrMobile 06.03.2022 16-28-55, gxp-13-umarov-murodjon, file, 1. O`zbekistonda bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo`, 32

Kafedra tarixi
Hayot faoliayti xafvsizligi” kafedrasi 1979 yilda sanoat korxonala­rida mehnatni muhofaza qilish masalalariga alohida ahamiyat berilganligi sababli tashkil qilingan. Dastlab kafedra «Mehnat muhofazasi va atrof muhitni muhofaza qilish» kafedrasi nomlangan. Kafesraga dotsent A.M.Sulaymonov, keyinchalik dotsent N.M.Popspirova, dotsent I.X.Domuladjanov, dotsent S.S.Sobirov, t.f.n. I.G‘.Mamirov, t.f.n B.S.Usmanov, t.f.n. X.M.Polvonov kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borgan. Hozirgi kunda t.f.n. O.K.Rahmonov kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Hozirda 5640200 – Mehnat muhofazasi va texnika xafvsizligi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. 
Kafedrada barcha o‘qitilayotgan fanlardan laboratoriya xonalari mavjud bo‘lib, ular ish qurilmalari, o‘lchov asboblari bilan ta’minlanganligi talabalarning olgan nazariy bilimlari bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalari ham ortib borish imkonini beradi. Bu esa sanoat korxonalari talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash imkoniyatlarini beradi.
Kafedra ta’lim yo’nalishlari:
Bakalavtiyat:
5640200 – “Mehnat muhofazasi va texnika xafvsizligi” ta’lim yo‘nalishi
KAFEDRADA O’QITILADIGAN FANLAR:
Bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida:

  • Hayot faoliyati xavfsizligi

  • Ekologiya, Sanoat ekologiyasi, Qurilish ekologiyasi

  • Standarlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish

  • Favqulotda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi

  • Mehnat muhofazasi

  • Yo’nalishga kirish

  • Yong’in xavfsizligi

  • Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi

  • Ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillar

  • Korhona zararligini baholash

KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVCHILARI

  • Rahmonov Ortiq Komilovich- kafedra mudiri, texnika fanlari nomzodi.

  • Domuladjanov Ibragimjon Xadjimuxamedovich - kafedra dotsenti, texnika fanlari nomzodi

  • Boyarinova Valentina Georgievna - kafedra katta o’qituvchisi

  • Mirzaeva Gulchera Sativaldievna - kafedra katta o’qituvchisi

  • Mamirov Ilxom Gofurjonovich kafedra - katta o’qituvchisi, texnika fanlari nomzodi

  • Abdug‘aniev Nazirjon Nabijonovich - kafedra katta o’qituvchisi

  • Jalilov Lutfiyor Sotvoldievich kafedra - katta o’qituvchisi

  • Teshaboev Abduvahob Marifovich - kafedra katta o’qituvchisi

  • Maxmudov Sodir Yusufalievich - kafedra katta o’qituvchisi

  • Qurbonova Umida Saetbekovna - kafedra assistenti

  • Turdialiyeva Mahzuna Muxtoraliyevna - kafedra assistenti

  • Xolmirzaev Yusufali Muxammadsaidovich - kafedra assistenti

  • Dadaqo‘ziev Muzaffar Raxnomoevich - kafedra assistenti

  • Ibragimova Gavharxon Orifjon qizi - kafedra assistenti

  • Domuladjonova Shahlo Ibragimovna - kafedra assistenti

  • Hodjayeva Ozodaxon Ergashevna - laboratoriya mudiri

  • Abdurahimova Oyimsoch Nishonboyevna - laborant

Kafedra jamoasi oldiga talabalarga zamonaviy bilim berish, o’quv uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish asosiy vazifalar etib belgilangan.
KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY-TADQIQOT ISHLARI
Kafedrada Farg’ona viloyati sanoat korhonalarini atmosfera va atrof muhirga chiqarayotagan chiqhindilarini kamaytirish, hamda tabiatni muhofaza qilish chora tadbirlarini ishlab chiqish mavzusida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga professor-o’qituvchilar tarkibi to’liq jalb qilingan.
Yuqoridagi ilmiy-tadqiqot mavzusi bo’yicha kafedra professor-o’qituvchilari sanoat korhonalari holati va ularning atrof muhitga ta’siri sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi.
Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi Fargona viloyati boshqarmasi, Farg’ona standarlashtirish va metrologiya boshqarmasi, Yagona buyurtmachi injiniring komponiyasi bilan hamkorlikda amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib boradi.
Download 31.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling