Kafedrasi husanov nishonboy abdusattorovich dilmurodova nilufar asatullayevna


Download 4.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/30
Sana15.12.2019
Hajmi4.06 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30

 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
TOSHKET MOLIYA INSTITUTI 
 
“TASDIQLYMAN” 
O’quv ishlari bo’yicha prorektor 
____________I.N.Qo’ziyev 
“__”________2018 yil 

307 
 
 
 
 
 
O’ZBEK TILI 
 
ISHCHI O’QUV DASTURI 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2018 
 
 
Fanning  ishchi  o’quv  dasturi  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‘rta  maxsus 
ta’lim  vazirligining  2017-yil  24-avgustdagi  603-sonli  buyrug’i  bilan  tasdiqlangan 
“O’zbek tili” fan dasturi asosida tayyorlangan. 
 
Fanning  ishchi  o’quv  dasturi  Toshkent  moliya  institutii  Kengashining  201_  yil 
“___”__________ dagi “____” - son bayonnomasi bilan tasdiqlangan. 
 
Tuzuvchilar: 
N.Husanov             
–TMI  “O‘zbek  va  rus  tillari”  kafedrasi 
professori, f.f.d.; 
Bilim sohasi: 
100000 
– Gumanitar 
 
200000 
–Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq 
 
 
 
Ta’lim sohasi: 
110000 
–Pedagogika 
 
230000 
–Iqtisod 
 
 
 
Ta’lim 
yo‘nalishlari: 
5230600  – Moliya; 
 
5230700  – Bank ishi; 
 
5230900  –  Buxgalteriya  hisobi  va    audit  (tarmoqlar 
bo‘yicha); 

308 
 
 
 
R.Xo‘jaqulova 
TMI , “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi  
katta o’qituvchi 
 
 
 
Taqrizchilar: 
O‘.Lafasov 
–  TDShI    “Tillar  va  pedagogika”  kafedrasi 
dotsenti, f.f.n.; 
 
D.Rasulmuhamedova  –  TMI  “O‘zbek  va  rus  tillari”  kafedrasi 
dotsenti, f.f.n. 
 
Fanning ishchi o’quv dasturi kafedraning 201_ yil “___”__________ dagi “____” – 
sonli  majlisida  muhokama  etilib,  fakultet  Kengashida  ko’rib  chiqishga  tavsiya 
qilingan. 
 
“O‘zbek va rus tillari” kafedrasi mudiri: 
201_ yil “___”_____ _______________ prof. N.Husanov 
 
Fanning  ishchi  o’quv  dasturi  “Moliyaviy  menejment”  fakultet  Kengashining  201_ 
yil “___”__________ dagi “____” – sonli majlisida muhokama etilib, institut o’quv-
uslubiy Kengashida ko’rib chiqishga tavsiya qilingan. 
 
“Moliyaviy menejment”  fakulteti dekani: 
201_ yil “___”_____ _______________ dotsent O.Astanakulov 
 
Fanning  ishchi  o’quv  dasturi  o’quv-uslibiy  fakultet  Kengashining  201_  yil 
“___”__________  dagi  “____”  –  sonli  majlisida  muhokama  etilib,  institut 
Kengashida ko’rib chiqishga tavsiya qilingan. 
 
O’quv-uslibiy bo’lim boshlig’i: 
201_ yil “___”_____ _______________ dotsent T.M.Baymuradov 
 

309 
 
Kirish 
“O‘zbek  tili”  fanini  o‘qitish  O‘zbekistonda  istiqomat  qiladigan  boshqa  millat 
vakillarining  davlat  tilini  puxta  egallashiga,  milliy,  madaniy  qadriyatlarni 
o‘rganishiga va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga, barcha sohalarda erkin 
fikr  almashishiga  hamda  mutaxassislik  doirasida    muloqot  yuritishiga  zamin 
yaratadi.  
“O‘zbek  tili”  fani  davlat  tilida  og‘zaki  va  yozma  muloqot  yuritish,  tilning 
orfoepik va imlo qoidalari, sohaviy terminologiya, mutaxassislik tili, monologik va 
dialogik  matn  tuzish,  nutq  uslublari,  sohaviy  hujjatlarni  tayyorlash  va 
rasmiylashtirish masalalarini qamrab oladi.  
Ushbu  fan  dasturi  ta’lim  o‘zga  tillarda  olib  boriladigan  oliy  ta’lim 
muassasalarida  davlat    tilini  o‘rgatish  uchun  me’yoriy  hujjat  sanaladi  hamda 
talabalar  o‘zbek  tilidan  egallashlari  shart  bo‘lgan  bilim,  ko‘nikma,  malakalarning 
zaruriy me’yorini asoslab beradi.  
“O‘zbek tili” fani gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar blokiga kiritilgan kurs 
hisoblanib,birinchi kursda o‘qitilishi maqsadga muvofiq.  
 
Fanning maqsad va vazifalari 
“O‘zbek tili” fanining asosiy maqsadi talabalarning kundalik, ilmiy va kasbiy 
sohalarda  faoliyat  olib  borishi  uchun  o‘qitishning  kommunikativ-nutqiy  tamoyili 
asosida ularda fan bo‘yicha egallangan bilim, ko‘nikmalarni muloqot va ish faoliyati 
jarayonida qo‘llash malakasini shakllantirishga qaratiladi.  
Fanning vazifalari:  
- nutqiy kompetensiyani rivojlantirish;  
-  og‘zaki  va  yozma  nutqda  sohaviy  terminlarni  samarali  qo‘llash 
ko‘nikmalarini shakllantirish;  
-  ixtisoslikka  oid  matn  tuzish,  uni  tahrir  va  tahlil  qilish  malakalarini  hosil 
qilish; 
-  sohaviy  hujjatlarni  tuzish,  shu  jumladan  elektron  hujjatlarni  to‘ldirish  va 
rasmiylashtirish  ko‘nikmalarini shakllantirish.  
 
Fan boyicha talabalarning tasavvur, bilim, konikma va malakalariga 
qoyiladigan talablar 
 
– 
o'zbek adabiy tili me'yorlari, nutq  uslublari to'g‘risida tasavvurga ega 
bo'lish; 
– 
kasbiy terminologiyani, og‘zaki va yozma nutq  hususiyatlarini bilish va 
ulardan foydalana olish
– 
matn  tuzish, 
uni 
tahlil  va 
tahrir    qilish,   sohaviy  hujjatlarni 

310 
 
tayyorlash va rasmiylashtirish, kasbiy muloqot  yuritish  ko'nikmalariga ega 
bo'lishi;
 
“O‘zbek tili” fanini davlat tili sifatida puxta egallash uchun har bir talaba 
o‘zbek tilining og‘zaki va yozma nutq shakllarini to‘liq o‘zlashtirishi; 
- uning so‘z boyligidan grammatik bilimlar asosida to‘g‘ri foydalana bilishi; 
-  kundalik turmush va tanlagan ixtisosligiga oid mavzularda o‘zbekcha erkin 
muloqotga kirisha olish malakalariga ega bolishi kerak. 
 
Fanning boshqa fanlar bilan ozaro bogliqligi va uzviyligi 
 
O‘quv  rejasining  ijtimoiy-gumanitar  fanlar  blokiga  kirgan  barcha  fanlar, 
xususan,  falsafa,  siyosatshunoslik,  ma’naviyat  asoslari  kabi  fanlar  bevosita  o‘zbek  
tili fani bilan bog‘liq hisoblanadi.  
O‘zbek    tili  fani  ta’lim  o‘zbek  tilida  olib  boriladigan  ixtisoslik  fanlari  bilan, 
shuningdek, rus tili, chet tili fanlari bilan qiyoslab o‘rganilgani uchun bu fanlar bilan 
uzviy aloqadadir.  
  
Fanning “Ta`lim-fan-ishlab chiqarish” integratsiyasi va innovatsiyon 
rivojlanishdagi orni 
 
Mustaqil  davlatimizda  o‘zbek  tilining  ijtimoiy  mavqeyi  tobora  ortib 
borayotganligi,  lotin  yozuviga  asoslanganyangi  o‘zbek  alifbosi  va  imlo 
qoidalarining  joriy  etilganligi,  ish  yuritishda  to‘liq  davlat  tiliga  o‘tilayotganligi 
barcha  mutaxassislarning  millatidan  qat’iy  nazar,  o‘zbek  tilini  puxta  egallashlarini 
taqazo etmoqda. Shuningdek, uzluksiz ta’limning barcha  bosqichlarida, jumladan, 
oliy o‘quv yurtlarining o‘qish boshqa tilda olib boriladigan guruhlarida ham o‘zbek 
tilini o‘rganish  muhim rol o‘ynaydi. 
 
Fanni o’qitishda qo`llanilishi tavsiya etilayotgan pedagogik, axborot va 
internet texnologiyalari 
Talaba “O’zbek tili” fanini o’zlashtirishda ta’limning innovatsion usullaridan 
foydalanishi,  yangi  pedagogik,  axborot  va  internet    texnologiyalarini  tadbiq  qilishi 
muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Fanni  o’zlashtirishda  o’quv-uslubiy  ta’minotdan 
foydalanilish  tavsiya  etiladi.  Amaliy  mashg’ulotlarda  turli  metod  va  vositalardan, 
xususan, aqliy  hujum, klaster, amaliy  ish va  didaktik  oyinlar, portfolio, keys-stadi, 
shuningdek, kompyuter dasturlaridan internet tizimlaridan foydalanish mumkin. 
 
“O’zbek  tili”  fani  1-kursning  I  va  II  semestrlarida  o’qitilib,  unda    amaliy, 
mustaqil ta’lim  mashg’ulotlari semestrlar bo’yicha quyidagi jadval asosida amalga 
oshiriladi. 
 

311 
 
 
5230600– Moliya, 5230700– Bank ishi, 5230900– Buxgalteriya hisobi va  audit 
(tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo’nalishlarida o’qitiladigan mavzular bo’yicha 
mashg’ulot turlariga ajratilgan soatlar hajmining taqsimoti 
t/r 
Fan mavzularining nomi  
Jami 
Shu jumladan 
Ma’ruza 
Amaliy 
mashg’ulot 
Mustaqil 
ta`lim 
1- modul 
1. 
O‘zbekiston - yagona Vatan 




2. 
O‘zbek tili - Davlat tili 




3. 
Milliy qadriyatlar -  millat iftixori 




4. 
Tarix va zamonamiz 




5. 
Ulug‘ ajdodlarimiz 




6. 
Vatan va vatanparvarlik 




7. 
Muzeylar  -  o‘tmish  va  kelajak 
orasidagi ko‘prik 




8. 
Kelajak - bilimli yoshlar qo‘lida 




9. 
Zamonaviy dunyoda ta’lim 




10.  Kitob mutoalasi 




11. 
Alisher Navoiy nomidagi 
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 




12. 
Adabiyot -  ma’naviyatni 
yuksaltiruvchi manba 




13.  Ommaviy axborot vositalari 




14.  Internet hayotimizda 




15.  O‘zbekiston va jahon 




16.  XXI asrda innovasiyalar 




17.  Davrimizning global muammolari 




18.  Tabiat va inson 




19.  Inson va salomatlik 





312 
 
20.  Huquqiy madaniyat 




21.  O‘zbekistonda oliy ta’lim 




22.  Ilm maskanimiz hayotidan 




23  Bo‘lajak kasbim 




24.  Hayot mening tasavvurimda 




25.  Ustoz maktabi 




26.  Kasbim tarixi 




27.  Iqtidor va mehnat 




28.  Yetuk mutaxassis 




  
1-semestr bo`yicha jami 
90 
 
56 
34 
2- modul 
29.  Kasb bayrami 




30.  Sharq akademiyalari 




31.  Ilm sari yo‘l 




32.  Kasb etikasi 




33.  Nutq odobi 




34.  San’at va ma’naviyat 




35.  Men sevgan asar 




36.  Iqtisod va hayot 




37.  Ish yuritish tili va uslubi 




38.  Hujjat turlari va xususiyatlari 




39. 
Tashkiliy  hujjatlar  va  ularning 
turlari 




40. 
Farmoyish  hujjatlari  va  ularning 
turlari 




41.  Ma’lumot-axborot hujjatlari 




42.  Ishonchnoma. Tilxat. 





313 
 
Tushuntirish xati 
43.  Dalolatnoma. Ma’lumotnoma 




44.  Majlis bayoni. Hisobot 




45.  Xizmat yozishmalari. Xatlar 




  
2-semestr bo`yicha jami 
60 

34 
26 
 
JAMI 
150 
 
90 
60 
“O‘zbek tili”  fanida nazariy mashg‘ulotlar ko‘zda tutilmagan. 
Amaliy mashg`ulotlarning mazmuni
 
 
1-Mavzu. “O'zbekiston - yagona Vatan” 
“O'zbekiston - yagona Vatan” mavzusidagi  matnni o'qish, mazmunini  to'liq  
tinglab  tushunish.  Matndagi  atama  va  iboralarning  ma'nosini  izohlash.  Vatan 
haqidagi    she'rlardan  namunalar  yod  olish.  Matndan  tayanch  so'z  va  iboralarni 
ajratib  yozish.  Matndagi  asosiy  fikrni  yozma  ravishda    ifodalash.    Respublika 
baynalmilal madaniyat markazi haqida qisqa ma'lumot yozish. Orfoepiya  qoidalari. 
O’zbek tilida tovushlar talaffuzi. 
 
2-mavzu. “O'zbek tili - Davlat tili” 
 
“O'zbek  tili  -  Davlat  tili”  mavzusidagi    matnni  o'qib  tushunish.  Matndagi 
asosiy  fikrni  ajratib  so'zlab  berish.  “Men  o'zbek  tilini  o'rganyapman”  mavzusida 
dialog  tuzish  va  uni  insenirovka    qilish. Mutafakkirlarning  til  haqidagi    fikrlaridan 
namunalar keltirish. O'zbek tilining imlo qoidalari. 
 
3-mavzu. “Milliy qadriyatlar - millat iftihori” 
 
“Milliy  qadriyatlar  -  millat  iftihori”  mavzusidagi    matnni  o'qib  tushunish. 
Matndagi  termin  va  iboralarning  ma'nosini  izohlash.  Matnga  munosabat  bildirib 
so'zlash.  Milliy  urf-  odatlarni  ta'riflab  berish.  Biror  milliy  bayram,  marosimdan 
olingan  taassurotlarni  yozish.  “Turli  millatlarning  urf-odatlari”  mavzusida  polilog 
tuzish va uni insenirovka  qilish. O'zbek tilida so'z yasalishi. 
 
4-mavzu. “Tarix va zamonamiz” 
  
“Tarix va zamonamiz” mavzusidagi  matnni o'qib tushunish. Matndagi termin 
va  iboralarning  ma'nosini  izohlash.    Matnni  qisqartirib  so'zlab  berish.  Tarixiy 
so'zlarning  zamonaviy  muqobillarini  topish.  Tarixiy  asar  yoki  filmlardan  biri 

314 
 
haqidagi  taassurotlarni  yozish.  Tarixiy  shaxslardan  birini  tasvirlash.  Tilning  leksik 
qatlamlari. 
5-mavzu. “Ulug’ ajdodlarimiz” 
  
“Ulug’  ajdodlarimiz”  mavzusidagi    matnni  o'qib  tushunish.  Matndagi  atama 
va  iboralarning  ma'nosini  izohlash.  Matnni  kengaytirib  so'zlab  berish.  Matnni 
qismlarga  bo'lib,  har  bir  qismni  nomlash.  Mashhur  allomalardan  biri  haqida  
taqdimot tayyorlash. 
Buyuk  allomalarimizning  asarlari  ro'yxatini  tuzish. 
Atamalar va ularning vujudga kelishi. 
 
6-mavzu. “Vatan va vatanparvarlik” 
 
“Vatan  va  vatanparvarlik”  mavzusidagi    matnni  o'qib  tushunish.  Matndagi 
termin  va  iboralarning  ma'nosini  izohlash.  Matnni  birinchi  shahs  nomidan  so'zlab 
berish.  Mavzu  bo'yicha  bahs-munozarada  ishtirok  etish.Tarixda    o'z    jasorati  bilan 
nom  qoldirgan  qahramonlar  haqida  hikoya  tuzish.  “Vatanparvarlik  nima?” 
mavzusida esse yozish. Davriy nashrlardagi maqolalar 
asosida    fidoyiligi    bilan
 
tanilgan  zamondoshlarimiz    haqida  ma'lumot  tayyorlash.  Ijtimoiy-siyosiy 
leksika. 
 
7-mavzu. “Muzeylar - o'tmish va kelajak o'rasidagi ko'prik” 
 
“Muzeylar - o'tmish va kelajak o'rasidagi ko'prik” mavzusidagi  matnni o'qib 
tushunish. Matndagi termin  va iboralarning  ma'nosini  izohlash.  Matnga  munosabat 
bildirib  so'zlash.  O'zbekiston  muzeylaridan  biri  haqida  taqdimot  tayyorlash. 
Jahonning  mashhur  muzeylari  haqida    qiziqarli  ma'lumotlar  tayyorlash.  Soha 
muzeyi haqida matn tuzish. Sohaviy terminlar va ularning  qo’llanishi. 
 
8-mavzu. “Kelajak bilimli yoshlar qo'lida” 
 
“Kelajak bilimli yoshlar qo'lida” mavzudagi  matnni o'qib tushunish. Matnni 
ijodiy  so'zlash. Mavzu  bo'yicha  bahs-munozarada ishtirok  etish.  “Iqtidorli  yoshlar” 
mavzusida  bog'lanishli  matn  tuzish.  “Mening  tengdoshlarim”  mavzusida  dialog 
tuzish  va  uni  insenirovka  qilish.  Yoshlar    hayotidan  qiziqarli  hodisa  va  voqealar 
to'g'risida hikoya tuzish. O'zbek tilida sinonimlar. 
 
9-mavzu. “Zamonaviy dunyoda ta'lim” 
 
“Zamonaviy dunyoda ta'lim” mavzusidagi  matnni o'qib tushunish. Matndagi 
termin  va  iboralarning  ma'nosini  izohlash.  Matnni  reja  asosida  so'zlab  berish.Turli 
mamlakatlarning  ta'lim  tizimlari  haqida  ma'lumot  tayyorlash.  Chet  ellik  talabalar 
hayoti aks ettirilgan badiiy asar yoki film haqidagi taassurotlarni yozish. Turli ta'lim 
muassasalari haqida polilog tuzish va uni insenirovka  qilish. Til va terminologiya. 
 

315 
 
10-mavzu. “Kitob mutolaasi” 
 
“Kitob mutolaasi” mavzusidagi   matnni o'qib  tushunish.  Matnni  ijodiy 
so'zlash. Kitobni tavsiya qilish usullari haqida fikr bildirish. O'qilgan kitoblar 
to'g’risida dialog tuzish va uni insenirovka  qilish.O'qilgan kitoblar ro'yxatini tuzish 
va ularga qisqacha tavsif  berish. Erkin va turg’un birikmalar. 
 
11-mavzu. “Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi” 
 
“Alisher  Navoiy  nomidagi  O'zbekiston  Milliy  kutubxonasi”  mavzusidagi 
matnni o'qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning ma'nosini izohlash. Matnga  
munosabat  bildirib  so'zlash. Universitet kutubxonasi haqida matn tuzish.  Elektron 
kutubxona  bilan  ishlash bo'yicha  tavsiyalar yozish. Badiiy asarlarga bag’ishlangan 
internet  saytlarining  ro'yhatini  tuzish.  Frazeologik  birliklarning  turlari  va  uslubiy 
hususiyatlari. 
 
12-mavzu. “Adabiyot - ma'naviyatni yuksaltiruvchi manba”  
 
“Adabiyot - ma'naviyatni yuksaltiruvchi manba” mavzusiga oid matnni o'qib 
tushunish.  Matndagi  termin  va  iboralarning  ma'nosini  izohlash.  Matndagi  asosiy 
fikrni  ajratib  so'zlab berish. Badiiy  asar  qahramoni o'quvchini   qanday  tarbiyalashi 
haqida    fikr    bildirish  va  unga  misollar  keltirish.  Mashhur    adabiy  qahramonlar 
haqida  taqdimot  tayyorlash.  Adabiyot  haqidagi  hikmatli  so'zlardan  namunalar 
yozish. Nutq  uslublari. Badiiy uslub va uning hususiyatlari. 
 
13-mavzu. “Ommaviy ahborot vositalari” 
 
“Ommaviy ahborot vositalari” mavzusidagi  matnni o'qib tushunish. Matndagi 
termin  va  iboralarning  ma'nosini  izohlash.  Matnga  munosabat  bildirib  so'zlash. 
Mavzu  bo'yicha  bahs-  munozarada  ishtirok  etish.  Ommaviy  axborot  vositalarining 
faoliyati  haqida  fikr  bildirish.  Teleko'rsatuvlar  va  radioeshittirishlar,  gazeta  va 
jurnallardagi materiallar, reklama matnlarini tahlil  qilish.  “XXI asrda axborotning 
o'rni” mavzusida esse yozish.  Publisistik uslub va uning hususiyatlari.  
 
14-mavzu. “Internet  hayotimizda” 
 
“Internet    hayotimizda”  mavzusidagi    matnni  o'qib    tushunish.  Matndagi 
termin  va  iboralarning  ma'nosini  izohlash.  Mavzu  bo'yicha  bahs-munozarada 
ishtirok etish. 
Internet madaniyati haqida matn tuzish. Ta'lim jarayonida eng ko'p foydalaniladigan 
internet  saytlari  ro'yxatini  tuzish  va  tavsiya    qilish.  Internetdan  foydalanish 
to'g’risida polilog tuzish va uni insenirovka  qilish. Og’zaki-yozma uslub va uning 
hususiyatlari. 
 

316 
 
15-mavzu. “O'zbekiston va jahon” 
 
“O'zbekiston va jahon” mavzusidagi  matnni o'qib tushunish. Matndagi termin 
va  iboralarning  ma'nosini  izohlash.  Matnni  qisqartirib  so'zlab  berish.  O'zbekiston 
a'zolik  qilayotgan  xalqaro  tashkilotlar  haqida  ma'lumot  tayyorlash.  Xalqaro 
tashkilotlardan 
birining 
faoliyati 
haqida 
taqdimot 
tayyorlash. 
Xalqaro 
tashkilotlarning  qisqartma  nomlari  ro’yhatini  tuzish.  Rasmiy  diplomatik    uslub  va 
uning hususiyatlari. 
 
16-mavzu. “XXI asrda innovatsiyalar” 
 
“XXI  asrda  innovatsiyalar”  mavzusidagi    matnni  o'qib  tushunish.  Matndagi 
termin va iboralarning ma'nosini izohlash. Turli sohalarga oid innovatsiyalar  haqida 
gapirib  berish.  “Zamondoshlarimizning  kashfiyotlari”  mavzusida  taqdimot 
tayyorlash.  Kasb  sohasidagi  innovatsiyalar    haqida    ma'lumot  tayyorlash.  Sohada  
qo'llanadigan  baynalmilal  so'zlar    lug’atini  tuzish.  Ilmiy  uslub  va  uning 
hususiyatlari. 
17-mavzu. “Davrimizning global muammolari” 
 
“Davrimizning  global  muammolari”  mavzusidagi  matnni  o'qib  tushunish. 
Matndagi  termin  va  iboralarning  ma'nosini  izohlash.  Matnni  o'zgartirib  so'zlab 
berish.  Mavzu  bo'yicha  bahs-  munozarada  ishtirok  etish.  Insoniyat  oldida  turgan 
global muammolar to'g’risida  taqdimot  tayyorlash. Global muammolardan biriga 
bag’ishlangan publisistik maqola yozish. Maqola va uning turlari. 
 
18-mavzu. “Tabiat va inson” 
 
“Tabiat va inson” mavzusidagi  matnni o'qib tushunish. Matndagi termin va 
iboralarning  ma'nosini izohlash. Matnni ijodiy so'zlash. Dunyoda va O'zbekistonda 
mavjud ekologik muammolar haqida esse yozish. “Orol fojiasi” mavzusida taqdimot 
tayyorlash.  O'zbekiston  ekologik  harakatining  faoliyati  to'g’risida  ma'lumot 
tayyorlash. Intervyu olish va intervyu berish qoidalari. 
 
19-mavzu. “Inson va salomatlik” 
 
“Inson va salomatlik” mavzusidagi   matnni o'qib tushunish. Matndagi termin 
va  iboralarning  ma'nosini  izohlash.  Matnga  munosabat  bildirib  so'zlash.  Mavzu 
bo'yicha  bahs-  munozarada  ishtirok  etish.  “Salomatligimiz  o'z    qo'limizda” 
mavzusida  esse  yozish.  Jahon  meditsinasi  yutuqlari  haqida  taqdimot  tayyorlash. 
Salomatlik  haqidagi  o'zbek  xalq    maqollaridan  namunalar  yozish.  Mehnat 
havfsizligi qoidalarini tuzish. Reportaj tayyorlash. 
 
20-mavzu. “Huquqiy madaniyat” 
 

317 
 
“Huquqiy madaniyat” mavzusidagi  matnni o'qib tushunish. Matndagi termin 
va iboralarning ma'nosini izohlash. Matndagi asosiy fikrni ajratib so'zlab berish. 
“Qonunlarni  o'rganish  va  ularga  rioya  qilish”  mavzusida  matn  tuzish.  O'zbekiston 
fuqarolarining    huquqlari  va  burchlari  to'g’risida  dialog  tuzish.  Umumxalq 
leksikasiga  kirgan  huquqiy  terminlar  lug’atini  tuzish.  Rasmiy-idoraviy  uslub  va 
uning hususiyatlari. 
 

Download 4.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling