Kafedrasi karimov bahrom sunnatillaevich


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana13.05.2020
Hajmi0.79 Mb.
#105683
  1   2   3   4
Bog'liq
kichik biznes subektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish yollari


 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  



OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI  

 

   MOLIYA-IQTISOD 



 FAKULTETI  

 

“MOLIYA” KAFEDRASI  

 

 



KARIMOV BAHROM SUNNATILLAEVICH 

 

 

 “KICHIK BIZNES SUB’EKTLARINI KREDITLASH 

AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI” 

   

  5340600 -“Moliya”- taʻlim yoʻunalishi  bo’yicha  

 

 



 

 

 



  

          

                                                                                                

                                            Ilmiy rahbar:   N.Ismoilova 

   


 

 

 



 

 

TOSHKENT - 2016 



 

Kichik biznes sub’ektlarini kreditlash amaliyotini 



takomillashtirish yo’llari 

Reja: 

Kirish 

1.  Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  iqtisodiyotda  tutgan 

o’rni 

2.Kichik  biznes  sub’ektlarini  davlat  tomonidan  qo’llab-

quvvatlash mexanizmi 

3.Kichik 

biznes 

sub’ektlarini 

bank 

kreditlari 

orqali 

moliyalashtirish amaliyoti 

4.Kichik 

biznes 

sub’ektlarini 

kreditlash 

tizimini 

takomillashtirish masalalari 

Xulosa 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

KIRISH 



 

Har  qanday  jamiyat  taraqqiyotida  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 

iqtisodiy,  siyosiy  va  ijtimoiy  o‘zgarishlarning  eng  muhim  omili  bo‘lib  xizmat 

qiladi.  Ayniqsa  o‘tish  davrida  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  ijtimoiy 

hayotda qator funksiyalarni bajaradi. Iqtisodiy funksiya tadbirkorlikni keng quloch 

yoydirish bilan bog‘liq bo‘lib, raqobat muhitini shakllantirish, bozorni turli tovarlar 

va  xizmatlar  bilan  to‘ldirish,  soliqqa  tortish  bazasini  kengaytirishga  qaratilgan. 

Ijtimoiy  funksiya  esa,  yangi  ish  joylari  tashkil  qilish  orqali  bandlikni  ta’minlash, 

aholining  daromadini  oshirish  yo‘li  bilan  uning  turmush  darajasini  ko‘tarishni 

nazarda tutadi. Uning siyosiy funksiyasi jamiyat iqtisodiyotining asosiy bo‘g‘ini — 

o‘rta mulkdorlar sinfining shakllanish manbai sifatida namoyon bo‘lishidadir.  

O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish munosabati bilan tadbirkorlikni davlat 

tomonidan  qo‘llab-quvvatlash  va  uni  rivojlantirishning  tashkiliy  va  moliyaviy 

choralarini  o‘z  tarkibiga  olgan  dastur  qabul  qilingan  va  amalga  oshirilmoqda. 

Ushbu jarayon tadbirkorlar va kichik biznes sub’ektlari foydasiga takomillashtirib 

borilmoqda.  Mustaqillikning  dastlabki  kunlaridanoq,  mamlakatimiz  ijtimoiy-

iqtisodiy  taraqqiyotida  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikning  ulkan 

imkoniyatlaridan  samarali  foydalanishga  qaratilgan  keng  qamrovli  chora-tadbirlar 

belgilanib, izchillik bilan joriy etib kelinmoqda va ular o‘z samarasini bermoqda. 

Shu  nuqtai  nazardan,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirish 

sharoitlari  yildan  yilga  yaxshilanib  bormoqda.  Xususan,  uning  huquqiy  negizi 

kuchaytirildi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2011-yil  4-apreldagi 

“Tadbirkorlik  sub’ektlarini  tekshirishlarni  yanada  qisqartirish  va  ular  faoliyatini 

nazorat  qilishni  tashkil  etish  tizimini  takomillashtirish  borasidagi  qo‘shimcha 

chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi   qarori  islohotlar  samaradorligini  ta’minlash  yo‘lida 

muhim  qadam  bo‘ldi.  Qarorda  yangidan  tashkil  etilgan  kichik  tadbirkorlik 

sub’ektlarining  moliya-xo‘jalik  faoliyati  ular  davlat  ro‘yxatiga  olingan  paytdan 

boshlab  dastlabki  uch  yil  mobaynida  rejali  soliq  tekshirishlaridan  o‘tkazilmasligi 

belgilab  qo‘yilgan.  Shuningdek,  2011-yilning  1-aprelidan  to  2014-yilning  1-


 

apreligacha soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni vaqtida to‘lab kelayotgan hamda 



ishlab  chiqarish  sur’atlarining  barqaror  o‘sishi  va  rentabellikni  ta’minlab 

kelayotgan  kichik  tadbirkorlik  sub’ektlarining  moliya-xo‘jalik  faoliyatini  soliq 

sohasida  tekshirish  ham  taqiqlab  qo‘yildi.   Bu  hujjatlar  mamlakatimiz 

iqtisodiyotida  kichik  biznes  va  tadbirkorlikning  roli,  ulushi  va  miqyosini 

kengaytirdi,  uning  iqtisodiyotdagi  mavqyeini  kuchaytirdi.  Kichik  biznes  va 

tadbirkorlik  sohasiga  soliq  stavkasi  1996  yildan  36  foizni  tashkil  etgan  b  o‘lsa, 

2015 yilga   5 foizgacha kamaytirildi.  

Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirish  maqsadida  amalga 

oshirilayotgan chora-tadbirlar uzviy davom ettirilmoqda. Chunki hali ham bu soha 

rivojiga to‘siq bo‘luvchi hal qilinmagan masalalar mavjud. Jumladan, O’zbekiston 

Respublikasining  birinchi  Prezidenti  I.A.Karimov  ta’kidlaganlaridek:  “Xususiy 

mulk  va  xususiy  tadbirkorlikni  yanada  rivojlantirish  maqsadida  bu  sohaga  to‘liq 

erkinlik berish, bu yo‘lda g‘ov bo‘lib turgan barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf 

etish eng muhim ustuvor vazifadir. Barqaror iqtisodiy o‘sish va mamlakatimizning 

kelajak istiqboli, aholining hayot darajasi va sifati ko‘p jihatdan ayni mana shu eng 

ustuvor  vazifaning  qanday  hal  etilishiga  bog‘liq. Bugun  hech  kimga  sir  emaski, 

xususiy  mulk  va  xususiy  tadbirkorlik  faoliyatining  amaliyoti  xususiy  mulkning 

davlat  mulkiga  nisbatan har  tomonlama  ustunligini  ko‘rsatmoqda.  Xususiy  mulk, 

kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  jadal  rivojlantirish  yo‘lidagi  g‘ov  va 

to‘siqlarni olib tashlashga qaratilgan chora-tadbirlar qatorida, avvalambor, xususiy 

tadbirkorlar uchun xomashyo resurslaridan foydalanish mexanizmini tubdan qayta 

ko‘rib chiqish, uni yanada soddalashtirish, ochiq va oshkora bo‘lishini ta’minlash 

zarur.  Buning  uchun  esa  resurslarni  ochiq  birja  va  yarmarka  savdolarida  sotish 

hajmini kengaytirish lozim”

1

.  


Bugun tadbirkor davlat himoyasida bo‘lib, olgan foydasiga to‘la egalik qilish, 

o‘zining  faoliyat  doirasini  kengaytirish  imkoniyatlariga  ega.  Kichik  biznes  va 

xususiy  tadbirkorlikning  rivojlanishi  esa  milliy  iqtisodiyot  real  sektori 

                                                           

1

 O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga 



mo‘ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo‘nalishlariga  bag‘ishlangan  Vazirlar  Mahkamasining  majlisidagi 

ma’ruzasi. 



 

takomillashuviga  ta’sir  qiluvchi  asosiy  omillardan  biri  sifatida  alohida  o‘rin 



tutmoqda. 

Kichik  biznes  uchun  moliyaviy  mablag’larni  jalb  qilishda  bank  krediti  juda 

ma’qul hisoblanadi. Bank kreditining qulayligi shundan iboratki, jalb qilinayotgan 

mablag’lar  miqdori nazariy jihatdan chegaralanmagan, kreditni rasmiylashtirish va 

olish  qisqa  muddatlarda  amalga  oshiriladi.  Kichik  biznesni  bank    orqali 

moliyalashtirishga keyingi yillarda  juda katta e’tibor berilmoqda. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011  yil 11  martdagi "Kichik biznes va 

xususiy  tadbirkorlik  sub’ektlariga  kredit  berishni  ko’paytirishga  oid  qo’shimcha 

chora-tadbirlar  to’g’risida"  gi  PQ  -  1501  -  sonli  Qarori  va  2012  yil  18  iyuldagi 

"Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng 

erkinlik  berish  chora  -  tadbirlari  to’g’risida"  gi  PF-  4455-sonli  Farmoni  hamda 

boshqa  qarorlariga  muvofiq,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub’ektlarini 

kreditlash  hajmini  yanada  oshirish,  kreditlash  shartlarini  soddalashtirish,  ularga 

bank  xizmatlaridan  foydalanish  borasida  qo’shimcha  imtiyoz  va  qulayliklar 

yaratildi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni iqtisodiyotda tutgan o’rni 

 

Kichik  biznes  faoliyati  bilan  shug’ullanuvchi  korxonalar  davlatga  bog’liq 



bo’lmagan  holda,  ya’ni  katta  kapital  mablag’larsiz  o’zlari  ish  joylarini  joriy 

etishlari, hozirgi davrda bizda vaqtinchalik mavjud bo’lgan tovarlar tanqisligini 

kamaytirishlari  va,  hattoki,  bu  tanqislikni  butunlay  yo’qotishlari  mumkin. 

Hozirgi  jamiyatimizda  kichik  korxonalar  faoliyatini  ayrim  kishilarning 

extiyojlarini  qondirish  sari  yo’naltirish  zarur.  Bu  narsa  maishiy  xizmat 

ko’rsatish  hamda  xalq  iste’moli  tovarlari  ishlab  chiqarish  sohalarida  yaqqol 

ko’rinmoqda.  Kichik  korxonalar  texnologiya  yangiliklarini  joriy  etishda  ham 

g’oyat katta ahamiyatga ega. 

Bizning  respublikamizda  kichik  korxonalar  soni  va ular  ishlab  chiqargan 

mahsulotlar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Kichik korxonalar O’zbekistan 

Respublikasining  «Korxonalar  to’g’risida»,  «Mulk  to’g’risida»,  «Erkin 

tadbirkorlik  faoliyati  kafolatlari  to’g’risida»gi  kabi  qonunlari,  Prezident 

farmon-lari,  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  boshqa  me’yoriy  hujjatlar 

asosida tashkil etilmoqda. 

Kichik  korxonalar  ilmiy-texnika  taraqqiyoti  sharoitida  sanoatning  etakchi 

sohalarini  yangi  texnologiyalarga  o’tishda  tobora  o’z  o’rnini  topib  bormoqda. 

Ular  yangi  fikrlar  va  ishlab  chiqarishni  takomillashtirish,  yangi  axborot 

texnologiyalarini  joriy  qilish  bilan  ish  jarayonini  ta’minlovchi  butun  tizimni 

asosiy bog’lovchilik sifatini o’zlarida namoyon etmoqdalar. 

Bugungi  kunga  kelib,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub’ektlari 

mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida, mashinasozlik mahsulotlari 

ishlab  chiqarishda,  xalq  iste’moli  mollarini,  qishloq  xo’jaligi  va  oziq-ovqat 

mahsulotlarini 

ishlab 


chiqarishda 

hamda 


boshqa 

sohalarda 

faoliyat 

ko’rsatmoqda. 

Shuningdek,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  faoliyatining  jadal 

rivojlanishida  unga  xizmat  ko’rsatuvchi  infratuzilma  muassasalarining  tashkil 

etilishi  va  xizmat  sifati  darajasining  yaxshilanib  borishi  sezilarli  ta’sir 


 

ko’rsatmoqda.   



Bugungi  kunda  mamlakatimiz  kichik  biznes  sohasiga  o’ndan  ortiq  turdagi  8 

mingga  yaqin  infratuzilma  muassasalari  xizmat  ko’rsatib,  faoliyat  uchun  zarur 

shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. 

Buning  natijasida  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub’ektlarining 

mamlakatimizda  yangi  ish  o’rinlarini  tashkil  qilish,  aholining  daromadlari  va 

farovonligini  oshirishning  muhim  omili  sifatidagi  natijalari  salmoqli  bo’lib 

bormoqda. 

 

 



1-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki 

mahsulotdagi ulushi

2

 

Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  hamda  u  bilan  bog’liq  barcha 

narsalar  zamonaviy  ijtimoiy  ishlab  chiqarish  tashkiliy  tuzilmasini  muhim  va 

tarkibiy  qismini  tashkil  etadi.  Shuning  uchun  ham  davlatimiz  iqtisodiyotini 

rivojlantirishda  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikka  muhim  o’rin  ajratilib, 

ularga  davlat  tomonidan  madad  berilmoqda.  Bunday  tadbirkorlik  yangi 

axborot 

texnologiyalarini, 

yangi 

g’oyalar 



va 

ishlab 


chiqarishni 

modernizatsiyalash  bilan  ishlashni  ta’minlovchi  butun  tizimning  ajralmas 

                                                           

2

 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida talaba tomonidan tayyorlandi. 



31 

38,2 


52,5 

56,7 


10 


20 

30 


40 

50 


60 

2000 yil 

2005 yil 

2010 yil 

2015 yil 


 

qismini tashkil etadi. Bundan tashqari, kichik korxonalar tavakkalchilik xavfi yuqori 



bo’lgan  sharoitlarda  ishlab  chiqarishning  ma’qul  shakllaridan  hisoblanadi. 

Kichik  korxonalar  texnologiya  yangiliklarini  joriy  etishda  ham  g’oyat  katta 

ahamiyatga  ega.  Yangi  texnologik  g’oyalarni  yirik  korxonalarga  nisbatan 

tezroq qabul qiladigan kichik biznesda xatar kamroq va katta turkumdagi ishlab 

chiqarishga  qaraganda  ishni  tezroq  yo’lga  qo’yish  mumkin.  Bu  esa  bizning 

sharoitda ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlantirishga yordam berishi mumkin. 

Xususiy  tadbirkorlik,  kichik  biznesni  jadal  rivojlantirish  asosida 

mulkdorlar sinfini shakllantirish, tegishli institutlar tizimini tashkil etish, kichik 

va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish va 

xorijiy  sarmoyalar  olib  kirish  uchun  maqbul  sharoit  yaratish  maqsadida 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1998  yil  9  apreldagi  «Xususiy 

tadbirkorlik,  kichik  va  o’rta  biznesni  rivoj-lantirishni  yanada  rag’batlantirish 

chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish 

haqida»gi  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2003  yil  30  avgustda  PF-

3305-sonli Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonga asosan «o’rta korxonalar» 

tushunchasi  bekor  qilindi  va  2004  yil  1  yanvardan  boshlab  quyidagilar  kichik 

biznes sub’ektlari hisoblanadi: 

- yakka tartibdagi tadbirkorlar; 

- ishlab  chiqarish  tarmoqlarida  band  bo’lgan  xodimlarning  o’rtacha  yillik 

soni  20  kishidan,  xizmat  ko’rsatish  sohasi  va  boshqa  ishlab  chiqarishga 

aloqador  bo’lmagan  tarmoqlarda  10  kishidan,  ulgurji,  chakana  savdo  va 

umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar.  

Quyidagi tarmoqlarda band bo’lgan xodimlarning o’rtacha yillik soni: 

- engil  va  oziq-ovqat  sanoti,  metallga  ishlov  berish  va  asbobsozlik, 

yog’ochni  qayta  ishlash  va  mebel  sanoati  hamda  qurilish  materiallari 

sanoatida – 100 kishidan; 

- mashinasozlik,  metallurgiya,  yoqilg’i-energetika  va  kimyo  sanoati, 

qishloq  xo’jalik  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish  va  qayta  ishlash,  qurilish 

va boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalarida – 50 kishidan; 


10 

 

- fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohalari 



(sug’urta  kompaniyalaridan  tashqari),  savdo  va  umumiy  ovqatlannish  hamda 

boshqa  noishlab  chiqarish  sohalarida  –  25  kishidan  oshmagan  kichik 

korxonalar. 

2014  yil  7  aprelda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  PF-4609-sonli 

Farmoniga  muvofiq  2014  yil  1  iyuldan  boshlab,  kichik  korxonalar 

xodimlarining  soniga  o’zgartirishlar  kiritildi.  Quyidagi  jadvalda  2014  yil  1 

iyuldan  boshlab,  kichik  korxonalarda  xodimlarning  cheklangan  soni  yiliga 

o’rta  hisobda  amaldagidan  ikki  baravariga  oshiriladigan  tarmoqlar  ro’yhati 

keltirilgan. 

1-jadval 

2014 yilning 1 iyulidan boshlab kichik korxonalarda xodimlarning 

cheklangan soni yiliga o’rta hisobda amaldagidan ikki baravarga 

oshiriladigan tarmoqlar ro’yxati

3

 

 

 

 

№ 

 

 

 

Tarmoqlar nomi 

Kichik 

korxonalardagi 

xodimlarning 

o’rtacha yillik 

cheklangan soni 

(nafar) 

1.  


Qurilish materiallari sanoati  

200  


2.  

Engil sanoat  

200  

3.  


Oziq-ovqat sanoati  

200  


 

So’nggi yillarda O’zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik, kichik 

biznes  faoliyati  bilan  shug’ullanuvchi  korxonalar  iqtisodiyotning  barcha 

tarmoqlarida 

tashkil 

etilmoqda. 

Shu 

bilan 


kichik 

korxonalarning 

iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati ortib bormoqda. Xususiy tadbirkorlik va ki-

chik  biznesning  milliy  iqtisodiyotni  rivojlantirishdagi  ahamiyati  quyidagilar 

bilan tavsiflanadi: 

- xususiy  tadbirkorlik  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  zarur  tezkorlikni 

ta’minlab,  ishlab  chiqarishdagi  chuqur  ixtisoslashuv  va  tarmoqlashgan 

                                                           

3

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-sonli Farmoniga ilovadan. 



11 

 

kooperatsiyani 



yaratadi, 

bularsiz 

yuksak 

samaradorlikni 



ta’minlab 

bo’lmaydi; 

- bozor  uchun  zarur  bo’lgan  raqobatchilik  muhitini  yaratadi  hamda 

o’zgarib  turadigan  bozor  talabiga  moslab  tezda  ishlab  chiqarish  turini 

o’zgartirib olish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi; 

- iste’molchilik  sohasida  yuzaga  keladigan  bo’shliqni  tezda  to’ldirishga 

qodir  bo’lib,  eng  zamonaviy  mashina  uskunalari  va  texnologiyadan 

foydalanib sarflangan sarmoyaning o’rnini juda tez qoplay oladi. 

Iqtisodiyotni  rivojlantirishda  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikning 

ijobiy  ahamiyatini  e’tirof  etgan  holda,  uning  ahamiyatini  ortiqcha  baholab 

yuborish  ham  to’g’ri  emas.  Xususiy  tadbirkorlik  faqat  muayyan  doiradagina 

faollik ko’rsata oladi, shu sababli kichik biznes faoliyatini rivojlantirish uchun 

kerakli  sharoitni  yaratish  zarur.  Buning  uchun  bizningcha,  moliya 

jamg’armalarini  tashkil  etish  kerak.  Bu  jamg’armalar  tadbirkorlar  tijorat 

banklarida  imtiyozli  kreditlar  olish  uchun  kafil  bo’lishlari,  subsidiyalarga,  shu 

jumladan  qaytarib  berilmaydigan  subsidiyalarga  (iqtisodiyotning  alohida 

ustuvor  sohalaridagi  korxonalarni  rivojlantirish  uchun)  manba  bo’lib  xizmat 

qilishlari lozim. 

O’zbekistonda  kichik  korxonalarni  moliyaviy  qo’llab-quvvatlash 

tizimining  takomillashtirilishi  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikka  xizmat 

ko’rsatadigan  banklar,  fondlar,  investiiyalar  va  sug’urta  tashkilotlarining 

faoliyatlarini  rag’batlantirish  yo’nalishida  olib  borilishi  lozim.  Xorijiy 

mamlakatlardagi  kabi  O’zbekiston  Respublikasida  ham  agar  korxona  ustuvor 

davlat  dasturida  (yangi  texnikani  yaratish,  uzoq  hududlarni  rivojlantirish  va 

boshqalar)  qatnashayotgan  bo’lsa,  imtiyozli  qarzlar  olishi  mumkin.  Bunda 

foizning  eng  kam  me’yori  va  qarzni  uzishda  uzoq  muddat  berilishi  –  qarz 

berishdagi asosiy shartlardandir. 

2012  yil  2  may  kuni  esa  tadbirkorlik  sub’ektlarining  erkinligiga  oid 

navbatdagi  zururiy  hujjat  –  «Tadbirkorlik  faoliyati  erkinligining  kafolatlari 

to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri tasdiqlandi.  



12 

 

 



2-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida band 

bo`lgan aholi ko`rsatkichi

4

 

 

Tadbirkorlik  sub’ektlari  faoliyatini  tekshirishlarni  cheklash  bo’yicha  nazorat 



qiluvchi  organ  rejali  tekshiruv  o’tkazishning  boshlanishi  haqida  tekshiruvni 

o’tkazish boshlanishidan  kamida  o’ttiz  kalendar kun  oldin  tadbirkorlik  sub’ektini 

tekshiruvdan o’tkazish muddatlari va predmetini ko’rsatgan holda, yozma shaklda 

xabardor qilishi shartligi belgilab qo’yildi

5



 



2. Kichik biznes sub’ektlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash 

mexanizmi 

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 yanvarda qabul qilingan 

“2011-2015  yillarda  O’zbekiston  iqtisodiyotida  islohotlar  ko’lamini  kengaytirish 

va  chuqurlashtirish,  mamlakatda  ishchanlik  muhitini  shakllantirishning  mezonlari 

va baholash tizimini aniqlash va amalga oshirishga doir choralar-tadbirlar Dasturi 

to’g’risida”gi  PQ-1464-sonli  Qaroriga  asosan,  tijorat  banklarida  kichik  biznes 

                                                           

4

 



Davlat statistika qo’mitasining rasmiy ma’lumotlari asosida talaba tomonidan tuzilgan

 

5



 O’zbekiston Respublikasi 

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi Qonunning 39-moddasi

 

 

73,1 



73,9 

74,3 


75,1 

75,7 


75 

76,5 


77 

71 


72 

73 


74 

75 


76 

77 


78 

2008 yil 

2009 yil 

2010 yil 

2011 yil 

2012 yil 

2013 yil 

2014 yil 

2015 yil 


13 

 

sub’ektlariga kreditlarni ajratishda garovga qo’yilgan mulkni rasmiylashtirish bilan 



bog’liq  xarajatlarni  kreditning  umumiy  summasida  aks  ettirish  amaliyoti  joriy 

qilindi.  Banklarning barcha  filiallarida tadbirkorlarga  yaqindan  maslahatlar berish 

bo’yicha  “Tadbirkorlar  xonasi”  tashkil  etildi.  Shuningdek,  filiallar  va  mini 

banklarda  tashkil  etilgan  “Tadbirkorlar  burchagi”  orqali  kichik  biznes  va  xususiy 

tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, taklif 

etilayotgan  yangi  bank  xizmatlari  to’g’risida  doimiy  ravishda  axborot  berib 

borilishi yo’lga qo’yildi. 


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling