Kafedrasi


Download 13.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/56
Sana09.01.2020
Hajmi13.85 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
83538

 

O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI  



OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 

 

“MOLIYA” KAFEDRASI 



 

 “DAVLAT BYUDJETI” 

fanidan  

O„QUV-USLUBIY MAJMUA 

 

Bilim sohalari: 

100000  –  Gumanitar soha 



 

200000  –  Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq 

 

     


Ta‟lim sohalari: 

110000  –  Pedagogika 



 

230000  –  Iqtisod  

 

     


Ta‟lim yo„nalishlari: 

5111000  –  Kasb ta‘limi (5230600 - Moliya) 



 

5230800  –  Soliqlar va soliqqa tortish 



 

5230900  –  Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar 

bo‗yicha) 

 

5231200  –  Sug‗urta ishi 



 

5232000  –  Davlat byudjetining g‗azna ijrosi 



 

 

 

TOSHKENT – 2018 

 

 



 

MUNDARIJA 



 

 

 

bet 

KIRISH 



I-bo„lim 

O„QUV MATERIALLAR 



 

 

 

1.1. 

MA‟RUZALAR MATNLARI 



 

 

 

1-mavzu 


―Davlat byudjeti‖ fanining predmeti, maqsad va vazifalari 

2-mavzu 


Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati 

10 

3-mavzu 


Byudjet tuzilishi va byudjet tizimi 

20 

4-mavzu 


Davlat byudjetining huquqiy asoslari 

34 

5-mavzu 


Byudjet siyosati 

47 

6-mavzu 


Byudjet tizimini boshqarish 

56 

7-mavzu 


Byudjetlararo munosabatlar 

65 

8-mavzu 


Byudjet tasnifi 

78 

9-mavzu 


Davlat byudjeti daromadlari tizimi 

92 

10-mavzu 

Davlat byudjeti xarajatlari tizimi 

104 

11-mavzu 

Davlat byudjetining holati 

117 

12-mavzu 

Byudjet jarayoni 

134 

13-mavzu 

Davlat byudjeti g‗azna ijrosini tashkil qilish 

146 

14-mavzu 

Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish asoslari 

161 

15-mavzu 

Davlat byudjetidan ta‘lim tizimi xarajatlarini moliyalashtirish  

177 

16-mavzu 

Davlat byudjetining sog‗liqni saqlash xarajatlari 

219 

17-mavzu 

Byudjetning madaniyat xarajatlari  

245 

18-mavzu 

Davlat byudjetining ijtimoiy ta‘minot xarajatlari 

251 

19-mavzu 

Davlat byudjetining aholini ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash xarajatlari 

269 

20-mavzu 

Davlat  byudjetining  davlat  hokimiyati,  boshqaruvi,  sud,  prokuratura 

organlarini saqlash xarajatlari 



281 

 

 

21-mavzu 

Byudjet nazorati 

289 

 

 



 

1.2. 

AMALIY MASHG„ULOTLAR UCHUN MATERIALLAR 

304 

 

 



 

―Davlat  byudjeti‖  fanidan  amaliy  mashg‗ulotlarni  o‗tlazish  bo‗yicha  uslubiy 

ko‗rsatmalar 

304 

 

 



 

II-bo„lim 

MUSTAQIL TA‟LIM  

336 

 

 

 

2.1.  ―Davlat byudjeti‖ fanidan mustaqil ta‘limni bajarish bo‗yicha uslubiy tavsiyalar 

336 

2.2.  ―Davlat  byudjeti‖  fanidan  talaba  portfoliosini  yaratish  bo‗yicha  uslubiy 

tavsiyalar 



341 

 

 



III-bo„lim 

“DAVLAT BYUDJETI” FANIDAN GLOSSARIY 

346 

IV-bo„lim 

ILOVALAR 

357 

4.1.  ―Davlat byudjeti‖ fanidan fan dasturi 

357 

4.2.  ―Davlat byudjeti‖ fanidan ishchi-o‗quv dasturlari 

370 

4.3.  ―Davlat byudjeti‖ fanidan test variantlari 

395 

4.4.  ―Davlat byudjeti‖ fanidan nazorat savollari va variantlari 

415 

4.5.  ―Davlat byudjeti‖ fanidan talabalar bilimini baholash mezonlari 

427 

4.6.  ―Davlat byudjeti‖ fanidan adabiyotlar ro‗yxati 

429 

4.7.  ―Davlat byudjeti‖ fanidan tarqatma materiallar 

432 

 

KIRISH 



 

O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi ―Oliy ta‘lim 

tizimini  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‗g‗risida‖gi  PQ-2909-sonli,  2017-

yil  27-iyuldagi  ―Oliy  ma‘lumotli  mutaxassislar  tayyorlash  sifatini  oshirishda 

iqtisodiyot  sohalari  va  tarmoqlarining  ishtirokini  yanada  kengaytirish  chora-

tadbirlari  to‗g‗risida‖gi  PQ-3151-sonli,  2018-yil  4-iyundagi  ―2018/2019-o‗quv 

yilida  O‗zbekiston  Rspublikasining  Oliy  ta‘lim  muassasalariga  o‗qishgan  qabul 

qilish 


to‗g‗risida‖gi 

PQ-3769-sonli,  2018-yil  5-iyundagi  ―Oliy  ta‘lim 

muassasalarida  ta‘lim  sifatini  oshirish  va  ularning  mamlakatda  amalga 

oshirilayotgan  keng  qamrovli  islohotlarda  faol  ishtirokini  ta‘minlash  bo‗yicha 

qo‗shimcha 

chora-tadbirlar 

to‗g‗risida‖gi 

PQ-3775-sonli  qarorlarida  va 

O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Devonining  2018-yil  4-apreldagi  5002-xx-

sonli  topshirig‗ida  belgilangan  talablar,  Oliy  va  o‗rta  maxsus  ta‘lim  vazirligining 

shu  mazmundagi  tegishli  buyruqlarida  belgilangan  vazifalar  ichida  oliy  ta‘lim 

yo‗nalish(mutaxassislik)lari  o‗quv  rejalari  fanlarining  o‗quv-uslubiy  ta‘minotini 

takomillashtirib borish alohida o‗rin tutadi. Fanlarningo‗quv-uslubiy ta‘minotining 

asosiniO‗quv-uslubiy  majmua(O‗UM)lar  tashkil  etadi  va  fanlarni  o‗zlashtirishda 

muhim  manba  bo‗lib  xizmat  qiladi.  O‗quv-uslubiy  majmualarni  ishlab  chiqish 

konsepsiyasi  zamirida  mazmunan  va  uslubiy  jihatdan  tizimlashgan  bo‗lishi, 

tarkibiy  komponentlarining  o‗zaro  uzviyligi  ta‘minlanishi  hamda  ta‘lim  oluvchi 

o‗z qobiliyatini namoyish etishiga omil bo‗lishi zarur. 

―Davlat  byudjeti‖  fanining  O‗quv-uslubiy  majmuasi  bakalavriatning  ―Kasb 

ta‘limi‖(―Moliya‖),  ―Soliqlar  va  soliqqa  tortish‖,  ―Buxgalteriya  hisobi  va  audit 

(tarmoqlar  bo‗yicha)‖,  ―Sug‗urta  ishi‖,  ―Pensiya  ishi‖  va  ―Davlat  byudjetining 

g‗azna  ijrosi‖ta‘lim  yo‗nalishlari  davlat  ta‘lim  standartlari  hamda  ―Davlat 

byudjeti‖  fanining  fandasturida  belgilangan  talablarga  muvofiq  egallanishi  lozim 

bo‗lgan  bilim,  ko‗nikma,  malaka  va  kompetentsiyalarni  shakllantirish,  fanga  oid 

jahondagi  ilm-fan,  texnika,  texnologiyalarning  so‗nggi  yutuqlarini,  ilg‗or  xorijiy 

tajribalarni  keng  yoritish  va  ularni  hisobga  olgan  holda  fan  mavzularini 

shakllantirish,  o‗quv  jarayonini  kompleks  loyihalash  asosida  kafolatlangan 

natijalarga  erishish,  mustaqil  bilim  olish  va  o‗rganish  hamda  nazoratni  amalga 

oshirishni  ta‘minlaydigan  o‗quv-uslubiy  vosita  bo‗lib,  talabaning  ijodiy 

qobiliyatlarini  rivojlantirishga  yo‗naltirilgan  o‗quv-uslubiy  manbalar,  didaktik 

vositalar va materiallar, elektron ta‘lim resurslari, o‗qitish texnologiyasi, baholash 

metodlari va mezonlarini o‗z ichiga oladi. 

Ushbu O‗quv-uslubiy majmuada ―Davlat byudjeti‖ fanining o‗quv dasturiga 

muvofiq ravishda ma‘ruzalar matnlari, amaliy mashg‗ulotlarni o‗tkazish bo‗yicha 

uslubiy  tavsiyalar,  mustaqil  ta‘lim  topshiriqlarini  bajarish  bo‗yicha  uslubiy 

qo‗llanma,  fanning  namunaviy  va  ishchi-o‗quv  dasturlari,  fan  yuzasidan  testlar, 

yakuniy nazorat savollari va variantlari, talabalar bilimini baholash mezonlari, fan 

mavzulari  bo‗yicha  tarqatma  materiallar,  fan  mavzularini  o‗zlashtirish  bo‗yicha 

asosiy va qo‗shimcha adabiyotlar hamda boshqa didaktik materiallar jamlangan.  

 


 

I-BO„LIM.  O„QUV MATERIALLAR 



 

1.1.  MA‟RUZALAR MATNLARI 

 

1-MAVZU: “DAVLAT BYUDJETI” FANINING PREDMETI, MAQSAD VA 

VAZIFALARI 

 

REJA: 

 

1.1.  “Davlat  byudjeti”  fanining  predmeti,  tarkibiy  tuzilishi,  maqsadi  va 

vazifalari 

1.2.  Fanning rivojlanishidagi asosiy tendensiyalar 

1.3.  “Davlat  byudjeti”  fanining  boshqa  iqtisodiy  fanlar  bilan  o„zaro 

bog„liqligi 

 

Tayanch so„z va iboralar: davlat moliyasi; davlat byudjeti; moliya tizimi; 

iqtisodiy  o„sish;  davlatning  funksiyalari;  iqtisodiy  dastaklar;  o„qitishning 

interaktiv usullari; aqliy hujum, bahs, muzokaralar, pinbord texnikasi, keys-

stadi;  multimedia  ta‟lim  vositalari;  „quv  adabiyotlari;  elektron  darslik;  

testlar majmuasi. 

 

1.1. “Davlat byudjeti” fanining predmeti, tarkibiy tuzilishi, maqsadi va 

vazifalari 

 

O‗zbekiston  Respublikasida  iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  sharoitida 

davlat  moliyasi  va  uning  muhim  tarkibiy  qismi  bo‗lgan  davlat  byudjeti  alohida 

o‗rin  egallaydi.  Davlat  byudjeti  davlatning  qator  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy, 

ekologik  va  boshqa  funksiyalarini  amalga  oshirishning  moddiy-moliyaviy  asosini 

tashkil  etadi  va  mamlakat  moliya  tizimining  barcha  bo‗g‗inlari  bilan  byudjet-

moliya qonunchiligi bilan tartibga solinadigan muayyan munosabatlarga kirishadi. 

O‗zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  ustuvor  vazifalarini  bajarish, 

iqtisodiyotni  barqaror  va  mutanosib  rivojlantirish,  jahon  bozorlarida  mustahkam 

o‗rin  egallash,  shular  asosida  izchil  iqtisodiy  o‗sishni  ta‘minlash,  xalqimizning 

hayot  darajasi  va  farovonligini  yanada  oshirish  borasidagi  vazifalarni  to‗liq  va 

samarali amalga oshirish sharoitida davlat byudjetining amal qilish mexanizmlarini 

puxta o‗rganish har qachongidan ham dolzarbdir. Davlat moliyasi tizimida faoliyat 

qiluvchi  mutaxassislardan  davlat  byudjet  munosabatini  to‗g‗ri  va  samarali  tashkil 

etish  mexanizmlarini  puxta  bilish  va  amaliyotda  qo‗llay  olish  talab  etiladi.  Shu 

sababli  bakalavriatning  bir  qator  ta‘lim  yo‗nalishlari  o‗quv  rejasiga  ―Davlat 

byudjeti‖  nomli  fan  kiritilgan  bo‗lib,  ushbu  fan  dasturida  davlat  byudjetining 

ijtimoiy-iqtisodiy  mohiyati,  iqtisodiyotni  tartibga  solish  va  ijtimoiy  aiyosatni 

amalga  oshirishdagi  ahamiyati,  byudjet  tizimi  va  byudjetlararo  munosabatlar 

tamoyillari,  byudjet  daromadlari  va  xarajatlari  tizimining  amal  qilish 

mexanizmlari,  byudjet  jarayoni  va  byudjet  nazoratini  tashkil  qilish,  xorijiy 


 

davlatlar  byudjet  tizimi  va  byudjet  jarayonini  tashkil  etish  masalalari  qamrab 



olingan. 

Davlat  byudjeti  davlat  moliya  tizimining  tarkibiy  qismini  tashkil  etadi  va 

Davlat  byudjetining  mazmuni  bevosita  davlatning  ijtimoiy-iqtisodiy  funksiya  va 

majburiyatlaridan kelib chiqadi. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati tadbirlarini, 

ijtimoiy  soha  va  tarmoqlarni  moliyaviy  mablag‗lar  bilan  ta‘minlashda  davlat 

byudjeti  asosiy  moliyaviy  manba  bo‗lib  xizmat  qiladi.  Davlat  byudjetini 

boshqarish  va  taribga  solishda,  ijtimoiy  barqarorlikni  ta‘minlashda,  har  bir 

davrning  ustuvor  taraqqiyot  vazifalarini  muvaffaqiyatli  bajarishda  davlatning 

boshqa  iqtisodiy  dastaklari  qatori,  davlat  byudjeti  ham  muhim  ahamiyat  kasb 

etadi,  bu  vazifalarning  samarali  ijrosi  davlat  byudjeti  amal  qilishining  tegishli 

mexanizmlarini ishlab chiqish va amalda qo‗llash bilan ta‘minlanadi. 

―Davlat  byudjeti‖  fanini  o‗zlashtirish  uchun  o‗qitishning  ilg‗or  va 

zamonaviy  usullaridan  foydalanish,  yangi  axborot-pedagogik  texnologiyalarni 

tatbiq  qilish  muhim  ahamiyatga  ega.  Fanni  o‗zlashtirishda  darslik,  o‗quv  va 

uslubiy qo‗llanmalar, ma‘ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, 

keyslardan foydalaniladi.  

Ma‘ruza  va  amaliy  mashg‗ulotlarda  o‗qitishning  interaktiv  usullari(vizual, 

muammoli,  mualliflik  ma‘ruzalari,  ikki  tomonlama  tahlil,  insert,  klaster,  ―Venn 

diagrammasi‖  va  boshqalar)dan  foydalaniladi.  Fan  o‗qituvchisi  tomonidan 

pedagogik  va  modulli  texnologiya  tamoyillari  asosida  ―Davlat  byudjeti‖  fani 

o‗quv  mashg‗ulotlarining  loyihalari  ishlab  chiqiladi.  Amaliy  mashg‗ulotlarda 

muammoni jamoaviy tarzda hal etishning usullari va vositalari: aqliy hujum, bahs, 

muzokaralar,  pinbord  texnikasi,  keys  stadi  (muammoli  vaziyat  hosil  qilib,  uni 

yechishni o‗rganish) kabi usullar qo‗llaniladi. 

Shuningdek,  fanning  amaliyot  mashgulotlarida  kompyuter  dasturlaridan 

(Microsoft  Excel,  Microsoft  PowerPoint,  UzASBO),  slaydlardan,  multimedia 

ta‘lim  vositalaridan,  Internet  sahifalari  va  tizimlaridan  hamda  davlat  moliyasini 

bashqarish  tizimida  qo‗llaniladigan  dasturiy  mahsulotlardan  foydalanish  tavsiya 

etiladi.  Ushbu  fanni  o‗zlashtirishda  talabalarga  mavjud  o‗quv  adabiyotlaridan, 

elektron darslik, testlar majmuasi va boshqa manbalardan foydalanish ham tavsiya 

etiladi. 

―Davlat  byudjeti‖  fanining  predmetini  davlatning  markazlashgan  pul  fondi 

bo‗lgan davlat byudjetining shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi bilan bog‗liq 

bo‗lgan tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy va moliyaviy munosabatlar tashkil qiladi. 

Fanni  o‗qitishdan  maqsad–  talabalarda  davlat  byudjetining  shakllanishi, 

taqsimlanishi va ishlatilishi borasida nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish va 

chuqurlashtirishdan iborat. 

Fanning  vazifasi–  talabalarning  nazariy  bilimlar,  amaliy  ko‗nikmalar, 

moliyaviy-iqtisodiy va ijtimoiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuvi hamda 

ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. 

Fan  bo‗yicha  talabalarning  bilim,  ko‗nikma  va  malakalariga  quyidagi 

talablar qo‗yiladi. Talaba: 



 



  davlat  byudjetining  mohiyati,  zarurligi  va  funksiyalari,  byudjet  tizimi, 

byudjet tuzilishi, byudjet siyosatining mazmuni, vazifalari, rivojlanish bosqichlari, 

byudjet tizimini boshqarish va tartibga solish asoslari, xorijiy mamlakatlar byudjet 

tizimi  va  byudjet  jarayoni,  byudjet  daromadlari  va  xarajatlari  tarkibi  va  tuzilishi, 

byudjet  daromadlarining  shakllanish  manbalari,  byudjet  xarajatlarining  tarkibi  va 

tuzilishi,  respublika  byudjeti  va  mahalliy  byudjetlar  o‗rtasidagi  byudjetlararo 

munosabatlarning  shakllari, byudjet  munosabatlarini  tashkil  etish  shakllari  haqida 

tasavvurga ega bo„lishi;  

  davlat  byudjeti  rivojlanishining  qonuniyatlarini,  davlat  byudjeti  holatini 



baholash  va  tahlil  qilishni,  byudjet  istiqbolini  belgilash  asoslarini,  byudjet 

jarayonining  tashkil  etilishi  va  o‗ziga  xos  xususiyatlarini,  O‗zbekiston 

Respublikasining  moliya-byudjet  qonunchiligi  asoslarini,  byudjetning  g‗azna 

ijrosini  tashkil  etish  nazariyasi  va  amaliyotini,  byudjet  tizimini  tashkil  etish 

tamoyillarini bilishi va ulardan foydalana olishi; 

  byudjet  ko‗rsatkichlarining  prognoz  hisob-kitobini  tuzish,  byudjet  ijrosi 



yakunlarini  tahlil  etish,  byudjet  tizimi  va  byudjet  tuzilishi,  byudjet  nazorati, 

byudjet  mablag‗lari  oluvchilar  va  byudjet  tashkilotlari  majburiyatlarini  bajarish, 

byudjet  tizimi  byudjetlari  faoliyatini  tartibga  solish,  byudjet  ijrosi  va  byudjet 

tashkilotlari  smetalari  ijrosi  bo‗yicha  hisobotlarni  tuzish  va  tahlil  etish  bo‗yicha 



ko„nikmalarga ega bo„lishi; 

  davlat  byudjeti  ijrosi  bo‗yicha  hisobotlarni  tuzish  va  tahlil  etish,  ijro 



natijalarini  hisob-kitob  qilish,  byudjet  munosabatlarini  tashkil  qilishda  axborot 

tizimlaridan  foydalanish,  byudjet  amaliyotiga  oid  huquqiy-me‘yoriy  hujjatlardan 

maqsadga  muvofiq  foydalanish,  davlat  byudjetining  rivojlanish  qonuniyatlarini 

aniqlash  maqsadida  ilmiy  tadqiqotlarni  o‗tkazish  bo‗yicha  malakalarga  ega 



bo„lishi kerak.kerak. 

 

1.2.  Fanning rivojlanishidagi asosiy tendensiyalar 

 

Har  bir  mamlakatning  normal  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy  jihatdan 

rivojlanishi  uchun  samarali  faoliyat  qiluvchi  davlat  zarur.  Davlat  jamiyatga  va 

mamlakat  fuqarolariga  zarur  tovarlar  ishlab  chiqarish  va  xizmatlar  ko‗rsatish, 

iqtisodiyot  va  ijtimoiy  tarmoqlarning  samarali  faoliyat  qilishi  uchun  me‘yoriy  va 

institutsional  tuzilmalarning  qonuniy  asoslarini  yaratish  va  shu  bilan  o‗z 

fuqarolarining  yashashi  va  ishlashi  uchun  moddiy  va  boshqa  shart-sharoitlarni 

yaratib  berish  vazifalarini  bajaradi.  Shu  vazifalardan  kelib  chiqqan  holda, 

davlatning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat (1.1-rasm): 

Davlat  yuqorida  bayon  qilingan  o‗z  funksiyalarini  muvaffaqiyatli  bajarishi 

uchun,  shuningdek,  mamlakat  taraqqiyotining  har  bir  bosqichida  dolzarb  bo‗lgan 

strategik  maqsad  va  vazifalarni  amalga  oshirish  uchun  mamlakatda  yaratilgan 

moliyaviy  resurslarning  ma‘lum  bir  qismini  o‗z  qo‗lida  to‗plamog‗i  obyektiv 

zaruriyatdir. Aynan shu obyektiv zaruriyatning mavjud bo‗lishi davlat byudjetining 

mavjud bo‗lishini va amal qilishini taqozo etadi. 

 


 

 



1.1-rasm. Davlatning asosiy funksiyalari 

 

Iqtisodiy  ilm  ahllari  orasida  o‗zining  teran  ilmiy  qarashlari,  moliya,  soliq, 



sug‗urta,  davlat  byudjeti  kabi  kategoriyalarning  mazmun-mohiyati,  funksiyalari, 

kishilik  taraqqiyotidagi  o‗rni,  ijtimoiy-iqtisodiy  jarayonlardagi  ahamiyati, 

amaliyotda  namoyon  bo‗lish  shakllari  to‗g‗risidagi  fundamental  tadqiqotlari  va 

o‗quv-uslubiy ishlanmalari bilan tanilgan o‗zbek iqtisodchi olimlari T.Malikov va 

N.Xaydarovlarning  ―Davlat  byudjeti‖  nomli  o‗quv  qo‗llanmalarida  ―davlat 

byudjeti‖ tushunchasi haqida quyidagi fikrlar keltirilgan: ―Davlat byudjeti kishilik 

jamiyati  taraqqiyotining  ma‘lum  bir  bosqichida  paydo  bo‗lgan  bo‗lib,  uning 

vujudga  kelishi,  eng  avvalo,  siyosiy  tashkilot  sifatida  davlatning  vujudga  kelishi 

bilan  bevosita  bog‗liqdir.  Har  bir  davr  ijtimoiy  tuzumiga  tegishli  bo‗lgan  ishlab 

chiqarish  munosabatlarining  asosiy  belgilari  davlat  faoliyatining  va  byudjetning 

taqsimlash mexanizmi sifatidagi mazmunini belgilab beradi‖

1

Turli davrda va turli iqtisodiy maktab vakillari tomonidan yaratilgan darslik 



va ilmiy adabiyotlarda ―davlat byudjeti‖ tushunchasining turlicha talqini keltiriladi. 

Ayrim  adabiyotlarda  davlat  byudjetiga  ―davlat  daromadlari  va  xarajatlari 

yozilmasi‖ sifatida ta‘rif berilsa, boshqalarida ―davlatning asosiy moliyaviy rejasi‖ 

deb  ta‘riflanadi,  uchinchilari  esa  ―markazlashgan  pul  fondini  shakllantirish  va 

ishlatish shakli‖ deb qaraydilar.  

Yuqorida  keltirilgan  ta‘riflarning  har  biri  davlatning  ma‘lum  funksiyalarini 

bajarish  maqsadida  markazlashgan  pul  fondlarini  shakllantirish  va  ularda 

jamlangan moliyaviy resurslarni sarflash bilan bog‗liq munosabatlarning u yoki bu 

jihatini aks ettiradi. 

Davlat  byudjetining  mazmunini  yoritishga  turli  davr  va  turli  yo‗nalishdagi 

iqtisodiy  maktablar  vakillari  bo‗lgan  iqtisodchi  olimlar  turlicha  yondoshganlari 

haqida  yuqorida  fikr  yuritgan  edik.  Masalan,  nomi  keltirilgan  o‗quv  qo‗llanmada 



                                           

1

Malikov T.S., Xaydarov N.H.  Davlat byudjeti.O‘quv qo‘llanma  – T.: ―IQTISOD–MOLIYA‖, 2007. 5-bet 

1,2 

• Bozor xo‗jaligining institutsional asoslarini shakllantiruvchi  qonun 



xujjatlarini ishlab chiqish, qabul qilish, amalga oshirish va takomillashtirish 

• Makroiqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta‘minlash, iqtisodiyotni 

samarali boshqarish va tartibga solish 

3,4 


• Asosiy ijtimoiy xizmatlarni kafolatlash, aholining muhtoj qatlamlarini 

ijtimoiy jihatdan qo‗llab-quvvatlash 

• Milliy manfaatlarni himoya qilgan holda, jahon iqtisodiyotiga 

integratsiyalashuv jarayonlarini boshqarish va tartibga solish 

5,6 

• Davlat boshqaruvi, mamlakat mudofaasi va milliy xavfsizligini ta‘minlash 



• Tabiat muhofazasi va ekologik muvozanatni ta‘minlash bilan bog‗liq chora-

tadbirlarni amalga oshirish va sh.k. 



 

―Davlat  byudjeti  deyilganda,  eng  avvalo,  ikki  tushunchaning  qo‗shilishini 



tushunmoq  kerak:  birinchisi  davlat  miqyosida  yalpi  ichki  (milliy)  mahsulotni 

taqsimlash  natijasida  vujudga  keladigan  iqtisodiy  (moliyaviy)  munosabatlar 

(iqtisodiy  kategoriya)  va  ikkinchisi  shu  kategoriyaning  namoyon  bo‗lish  shakli 

sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi‖




Download 13.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling