Kafedrasi “Yer xuquqi va kadastri”


Download 342.93 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.05.2020
Hajmi342.93 Kb.
#103707
Bog'liq
КУРС ИШИ Холматов М 15-18


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY 

 VA O'RTA MAXSUS 

TA'LIM VAZIRLIGI 

FARG'ONA POLITEXNIKA INSTITUTI 

“GEODEZIYA KARTOGRAFIYA VA KADASTR’’ 

KAFEDRASI 

 

“Yer xuquqi va kadastri”  fanidan 

 

 



 

KURS ISHI 

 

 

Mavzu: Andijon viloyati Marhamat tumani Chilon MFY 



Madumar Tojiboev massivida Kanal ximoya  

maydonidan nokonuniy foydalanishni oldini olish. 

 

 

 



 

 

 



                                       

                      15-18 GURUH TALABASI 

 

BAJARDI:                               XOLMATOV.MUXAMMADRIZO 

 

RAXBAR:                               dotsent.  G'.D.RAXMATULLAEV 

 

 



 

 

 



 

FARG'ONA -2020 y 



Mavzu: Andijon viloyati Marhamat tumani Chilon MFY 

Yer resurslaridan noqonuniy foydalanishning olidini olish. 

 

 



Kirish. 

Reja: 

 

1.

 

Yer xuquqining maqsadi va vazifasi. 



2. Davlat  yer  kadastrining  predmeti va maqsadi. 

3. O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar. 

 

Xulosa. 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 

 

 

 



Kirish. 

O'zbekiston    Respublikasi    Oliy    Majlisi    tomonidan    qabul  

qilingan “Er kodeksi”, “Suv va suvdan foydalanish to'g'risida”, “O'rmon 

to'g'risisda”,  “Muxofaza    qilinadigan    xududlar    to'g'risida”    gi    va  

boshqa    qonunlar,  shuningdek  “Er  monitoringini  yuritish  tartibi 

to'g'risidagi  Nizom”  hamda  qator    qonunosti    me'yoriy    xujjatlari  

mamlakatda    yer    munosabatlarini  huquqiy  jihatdan  tartibga  solish, 

ob'ektlar  monitoringini,  jumladan  yer  monitoringini    bugungi    bozor  

munosabatlariga  mos  tarzda  yuritish zaruriyatini  tug'diradi.  Bu  esa,  

o'z    navbatida,    uslubiy    yo'nalishda    yuqori  malakali  mutaxassislarni 

tayyorlash bilan uzviy bog'liqdir.  

Mamlakatda  yuritilayotgan  ob'ektlar  monitoringi,  jumladan  yer 

monitoringi    barcha    yer    fondidan    foydalanishda    uning    mavjud  

xolatini kuzatib  borish,  yuz  berayotgan  salbiy  jarayonlarni  aniqlash  

hamda    ularni  oldini  olish  va  bartaraf  etish  bo'yicha  zaruriy  tadbirlarni 

amalga oshirish kabi  majmuali  tadbir  sifatida  mavjuddir.   Shu  bilan  

birga    davlatning  qonunlariga    mos    ravishda    yer    munosabatlarini  

huquqiy  jihatdan  tartibga solib  borish,  bugungi  islog'otlarga  xizmat  

qiluvchi    yerdan    foydalanish  artibini  rivojlantirish  ham  muhim  amaliy 

ahamiyatga egadir. Bularning barchasi birgalikda 5311500- “Geodeziya,  

kartografiya    va    kadastr”    ta'lim    yo'nalishining  umumkasbiy    fani  

sifatida    shakllangan.Ushbu  fan  bo'yicha  talabalarga  bilim  berish 

bo'lg'usi mutaxassislarnishakllantirishda muhim o'rin tutadi. “Er xuquqi 

va  kadastri”  ilmiy  fan  sifatida  yerni  va  boshqa  tabiiy-iqtisodiy 

ob'ektlarni  xalq  xo'jaligining  ishlab  chiqarish  vositasi  hamda  huquqlari 

ob'ekti  ekanligi  to'g'risidagi  ma'lumotga,  rivojlanayotgan  demokratik 

jamiyatni  uslubiy  ob'ektlarga  bo'lgan  huquqiy  monosabatlariga  hamda  

dunyoni  bilishning  diolektik  uslubiyatiga  asoslanadi.  “Er  huquqi va 

kadastri”    ni    o'rganish    u    bilan    bog'liq    bo'lgan    fanlar  (iqtisodiyot 

nazariyasi,  fuqarolik  va  mehnat  huquqlari,  davlat  kadastrlari  asoslari, 

ko'chmas  mulklar  kadastri,  geodeziya,  kartografiya  va  boshqalar)  ning 

nazariy,    uslubiy    va    amaliy    ishlarmalariga    asoslanadi.    Yer  

to'g'risidagi  ma'lumotlarni    to'plash,    qayta    ishlash    va    tahlil    qilishda  

matematik,  statistik,    geodezik,    fotogrammetrik    va    kartografik  

uslublaridan foydalaniladi. Respublikamizda    yer  islohatlarini  amalga  

oshirilishi    yer    tuzish    va    kadastr  sohasida,    geodeziya  

mutaxassislarining  faoliyatini  yanada  kengaytirdi. 


Xususan, 2009-2017 yillar davomida 81 992 ta uy qurildi, 6 624 

ta  uy-joy  massivi  barpo  etildi,  zarur  muhandislik-kommunikatsiya 

infratuzilmalari  o‘tkazilishi  ta’minlandi.  2016-yildan  qishloq  aholisi 

uchun  yangilangan  namunaviy  loyihalar  bo‘yicha  arzon  uy-joylar 

qurilishini  nazarda  tutuvchi  sifat  jihatidan  yangi  davlat  dasturi  amalga 

oshirilmoqda.  2017-yilning  o‘zida  qishloq  joylarida  18  mingdan  ortiq 

qulay shart-sharoitga ega bo‘lgan uylar barpo etildi. 

Shuningdek, 

fuqarolarning 

qonunchilikda 

meros 

qilib 


qoldiriladigan  umrbod  egalik  qilish  huquqi  asosida  ajratilgan  yer 

uchastkalarida  yakka  tartibda  uy-joy  qurish  huquqi  kafolatlangan.Shu 

bilan  birga,  yer  tuzish  va  kadastr  organlari  tomonidan  o‘tkazilgan 

respublika ko‘chmas mulk fondining yalpi xatlovi yakka tartibda uy-joy 

qurish  sohasida,  ayniqsa,  qishloq  joylarida  qonuniylikni  ta’minlash 

masalalarida tizimli xatolar va jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligini 

ko‘rsatdi. 

Xususan,  uy-joyga  ega  bo‘lish  va  qurishning  qonuniy 

mexanizmlari  mavjud  bo‘lishiga  qaramasdan  minglab  fuqarolar  ko‘p 

yillar  davomida  o‘zboshimchalik  bilan  egallab  olingan  yer 

uchastkalarida 

yakka 


tartibda 

uy-joylarni 

noqonuniy 

barpo 


etishgan.Bunday holatlarning yuz berishiga davlat organlari, eng avvalo, 

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, shu jumladan, yer kadastri, arxitektura 

va qurilish sohasidagi vakolatli organlarning beparvoligi sabab bo‘ldi. 

Fuqarolarga  yer  uchastkalarini  uy-joy  qurish  uchun  muayyan 

to‘lov  evaziga  noqonuniy  berish  yuzasidan  fermer  va  dehqon 

ho‘jaliklarining til biriktirishi bo‘yicha ko‘plab holatlar mavjud.Natijada 

ushbu muammo butun respublika bo‘yicha ommaviy tus oldi va uy-joy 

uchun  zarur  hujjatlarning  mavjud  emasligi  aholida  boshqa  ijtimoiy 

muammolarning  kelib  chiqishiga,  xususan,  haqiqatda  yashab  turgan 

joyga  propiska  qilinishi,  mulk  huquqiga  ega  bo‘lish  va  uni  amalga 

oshirish imkoniyati mavjud emasligiga olib keldi. 

Fuqarolarning uy-joy mulkiga kadastr hujjatlarini berishni so‘rab 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Virtual  qabulxonasiga  5 

mingdan  ortiq,  deputatlar,  senatorlar,  davlat  hokimiyati  organlari 

mansabdor  shaxslari  tomonidan  o‘tkazilgan  sayyor  qabullarda  3 

mingdan ziyod murojaatlari kelib tushgan. 



Uy-joyga doir huquqlarning amalga oshirilishi va aholini ijtimoiy 

qo‘llab-quvvatlash  uchun  qulay  shart-sharoitlarni  yaratish,  yer 

uchastkalaridan 

oqilona 


va 

samarali 

foydalanish, 

shuningdek, 

fuqarolarga tegishli bo‘lgan turar joylarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda 

ko‘maklashish maqsadida: 

O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  hamda  Yer  resurslari, 

geodeziya,  kartografiya  va  davlat  kadastri  davlat  qo‘mitasining 

fuqarolarning  o‘zboshimchalik  bilan  egallab  olingan  yer  uchastkalari 

yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylariga 

nisbatan  mulk  huquqini  e’tirof  etish  bo‘yicha  bir  martalik  umumdavlat 

aksiyasini  (keyingi  o‘rinlarda  bir  martalik  aksiya  deb  yuritiladi)  e’lon 

qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi. 

2019-yil 1-mayga qadar: 

a)  mazkur  Farmon  qabul  qilingan  vaqtga  qadar  qurilish  maqsadlari 

uchun  ajratilmagan  yer  uchastkalarida  yoki  imorat  qurish  uchun 

ruxsatnoma  olmasdan  qurilgan  turar  joyga  (keyingi  o‘rinlarda 

o‘zboshimchalik  bilan  qurilgan  imorat  deb  yuritiladi)  nisbatan  mulk 

huquqi  ushbu  obyektga  o‘z  shaxsiy  mulki  kabi  halol,  oshkora  va 

uzluksiz egalik qilayotgan shaxsga quyidagi shartlar asosida: 

Ushbu  yer  uchastkasi  (uchastkaning  bir  qismi)  unga  qonun 

hujjatlariga  muvofiq  turar  joy  qurish  uchun  ajratilishi  mumkin 

bo‘lmagan yer maydonida joylashmagan bo‘lsa; 

O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat shaharsozlik normalari va 

qoidalari  talablarini  buzmayotgan  bo‘lsa,  shuningdek,  uning  saqlab 

qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan 

manfaatlarini  buzmasa  yoxud  fuqarolarning  hayoti  va  sog‘lig‘iga  xavf 

tug‘dirmasa  e’tirof  etiladi.  O‘zboshimchalik  bilan  qurilgan  imoratga 

nisbatan  mulk  huquqi  e’tirof  etilmaydigan  aniq  holatlar  O‘zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilandi

b) o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi: 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  qaroriga 

asosan  tashkil  etiladigan  Ko‘chmas  mulkka  nisbatan  huquqni  e’tirof 

etish  ishlarini  tashkil  etish  bo‘yicha  komissiyaning  taqdimnomasiga 

ko‘ra  tuman  (shahar)  hokimining  qarori  bilan;umumiy  mulk  huquqi 


haqidagi fuqarolik va oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qoidalariga 

amal qilish sharti bilan; 



Eng  kam  ish  haqining  besh  baravari  miqdorida  bir  martalik 

yig‘im to‘langandan keyin amalga oshirildi; 

v)  o‘zboshimchalik  bilan  qurilgan  imoratga  nisbatan  mulk  huquqini 

e’tirof etishda mulkdorga u qurilgan yer uchastkasiga (uchastkaning bir 

qismiga)  qonun  hujjatlarida  belgilangan  normalar  doirasida  meros  qilib 

qoldiriladigan  umrbod  egalik  qilish  huquqi  berilib,  ortiqcha  qismi 

O‘zbekiston  Respublikasi  Soliq  kodeksining  121-moddasida  nazarda 

tutilgan jarima solinmasdan zaxira yerlariga olib qo‘yildi. 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va 

Toshkent  shahar  hokimliklari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  bir 

martalik aksiyaning amal qilish muddati tugagunga qadar: 

Sudlarga  o‘zboshimchalik  bilan  qurilgan  imoratlarni  buzib 

tashlash  bo‘yicha  da’vo  kiritish  to‘xtatib  turilishini,  qonun  hujjatlariga 

asosan  turar  joy  qurish  uchun  ajratilishi  mumkin  bo‘lmagan  yer 

maydonida  joylashgan  yer  uchastkasida  (uchastkaning  bir  qismida) 

qurilgan obyektlar bundan mustasno; 

Sudlarning  turar  joy  sifatida  foydalanilayotgan  o‘zboshimchalik 

bilan  qurilgan  imoratlarni  buzib  tashlash  to‘g‘risidagi  ko‘rib 

chiqilayotgan  da’volar  hamda  ijro  qilinmagan  qarorlari  bo‘yicha 

belgilangan tartibda kelishuv bitimlari tuzilishini ta’minlasindi. 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki oy muddatda: 

Bir  martalik  aksiyaning  amal  qilish  muddati  tugagandan  keyin 

o‘zboshimchalik  bilan  qurilgan  imoratlarga  nisbatan  mulk  huquqini 

e’tirof  etish  mumkinligi  to‘g‘risidagi  fuqarolik  qonun  hujjatlari 

normalarini bekor qilishni

O‘zboshimchalik  bilan  qurilgan  imoratlar  uchun  javobgarlikni 

kuchaytirishni  nazarda  tutuvchi  takliflarni  Vazirlar  Mahkamasiga 

kiritildi. 

O‘zbekiston  Milliy  teleradiokompaniyasi,  O‘zbekiston  Matbuot 

va  axborot  agentligi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Yer  resurslari, 



geodeziya, 

kartografiya 

va 

davlat 


kadastri  davlat  qo‘mitasi, 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va 

Toshkent  shahar  hokimliklari  mazkur  Farmonning  mazmun-mohiyati 

ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etildi. 



 

1.1 Yer  ququqi  -   yerga  oid  munosabatlarni  iqtisodiy  nuktai 

.nazardan  ququqiy  tartibga  soladigan  mustaqil  huquq  sohasi.  Yerga  

oid    huquqiy    munosbatlar    mulkiy,    ishlab    chiqarish,    ekologik,  

iqtisodiy,  makon-bazis  va  shunga  o'xshash turli xil jihatlardan iborat 

bo'lishi mumkin. 

 

1.2  Yer  huquqining  predmeti  -  huquqiy  yo'l    bilan    tartibga  

solib    turiluvchi    yer    munosabatlari,    ya'ni    iqtisodiy    xarakterga    ega  

bo'lgan    yer  jarni    bo'lib    berish,    ulardan    foydalanish    va  ularni  

muhofaza  qilish  yuzasidan  kelib  chiqadigan  ijtimoiy  munosabatlarni  

yer  qonunchiligi normalari orqali tartibga solishdir. 

1.3 Yer  huquqining  maqsadi  — yerlarni muhofaza  qilish va  

ulardan  oqilona    foydalanish    uchun  yer  munosabatlarini  huquqiy 

tartibga solish.Yer  huquqi  tizimi  — yer  munosabatlarining o'ziga  xos  

tomonlari   va   qonuniyatlariga  qarab ma'lum   bir  tartibda  joylashgan  

Yer  huquqi.ismlari  va  institutlari  majmui.  Yer  huquqi tizimini  go'yo  

"uy"  deb  tasavvur  qilsak,  uning qismlari  "poydevor",  institutlari  esa  

"g'isht"laridir. 

1.4  Yer    huquqining    o'ziga    xos    tomonlari    -      faqat    ushbu  

huquq    sohasiga    taalluqli    bo'lgan    yer  munosabatlarini    huquqiy  

tartibga    solib    turishda    mustaqil    mavjud    bo'lgan    printsip    (qoida),  

predmet,  ob'ekt,  metodologiyasi  va  tatbik qilish  joyining  borligidir.  

Masalan,  yer  Ekologiya  huquqining  alohida  bir  ob'ekti  bo'lishi bilan  

birga    kishilar    xo'jalik    faoliyatining  makon-bazisi    sifatida    namoyon  

bo'ladi.  Shuning uchun  ham  Yer  huquqi Ekologiya  hukuqidan  farqli  

o'laroq    yerlarni    ma'lum    bir    toifalarga  ajratadi    va    ulardan  

foydalanishning    huquqiy  tartibi    bilan    bir    qatorda    ularni    huquqiy 

muhofazalash  choralarini  ishlab  chiqadi  va amalga tatbiq qiladi. 



2.1  Davlat    yer    kadastri  —  Davlat    kadastrlari  yagona 

tizimining  asosiy  tarkibiy  qismi  hisoblanib,    u    yerlarning    tabiiy,  

xo'jalik,    huquqiy  holati,  toifalari,    sifat  xususiyatlari  va  qimmati,    yer  

uchastkalarining    o'rni    va    o'lchamlari,  ularning    yer    egalari,  yerdan  

foydalanuvchilar,  ijarachilar    va    mulkdorlar    o'rtasidagi    taqsimoti  


to'g'risidagi ma'lumotlar  hamda  hujjatlar tizimidir  (Davlat yer kadastri 

to'g'risidagi qonunning 3-moddasi). 



2.2  Davlat    yer    kadastrining    maqsadi  -Davlat  yer  kadastri 

to'g'risidagi  qonunning  1-moddasiga  binoan  iqtisodiyotni  rivojlantirish,  

yer  uchastkalariga    bo'lgan    huquqlarning    kafolatlarini  ta'minlash,  

yerdan oqilona  foydalanish,  ularni qayta  tiklash va  muhofaza   qilish 

uchun  kadastr  ma'lumotlaridan    foydalanishning    huqukiy  asoslarini 

belgilashdan iborat. 



2.3  Davlat    yer    kadastrining    huquqiy-me'yoriy  asoslari  - 

1998  yil  28  avgustda  qabul  qilingan  "Davlat  yer  kadastri  to'trisida"gi 

qonun,    Vazirlar    Mahkamasining    1998    yil    31    dekabrdagi 

"O'zbekiston    Respublikasida    davlat    yer    kadastrini    yuritish  

to'g'risida"gi    543-sonli    qarori  va    unga    ilova    qilingan    "Davlat    yer  

kadastrini  yuritish    tartibi    to'g'risidagi    Nizom"    va    boshqa  qonun 

hujjatlari.Yer  kadastrini    olib    borish    —    viloyat    va  tumanlarda  Yer 

resurslari  davlat  qo'mitasining  tegishli    viloyat    va    tuman,    shaqar    va  

qishloqlarda  tuman  va  shahar  davlat  ko'chmas  mulk  kadastri  hamda  

Geodeziya,    kartog'rafiya    va    davlat  kadastri    bosh    boshqarmasi  

xizmati  bo'linmalarining tegishli faoliyati.Yer  kadastri  xujjatlari  -   yer  

uchastkalariga  bo'lgan  huquqni  tasdiqlovchi  hujjatlari, tuman  (shahar)  

yer    kadastri    daftari,    yerlarning  miqdor,    sifat    holati    va    ularning  

bahosi    to'grisidagi  hisobotlar,  kadastr  xaritalari,    planlari    va    qonun  

hujjatlarida    ko'zda    tutilgan  boshqa    hujjatlar    yig'indisi    (Davlat    yer  

kadastri to'grisidani qonunning 12-moddasi). 

 

3.1  Yerlarni  o’zboshimchalik  bilan  egallab  olish-deb  erlardan 

huquqni belgilovchi hujjatlarsiz foydalanish aytiladi. 



3.2  O‘zboshimchalik  bilan  qurilgan  imorat —deb  qonun 

hujjatlarida  belgilangan  tartibda  qurilish  maqsadlari  uchun  ajratilmagan 

yer  uchastkalarida,  shuningdek  imorat  qurish  uchun  zarur  ruxsatnoma 

olmasdan  yoki  shaharsozlik  normalari  hamda  qoidalarini  jiddiy  buzgan 

holda  qurilgan  uy-joy,  boshqa  imorat,  inshoot  yoki  o‘zga  ko‘chmas 

mulk. 


3.3 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qaytarish 

O‘zboshimchalik  bilan  egallab  olingan  yer  uchastkalari  ularga 

g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan 

sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi. 

Yer  uchastkalarini  foydalanish  uchun  yaroqli  holatga  keltirish, 

shu 


jumladan 

undagi 


imoratlarni 

buzish 


yer 

uchastkalarini 



o‘zboshimchalik  bilan  egallab  olgan  shaxslar  hisobidan  amalga 

oshiriladi. 

O‘zboshimchalik  bilan  egallab  olingan  yer  uchastkasini  yer 

egasiga,  yerdan  foydalanuvchiga,  yer  uchastkasi  ijarachisiga  yoki 

mulkdoriga  qaytarish  tegishli  tuman,  shahar,  viloyat  hokimining 

qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. 

(

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YER KODEKSI 14-BOB 

91-modda

.)

 

 

Yer  uchastkalarini   o'zboshimchalik  bilan   egallab   olish

Jinoyat  kodeksi-204  ,2291.Fuqorolik  kodeksi-985.Yer  kodeksi-90,91. 

Tabiatni muhofaza qilish to'grisidagi qonun-47  

 

3.4 «Snos» va Noqonuniy qurilgan turar joylarni buzish o‘rtasida 



qanday farq bor? 

«Snos»  va  o‘zboshimchalik  bilan  qurilgan  uy joylarni  buzish 

o‘rtasidagi  farqlar,  qaysi  hollarda  tovon  puli  to‘lanishi,  qaysi  hollarda 

esa  aybdorlar  jarimaga  tortilishi.«Snos»  va  o‘zboshimalik  bilan 

noqonuniy  ravishda  qurib  olingan  uylarni  buzish  o‘rtasidagi  farqlarni 

sanab o‘tamiz. Quyida ushbu ma’lumotlarni to‘liqligicha e’tiboringizga 

havola etamiz.Gap «snos» haqida ketar ekan, uni o‘zboshimchalik bilan 

qurilgan  uy-joylardan  farqini  bilib  olish  har  qachongidan  dolzarb 

masaladir.  «Snos»  deganda  fuqarolar  va yuridik  shaxslarga faqatgina 

qonuniy  tartibda  tegishli  bo‘lgan yer uchastkasi  yoki  uning  bir  qismi 

olib 


qo‘yilishi 

va unga 


yarasha 

kompensatsiya 

berilishi 

tushuniladi.Rostdan  ham  shaharsozlik  faoliyatini  amalga  oshirish, 

aholiga  munosib  turmush  sharoitini  yaratish,  hududlarni  kompleks 

rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari va investitsiya loyihalarining 

samarali amalga oshirilishi doirasida fuqarolar va tadbirkorlarga tegishli 

bo‘lgan  bino  va inshootlar  joylashgan  yer uchastkalari  olib  qo‘yilishi 

munosabati  bilan  ayrim  hollarda  kamchiliklarga,  qonunbuzilishlarga 

yo‘l qo‘yildi. 

Ayni  masalada  qonun  buzilishlar  bo‘lganligi  sababli  bu borada 

umuman  yangicha  tartib  joriy  etildi.Endilikda  Yer uchastkasini  olib 

qo‘yish  Hukumatning  2019  yil  16  noyabridagi  911-son  qarori  bilan 

tasdiqlangan  nizom  asosida  hamda  unda  ko‘rsatib  o‘tilgan  asoslar 

mavjud bo‘lgandagina amalga oshiriladi. 

Unga ko‘ra: 



Yer uchastkasini  olib  qo‘yishga  zarurat  tug‘ilganda  birinchi 

navbatda  hokimlik  yoki  investor  va mulkdorlar  o‘rtasida  OAV 

ishtirokida ochiq muhokama o‘tkaziladi; 

Hokimlik  yoki  investor  tomonidan  dastlabki  hisob-kitoblar 

amalga  oshiriladi,  shuningdek,  kompensatsiya  berish  uchun  yetarli 

resurslar mavjudligi o‘rganiladi; 

Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi 

Jo‘qorg‘i 

Kengesi, 

xalq 

deputatlari  Kengashlari  tomonidan  yer uchastkasi  olib  qo‘yilishidagi 



foyda va xarajatlar o‘rganib chiqiladi, resurslar yetarli bo‘lganida hamda 

foyda  va xarajatlardan  ustun  kelgan  taqdirda  yer uchastkasini  olib 

qo‘yish  to‘g‘risidagi  qaror  qabul  qilinadi. Hokimliklar  yer uchastkasi 

olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror qabul qilishga vakolatli emas; 

Hokimlik  yoki  investor  va mulkdorlar  o‘rtasida  kompensatsiya 

turi,  miqdori  va berish  muddati  kelishiladi  va ushbu kelishuv  notarial 

tartibda tasdiqlanadi. 

Kelishilgan kompensatsiya berilmaguncha ko‘chmas mulklar buzib 

tashlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Bundan  tashqari  olib  qo‘yilgan  yer uchastkasida  joylashgan 

binoni  buzish  ham adliya  organlarining  ijobiy  xulosasidan keyingina 

amalga  oshirilishi  belgilandi.Ta’kidlab  o‘tish  lozimki,  yangi  tartib 

kuchga  kirgandan  keyin  (2020  yil  1  yanvar)  «snos»  masalasida 

muammo bo‘lgani yo‘q.«Snos»ning ikkinchi to‘lqini haqidagi gaplar esa 

mutlaqo asossiz, «publika»ga o‘ynashdan boshqa narsa emas. 

Xo‘sh unda masala nimada? 

Hozirda  ba’zi  hududlarda  ayrim  fuqarolar  tomonidan 

o‘zboshimchalik bilan yoki noqonuniy hujjat asosida ajratilgan yerlarda 

qurilgan 

uy-joylar 

belgilangan 

tartibda 

buzilishi 

rejalashtirilgan.Noqonuniy 

hujjat 


albatta 

o‘z-o‘zidan 

qabul 

qilinmaydi (tanish-bilish,  korrupsiya borligi  kunday  ravshan  biroq  isbot 



yo‘qligi  uchun  bu  haqda  yozmaymiz),  bu  hujjat  qabul  qilishga  mas’ul 

bo‘lgan  shaxslarning  javobgarligi  masalasi  albatta  tegishli  tashkilotlar 

tomonidan  ko‘rib  chiqiladi.Ta’kidlab  o‘tish  lozimki,  davlat  organining 

noqonuniy  qarori  natijasida  fuqaroga  yoki  yuridik  shaxsga  yetkazilgan 

zararning  o‘rni  davlat  tomonidan  qoplanadi.  Bunday  zararning  o‘rni 

davlat organining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanishi, 



agar  u yerda  mablag‘lar  bo‘lmasa  zarar  davlat  byudjetidan  qoplab 

beriladi. 

Bundan  tashqari  2019  yilda  Jinoyat  kodeksiga  yangi  modda  qo‘shilib, 

yer berish tartibini buzganligi uchun javobgarlik chorasi kiritildi. 

Bugungi  kunda  fuqarolarimiz  tomonidan  hududlardagi  sug‘oriladigan 

ekin maydonlarida ruxsatnomasiz, o‘zboshimchalik bilan qurilish qilish 

holatlari ko‘p uchramoqda. 

Aytib  o‘tish  joizki,  Hukumatning  2019  yil  16  noyabridagi  911-son 

qarorida  o‘zboshimchalik  bilan  qurilgan  uy-joyning  ham  qoplanishi 

lozimligi  qayd  etilgan.  Shuni  unutmasligimiz  kerakki,  bunda 

kompensatsiya  fuqarolarga  qonuniy  tartibda  tegishli  bo‘lgan 

yer uchastkalaridagi mulklar «snos»ga  tushganida,  unda  joylashgan 

o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylar uchun to‘lanadi xolos. Boshqa 

har  qanday  holatda  o‘zboshimchalik  bilan  qurilgan  uy-joylar  uchun 

kompensatsiya to‘lanmaydi.  

Ya’ni  yer egallab olingan hech bir holatda kompensatsiya 

to‘lanmaydi. 

Konstitutsiyamizda  belgilanganidek  yer umummilliy  boyligimiz 

hisoblanadi.  Shu  o‘rinda  uni  asrab-avaylash  har  birimizning  burchimiz 

ekanligini  unutmasligimiz  lozim.  Yerga  nisbatan  qonuniy  munosabatni 

shakllantirish esa davlatning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. 

Yurtimizda  qishloq  xo‘jaligiga  mo‘ljallangan 20,2  mln gektar 

yerlarning  atigi 20,7 foizi  sug‘oriladigan  yerlar  hisoblanadi.  So‘nggi  15 

yil  mobaynida  aholi  jon  boshiga  sug‘oriladigan  yerlar 24  foizga (0,23 

ga dan 0,16 gacha) kamaygan. 

Mazkur  holatda  albatta  ayrim  shaxslar  tomonidan  qonunlarni 

ochiqchasiga  buzgan  holda  yerlarni  egallab  olishi  ham  rol  o‘ynagan 

albatta.  Mamlakat  aholisining  qariyb 16,4  millioni (jami  aholining  49,4 

foizi)  qishloq  hududlarida  istiqomat  qilishini  hisobga  olsak,  bu kabi 

noqonuniy  harakatlarga  qa’tiy  ravishda  kurashilmasa  qishloq  aholisi 

bandligini  ta’minlash,  mamlakat  oziq  ovqat  xavfsizligi  kabi  strategik 

o‘ta muhim  masalalar ijtimoiy portlashni keltirib  chiqaradi.Shu o‘rinda 

aytib  o‘tish  kerakki,  davlatimiz  rahbari  tashabbusi  bilan  2019  yil  1 

mayga  qadar  o‘zboshimchalik  bilan  qurilgan  imoratlarga  «amnistiya» 

e’lon  qilindi.  Ushbu  davrda 589  991  nafar fuqaroga  o‘zboshimchalik 

bilan  qurilgan  uy-joylarga  mulk  huquqi  berildi.  Bu juda  ham  katta 



ko‘rsatkich.  Davlat  tomonidan  imkoniyat  berildi,  lekin  mazkur 

imkoniyatni suiste’mol qilib yana noqonuniy yerlarda uy-joylarni qurib 

olish  esa  ayrim  fuqarolar  tomonidan  o‘rnatilgan  tartiblarni  ochiqdan 

ochiq mensimasligini anglatadi. 



Bu  holatda  davlat  organlarining  pozitsiyasi  aniq.  Noqonuniy  bino 

buziladi, aybdor javobgarlikka tortiladi. 

O‘zboshimchalik  bilan  qurilgan  uy-joy  va  boshqa  bino  va  inshootlarga 

kadastr hujjatlari tayyorlanib davlat ruyxatidan o‘tkaziladimi? 

O‘zboshimchalik  bilan  qurilgan  bino  va  inshootlar  (bino  va 

inshootlarga  bo‘lgan  mulk  huquqining  sud  tomonidan  tan  olinishi 

hollari  bundan  mustasno)  shuningdek  qurilish  davrida  foydalanish 

uchun  qurilgan  vaqtinchalik  imoratlarga  bo‘lgan  huquqlar  davlat 

ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi. 

O‘zbekistonda qancha yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab 

olingani  aniqlandi.Bosh  prokuratura  hokimliklar  zaxirasidagi  qishloq 

xo‘jaligi  yerlarining  holati,  o‘zboshimchalik  bilan  egallab  olingan 

yerlarni qaytarish va ularda noqonuniy qurilgan uy-joy, bino, inshoot va 

boshqa ko‘chmas mulk obektlarini buzish bilan bog‘liq amaliyotni tahlil 

qildi. 

Aniqlanishicha: 



– 3 884 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallangan 

(22 789 ta holat); 

– 6 024 gektar maydonda noqonuniy qurilishlar amalga oshirilgan 

(52 292 ta holat); 

– 9 741 gektar maydondan samarasiz foydalanilgan (477 ta holat); 

– 1 418 gektar maydondan maqsadsiz foydalanilgan (591 ta holat). 

Bosh  prokuratura  bu  yo‘nalishda  huquqni  qo‘llash  amaliyotida 

aniqlangan  muammolar  va  qonunbuzilish  holatlarini  barataraf  etishga 

qaratilgan  qonun  loyihasi  ishlab  chiqib,  jamoatchilik  muhokamasiga 

qo‘ydi. 


«Qonun loyihasiga muvofiq, mamlakat iqtisodiyotining tayanchi bo‘lgan 

yer  resurslarini  talon-taroj  qilish  holatlarining  oldini  olish  maqsadida 

o‘zboshimchalik  bilan  egallab  olingan  yer  uchastkalarini  qaytarish  va 


bunday  yerlarda  noqonuniy  qurilgan  uy-joy  va  boshqa  ko‘chmas  mulk 

obektlarini  buzishga  oid  ishlarni  sudda  ko‘rib  chiqish  tartiblari 

soddalashtirilmoqda. 

Loyihada  Yer  kodeksining  91-moddasiga  hamda  Fuqarolik 

protsessual  kodeksining  «Sud  buyrug‘i»  deb  nomlangan  18-bobiga 

qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. 

Unga  ko‘ra,  o‘zboshimchalik  bilan  egallangan  yerlarni  yer 

egasiga,  yerdan  foydalanuvchiga,  yer  uchastkasi  ijarachisiga  yoki 

mulkdoriga  qaytarish  va  o‘zboshimchalik  bilan  qurilgan  uy-joy,  bino, 

inshoot  yoki  boshqa  ko‘chmas  mulk  obektlarini  buzish  to‘g‘risidagi 

masalalar  sud  buyrug‘i  tartibida  ko‘rib  chiqiladi.Bu  boradagi  amaldagi 

tartibga  muvofiq  esa,  bitta  noqonuniy  qurilmani  buzdirish  haqidagi  hal 

qiluv  qarori  Majburiy  ijro  byurosiga  kelib  tushishi  uchun  o‘rtacha  80 

kun  muddat  talab  etiladi.«Bu  esa,  noqonuniy  qurilish  u  boshlangan 

vaqtda  aniqlangan  taqdirda  ham  davom  etishiga  sharoit  yaratmoqda, 

kelgusida  uni  qonuniy  asoslarda  buzish  jarayonida  mulkdor  hamda 

vakolatli  organlar  o‘rtasida  tushunmovchilik  va  ziddiyatni  yuzaga 

keltirmoqda». 

Adliya  vazirligi  mas’ul  xodimi  Shahnoza  Soatova  aholi 

tomonidan  ekin  maydonlariga  noqonuniy  qurilgan  uy-joylar  mavzusini 

tahlil qilib, sabab va oqibatlarga to‘xtalib o‘tdi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2006-yil  3-

fevraldagi  3-sonli  “Yer  kodeksini  tatbiq  qilishda  sud  amaliyotida 

vujudga  keladigan  ayrim  masalalar  to‘g‘risida”gi  qarorining  18-bandi, 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 

7-sonli  “Sud  hujjatlarini  bajarishdan  bo‘yin  tovlash  va  ularning  ijro 

etilishiga  to‘sqinlik  qilish  uchun  jinoiy  javobgarlikka  doir  qonunlarni 

qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi

 

 

Afsuski,  hayotda  hammasi  bunday  oddiy  va ayon  ajralib 



turmaydi.  U yoki  bu  hodisaning  sabablarini  o‘rgana  boshlar  ekansan, 

vaziyat  chalkashligi,  murakkabligi  va turli  jarayonlarga  bog‘liqligini 

ko‘rasan. 

Shunday  holatda  sabablarni  topish,  oqlash  yoki  qoralash  emas,  tahlil 

qilish lozimligini anglaysan. 


Bugungi  kunda  noqonuniy  qurilgan  uy-joylar  masalasiga  to‘xtalganda 

ham, shunday: tortishuv, ko‘z yoshi, hatto qon tasvirlariga qarab ehtiros 

bilan  turli  baholarni  beravermay,  shunga  olib  kelgan  sabablar  haqida 

mushohada  qilish  va bundan  keyin  nima  bo‘ladi  degan  savol  ustida 

o‘ylash muhim. 

Noqonuniy 

uy-joylar 

masalasida 

bu 

qadar 


tushunmovchilik 

va ziddiyatlar kelib chiqishining sabablari nima? 

Bu voqealarni  o‘tgan  yilgi  «snos»  bilan  umumlashtirib  taqdim  qilish 

naqadar to‘g‘ri? 

Bundan  keyin  davlatning  noqonuniy  qurilgan  uy-joylarga  nisbatan 

siyosati qanday bo‘ladi? 



Avvalo, sabablar xususida 

Demografiya  va uy-joy  qurilishi.  Fuqarolarni  arzon  uy-joylar 

bilan  ta’minlash  yuzasidan  uzoq  yillar  yetarlicha  harakat  qilinmadi. 

Ayniqsa,  qishloq  joylarda  aholi  uchun  hamyonbop  turar  joy  binolari 

qurish masalasi e’tiborga olinmadi. 

Xususan, 2009 —  2017  yillar  davomida 81  992  ta uy  qurildi,  6  624 

ta uy-joy  massivi  barpo etildi.Mamlakat  aholisi  soni  esa  bu davrda  27 

milliondan  32  milliongacha oshdi.  Tabiiyki,  uy-joy  qurilishi  shiddati 

aholi o‘sish shiddatidan ancha ortda qoldi. 

Qolaversa,  namunaviy  loyihalar  asosida  qurilgan  uy-joylarni  sotib 

olishga  qishloq  aholisining  qurbi  yetmaydigan  holat  ham  ko‘p  edi. 

Loyihani  «realizatsiya»  qilish  uchun  bu uylar  uy-joyi  bor,  o‘ziga  to‘q 

aholiga, fermerlarga, tadbirkorlarga majburlab sotildi. Shunga qaramay, 

loyiha qishloq aholisining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qoplay olmadi. 

Odamlarga sharoitiga mos va hamyonbop uylar qurilmagani va shiddatli 

demografik o‘sish bugun uy-joy tanqisligi muammosini keltirib chiqardi. 

Mentalitet.  So‘nggi  yillarda  aholi  uchun  ko‘p  qavatli  va arzon 

uy-joylar 

qurish 

ishlari 


ancha 

jadallashib 

qoldi. 

Prezident qaroribilan tasdiqlangan2017 — 



2021 

yillarda qishloq 

joylarda yangilangan  namunaviy  loyihalar  bo‘yicha  arzon  uy-joylarni 

qurish  Dasturiga  muvofiq  yangilangan  namunaviy  loyihalar  asosida 53 



mingdan  ziyod arzon  uy-joylar  va kvartiralar  qurildi,  turar  joy 

sharoitlarini  yaxshilashga  muhtoj  65  mingga  yaqin  oila  uy-joy  bilan 

ta’minlandi.Biroq odamlarimiz yerga yaqin bo‘lishni istaydi. Andijonda 

ko‘p  qavatli  uydan  kvartira  emas,  kottej  kerak  deb  talab  qo‘ygan  ayol 



yodingizdadir.  Ko‘pchilik  o‘z  qarindosh-urug‘i,  ota-onasiga  yaqin 

joydan,  o‘zi  yashayotgan  mahalladan  hovli-imorat  qurishni  istaydi. 

Lekin shuni unutmaslik kerakki, O‘zbekiston Markaziy Osiyoning aholi 

eng  zich  yashaydigan  o‘lkasi  hisoblanadi  va  aholi  soni  bo‘yicha  MDH 

davlatlari o‘rtasida «bepoyon» Rossiyadan so‘ng 2-o‘rinda turadi. 

Ma’lumot uchun: 

O‘zbekiston  yer resurslari  nihoyatda  cheklangan,  aholisi  esa 

shiddat bilan oshib borayotgan mamlakat hisoblanadi. Aholi soni o‘sishi 

shiddati sug‘oriladigan yer maydonlari oshishidan ancha yuqori. Har bir 

gektar  sug‘oriladigan  yerga  8  kishi  to‘g‘ri  keladi.  Umumiy  qishloq 

xo‘jaligiga yaroqli yer maydoni 17,8 mln gektar bo‘lib, Osiyo taraqqiyot 

bankining  prognozlariga  ko‘ra  yaqin  30  yilda  sug‘oriladigan  yerlar 

miqdori yana 20−25 foizga kamayadi. 

Yer uchastkalari  ajratishdagi  qonunbuzarliklar.  Adliya  vazirligi 

tomonidan  o‘tkazilgan  o‘rganishlar  natijasida  2018  yil  davomida 

hokimliklar  tomonidan  335  gektar  yer maydonlari  noqonuniy  ajratib 

berilgani  va natijada  mahalliy  byudjetlarga  20  mlrd  400  mln  so‘mdan 

ko‘proq  zarar  yetkazilgani  aniqlangan.Xususan,  namunaviy  loyihalar 

bo‘yicha  arzon  uy-joylar  qurilishi  uchun  birgina  2018  yilda  tuman 

hokimliklari  tomonidan  ajratilgan  1065  gektar  yerning  60  gektarga 

yaqini  qishloq  xo‘jaligiga  mo‘ljallangan  yerlar  toifasiga kiradi.  Bugun 

shu xatolar uchun qimmat badal to‘lanyapti. 

Sust  urbanizatsiya.  Aholi  yashaydigan  uylar  yaqinida  bog‘cha-

maktab,  poliklinika  kabi  zarur  muassasalar  qad  ko‘tarishi,  gaz-suv, 

kommunikatsiya  masalalari  hal  etilishi  lozim.  Odamlar  yangi  qurilgan, 

ammo  infrastukturasi  yaxshi  rivojlanmagan  kvartallarda  yashashni 

istamaydi.  Lekin  tanganing  orqa  tomoni  ham  bor:  rejasiz,  tartibsiz, 

stixiyali  ravishda  kengayib  borayotgan  mahallalar  va  qishloqlarda 

infrastuktura  yaratish  ham  imkonsiz.  Kompakt  yashaydigan  kvartallar 

uchun infrastuktura yaratish arzonroq va qulayroq. 

Korrupsiya  va  huquqiy  madaniyat.  Odamlarda  qonuniy  yashash 

noqonuniy yashashdan foydaliroq degan xulosa bo‘lishi kerak. Masalan, 

men  qonuniy  yo‘llar  bilan  tegishli  to‘lovlarni  amalga  oshirib 

yer maydoniga ega bo‘lsam-da, qo‘shnim shu ishni noqonuniy yo‘l bilan 

osongina  kimgadir  pulini  berib  hal  qilsa —  qonunga  asosan  yashash 

kerakligiga kim ishonadi, men ham qo‘shnim kabi yo‘l tutganim afzalga 

aylanmaydimi? Xuddi shunday, barcha uddaburonlar o‘z ishlarini bitirib 


ketaversa,  unda  uzoq  emas,  yaqin  kelajakda  qanday  parokandalikka 

yuz tutamiz?Demak  bunday  holat  yuz bermasligi  uchun  biz  jamiyat 

sifatida  tish-tirnog‘imiz  bilan  kurashishimiz  kerak.  Buning  uchun  esa 

uzoq  yillardan  beri  ildiz  otib  ketgan  korrupsiyani  jilovlash, 

mansabdorlarning qonunlarga itoatda xalqqa namuna bo‘lishiga erishish, 

uy-joy, 


yer va boshqa 

turli 


imtiyozlar 

berilishining 

shaffof 

mexanizmlarini  takomillashtirish  hamda  qonunbuzarlarga  nisbatan  jazo 

muqarrarligini ta’minlash lozim. Shunda odamlar bilan og‘zaki kelishib 

davlat  yerini  berib  yuboradigan  fermer,  bunga  yo‘l  qo‘yadigan 

hokimliklar,  bundan  ko‘z  yumadigan  kadastr,  «uchastkovoy», 

mahallakom  kabi  mas’ullar  va nihoyat  katta  riskli  avantyuraga  bosh 

qo‘shib  peshona  teri  bilan  topgan  pulini  noqonuniy  yer va imoratga 

tikadigan fuqarolar kamayadi. 

Har bir holat o‘ziga xos 

Sabablar  bundan  ko‘proq  bo‘lishi  mumkin.  Lekin  noqonuniy 

qurilgan  uy-joylar  haqida  fikr  bildirishda,  har  bir  holat  alohida 

o‘rganishni  talab  etishini  unutmaslik  lozim.  Agar  uy-joy  qurish  uchun 

yer  hokim  qarori  bilan  ajratilgan,  ammo  keyin,  masalan  keyingi  hokim 

kelgach,  qaror  bekor  qilingan  bo‘lsa,  «fuqaro  yoki  yuridik  shaxsning 

davlat  organi  qaroriga  bo‘lgan  ishonchi  qonun  bilan qo‘riqlanishi» 

prinsipi  amal  qilishi  lozim.  Agar  yer  hech  bir  hujjatsiz,  noqonuniy 

egallangan  bo‘lsa,  tegishli  tartibda  davlat  tasarrufiga  qaytarilishi  shart 

va albatta  javobgarlik  masalasi  hal  etilishi  kerak.Shuningdek,  har 

holatning  o‘ziga  yarasha  sababi  bo‘lishini  nazarda  tutgan  holda 

umumlashmalar  va tizimlashtirishlarga  ehtiyot  bo‘lish  kerak.  Ayniqsa, 

buni  «snos»  masalasi  bilan  chalkashtirmaslik  va  aholining  ehtiroslari 

bilan o‘ynashmaslik lozim. 



«Bir martalik aksiya» yana bo‘ladimi? 

Xabaringiz  bor,  mamlakatimizda  o‘zboshimchalik  bilan  qurilgan 

imoratlarga davlat tomonidan bir martalik amnistiya e’lon qilingan edi. 

Ushbu  aksiya  natijasida  yarim  milliondan  ortiq  insonga  uy-joylari 

qonuniy  rasmiylashtirib  berildi.  Bu yarim  million  oila  qonuniy 

boshpanalik  bo‘ldi,  ertaga  o‘z  uyini  avlodlariga  meros  qilib  qoldirishi 

yoki oldi-sotdi va garovga qo‘yish amaliyotlarini qilishi mumkin degani. 

Ya’ni uy-joy borasida, qanchalik murakkab bo‘lmasin, davlat tomonidan 

fuqarolar  tomon  ulkan  qadam  tashlanganini hech  kim  inkor  qila 

olmaydi.Ammo  ayrimlarda  bu davom  etadi,  uy-joyni  qurib,  biror  yil 



ushlab tursak, davlat yana «kechirib» yuborishi mumkin degan noto‘g‘ri 

fikr shakllangan bo‘lishi mumkin. 

Aksiya  o‘z  nomi  bilan  bir  martalik,  endi  bunday  aksiya 

bo‘lmaydi. Bundan tashqari, aksiyani e’lon qilish to‘g‘risidagi Prezident 

Farmonida  «bir  martalik  aksiyaning  amal  qilish  muddati  tugagandan 

keyin  o‘zboshimchalik  bilan  qurilgan  imoratlarga  nisbatan  mulk 

huquqini e’tirof etish mumkinligi to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlari 

normalarini  bekor  qilish»  va «o‘zboshimchalik  bilan  qurilgan  imoratlar 

uchun javobgarlikni kuchaytirish» vazifalari qo‘yilgan edi. 

Shu asosida  qonunchilikka  tegishli  o‘zgartirishlar  kiritildi,  ya’ni 

o‘zboshimchalik  bilan  qurilgan  uylarga  nisbatan  mulk  huquqini  e’tirof 

etish 


mumkin 

bo‘lgan 


moddalar 

chiqarib 

tashlandi.Demak, 

o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari masalasida davlatning 

qat’iy pozitsiyasi ma’lum qilindi. 

Endi nima bo‘ladi? 

O‘tkazilgan  xatlov  natijasiga  ko‘ra,  2018−2019  yillarda  23 

mingdan  ortiq  holatlarda  fuqarolar  3900  gektar  yerni  o‘zboshimchalik 

bilan  egallab  olishgan,  6000  gektar  ekin  yerlarida  noqonuniy  imoratlar 

qurib olingan.Bu 23 mingta qonun buzilishi degani. Endi 23 mingta oila 

boshpanasiz qoladimi? 

Afsuski,  biz  hamma  yerlarimizga  uy-joy  qurib,  oziq-ovqatni 

tashqaridan sotib oladigan darajada boy davlat emasmiz hali. Qolaversa, 

bu  holat  davom  etish  ham  mumkin  emas —  qonuniylikni  ta’minlash 

kerak.  Shuning  uchun,  fikrimcha,  davlat  mazkur  masalada  qat’iyat 

ko‘rsatishda  davom  etadi.Uy —  bu  har  insonning  vatani,  tayanch 

nuqtasi.  U shunchaki  moddiy  hosila  emas,  insonga  bugunidan 

xotirjamlik,  kelajagi  uchun  ishonch  beradigan,  turli  xavotirlarini 

aritadigan  joy.Shu sababli  uyini  buzishga  kelgan  buldozer  tagiga  yotib 

oladigan  odamlar  ham  chiqyapti  va ularni  ham  qaysidir  ma’noda 

tushunish  mumkin.Demak,  endigi  masala,  bu jarayonning  imkon  qadar 

talafotsiz,  ammo  qonuniy  hal  etishdan  iborat.Buni  ijrochilar  yaxshi 

anglashlari  kerak.  Noqonuniy  qurilgan  uylarni  buzib,  yerlarni  davlat 

tasarrufiga  qaytarishni  sud  qarori  bilan,  qonunda  belgilangan  tartibga 

rioya etgan holda (ikki kunda buziladi deb emas) amalga oshirish lozim. 

Sabablar qanday bo‘lishidan qat’i nazar, xalqqa ham, davlatga ham oson 

bo‘lmaydi. Ammo noqonuniylikka ko‘z yumish, davlat yerini talon-taroj 

qilishga  qo‘yib  berish  mumkin  emas.  Aybdorlar  aniqlab  jazolanishi, 


sabablar  bartaraf  etilishi,  lozim  o‘rinlarda,  agar  qonunchilikda  shu 

ko‘zda tutilgan bo‘lsa, kompensatsiyalar to‘lanishi kerak. Biroq har bir 



qarich noqonuniy egallangan yer davlatga qaytarilishi shart

Biz 


millat 

sifatida, 

davlat 

sifatida 



qonuniy 

yashashni 

o‘rganishimiz  kerak.  Ayrimlar  qonun  nechanchidir  masala,  insof, 

diyonat  birinchi  o‘rinda  deyishadi.  Lekin  insof,  diyonatning  na mezon-

o‘lchovi,  na  hammada  birdek  mavjudligiga  kafolat  bor.  100  ta insonda 

insof  darajasi  100  xil.  Shuning  uchun  qonun  mezon  bo‘lishi,  hamma 

uchun teng ishlaydigan qonunlar birinchi o‘rinda turmog‘i, qonun bilan 

yashash noqonuniy yashashdan afzal bo‘lishi lozim. 

2  mart  holatiga  ko‘ra,  O‘zbekistonda  o‘zboshimchalik  bilan 

egallab  olingan  7948  gektar  ekin  maydonidan  qariyb  30  foizi 

qaytarilgan. 

Bu  haqda  Yer  resurslari,  geodeziya,  kartografiya  va  davlat  kadastri 

davlat qo‘mitasi  raisi  Abdushukur Abdullaev 10 mart kuni Oliy Majlis 

Qonunchilik  palatasida  bo‘lib  o‘tgan  «Hukumat  soati»dagi  hisobotida 

ma'lum qildi. 

«Tahlillarga ko‘ra, 2020 yilning 1 fevral' holatiga: 

Respublika  miqyosida  37700  ta  holatda  sug‘oriladigan  yerlar 

o‘zboshimchalik 

bilan 

egallab 


olingan; 

jami 7948 gektar ekin maydonida uylar qurilgan, bog‘lar tashkil etilgan, 

ayrim  fermerlar  o‘ziga  foydalanish  uchun  berilgan  yerlarni  turarjoy 

qurish uchun boshqa fuqarolarga sotib yuborishgan.Mana shu holatlarga 

barham  berish,  davlat  zaxirasida  turgan  yer  maydonlarini   davlatga 

qaytarish  bo‘yicha  davlat  rahbarining  topshirig‘iga  binoan  butun 

respublika  bo‘yicha  keng  masshtabda  ishlar  olib  borilmoqda.Shu 

maqsadda har bir tumanda mahalliy hokimlik, huquqni muhofaza qilish 

idoralari  hamda  yer  bilan  bog‘liq  masalalarda  mutasaddi  hisoblangan 

tashkilotlarning  vakillari  ishtirokida  ishchi  guruhlar  tuzilgan  bo‘lib, 

ularning  sa'y-harakatlari  natijasida  2020  yil  2  mart  holatiga  ko‘ra 

o‘zboshimchalik  bilan  egallab  olingan  7948  gektar  ekin  maydonining 

qariyb 30 foizi qaytarildi. 

2000-2020  yillarda  O‘zbekiston  bo‘ylab  jami  160  ming  gektarga 

yaqin yer maydoni asossiz tarzda sug‘oriladigan yer maydoni toifasidan 

chiqarib  yuborilgan.«2000  yildan  to  shu  kungacha  bo‘lgan  vaqt 

mobaynida  respublikamizda  160  ming  gektarga  yaqin  yer  maydoni 

sug‘oriladigan  yer  maydoni  toifasidan  chiqib  qolgan.  Aslida  ular 



sug‘oriladigan  yerlar  hisoblanadi.  Bu  yerlar  hisobotlarda  ekin  maydoni 

deb ko‘rsatilib kelingan.Joyiga chiqib o‘rganganimizda bunday yerlarda 

turli  xil  bino-inshootlar,  ishlab  chiqarish  ob'ektlari  qurib  tashlanganini 

ko‘rdik.O‘zbekistonda  ekin  maydonlari  cheksiz  emas.  Ekin 

maydonlarimiz  4,2  mln  gektarni  tashkil  qiladi.  Buning  hammasi 

sug‘oriladigan yer emas, afsuski, ularning hajmi ancha kam». 

 

«Oxirgi  paytlarda  ayrim  hududlarimizda  kuzatilgan  noxush  holatlardan 



saboq  olgan  holda  yerlarni  davlatga  qaytarishda  bosqichma-bosqich 

harakat  olib  borilyapti.  Birinchi  navbatda  og‘riqsiz  hal  etiladigan 

masalalar  bor,  ya'ni  ishchi  guruhning  o‘rganishlari  davomida  ekin 

ekiladigan  yerga  aholi  shag‘al  to‘kib,  o‘ziga  yo‘l  qilgan  yoki  yer 

maydonini  beton  g‘ishtli  devor  bilan  o‘rab  olib,  o‘sha  yerda  qurilish 

qilmoqchi 

bo‘lgan 

holatlarga 

yechim 

topilyapti.Shuningdek, 



turarjoyning  poydevori  ko‘tarib  qo‘yilgan,  endi  uy  qura  boshlaganlar 

bilan  ham  tegishli  tushuntirish  ishlarini  olib  borish  natijasida  yerlar 

qaytarilmoqda. 


O‘zboshimchalik  bilan  egallab  olingan  yerda  uy  qurib  olib,  u 

yerda  yashayotganlar  masalasi  –  eng  og‘riqli  masalalardan  biri.  Bu 

ishlari  noto‘g‘ri  ekanini  tushuntirsangiz,  xatosini  tan  olib  noqonuniy 

egallagan  joylaridan  chiqib  ketayotganlar  juda  kam.  Uylari  buzilgan, 

boradigan  boshqa  joylari  bo‘lmaganidan,  ko‘chada  qolayotganlar  ham 

bor.  Shuni  inobatga  olgan  holda,  muammoni  boshqacha  yo‘l  bilan  hal 

etish masalasi ko‘rilayapti». 

2019  yilning  dekabr  oyini “O‘zboshimchalik  bilan  egallab 



olingan yerlarni aniqlash va bartaraf etish” oyi deb e’lon qilingani 

va har bir viloyatda malakali yer tuzuvchilardan iborat 2 tadan alohida 

ishchi guruhlar tuzildi

Ishchi  guruhlar  tomonidan  har  bir  tumandagi  mavjud  yerlar, 

ayniqsa sug‘oriladigan yerlardan o‘zboshimchalik bilan egallab olish 

holatlarini  aniqlash  va  bartaraf  etish  bo‘yicha  tizimli  ishlar  tashkil 

etilgani; 

O‘tkazilgan  xatlov  natijasiga  ko‘ra  respublika  bo‘yicha 3760 



ta konturda 8583 

ta holatda 2322 

gektar yer 

maydoni 


o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan; 

Shundan, 890 gektari uy-joy qurish uchun; 

233 gektari boshqa noturar inshootlar qurish uchun; 

384 gektari sun’iy baliqxonalar qurish uchun; 

45 gektari g‘isht ishlab chiqarish uchun tuproq kar’er sifatida egallab 

olingan; 

770 gektari boshqa holatlar uchun egallab olingan

Bugungi  kun  holatiga  aniqlangan  qonun  buzilish  holatlarini  bartaraf 

etish  va  tegishli  choralar  ko‘rish  uchun 4401  ta aybdor  yuridik  va 

jismoniy 

shaxslarga 

ogohlantirishlar 

berilgan, 3045 

marotaba hokimliklarga 

taqdimnomalar 

kiritilgan, 1897 

ta holat 

bo‘yicha  prokuratura  organlariga  chora  ko‘rish  uchun  ma’lumotlar 

berilgan va 778 ta holatda Sudlarga da’vo arizalari kiritilgan; 

Aslida,  birgina  2019  yilda  qo‘mita  tomonidan  joylarda 

o‘tkazilgan  monitoringlar  davomida  qishloq  xo‘jaligi  ekinlarini  (paxta, 

g‘alla,  takroriy  ekinlar)  ekilishi  yuzasidan  o‘tkazilgan  monitoring 

ishlarida jami 905 ming gektardan ortiq maydonda yerdan maqsadsiz 


foydalanish,  ya’ni  rejadagi  ekinnni  o‘rniga  boshqa  ekin  ekish  yoki 

ekmasdan tashlab qo‘yish holatlari aniqlangan. 

Shuningdek,  bugungi  kunda  qo‘mita  tomonidan  respublika 

bo‘yicha  barcha  hududlarda  mahalliy  hokimliklar  zahirasida  turgan 

qishloq  xo‘jalik  suvli  ekin  yerlari  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  qo‘mita 

tomonidan 

ishlab 

chiqilgan yer.geoportal.uz platformasiga 



joylashtirilgan; 

Ushbu  platformada  yer  to‘g‘risidagi  atributiv  ma’lumotlar  – 

suvli  maydon,  kontur  raqami,  ball  boniteti  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar 

ham  WGS-84  koordinatasiga  bog‘langan  holda  SAS  planet  ga 

joylashtirilgani; 

Ushbu  onlayn  platforma  muntazam  ravishda  yangilanib 

borilishi va barcha sub’ektlar o‘zlarini qiziqtirgan zahirada turgan yer 

maydonlari  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  “onlayn”  tarzda  olish 

imkoniyatiga ega bo‘lishlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. 

Andijon viloyatida yerdan foydalanish va uning muhofazasi  

ustudan nazorat qilish borasida keng ko'lamli ishlar amalga 

oshirilmoqda.Jumladan, I-chorak davomida viloyat bo'yicha jami 764 ta 

holatda 78,95 gektar ekin yer maydonlari jismoniy va yuridik shaxslar 

vakillari tomonidan noqonuniy ravishda egallab olingan yoki maqsadsiz 

foydalanib kelingaligi aniqlangan. Ushbu yerqonunbuzilish holatlarini 

tumanlar kesimida tahlil qilinganda, 

➡Andijon tumanida - 73 ta holatda 5,99 gektar; 

➡ Asaka - 206 ta holatda 19, 33 gektar; 

➡Bo'ston - 21 ta holatda 2,12 gektar; 

➡ Baliqchi - 52 ta holatda 4,01 gektar; 

➡ Buloqboshi - 34 ta holatda 13,47 gektar; 

➡ Jalaquduq - 53 ta holatda 5,15 gektar; 

➡ Izboskan - 19 ta holatda 1,62 gektar; 

➡ Ulug'nor - 30 ta holatda 0,70 gektar;      



➡ Marhamat - 36 ta holatda 4,36 gektar; 

➡ Oltinko'l - 52 ta holatda 2,52 gektar; 

➡ Paxtaobod - 14 ta holatda 2,88 gektar; 

➡ Xo'jaobod - 27 ta holatda 2,46 gektar; 

➡Shaxrihon - 112 ta holatda 11,58 gektar; 

➡ Qo'rg'ontepa - 35 ta holatda 2,76 gektarni tashkil etmoqda. 

 

 

 



 

 

 



Xulosa. 

Ushbu  mavzuni  o’rganish  natijasida  quyidagi  xulosalarga  ega 

bo’ldik:  

O‘zboshimchalik  bilan  egallab  olingan  yer  uchastkalari  ularga 

g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan 

sarf-xarajatlar  qoplanmagan  tarzda  tegishliligiga  ko‘ra  qaytarilishi 

kerak. 

Yer  uchastkalarini  foydalanish  uchun  yaroqli  holatga  keltirish, 



shu 

jumladan 

undagi 

imoratlarni 



buzish 

yer 


uchastkalarini 

o‘zboshimchalik  bilan  egallab  olgan  shaxslar  hisobidan  amalga 

oshiriladi. 

O‘zboshimchalik  bilan  egallab  olingan  yer  uchastkasini  yer 

egasiga,  yerdan  foydalanuvchiga,  yer  uchastkasi  ijarachisiga  yoki 

mulkdoriga  qaytarish  tegishli  tuman,  shahar,  viloyat  hokimining 

qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. 

Yer  uchastkalarini  olib  qo'yish  tartibini  buzganlik  uchun, 



mansabdor  shaxslarga  bazaviy  hisoblash  miqdorining  yuz 

baravaridan  bir  yuz  ellik  baravarigacha  miqdorda  jarima  solinishi 

nazarda tutilgan.  

Ikkinchi qismida esa shunday huquqbuzarliklar olib qo'yilayotgan 

yer  uchastkasidagi  bino,  boshqa  imorat,  inshoot  yoki  dov-daraxtlarni 

yoxud  ularning  qismlarini,  zararning  o'rni  mazkur  mol-mulkning  bozor 

qiymati  bo'yicha  oldindan  va  to'liq qoplamagan  holda buzib  tashlanishi 

oqibatida  ko'p  bo'lmagan  miqdorda  zarar  yetishiga  olib  kelsa, 

mansabdor  shaxslarga  bazaviy  hisoblash  miqdorining  bir  yuz  ellik 

baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solinadi. 

Bugungi  kunda  yuqorida  aniqlangan  yerqonunbuzilish  holatlari 

Yer  resurslari  va  davlat  kadastri  boshqarmasi  tizim  hodimlari  hamda 

tegishli huquqni muhofaza qilish organlari hodimlari bilan hamkorlikda 

bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. 

 

O‘zboshimchalik  bilan  qurilgan  binolar  va  inshootlarga  bo‘lgan 



huquqlar,  binolar  va  inshootlarga  bo‘lgan  mulk  huquqining  sud 

tomonidan  tan  olinishi  hollari  bundan  mustasno,  shuningdek  qurilish 

davrida  foydalanish  uchun  qurilgan  vaqtinchalik  imoratlarga  bo‘lgan 

huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi. 

Yer  umummilliy  boylikdir,  O‘zbekiston  Respublikasi  xalqi 

hayoti,  faoliyati  va  farovonligining  asosi  sifatida  undan  oqilona 

foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi. 

(O‘zbekiston respublikasining yer kodeksi1-BOB. 1-modda. ) 


O‘zboshimchalik  bilan  qurilgan  uy-joylar  esa  o‘z  nomi  bilan 

noqonuniy  yerlarda,  ruxsatnomasiz,  qurilish  normalarini  buzgan  holda 

qurilgan binolar yoki ishnootlardir.Amaldagi Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, 

o‘zboshimchalik  bilan  imorat  qurgan  shaxs  unga  mulk  huquqini 

ololmaydi,  uni  sotishga,  hadya  etishga,  ijaraga  berishga,  imoratga 

nisbatan boshqa bitimlar tuzishga haqli emas.



 

Bunday imoratlar 15 kun ichida imoratni qurgan shaxs tomonidan 

yoki sudning qaroriga binoan imoratni qurgan shaxs hisobidan buzib 

tashlanishi lozim. Shuningdek, buzish ishlari yoki buzilgan imorat uchun 

umuman kompensatsiya berilmaydi.Ya’ni  yer egallab olingan hech bir 

holatda kompensatsiya to‘lanmaydi. 

Yer davlatning mulki. Uni xech kim o'zboshimchalik bilan 

egallab olishga xaqi yo'q. Bu 34 millionlik xalqning mulki. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 

1.A.Nigmatov “Yer huquqi” «Тошкент ислом университети»  — 2001 

 

2. O‘zbekiston respublikasining yer kodeksi-30.04.1998 



 

3. 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son 

O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining Qarori 

Ko‘chmas  mulkka  bo‘lgan  huquqlarni  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazish 

tartibini takomillashtirish to‘g‘risida. 

 

4.Vazirlar  Mahkamasining  2014-yil  7-yanvardagi  1-son qaroriga 



1-ILOVA  Ko‘chmas  mulkka  bo‘lgan  huquqlarni  va  u  haqda  tuzilgan 

bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida. 



 

5. Internet saytlari:  

www.gov.uz   

www. kun.uz  

www.lex.uz  

www.habar.uz  

www.gazeta.uz  

www.ygk.uz  

https://t.me/andijonkadastr 

 

 



 

 

Download 342.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling