Kafedrasi yuldasheva aziza isamiddinovna


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana30.03.2018
Hajmi0.59 Mb.
  1   2   3   4   5   6

1

 

 



O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI OLIY VA  O’RTA 

MAXSUS TA’LIM  VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 

 

SUG’URTA FAKULTETI 

 

“SUG’URTA ISHI” KAFEDRASI 

YULDASHEVA AZIZA ISAMIDDINOVNA 

“O‘ZBEKISTON SUG‘URTA BOZORINI DAVLAT 

TOMONIDAN TARTIBGA VA TAKOMILLASHTIRISH 

MUAMMOLARI” 

5231200 – “Sug’urta ishi” - ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish 

uchun  yozilgan 

 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI    



 

 

 

 

 

 

 

        “HIMOYAGA RUXSAT ETILDI” 

 

 

 

   

      “Sug’urta ishi” kafedrasi mudiri 

 

 



 

 

 



 ________i.f.n., I.X.Abduraxmonov 

 

 



 

 

 



“___”_____________2016 yil. 

 

 



 

                                Ilmiy rahbar______ k.o‘q. SH. Zakirxadjaeva

  

 

 



 

 

 



“___”_____________2016 yil. 

 

 



 

TOSHKENT-2016 

2

 

 



 

 

 

 

M U N D A R I J A 

Betlar 

KIRISH….................................................................................................. 



I BOB 

SUG‘URTA  BOZORI  –  DAVLAT  NAZORATINING 

OB’YEKTI SIFATIDA 

 

1.1. 

Sug‘urta bozori va uning tarkibiy tuzilmasi.............................. 

1.2. 

Sug‘urta bozorida davlat nazoratining xorij tajribasi. Sug‘urta 

nazoratchilari xalqaro assotsatsiyasi......................................... 

19 

II BOB 

SUG‘URTA BOZORINI DAVLAT TOMONIDAN  

TARTIBGA SOLISH 

 

2.1. 

Mustaqillik  yillarida  milliy  sug‘urta  bozorining  shakllanishi 

va 


uni 

tartibga 

souvchi 

qonunchilik 

bazasining 

yaratilishi................................................................................... 

28 

2.2. 


O‘zbekiston  sug‘urta  bozorida  davlat  nazoratining  hozirgi 

modeli....................................................................................... 

40 

III BOB  O‘ZBEKISTON 

RESPUBLIKASIDA 

SUG‘URTA 

FAOLIYATINING  MEYORIY-HUQUQIY  ASOSINI 

DAVLAT 

TOMONIDAN 

YANADA 

TAKOMILLASHTIRISH, 

SHUNINGDEK 

USHBU 

FAOLIYATNI BOSHQARISHDAGI MUAMMOLAR 

 

3.1. 

Respublika  sug‘urta  bozoridagi  mavjud  muammolar  va  

ularni bartaraf etish istiqbollari................................................. 

50 

3.2. 



Sug‘urta  faoliyatini  davlat  tomonidan  rivojlantirish  hamda 

mavjud 


meyoriy-huquqiy 

hujjatlarni 

takomillashtirish 

bo‘yicha takliflar....................................................................... 

61 

XULOSA………………………………………………………………… 

68 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…….................... 

73 


3

 

 



 KIRISH 

Mavzuning  dolzarbligi.  O‘zbekiston  o‘z  mustaqilligini  qo‘lga  kiritgach, 

jahon hamjamiyatida tutgan o‘rnini mustahkamlash yo‘lida eng avvalo iqtisodiy 

barqarorlikni  qo‘lga  kiritishi  masalasini  qo‘ydi.  Bunda,  iqtisodiyotning  barcha 

mavjud tarmoqlarini modernizatsiya qilish, yangilarini esa o‘ziga hos va jahon 

talablariga mos ravishda tashkil etish ishlari boshlandi. 

Boshqa sohalar qatorida sug‘urta sohasida ham tubdan yangilash va qayta 

tashkil  etish  chora-tadbirlari  keng  qamrovda  amalga  oshirila  boshlandi. 

Ma’lumki,  taraqqiyotning  o‘zbek  modeliga  asoslangan  holda  bozor 

iqtisodiyotiga o‘tishning besh tamoilidan biri bo‘lgan “davlat – bosh islohotchi” 

tushunchasi  bejizga  alohida  takidlab  o‘tilmagan.  Chunki  mamlakat  miqyosida 

amalga  oshiriladigan  barcha  islohotlar  davlat  nazorati  va  uning  boshqaruv 

fnksiyasiga  asoslangan  holda  amalga  oshiriladi.  Sug‘urta  faoliyatini 

rivojlantirishda  ham  eng  avvalo  aynan  shu  yo‘l  tanlandi.  Eng  avvalo  soha 

faoliyatini  tartibga  soluvchi  qonunchilik  bazasini  yaratish  va  bozorda  davlat 

mulki asosida faoliyat yuritadigan sug‘urta kompaniyalarini tashkil etish aoasiy 

maqsad sifatida belgilandi. 

Iqtisodiy islohotlar tufayli sug‘urta faoliyati bosqichma bosqich rivojlana 

boshladi. Tarmoqda raqobat asosida faoliyat ko’rsatadigan turli mulk shaklidagi 

sug‘urta  tashkilotlari  asta  sekim  vujudga  kela  boshladi.  Bu  esa  o‘z  navbatitda 

sohada  sof  raqobatni  ta’minlash  va  istemolchilarga  sifatli  xizmat  ko‘rsatishni 

nazorat  qilish  kabi  masalalarning  vujudga  kelishiga  zamin  yaratdi.  Bunda  soha 

faoliyati  ustidan  davlat  nazoratini  o‘rnatgan  holda  sug‘urta  tashkilotlari 

faoliyatini  qonun  hujjatlariga  asoslangan  holda  amalga  oshirilishi  va 

sug‘urtalanuvchilar  manfaatlarini  himoya  qilish  mexanizmini  yaratish  masalasi 

muhum ahamiyat kasb etdi. 

  Sug‘urta  sohasining  rivojlanishida  Prezidentimiz  Islom  Karimovning 

tashabbuslari alohida ahamiyatga ega.  

Sug‘urta faoliyatini rivojlantirish yo‘lida prezidentimiz ko‘pgina qaror va 

farmonlarni  qabul  qilib  kelmoqda.  Bularga  2002  yil  31  yanvardagi  PF-3022-


4

 

 



sonli "Sug‘urta bozorini  yanada  erkinlashtirish  va  rivojlantirish  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida"gi Farmon, 2007 yil 10 apreldagi PQ-618-sonli “Sug‘urta xizmatlari 

bozorini  yanada  isloh  qilish  va  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi 

Qarori,  2010  yil  26  noyabrda  qabul  qilgan  “2011  -  2015  yillarda  respublika 

moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori 

xalqaro  reyting  ko’rsatkichlariga  erishishning  ustuvor  yo’nalishlari  to‘g‘risida” 

PQ-1438-son Qarorlarini misol qilish mumkin. 

Bu  prezidentimiz  I.A.Karimovning  quyidagi  so’zlari  bilan  o’z  tasdig’ini 

topgan:  “Biz  uchun  asosiy  vazifa  –  ishlab  chiqarishni  texnik  va  texnologik 

jihatdan  uzluksiz  yangilab  borish,  doimiy  ravishda  ichki  imkoniyat  va 

zaxiralarni  izlab  topish,  iqtisodiyotda  chuqur  tarkibiy  o‘zgarishlarni  amalga 

oshirish,  sanoatni  modernizatsiya  va  diversifikatsiya  qilishni  izchil  davom 

ettirishdan  iborat  bo‘lishi  zarur.  Bank,  sug‘urta,  lizing,  konsalting  va  boshqa 

turdagi  bozor  xizmatlari  barqaror  sur’atlar  bilan  rivojlanmoqda,  ular  xususiy 

sektor va kichik biznes rivojiga xizmat qilmoqda. xizmat ko‘rsatish sohasida 80 

ming 400 ta kichik biznes subyekti faoliyat yuritmoqda va bu xizmat ko‘rsatish 

sohasi korxonalari umumiy sonining 80 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi.”

1

 



Ushbu  mavzu  doirasida  mamlakat  sug‘urta  bozorini  davlat  tomonidan 

tartibga  solishning  zarurati  va  uning  o‘rnini  o‘rganish,  uni  takomillashtirish 

chora  tadbirlari  yuzasidan  taklif  va  tavsiyalar  berish  tadqiqotning  dolzarbligi 

sanaladi. 



Tadqiqot  obyekti  va  predmeti.  O‘zbekiston  sug‘urta  bozori  hamda 

sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi maxsus vakolatli davlat 

organi  tadqiqotning  obyekti  sifatida  olingan.  hamda  sug‘urta  bozorini  davlat 

tomondan  tartibga  solishning  milliy  modeli,  uning  mexanizmi  va  nazariy 

asoslanishi  hamda  sug‘urta  faoliyatini  tartibga  solishni  amalga  oshirishning 

                                                           

1

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.Karimovning  “Mamlakatimizni  2015-yilda  ijtimoiy-iqtisodiy 



rivojlantirish  yakunlari  va  2016-yilga  mo‘ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo‘nalishlari”ga 

bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so’zi, 2016-yil 16 fevral 



5

 

 



istiqbolli  yo‘nalishlari  va  muammolari  ushbu  tadqiqotning  predmeti  bo‘lib 

hisoblanadi. 

 Tadqiqotning 

maqsadi 

va 

vazifalari. 

Sug‘urta  faoliyatining 

rivojlanishida  davlatning  tutgan  o‘rni,  uni  tartibga  solish  va  nazorat  qilishning 

hozirgi  kundagi  holatini  tahlil  qilish  hamda  mavjud  muammolarni  yechishda 

istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash va takomillashtirish chora tadbirlarini tashkil 

etish tadqiqotning maqsadi hisoblanadi. 

Magistrlik Bitiruv malakaviy ishi ishi oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish 

uchun ushbu tadqiqotda quyidagi vazifalarni hal etish belgilangan: 

 

Sug‘urta bozori va uning tarkibiy tuzilishini o‘rganish; 



 

Sug‘urta  sohasini  davlat  tomonidan  tartibga  solishni  ilmiy-nazariy 



jihatdan tadqiq etish; 

 



Sug‘urta  faoliyatini  tartibga  soluvchi  qonunchilik  hujjatlarining 

mohiyatini o‘rganish; 

 

O‘zbekiston  sug‘urta  bozorini  davlat  tomonidan  tartibga  solishning 



hozirgi holatini tahlil qilish; 

 



Sug‘urta faoliyatini rivojlantirishga oid davlat dasturlarini tahlil qilish; 

 



Davlat  sug‘urta  nazorati  inspeksiyasi  faoliyatini  takomillashtirish 

bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; 

 

Sug‘urta  bozorini  rivojlanishiga  tasir  qiluvchi  mavjud  muammolarni 



yechishda davlat dasturlarining ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab 

chiqish. 



Mavzuning 

nazariy-ilmiy 

ahamiyati. 

O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  I.Karimovning  iqtisodiyot  sohasidagi  asarlari,  iqtisodiyotni  isloh 

qilish,  shu  jumladan  sug‘urta  va  iste’molchilarning  huquqlarini  himoya  qilish 

sohasi  bo‘yicha  qabul  qilingan  Prezident  farmonlari,  qonunchilik  hujjatlari, 

xorijlik va mamlakatimiz olimlarining sug‘urta yo‘nalishi bo‘yicha e’lon qilgan 

ilmiy  maqolalari  va  monografiyalari  ushbu  bitiruv  malakaviy  ishi  ishini 

yozishda dasturamal vazifasini bajardi. SHuningdek tadqiqot ishida O‘zbekiston 



6

 

 



Respublikasi  Moliya  vazirligining  va  yirik  sug‘urta  kompaniyalarining  statistik 

ma’lumotlaridan foydalanildi. 



Bitiruv  malakaviy  ishi  tarkibining  qisqacha  tavsifi.  Mazkur  bitiruv 

malakaviy ishi uch bob, oltita paragraf, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar 

ro‘yxati, rasm va jadvalladan iborat. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


7

 

 



I BOB. SUG‘URTA BOZORI – DAVLAT NAZORATINING OBYEKTI 

SIFATIDA 

 

1.1.Sug‘urta bozori va uning tarkibiy tuzilmasi 

Bozor  munosabatlarining  eng  asosiy  talablari  bu  erkinlik  va  soflikdir. 

Ya’ni,  bozor  iqtisodiyotining  mavjud  bo‘lishi  uning  tarkibiga  kiruvchi  barcha 

sohalarning  erkin  va  sof  raqobat  asosida  faoliyat  yuritishiga  bog‘liqdir. 

Iqtisodiyotda  monopoliyaga  barham  berilishi  barcha  sohalarning  erkin  raqobat 

asosida rivojlanishiga zamin yaratadi. Sug‘urta bozori ham ana shulardan biridir. 

Sug'urta  bozorining  mavjudligi,  o‘sishi  va  rivojlanganlik  darajasi  ko‘p  jihatdan 

bozor  iqtisodiyotiga  samaradorligini  belgilab  beradi.  Sug'urta  tiziming  sezilarli 

ta’siri  mavjudligi  va  sug‘urta  qildiruvchilar  manfaatlarini  himoya  qilish 

kerakligi  sug'urta  faoliyatini  davlat  tomonidan  tartibga  solish  zaruratini  yuzaga 

keltiradi. 

Sug'urta bozori – o‘ziga hos ijtimoiy-iqtisodiy muhit bo‘lib, talab va taklif 

asosida 

shakillanuvchi, 

savdo-sotiq 

obyekti 


bo‘lib 

sug'urta 

himoya 

hisoblanadigan pulli munosabatlar sohasidir.



2

 

Sug‘urta bozorini yana quyidagicha talqin qilish mumkin: 



- jamiyatni sug‘urta himoyasi bilan ta’minlash maqsadida sug‘urta fondini 

tashkil etish va taqsimlash bilan bog‘liq puli munosabatlarni yuritish shakli; 

-  tegishli  sug'urta  xizmatlarini  taqdim  etishda  qatnashuvchi  sug'urta 

kompaniyalarining (sug'urtalovchilarning) bir butunligi. 

Sug‘urta  bozorini  rivojlantirishning  obyektiv  asos  bo‘lib,    moliyaviy  va 

xo'jalik faoliyatini uzliksizligini taminlash va kutilmagan salbiy voqealar yuzaga 

kelishganda pulli yordam ko‘rsatish jarayonining vujudga kelishidir.

3

 



Sug‘urta  bozorining  mavjud  bo‘lishi  eng  avvalo  erkin  bozor  iqtisodiyoti 

munosabatlarining  o‘rnatilishi,  shu  munosabatlar  zamirida  mulkchilik 

shakllarining  xilma-xilligini  oshirish  va    narh  erkinligini  ta’minlash,  raqobat 

                                                           

2

 

В.В.Шахов  «Введение в страхование» - Москва, «Финансы и статистика», 1999 г. - ст. 62  



3

 В.В.Шахов  «Введение в страхование» - Москва, «Финансы и статистика», 1999 г. - ст. 62 



8

 

 



asosida  faoliyat  yuritish,  istemolchilar  manfaatlarini  saqlagan  holda  talabni 

qondirish  va  taklif  hajmini  oshirishga  ko‘maklashuvchi  yangi  sug'urta 

xizmatlarini ishlab chiqish va joriy etishdir. 

Sug‘urta  bozorining  mavjud  bo‘lishi,  sug‘urta  xizmatlari  uchun  umumiy 

ehtiyojning  mavjudligi  ya’ni  talabni  yuzaga  kelishi  va  ushbu  ehtiyojlarni 

qondirishi mumkin bo‘lgan taklifning shakillantirilishiga bog‘liqdir. 

Shundan  kelib  chiqib  sug‘urta  bozori  sug‘urtalovchilar  bozori  va 

sug‘urtalanuvchilar  bozori  tushunchalariga  ajratiladi.  Amalda  faoliyat 

yuritayotgan  sug‘urta  bozori  turli  tarkibiy  bo‘limlarni  o‘z  ichiga  oluvchi 

murakkab  va  integratsiyalashgan  tizim  hisoblanadi.  Sug‘urta  bozorining 

birlamchi bo‘g‘ini bu - sug‘urta tashkiloti yoki sug‘urta kompaniyasidir. Aynan 

bu  bo‘g‘inda  sug‘urta  fondlari  tashkil  etiladi  va  foydalaniladi,  iqtisodiy 

munosabatlar yuzaga keladi, shaxsiy, guruh va jamoa manfaatlari birlashadi. 

Bundan  tashqari,  sug‘urta  bozorida  boshqa  ishtirokchilar  ham  mavjud. 

Ular orasida professional faoliyat yurituvchilari mavjud bo‘lib, barchasi sug‘urta 

faoliyatini amalga oshirilishida ishtirok etishadi.  

“Sug‘urta  bozorining  professional  ishtirokchilari  sug‘urta  faoliyatining 

subyektlari  hisoblanadi.  Sug‘urtalovchilar,  sug‘urta  vositachilari,  adjasterlar, 

aktuariylar,  sug‘urta  syurveyerlari,  shuningdek  assistans  sug‘urta  bozorining 

professional ishtirokchilaridir.  

Sug‘urta  brokeri,  qayta  sug‘urta  brokeri  vas  sug‘urta  agenti  sug‘urta 

vositachilari hisoblanadi”

4

  

Sug‘urta xizmati - sug‘urta bozorining alohida sug‘urta shartnomasi yoki 



ma’lum bir sug‘urta turini tashkil etuvchi va tartibga soluvchi  qonunga binoan 

taqdim  etiladigan  maxsus  tovari  bo‘lib  hisoblanadi.  Aynan  bu  tovarni  sotish 

o‘ziga hos mashaqqat va qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Chunki eng avvalo 

amalga  oshiriladigan  mushkul  vazifa  bu  potensial  sug‘urtalanuvchilarni 

tovarning mavjudligi va uni sotib olish mumkinligiga ishontira olish lozim. Bu 

o‘rinda 


ko‘rsatilayotgan 

hizmatning 

qonuniy 

bo‘lishi 

va 

nafaqat 


                                                           

4

 O‘zbekiston Respublikasining - “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 5-modda   



9

 

 



sug‘urtalovchining  balki  sug‘urta  qildiruvchining  ham  manfaatlarini  o‘z  ichiga 

olishi lozim. 

Sug‘urta  bozori  sug‘urta  xizmatini  sotish  va  sotib  olish  bilan  bog‘liq 

barcha iqtisodiy munosabatlarni yig‘indisini o‘aida aks ettiradi. Sug‘urta bozori 

sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi bir biri bilan uchrashtiradigan muhum joy va 

sharoit bo‘lib hisoblanadi. Bozorda sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi talab va 

taklif  asosida  yuzma-yuz  kelishsa,  ularning  kelgusidagi  hamkorligi  narxning 

darajasiga  bog‘liq  bo‘lib  qoladi.  Qachonki  har  tomonlama  muqobil  narxga 

erishilsa bozorda tovar xo‘jaligi munosabatlari jadal tus oladi. 

Sug‘urta  bozori  tarkibiy  tuzilmasi  yuqorida  keltirilgan  subyektlardan 

tashkil topgan bo‘lib, barchasi sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda bevosita va 

bilvosita ishtirok etishadi. 

“Sug‘urta  bozori  ishtirokchilari  sifatida  sotuvchilar,  xaridorlar  va 

vositachilar 

hamda 

ularning 



uyushmalari 

qatnashadilar. 

Sotuvchilar 

kategoriyasini sug‘urta va qayta sug‘urta kompaniyalri tashkil etadi. Xaridorlar 

sifatida  u  yoki  bu  sotuvchi  bilan  sug‘urta  shartnomasini  rasmiylashtiruvchi 

sug‘urtalanuvchilar – jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etadilar. Sotuvchilar 

va  xaridorlar  o‘rtasida  vositachilar  bo‘lib,  o‘z  harakatlari  bilan  sug‘urta 

shartnomalari tuzishga ko‘maklasjuvchi sug‘urta agentlari va sug‘urta brokerlari 

hisoblanadi.”

5

 



“Sug‘urta  bozori  ichki  tizim  va  tashqi  muhitning  diolektik  yaxlitligidan 

tashkil topgan bir butun tizimni tavsiflaydi. Ular birgalikda harakat qilib o‘zaro 

ikki  tomonlama  tasir  ko‘rsatadi.  Ichki  tizim  to‘liqligicha  sug‘urtalovchi 

tomonidan  tomonidan  boshqariladi.  Tashqi  tizim  yoki  tashqi  muhit 

sug‘urtalovchi  tomonidan  boshqarish  orqali  tasir  ko‘rsatishi  mumkin  bo‘lgan 

elementlar  va  boshqara  olmaydigan  elementlardan  tashkil  topgan.  Shu  o‘rinda 

tashqi muhit ichki tizimni o‘rab turadi va chegaralaydi.”

6

 



                                                           

5

 X.M.Shennayev “O‘zbekiston sug‘urta bozori”- Toshkent – “Iqtisod-Moliya”. 2013 y. 7 sahifa 



6

 В.В.Шахов  «Введение в страхование» - Москва, «Финансы и статистика», 1999 г. - ст. 69 



10

 

 



Bozorda sug‘urtalovchi o‘z tovarlari ya’ni xizmatlari turlari bilan taklifni 

to‘liqligicha  egallagan  bo‘lsa,  uning  xaridori  xizmatga  bo‘lgan  talabni 

boshqaradi va sug‘urtalovchi xizmati narxiga tasir o‘tkaza oladi. 

Jahon  sug‘urta  olimlaring  fikriga  ko‘ra:  sug‘urta  bozori  strukturasi 

institutsional, hududiy va soha jihatlari bo‘yicha o‘rganish mumkin.  

Sug‘urta bozorining istitutsional aspekti: davlat, aksioner, hususiy, jamoa, 

o‘zaro va boshqa sug‘urta kompaniyalarida aks etadi. 

Hududiy  jihatdan  esa  milliy,  mintaqaviy  va  xalqaro  sug‘urta  bozorlariga 

bo‘linadi. 

Tarmoq jihatidan sug‘urta bozori shaxsiy, mulkiy va javobgarlik turlariga 

bo‘linadi. 

Sug‘urta  bozorida  faoliyat  yuritayotgan  sug‘urta  tashkilotlarining  o‘zaro 

yahlitligi – bir  butunlikni  yuzaga keltirish  orqali birgalikda  xarakat qiluvchi va 

o‘zaro  bog‘liq  qisimlardan  tashkil  topgan  guruhni  o‘zida  aks  ettiradi.  Sug‘urta 

tizimi, nafaqat muhitning tizimga qanday ta’sir qilishi, balki shu bilan birgalikda 

tizimning  muhitga  qay  darajada  ta’sir  qilishini  xarakterlovchi  tashqi  aloqalar 

yordamida tashqi muhit bilan birgalikda harakat qiladi. 

Sug‘urta  bozorida  tashqi  muhit  tomonida  talab  qiladigan  asosiy 

ko‘rsatkich  bu  sug‘urta  kompaniyasining  raqobatga  qaratilgan  tasirini 

boshqarishidir. Chunki bozordagi taklif darajasi va sifatini hamda xizmat narxini 

belgilovchi  eng  asosiy  omil  bu  raqobatdur.  Raqobat  asosida  narxning  darajasi 

o‘zgaradi, taklif qilinayotgan “tovar” turlari takomillashadi va yangilari vujudga 

keladi,  xizmat  ko‘rsatish  sifati  oratdi.  Bu  esa  bozor  iqtisodiyotining  asosiy 

ko‘rsatkichlari bo‘lib hisoblanadi. 

Sug‘urta  bozorida  uning  ishtirokchilari  tomonidan  faoliyatni  yuritilishi 

uchun  o‘ziga  hos  hissalari  mavjud  bo‘lib,  birlari  xizmat  ko‘rsatsa  birlari  esa 

ushbu  xizmatdan  foydalanishadi,  boshqalari  esa  xizmat  ko‘rsatishda  vositachi 

bo‘lib  faoliyat  yuritishadi.  Biroq  sug‘urta  bozorining  shunday  a’zosi  ya’ni 

qatnashchisi borki, u ham sotuvchi ham xaridorvazifasini o‘taydi. Bu ishtrokchi 

davlatdir. Sug‘urta bozorida davlat sug‘urta kompaniyalari faoliyat yuritishi va 



11

 

 



ayni  damda  davlatning  o‘zi  sug‘urta  xizmati  istemolchisi  bo‘lib  hisoblanashi 

hech  kimga  sir  emas.  Biroq  sug‘urta  bozorida  davlatning  eng  asosiy  vazifasi 

bular emas.  

Xar  bir  soha  va  har  bir  faoliyat  ma’lum  qonun-qoida  va  tartib  asosida 

amalga  oshiriladi.  Sug‘urta  faoliyati  ham  anashular  jumlasidandur.  Sug‘urta 

faoliyati  ham  o‘zining  belgilangan  qonun  va  qoidalari,  yo‘llari,  tartiblari  va 

usullari  orqali  amalga  oshiriladi.  Sug‘urta  bozorida  davlatning  eng  asosiy 

vazifalari  aynan  shu  qoida  va  tartiblarni  belgilash  va  ularning  bajarilishini 

nazorat qilish sanaladi.  

Davlat,  sug‘urta  bozori  professional  ishtirokchilari  mamlakatning 

amaldagi  qonunchiligiga  asoslangan  holda  faoliyat  yuritayotganliklari  va 

istemolchilar  manfaatlarining  saqlanishi  va  himoyalanishi  ustidan  to‘liq 

nazoratni  amalga  oshiradi  va  tartibga  soladi.  Bozor  iqtisodiyoti  va  ijtimoiy 

himoya  prinsplariga  asoslangan  holda  faoliyatning  istiqbolli  yo’nalishlarini 

belgilaydi.  

Bizga ma’lumki sug‘urta tashkilotlarining faoliyati iqtisodiyotning boshqa 

turdagi  faoliyatlarini  olib  boruvchi  tashkilotlar  faoliyatidan  keskin  farq  qiladi. 

Chunki,  sug‘urta  tashkilotlari  taqdim  etadigan  xizmat  ya’ni  sug‘urta  himoyasi 

o‘ziga  hos  tovar  bo‘lib,  istmolchi  undan  foydalanishi  yoki  foydalanmasligi 

muayyan  voqea  va  hodisaga  bog‘liq  bo‘ladi.  Sug‘urta  shartnomasida  keltirib 

o‘tilgan muayyan voqea-hodisa natijasida sug‘urtalanuvchining hayoti, sog‘lig‘i 

yoki  mulkiga  zarar  yetgan  taqdirda  uning  mulkiy  manfaatlarini  himoya  qilish 

asosida  yetkazilgan  zararni  qoplash  bu  sug‘urta  xizmatining  asosiy  tamoilini 

ko‘rsatib  beradi,  bu  esa  sug‘urtachilar  zimmasiga  alohida  mas’uliyat  yuklaydi. 

Bu  holatda  faoliyatning  qonun-qoida  asosida  amalga  oshirilishi,  istemolchilar 

manfaatlarining  saqlanishi  va  himoya  qilinishida  davlat  nazoratiga  ehtiyoj 

seziladi. 

Mamlakat  sug‘urta  bozori  ustidan  nazoratni  maxsus  vakolatli  davlat 

organi  amalga  oshiradi.  Faoliyatni  tartibga  solishda  davlat  o‘zining  razorat 


12

 

 



organi,  soliq  jamiyat  manfaatlarini  hisobga  olgan  holda  joriy  etgan  majburiy 

sug‘urta turlari kabi mexanizmlaridan foydalanadi. 

Otish  davrida  davlatning  sug‘urta  faoliyatini  tartibga  solish  va  nazorat 

qilish  fuksiyasi  turli  ko‘rinishlarda  bo‘lishi  lozim,  ya’ni:  sug‘urta  faoliyatini 

tartibga  soluvchi  qonun  hujjatlarini  qabul  qilishi,  jamiyat  va  alohda  guruh 

fuqarolarning    manfattlari  inobatga  olib  majburiy  sug‘urta  turlarini  joriy  etishi, 

alohida  soliq  siyosatini  amalga  oshirishi,  faoliyatni  rivojlantirish  yo‘lida 

sug‘urta  kompaniyalariga  turli  imtiyozlar  taqdim  etishi  va  shu  bilan  birga 

sug‘urta  tashkilotlarining  faolyat  yuritishlari  ustidan  nazorat  qilish  imkonini 

beruvchi qonuniy mexanizm yaratishi lozim. 

Sug‘urta bozori moliya-kredit sohasining qismi bo‘lib, jamiyatning ishlab 

chiqarish  jarayonidagi  ahamiyatini  hisobga  olgan  holada  barqaror  faoliyat 

yuritishini  taminlash  maqsadida  davlat  nazoratning  obyekti  sifatida  aytish 

mumkin. 


“Davlat 

sug‘urta 

nazorati 

o‘rganining 

boshqarish 

roli 


sug‘urtalanuvchilarning ishinchli himoyasini taminlovchi asosiy uch funksiyani 

bajarishni ko‘zda tutadi. 

Birinchi va asosiy funksiya – bu, sug‘urta shartnomalari tuzish faoliyatini 

amalga  oshiruvchilarni  ro‘yxatga  olishdir.  Barcha  sug‘urtalovchilar  ro‘yxatdan 

o‘tishlari lozim. … 

Keyingi  funksiya  –  shaffoflikni  ta’minlash.  Sug‘urta  faoliyati  bilan 

professional ravishda shug‘ullanuvchi har bir sug‘urtalovchi, o‘zining moliyaviy 

holatini  tasdiqlovchi,  aniq  va  haqqoniy  ma’lumotlarni  to‘liq  o‘z  ichiga  olgan 

risolalarini  nashr  etishlari  shart.  Oshkoralik  tamoillari  sug‘urta  faoliyati 

to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari qoidalaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.  

Uchinchi  funksiya  –  bu  sohada  qonunchilikka  rioya  etilishi  ta’minlash. 

Davlatning  sug‘urata  nazorati  organi  qonunbuzarlik  holatlarini  tekshirishni 

boshlashi,  sug‘urtalanuvchilar  manfaatlariga  zid  keluvchi  ishlarni  olib 


13

 

 



borayotganlarga  qarshi  ma’muriy  choralara  ko‘rishi  yoki  ishni  sudga  berishi 

mumkin.”


7

 

Sug‘urta  faoliyatida  davlatning  aralashuvi  jamiyatda  ishlab  chiqarishni 



uzluksizligini  va  butunligini  ta’minlashga  erishishdek  ijtimoiy  ahamiyatga  ega 

bo‘lgan  maqsadlarga  erishish  taqazzo  etadi.  Sug‘urta  kompaniyalari  aholini 

himoya  qilish  va  ishlab  chiqarishda  uzluksizlikni  ta’minlashdek  muhum  va 

mushkul vazifalarni zimmalariga olishar ekan, kelajakda sodir bo‘lishi mumkin 

bo‘lgan  zararlarni  tezkorlik  bilan,  o‘z  vaqtida  qoplashga  erishni  ta’minlovchi 

yetarlicha  moliyaviy  mablag‘larni  va  sug‘urta  texnologiyalariga  oid  bilimlarni 

joylashtira  olishi  lozim.  Sug‘urta  faoliyatida  davlatning  oshkora  aralashuvi 

nafaqat  mamlakat  iqtisodiyotining  umumiy  asosi  sifatida,  balki  iqtisodiy 

taraqqiyotning vazifalari sifatida belgilanadi. 

Davlatning  sug‘urta  bozoriga  qaratilgan  ikki  absolyut  qarama  qarshi 

ko‘rinishi  sifatida  bir  tomondan  sug‘urta  faoliyatidagidagi  davlatning 

monopoliyasini va ikkinchi tomondan davlat boshqaruvidan  holi  erkin  sug‘urta 

bozorini ko‘rish mumkin. 

Sug‘urta  faoliyatini  davlat  tomonidan  tartibga  solish  -  sug‘urta 

majburiyatlari  ishtirokchilariga  bir  qancha  yo‘nalishlarda  davlatning  tasirini 

ifodalaydi, ya’ni: 

-

 

mulkiy  manfaatlarini  sug'urta  qilish  tizimini  rivojlantirishda  davlatning 



to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtiroki; 

-

 



milliy sug‘urta bozorining shakllanishi va himoya qilinishida qonunchilik 

bazasini takomillashtirish; 

-

 

sug‘urta faoliyati ustidan davlat nazorati; 



-

 

sug‘urta  bozorida  haqqoniy  raqobatni  himoya  qilish,  ogohlantirish  va 



monopoliyaga chek qo‘yish. 

Mulkiy  manfaatlarini  sug'urta  qilish  tizimini  rivojlantirishda  davlatning 

to'g'ridan-to'g'ri  ishtirok  etishi  muhim  zaruriyati  sanaladi,  ya’ni,  birinchidan, 

aholining ma’lum bir guruhlariga ijtimoiy himoya kafolotlarini berish va byudjet 

                                                           

7

 В.В.Шахов  «Введение в страхование» - Москва, «Финансы и статистика», 1999 г. - ст. 80-81 



14

 

 



mablag‘lari hisobidan majburiy davlat sug‘urtasini amalga oshirish; ikkinchidan, 

investitsiyalar,  shu  jumladan  xorij  investitsiyalarida,  eksport  kreditlari 

sug‘urtasida  notijorat  risklarni  sug‘urtalashda  davlat  ishtirokining  asoslari  va 

tartiblarini  aniqlash;  uchinchidan,  sug‘urtalovchilarning  foydasi  kafolotlangan 

davlatning nobozor qimmatli qog‘ozlariga yo‘naltirilgan mablag‘lari qo‘shimcha 

kafolotlar  taqdim  etish;  to‘rtinchidan,  hatoyni  uzoq  muddatga  sug‘urtalash 

shartnomasi  bo‘yicha  javobgarlik  olib  borishi  lozim  bo‘lgan  sug‘urta 

tashkilotlarining  moliyaviy  holatining  qoniqarsiz  bo‘lishini  oldini  olishni 

ta’minlovchi maqsadli zahiralarni tashkil etish. 

Sug‘urta  faoliyati  to‘g‘risidagi  qonunchilikga,  faoliyatni  va  uning 

munosabatlarini  tartibga  soluvchi  qonunlar,  davlat  rahbari  qaror  va  farmonlari, 

hukumat  qarorlari  hamda  sug‘urta  faoliyati  ustidan  davlat  nazoratini  amalga 

oshiruvchi  maxsus  vakolatli  davlat  organining  buyruq  va  yo‘riqnomalarini  o‘z 

ichiga oluvchi alohida qonunchilik sohasi sifatida qarash mumkin. 

“Nazoratining huquqiy tizimida davlat ma’lum talablarga qonuniy shaklni 

beradi.  Sug‘urta  tashkilotlari  bu  talablarga  amal  qilishlari  lozim,  nazorat 

organining  vazifasi  esa  ushbu  qoidalarga  rioya  etilishini  kuzatib  borish 

hisoblanadi.”

8

   


Sug‘urta  faoliyati  shaxsiy  va  ommaviy  haq-huquqlar  o‘rtasidagi 

munosabatlarni  o‘zida  aks  etgan  alohida  xo‘jalik  faoliyati  sifatida  sohaga 

tegishli  qonunlarni  hamda  maxsus  vakolatli  davlat  o‘rganining  buyruq  va 

yo‘riqnomalarini  o‘zida  aks  etuvchi  turli  xil  normaiv  huquqiy  hujjatlar 

yordamida nazorat qilinadi. Bu hujjatlar orasiga aniq bir yurdik shaxs huddi va 

miqyosida  amal  qiladigan  lokal  va  ichki  meyoriy  hujjatlarni  ham  kiritish 

mumkin. 

“Davlat  qonunchiligi  va  siyosiy  kuchlarning  yo‘lga  qo‘yilishi  sug‘urta 

faoliyatining  tijorat  faoliyatiga  ta’sir  qiladi.  Bu  sug‘urtalovchilarga  sug‘urta 

                                                           

8

 М.А.Зайцева, Л.Н.Литвинова «Страховое дело» - Минск, БГЭУ, 2001 г. - ст. 105 



15

 

 



faoliaytini  bevosita  va  bilvosita  nazorat  qiluvchi  huquqiy-meyoriy  hujjatlarni 

qabul qilish yo‘li bilan tasir qilishda ko‘rinadi.”

9

 

Sug‘urta  faolyati  ustidan  davlat  nazoratining  o‘rnatilishi  juda  muhum 



vazifa bo‘lib hisoblanadi. Yuqotida takidlanganidek, sug‘urta faoliyatida davlat 

nazorati,  sug‘urta  munosabatlarida  ishtirok  etuvchi  professionl  ishtirokchilar 

faoliyatini  nazorat  qilish,  ularning  faoliyatlari  qonunchilikga  muvofiqligini 

tekshirish,  istemolchilar  huquqlarini  himolash  va  bozorda  sof  raqobatni 

ta’minlash  kabi  asosiy  vazifalarda ko‘zga tashlanadi.  Bu vazifalarni barchasini 

bajarish  uchun  alohida  mexanizmlar  ishlab  chiqilgan  bo‘lib,  bularning  eng 

muhimi bu faoliyatning litsenziyalanishidir. 

Sug‘urta  faoliyati  ayni  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlari  davrida  ham 

iqtisodiy  ham  ijtimoiy  vazifalarni  bajarishi  uning  o‘ta  mukammal  bo‘lishini 

taqazzo  qiladi.  Sug‘urta  faoliyatning  litsenziyalanishi  sug‘urtalovchilarning 

barcha  talablarga  javob  bergan  holda  muayyan  yo‘nalishda  ish  olib  borilishini 

ta’minlaydi.  

Sug‘urta faoliyati ham alohida litsenziyalandigan faoliyat turi bo‘lib,  

maxsus vakolatli organ tomonidan taqdim etiladi va riestorti yuritiladi. 

“Litsenziya,  sug‘urtalovchiga  aniq  sug‘urta  turlari  ko‘rsatilgan  holda 

ixtiyoriy  va  majburiy  shakldagi  shaxsiy  sug‘urta,  mulkiy  sug‘urta,  javobgarlik 

sug‘urtasi hamda qayta sug‘urtani amalga oshirish uchun beriladi.”

10

  



Litsenziya  berish  jarayonida  sug‘urta  nazorati,  sug‘urta  tashkilotining 

kelgusidagi  faoliyatini  dastlabki  kuzatuvdan  va  tekshiruvdan  o‘tkazadi.  Bu 

bilan,  nazorat  organi,  sug‘urtalovchining  nizom  jamg‘armasi  va  o‘z 

mablag‘larining holatini va ularga tayangan holda kelgusida tashkilot qabul qilib 

olishi  mumkin  bo‘lgan  majburiyatlarning  tahminiy  holati  va  ular  o‘rtasidagi 

o‘zaro mutanosibligi ko‘rib chiqiladi. 

                                                           

9

 В.В.Шахов  «Введение в страхование» - Москва, «Финансы и статистика», 1999 г. - ст. 78 



10

 А.А.Гвозденко «Основы страхования» - Москва, «Финансы и статистика», 2000 г. - ст 237  



16

 

 



 

“Litsenziya  sug‘urtalovchiga  yohud  hayotni  sug‘urta  qilish  sohasida, 

yoxud  ununiy  sug‘urta  sohasida,  yohud  faqat  qayta  sug‘urta  qilish  bo‘yicha 

sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi.

11

 

 



Shuni  alohida  aytish  lozimki,  bugungi  kunda  dunyoning  barcha 

mamlakatlarida sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanish uchun lisenziya berish tartibi 

ishlab  chiqilgan.  Sug‘urta  tashkilotiga  beriladigan  lisenziya  sug‘urtaning  har  bir 

turi yoki muayyan bir guruhga kiruvchi sug‘urta turlari guruhlari uchun beriladi. 

 

Sug‘urta  risklarini  baholash,  zarar  va  qoplama  hajmini  aniqlash  hamda 



sug‘urta sohasidagi boshqa maslahat va izlanish kabi faoliyatlar bilan shug‘ullanish 

litsenziyalashni talab qilmaydi.  

 

Sug‘urta 



vositacilari 

bo‘lgan  sug‘urta 

agentlari 

faoliyati 

ham 

litsenziyalanmaydi. 



Sug‘urta  faoliyatini  litsenziyalash,  sug‘urta  faoliyatini  amalga  oshirish 

uchun  sug‘urtalovchilarga  litsenziya  beruvchi,  sug‘urtalovchilarning,  sug‘urta 

uyushmalari va sug‘urta brokerlarining yagona riestrini yurituvchi,  qonun bilan 

belgilangan  huquqlari  va  vakolatlari  doirasida  sug‘urtga  oid  normativ  va 

metodik  hujjatlar  ishlab  chiquvchi,  sug‘urta  faoliyati  ustidan  nazorat  qilish 

huquqiga  ega  bo‘lgan  maxsus  vakolatli  davlat  organi  tomonidan  amalga 

oshiriladi. 

Litsenziya, uning egasiga mamlakat hududida litsenziya olish talablari va 

shartlariga  amal  qilgan  holda  sug‘urta  faoliyati  bilan  shug‘ullanish  huquqini 

beruvchi hujjat bo‘lib hisoblanadi. 

Mahsus  vakolatli  davlat  organi  sug‘urtalovchilar  tomonidan  litsenziya 

talablari  va  shatlarining  buzulganligini  aniqlagan  holatlarda  sug‘urta 

tashkilotlariga  ogohlantirish  xati  yuborishadi.  Agar  sug‘urta  tashkiloti  xatoni 

belgilangan  muddat  ichida  tuzatmasi,  vakolatli  organ  litsenziyani  cheklashi, 

sug‘urtalovchi  tomonidan  chora  ko‘rilgunga  qadar  litsenziya  amal  qilishini 

vaqtincha to‘xtatishi yoki chaqirib olish huquqiga ega. 

                                                           

11

 O‘zbekisto Respublikasi “Sug‘urta faoliyati to‘g ‘risida”gi Qonun, 2002 yil, 5 aprel. 15-modda 



17

 

 



“Sug‘urtalovchining litsenziyasi  amal  qilishining  to‘xtatib turilishi  uning 

yangi  sug‘urta  sharnomalari  tuzishi  taqiqlanilishiga,  shu  jumladan,  amaldagi 

sug‘urta  shartnomalari  uzaytirilishining  taqiqlanishiga  sabab  bo‘ladi.  Buna 

sug‘urtalovchi  ilgari  tuzilgan  sug‘urta  shartnomalari  bo‘yicha  o‘z  zimmasiga 

olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishga majburdirlar.”

12



Litsenziyaning  chaqirib  olinishi  sug‘urta  faoliyati  bilan  shug‘ullanishga 

cheklov  qo‘yilganligini  anglatadi,  biroq  amaldagi  sug‘urta  sharnomalari 

bo‘yicha  majburiyatlarni  bajarish  bundan  mustasnodir.  Bu  esa  sug‘urta 

zaxiralari  mablag‘laridan  istisno  sifatida  majburiyatlarni  bajarish  uchun 

foydalaniladi.   

Sug‘urta  bozorida  monopol  faoliyat  va  nosog‘lom  raqobatni  oldini  olish 

sug‘urta  faoliyatini  davlat  tomonidan  tartibga  solishda  yanabir  omili  bo‘lib 

hisoblanadi. Bu orqali sug‘urta bozorida erkin raqobatni yuzaga keltirish, yakka 

hokimlik  asosida  faoliyat  yurishga  chek  qo‘yish  va  tadbirkorlikni  qo‘llab 

quvvatlash  hamda  istemolchilar  huquqlarini  himoya  qilish  kabi  natijalarga 

erishiladi. 

Sug‘urta bozoriga sof raqobatni himoya qilish va monopol faoliyatga chek 

qo‘yish davlat nazoratining quyidagi shakllaridan tashkil topgan yagona jaroyon 

orqali amalga oshirilishi lozim: 

-

 

Dominant  holatini  suistemol  qiluvchi  sug‘urtalovchilar  faoliyatiga 



chek qo‘yish; 

-

 



Davlat  mablag‘lari  ishtrok  etadigan  sug‘urta  jarayonlarida  ishtirok 

etuvchi sug‘urta tashkilotlarini tanlov asosida aniqlash; 

-

 

Ijro  hokimiyatining  davlat  organlari  hamda  o‘zini  o‘zi  boshqarish 



mahalliy organlarining sof raqobatga tasir qiluvchi harakatlariga chek qo‘yish; 

-

 



Sug‘urta  xizmatlari  bozorida  kapitallar  konsentratsiyasi  ustidan 

davkart nazoratini o‘rnatish; 

-

 

 Sug‘urta  tashkilotlari  birlashmalarining  tashkil  etilishi,  hamda 



sug‘urta tashkilotlari kelishuvlari va kelishilgan harakatlarini zarorat qilish;  

                                                           

12

 O‘zbekisto Respublikasi “Sug‘urta faoliyati to‘g ‘risida”gi Qonun, 2002 yil, 5 aprel. 16-modda 



18

 

 



-

 

Sug‘urta  xizmatlari  bo‘yicha  asossiz  juda  past  yoki  yuqori  sug‘urta 



tariflarining qo‘llashga chek qo‘yish. 

Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning  yana  bir o‘ziga 

hos yo‘li bu mamlakatda majburiy sug‘urtaning joriy etilishidir. 

Majburiy  sug‘urtaning  joriy  etilishi,  aholini  ijtimoiy  himoya  qilish 

mexanizmining  paydo  bo‘lishi  hamda  sug‘urtalovchilar  faoliyatlarining 

kengayishiga sabab bo‘ladi. 

Majburiy  sug‘urta  aholining  malum  bir  qatlamini,  uchinchi  shaxslarning 

hayoti va sog‘lig‘i hamda mol mulki bilan bog‘liq bolgan mulkiy manfaatlarini 

himoya qilishga qaratiladi. 

“Sug‘urta  qildiruvchi  bo‘lish  majburiyati  qonun  bilan  unda  ko‘rsatilgan 

shaxslar zimmasiga yuklanadi.”

13

 



Majburiy  sug‘urtani  amalga  oshirish  uchun  davlat  tomonidan  sug‘urta 

tashkilotlariga  bir  qancha  talablar  yuklatiladi.  Jumladan:  sug‘urtaning  ushbu 

shakli bilan shug‘ulanish uchun belgilangan ustav jamg‘armasiga ega bo‘lishi va 

amlakatning  barcha  hududlarida  o‘z  bo‘linmalariga  ega  bo‘lishi  lozim.  Bazida 

shunday  sug‘urta  turlari  ham  bo‘ladiki,  bunda  davlatning  o‘zi  sug‘urta 

qildiruvchi  va  o‘z  mablag‘lari  hisobidan  ayrim  turdagi  shaxslarning  hayoti  va 

mulkiy  manfaatlarini  sug‘urta  qildiradi.  Bunday  sug‘urta  davlat  majburiy 

sug‘urta turi deb yuritiladi. 

Sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solishning yana bir samarali 

va maqsadli usuli bu faoliyat ustidan o‘ziga hos soliq siyosatini yuritishdir. 

“Rivojlangan sug‘urta bozori mavjud davlatlarda sug‘urta faoliyati ustidan 

davlat  nazoratini  amalga  oshirishning  muhim  vositasi  sifatida  sug‘urta 

mukofotiga  nisbatan  mahsus  soliq  solinadi.  Bu  holatda  soliq  solish  obyekti 

bo‘lib sug‘urtalanuvchilarning ularga ko‘rsatilgan har qaday sug‘urta xizmatlari 

uchun  to‘lagan  har  qanday  to‘lovlari  bo‘lib  hisoblanadi.  Mamlakat  hududida 

ishlab  chiqilgan  sug‘urta  xizmatlarini  ko‘rsatish  evaziga  to‘lov  sifatida  qabul 

qilingan sug‘urta mukofaotlari soliqqa tortiladi, mulkchilik shaklidan qatiy nazar 

                                                           

13

 O‘zbekisto Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 52 bob “Sug‘urta”, 1996 yil. 922-modda. 



19

 

 



rezident yoki norezident bo‘lgan sug‘urta kompaniyalari soliq to‘lovchilar bo‘lib 

hisoblanadilar.”

14

 

“Sug‘urta  faoliyatini  soliqqa  tortish  orqali  davlat  nazoratini  amalga 



oshirish  nazariyasiga  ko‘ra  sug‘urta  mukofotidan  soliq  absolyut  mustaqil 

ravishdagi  instrument  bo‘lib  hisoblanadi  va  xorijiy  davlatlarda  keng 

qo‘llaniladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i va oborot solig‘laridan alohida bo‘lishi 

lozim.


15

 

Sug‘urta  tashkilotlariga  nisbatan  soliq  siyosati  ularni  qo‘llab-quvvatlash 



va  rivojlantirishga  yo‘naltirilgan,  bu  esa,  shubhasiz,  o‘z  samarasini  beradi. 

Sug‘urta tashkilotlari esa, o‘z navbatida, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga 

salmoqli  hissa  qo‘shishi  mumkin.  Mahalliy  sug‘urta  tashkilotlarining  sug‘urta 

mukofotlarini  soliqga  tortish  orqli  to‘laqonli  soliq  siyosati  yordamida  tartibga 

solish,  sug‘urtaning  ijtimoiy  va  iqtisodiy  ahamiyatga  ega  turlariga  soliq 

imtiyozlarini bermay turib amalga oshirish kerak. Ixrtiyoriy tibbiy sug‘urta kabi 

ayrim  ixtiyoriy  ijtimoiy  sug‘urta  turlariga  nisbatan  past  stavkalarni  qo‘llagan 

holda soliq imtiyozlarini kiritish zarur.  

Shunday  qilib,  sug‘urta  faoliyatini  soliqlar  orqali  tartibga  solishda  xorij 

tajribasini  qo‘llash  iqtisodiyotning  sug‘urta  sektorini  samarali  rivojlanishiga 

yordam beradi. 



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling