Kafolat xati


Download 26.5 Kb.
Sana23.09.2023
Hajmi26.5 Kb.
#1685627
Bog'liq
Tilxat namuna (Vazirlik) namuna (2)


Maktabgacha va maktab taʼlimi
vaziri X.Umarovaga

___________________________________
___________________________________
boshqarma (boʻlim)

___________________________________


___________________________________
(lavozimi)
________________________________dan
(F.I.SH)
KAFOLAT XATI

Men egallab turgan lavozimim boʻyicha vazifa va funksiyalarimni amalga oshirish jarayonida hamda ishdan tashqari vaqtlarda oʻzimga maʼlum boʻlgan, xususan:


Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari bilan ta’qiqlangan turli faoliyat, oʻyinlarda (qimor) ishtirok etmaslik va taqiqlangan boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirmaslik;
mamlakatimiz hududida tan olinmagan, milliy mentalitetimizga mutlaqo yot boʻlgan, turli buzgʻunchilik, shafqatsizlik va urushlarni targʻib qiluvchi hamda milliy manfaatlarimizga zid boʻlgan turli xil materiallarni saqlamaslik va tarqatmaslik, shuningdek, bu faoliyatida har qanday usulda ishtirok etmaslik;
davlat fuqarolik xizmatidagi faoliyatim bilan bogʻliq boʻlgan har qanday maʼlumotlarni (shu jumladan, davlat sirlari va qonunchilik hujjatlari bilan oshkor etilmasligi lozim boʻlgan XDFU va boshqa hujjat hamda maʼlumotlarni) boshqa shaxslarga (ijtimoiy tarmoqlarda) oshkor qilmaslik va muhokama etmaslik;
davlat obroʻsini qoʻllab-quvvatlash, oʻzimning va boshqalarning qadr-qimmatini hurmat qilish;
korrupsiyaviy omillarga yoʻl qoʻymaslikka;
moliyaviy (shu jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar) maʼlumotlarni oshkor etmaslikka hamda ulardan qonunchilik va boshqa hujjatlarda nazarda tutilmagan hollardan tashqari foydalanmaslikka kafolat beraman.
Yuqorida qayd qilingan majburiyatlarimga rioya etmasam, menga mehnat shartnomasini bekor qilishgacha boʻlgan intizomiy jazo chorasini va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa javobgarlik choralarini qoʻllanilishiga roziman.
_____________ _____________________
(sana) (imzo)
Download 26.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling