Kalit so’zlar: axborot va pedagogik texnologiyalar, fanlararo integratsion darslar, axborot texnologiyalari vositalari,kompetentlik, axborot texnologiyalardan foydalanish kompetentligi


Download 23.37 Kb.
Sana11.04.2020
Hajmi23.37 Kb.
#99178
Bog'liq
2 5217970083036398713


TA’LIM TIZIMIDA INTEGRATSION DARSLARNI TASHKIL ETISHDA O’QITUVCHILARNING AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH

1Tugalov R., 2Aminov I.B.,

1Sam VXTXQTMOXM, 2SamDU.

Annotatsiya

Zamonaviy axborotlashgan jamiyatga otish sharoitida oqituvchilarning kasbiy kompetentlik darajasiga qoyiladigan talablar oshiriladi. Ushbu maqolada talim tizimida zamonaviy oqituvchining axborot texnologiyalaridan foydalanish kompetentligini shakllantirish masalasi yoritilgan.

Kalit so’zlar:axborot va pedagogik texnologiyalar, fanlararo integratsion darslar, axborot texnologiyalari vositalari,kompetentlik, axborot texnologiyalardan foydalanish kompetentligi.

Аннотация

В условиях перехода к современному информационному обществу повышаются требования к уровню учителя профессиональных компетентностей. В статье рассматриваются вопросы формирования информационной компетентности современного учителя в системе образования.

Ключевые слово: информационные и педагогические технологии, межпредметные интеграционные уроки, компетенция, информационная компетентность.

The summary

In conditions of transition to a modern information society raise the requirements to a level of the teacher professional competence. In clause the questions of formation of information competence of the modern teacher in system of education are considered.

Key word: information and pedagogical technologies, intersubject integration lessons, competence, information competence.

Har bir jamiyatning bugungi kuni va kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo’lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko’tarish, unga ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.

Hozirgi kunda o’quv jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy qilmasdan, yangi pedagogik texnologiyalar hamda ta’lim yslubiyati bilan bog’liq boshqa innovasiyalardan foydalanmasdan turib, zamonaviy ta’lim oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilib bo’lmaydi. Shundan kelib chiqib, o’quv jarayonini intensifikasiyalash muammolarini hal qilish turli xil innovatsion yondashuvlarni izlash va ulardan unumli foydalanishni taqozo etadi

Ilg’or pedagogik texnologiyalarning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi va jamiyatni axborotlashtirish jarayonining tezkor davom etayotgan davrda ta’lim tizimida o’quvchilarning mustaqil fikrlash va tasavvurlash doirasi, bilim va malakaga bo’lgan ehtiyoji keskin o’zgarmoqda. Shuning uchun ta’lim tizimida yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish zaruriyati paydo bo’lmoqda. Bu esa o’z navbatida darslarni zamonaviy axborot texnologiyalar asosida tashkil etish uchun mukammal izlanishlar olib borishni, mustaqil izlanishni, zamonaviy metodlar va texnologiyalarni o’zlashtirishni hamda ularni o’qitish jarayoniga tatbiq etishni, axborot va telekommunikasion texnologiyalari vositalaridan foydalanish kompetentligini egallashni zaruriyati paydo bo’ladi..

Ta’lim tizimida o’qituvchilarning axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish kompetentligi fanlararo integrasiya usuli bilan olib borilayotgan o’quv mashg’ulotlarining mazmuniga, mohiyatiga va an’anaviy o’qitish uslubiyatiga ijobiy ta’sir etadi. Chunki ta’lim tizimida fanlararo integratsiya asosida tashkil etiladigan dars jarayonida o’qituvchilarning axborot texnologiyalaridan foydalanish kompetentligi quyidagi talablarga javob bera olishi lozim:


  • fanning ilg’or yutuqlari, axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish, darslarni o’quv-tarbiyaviy jarayonning zamonaviy o’qitish texnologiyalari asosida tashkil etish;

  • ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari vositalari yordamida barcha didaktik tamoyil va qoidalarini ta’minlash, o’quvchilarning qiziqishlari, iqtidori va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o’zlashtirilishi uchun zarur  shart sharoitlarni yaratish;

  • axborot texnologiyalari vositalari asosida o’quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog’liqliklarni o’rnatish, ilgari o’rganilgan bilim va malakalari, shuningdek,  o’quvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish;

  • axborot texnologiyalari shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivasiyalash va faollashtirish, o’quv-tarbiyaviy faoliyatning barcha bosqichlari mantiqiyligini oshirish;

  • axborot texnologiyalari vositalari asosida zarur bilim, ko’nikma va malakalar, fikrlash va faoliyatning rasional usullarini shakllantirish va mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish xamda har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashhislash va bashorat qilish.

Ta’lim tizimida fanlararo o’qitish usulidan foydalanib o’quvchilarga o’quv materiallarini tavsiya etish multimediali: grafika, animasiya, video, ovozli va tovushli harakatlar, real voqea va hodisalarni modellashtirish kabi boshqa ko’plab elementlar orqali amalga oshiriladi. Bu esa o’quvchilarni o’rganayotgan mavzular bo’yicha bilim va malakalarni shakllantirishda va mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi, chunki ular natural ob’yektlar va ko’rgazmali qurollarning kamchiliklarini ma’lum bir miqdorda yoki to’liq qoplash imkonini beradi.

Fanlararo integrasiya asosida o’qitishda mavzuga tegishli bo’lgan ma’lumotlarni tanlash, to’plash hamda ularni o’z o’rnida foydalanishga alohida e’tibor qilish kerak bo’ladi, chunki mashg’ulot davrida tanlanayotgan ma’lumotlarni axborot texnologiyalari vositalari orqali bayon qilishda o’qituvchi hamda o’quvchi uchun ma’lum bir qulayliklarni yaratishi kerak bo’ladi. Bu esa o’rganilayogan fan bilan axborot texnologiyalarining integrasiyasini tashkil etadi.

Dars jarayonida o’qituvchilarning axborot texnologiyalari vositalarining barcha imkoniyatlaridan yetarli darajada foydalanishlari uchun kerakli qulayliklarni yaratish, o’z navbatida o’qituvchi va o’quvchilarni shu vositalarda ishlash jarayonida mustaqil qaror qabul qilish, fikrlash hamda o’zining har bir harakati uchun javobgarlikni his etish kompetentligini shakllanishiga imkon yaratadi.

Ta’lim jarayonida o’qituvchilarning integrallashgan darslarni tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish kompetentsiyasi darajasini aniqlashda quyidagilar inobatga olinadi:



  • o’quv jarayonida kompyuterlardan foydalanishda mustaqil qarorlar qabul qilish va har bir harakatga ijodiy yondoshish yo’llari;

  • integrallashgan dars jarayonida axborot texnologiyalari vositalari yordami-da namoyish etilayotgan o’quv ma’lumotlarni o’quvchilar tomonidan qabul qilinish darajasi va ularni mustaqil ish va ijodiy faoliyatlarda tadbiq etish qobiliyatlari;

  • ma’lumotlarni bayon qilish, tekshirish va modellashtirishda virtual muhitlardan foydalanish imkoniyati va zaruriyati;

  • integrallashgan darslarda ma’lumotlarning yetarliligi, ishonchliligi va ko’rgazmaliligi;

  • o’qitish jarayonida integrallashgan usullarni qo’llash uchun uslubiy ko’rsatmalar, qo’llanmalar va tavsiyanomalar yaratish.

Ta’lim tizimi sifat va samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalari axborotlarni har xil ko’rinishlarda tasvirlash va dinamik obrazlarini yaratish, uni ko’rish va eshitish organlari orqali qabul qilish va tasavvur etish imkoniyatlarini yaratuvchi, nazariy, amaliy, ko’rgazmali, ma’lumotli, trenajyorli va nazorat qismlarini birlashtirish yo’li bilan o’quvchilarga ijobiy va samarali ta’sir etuvchi vosita hisoblanib, fanlararo integratsion o’qitish jarayonida o’qituvchilarning axborot texnologiyalaridan foydalanish kompetentligini shakllantirish quyidagi masalalarni ma’lum bir darajada hal qiladi:

  • o’quvchilar tomonidan o’qitishning maxsus texnologiyalaridan foydalanish va ularni o’quv jarayonida qo’llanish usullari o’rganiladi;

  • o’quvchilarning axborot texnologiyalari vositalarida ishlash bilim va malakalari shakllanadi va fanlarini o’rganishga bo’lgan qiziqishlar ortadi;

  • ma’lumotlarni namoyish qilish hamda namoyish etiladigan ma’lumot-larni qabul qilish ko’nikmalari hosil bo’ladi;

  • o’quv jarayonida multimedia vositalari va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha bilim va malakalar shakllanadi.A

Adabiyotlar

  1. Ионова О. Н. Концептуальные основы формирования информационной компетентности взрослых в системе дополнительного образования. // Дополнительное профессиональное образование.-2006.-№4 (28).

  2. Madumarov T., Kamoldinov M. Innovasion pedagogik texnologiya asoslari va uni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash. / Metodik qo’llanma. –T.: Talqin, 2012. – 144 b.

Download 23.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling