Kalit so’zlar: ilmiy tadqiqot, litsenziya, patent, muallif, Annotatsiya


Download 44.72 Kb.
bet1/2
Sana04.04.2023
Hajmi44.72 Kb.
#1327828
  1   2
Bog'liq
Ergashev Javohir. Innovatsiya tezis


Ilmiy ishlanmalarning litsenziyalash ahamiyati
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI XALQARO TURIZM FAKULTETI TM-81-GURUH TALABASI ERGASHEV JAVOHIRNING TURIZMDA INNOVATSIYA FANIDAN TAYYORLAGAN TEZISI
Kalit so’zlar: ilmiy tadqiqot, litsenziya, patent, muallif,
Annotatsiya: Ushbu tezisda muallif ilmiy tadqiqot ishlarini qanday litsenziyalash va bunga oid bòlgan qonunlar tòģrisida, ilmiy tadqiqot qilgan shaxs òz ishini qanday patentlashi tòģrisida malumot berib òtgan.
Ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniqlik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija berishi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan bog‘langan ikki qism — tajriba va nazariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shartsharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan taxlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamen-tal va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga ajratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning oʻzidagina emas, balki koʻpgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni xal qilishda ham keng qoʻllaniladi.
Litsenziya (lot. licentia — ruxsatnoma, huquq) — 1) vakolatli davlat organlari tashqi savdo harakatlarini olib borish uchun beradigan ruxsatnoma. Eksport va importni, valyuta sarflarini nazorat qilish usullaridan biri. Odatda, 1 yilga beriladi; 2) texnikaviy, iqtisodiy, ilmiy yangiliklar egasining ularni ishlatish uchunĺ shartnoma asosida beradigan ruxsati. Odatda, Litsenziya patent olingan yoki patent olish uchun talabnoma berilgan ixtirolarga nisbatan qoʻllaniladi. Ammo ixtirolarga, texnika yangiliklariga, ishlab chiqarish tajribasi, ishlab chiqarish sirlari, tijorat axborotlari uchun patentsiz ham berilishi mumkin. Litsenziya beruvchi litsenziar, Litsenziya oluvchi litsenziat deb yuritiladi. Yangi texnika va texnologiyaga oid L.lar 3 xil boʻladi: oddiy Litseniya — litsenziar ixtirodan shartnomada belgilangan doirada foydalanish huquqiga ega boʻladi, ayni bir Litsenziyani maʼlum hudud doirasida faqat bir emas, balki bir necha litsenziatga bera oladi; maxsus Litsenziya — litsenziat ixtiro, texnika yoki texnologiyani ishlatishga tanho huqukli boʻladi, litsenziar esa uni shu hududda koʻllay olmaydi va oʻz nomidan boshqalarga sota olmaydi; toʻliq Litsenziya — bunda Litsenziya obʼyektini ishlatish toʻla-toʻkis litsenziatlar qoʻliga beriladi, litsenziar esa undan mustaqil foydalana olmaydi. Bunday qoida Litsenziya berilgan muddat ichida amal qiladi. Litsenziya muayyan narxda sotiladi.
Litsenziya haqi shartnoma muddati davomida Litsenziy boʻyicha ishlab chhiqarilgan mahsulotni sotishdan olingan mukofot shaklida toʻlanadi (royalti). Bir necha bor toʻlangan royalti yigʻindisi Litsenziya narxini tashkil etadi. Litsenziya xaqi uni qoʻllab, iqtisodiy samara olishdan ilgari, bir yoʻla toʻlansa paushal toʻlovi deb yuritiladi. Litsenziya narxi Litsenziyani qoʻllashdan olinadigan qoʻshimcha foyda bilan birga Litsenziya bozoridagi talab va taklifga ham bogʻliq. Litsenziya narxining past boʻlishi texnik-texnologik yangiliklarni ommalashtirish sharti hisoblanadi.
Shuningdek, Litsenziyaning vakolatli davlat organlari beradigan savdo, hayvonlarni ovlash, muayyan faoliyat bilan shugʻullanish, bank harakatlarini olib borish va boshqa koʻrinishlari uchraydi.

Download 44.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling