BOSHNING TOPOGRAFIK ANATOMIYASI
KALLA GUMBAZI TOPOGRAFIK ANATOMIYASI
Chakka sohasi (
regio temporalis).
Chegaralari:
yuqori va orqada – chakka chizig‘i (
linea temporalis),
pastda – yonoq ravog‘i (
arcus zygomaticus),
oldinda – peshona suyagining yonoq o‘simtasi (
processus zygomaticus ossis
frontalis).
Bu sohada yonoq suyagi ravog‘idan yuqorida chakka chuqurchasi (
fossa
temporalis) mavjud, bu chuqurcha chakka osti qirrasi (
crista infratemporal)
orqali pastroqda joylashgan chakka osti chuqurchasi (
fossa infratemporal)
bilan
chegaralangan.
Qavatma-qavat tuzilishi.
1. Teri (
cutis) yupqa.
2. Teri osti kletchatkasi (
panniculus adiposus) kam rivojlangan. Bu erda quyida
keltirilgan yuza qon tomir va nervlar joylashgan:
yuza chakka arteriyasi (
a. temporalis supeificialis) – tashqi uyqu
arteriyasining (
a. carotis communis) oxirgi tarmog‘i – sohaga quloq suprasi
oldidan o‘tib keladi va peshona hamda tepa shoxlariga (
rr.frontalis et
parietalis) bo‘linadi. Arteriya yonida yuza chakka venasi (
v. temporalis
supeificialis), shuningdek quloq-chakka nervi (
n. auriculotemporalis) (
pastki
jag‘ nervi shoxi (
n. mandibularis)) joylashadi.
yonoq-chakka nervi (
n. zygomaticotemporalis) – yonoq nervi (
n.
zygomaticus)
tarmog‘i,
yonoq-chakka
teshigidan
(
foramen
zygomaticotemporalis) chiqib chakka sohasining oldingi bo‘limlarida
tarmoqlarga bo‘linadi.
limfatik tomirlar (quloq oldi limfatik tugunlariga (
nodi lymphatici
preauriculares) yo‘naladi).
3. Yuza fassiya (
fascia supeificialis) – aponevrotik qalpoqning (
galea
aponeurotica) davomi, sohaning pastki qismida ingichkalashdi.
4. Chakka fassiya (
fascia temporalis) ikkita – yuza va chuqur plastinkalar
(
lamina supeificialis et lamina profimda) dan iborat.
Yuza plastinka yonoq
suyagining tashqi yuzasiga, chuqur plastinka yonoq suyagining ichki yuzasiga
yopishadi.
5.
Chakkaning
aponevrozlararo
kletchatka
bo‘shlig‘i
(
spatium
interaponeuroticum) – chakka fassiyasining ikkita plastinkasi orasida joylashadi,
bu kletchatkada o‘rta chakka arteriyasi (
a. temporalis media) o‘tadi.
6. Aponevroz osti kletchatkasi – chakka fassiyasining chuqur plastinkasi va
chakka muskuli orasida hosil bo‘ladi. Aponevroz osti kletchatkasiga lunjning
yog‘ tanachasi (
corpus adiposum buccae) o‘simtasi kirib keladi.
Bu kletchatka
pastda chaynov muskuli (
m. masseter) osti kletchatkasi bilan bog‘lanadi.
7. Chakka muskuli (
m. temporalis) – chakka chuqurchasidan boshlanadi, yonoq
suyagi ravog‘i (
arcus zygomaticus) ostidan o‘tib kuchli pay ko‘rinishida pastki