Kanada poytaxti Ottava shahri. Bmt va nato aʼzosi hamda aqsh bilan „Erkin iqtisodiy savdo aylanmasi toʻgʻrisida gi shartnomasi tuzgan. Birlashgan qirollik dominioni. 1931-yilda suveren huquqi berilgan


Download 56 Kb.
Sana16.05.2022
Hajmi56 Kb.
#673217
Bog'liq
2 5427250550741664035




Kanada poytaxti — Ottava shahri. BMT va NATO aʼzosi hamda AQSh bilan „Erkin iqtisodiy savdo aylanmasi toʻgʻrisida“gi shartnomasi tuzgan. Birlashgan qirollik dominioni. 1931-yilda suveren huquqi berilgan. Biroq, mustaqillik eʼlon qilinmagan. Mamlakatni Birlashgan qirollik qiroli (yoki qirolichasi) tomonidan tayinlangan General-Gubernator boshqaradi.Kanada — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibidagi federativ davlat. Amaldagi Konstitutsiyasi 1982-yil 17-aprelda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi), uning nomidan general-gubernator davlatni boshqaradi. Qirolicha general-gubernatorni Kanada bosh vazirining tavsiyasi bilan, odatda, 5 yil muddatga tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirolicha nomidan general-gubernator va 2 palatali parlament (senat va jamoalar palatasi) amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyatni qirolicha nomidan general-gubernator hamda bosh vazir va vazirlardan iborat hukumat amalga oshiradi (1993-yildan bosh vazir Jan Kretyen).Aholisining 1/3 qismi ingliz-kanadaliklar (44%) va fransuz-kanadaliklar (28%). Tub aholisi — indeyslar 533 ming va eskimoslar salkam 33 ming kishi qolgan. Kanadada nemislar, ukrainlar, italyanlar, gollandlar, vengerlar, ruslar va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy tillar — ingliz va fransuz tillari. Fransuz-kanadaliklar katolik dinida, ingliz-kanadaliklarning asosiy qismi — protestant. Aholining 78,6% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Montreal, Kalgari, Toronto, Vankuver, Vinnipeg, Gamilton va boshqalar.Kanadaning qadimgi xalqi — eskimos va indeyslar. 15-asr oxirlaridan Kanadaga yevropaliklar kela boshlagan. Fransuzlar Por-Ruayal va Kvebekka asos soldilar (1605—08). Kvebek Yangi Fransiya mustamlakasining markazi boʻlib qoldi. 17-asrning 20-yillarida Kanada hududida birinchi Angliya mustamlakasi — Yangi Shotlandiya vujudga keldi. 17-asrning 2-yarmidan fransuz-kanadaliklar shakllandi. Yetti yillik urush (1756—63) natijasida Buyuk Britaniya Yangi Fransiyani egallab oldi. 1791 yil Kvebek 2 viloyat (Quyi Kanada va Yuqori Kanada)ga boʻlindi.Kanada uchun boʻlgan Angliya-Amerika urushi (1812—14) natijasida demokratik islohot va oʻzini oʻzi boshqarish uchun qarakat boshlanib ketdi. Viloyatlarda islohot tarafdorlari("vatanparvarlar")partiyalari tuzildi. 1834-yil islohot tarafdorlari Quyi va Yuqori Kanada parlamentlari faoliyatini nazorat ostiga oldi. 1841-yil Yuqori Kanada bilan Quyi Kanada birlashtirildi. 1848-yil Kanada va Yangi Shotlandiyada yangi hukumat tuzildi. 19-asr oʻrtalarida Kanadada temir yoʻllar qurildi, sanoat rivojlandi, 1867-yil Buyuk Britaniyaning Shimoliy Amerikadagi mustamlakalari birlashtirilib, "Kanada dominioni" nomi bilan federatsiya tuzildi. Yangi Shotlandiya, Nyu-Bransuik, shimoliy-gʻarbdagi hududlar, Britaniya Kolumbiyasi (1871) va Prins-Eduard oroli (1873) Kanada dominioniga qoʻshib olindi. Markazlashgan davlat barpo etilishi milliy bozorning yuzaga kelishiga asos boʻldi Kanada chetga avtomobil, qogʻoz, bugʻdoy, yogʻochtaxta, sellyuloza, nikel, alyuminiy, neft va neft mahsulotlari, temir rudasi, mis, asbest, uran, kaliyli tuzlar, tabiiy gaz, mis, sanoat jihozlari va b. chikaradi. Chetdan mashina va sanoat uskunalari va mollari, koʻmir, kofe, kauchuk, banan va kakao sotib oladi. Savdosotiqdagi asosiy mijozlari: AKSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya.1989-yilda Kanada b-n AQSH oʻrtasida erkin savdo haqidagi bitim kuchga kirishi va 1992-yilda Shim. Amerika erkin savdo mintaqasi toʻgʻrisidagi uch tomonlama (AKSH—Kanada —Meksika) bitim imzolanishi b-n Kanada iqtisodiyotining Amerika iqtisodiyoti b-n birlashuvi va uning Shim. Amerika yagona iqtisodiy makoni tarkibiy qismiga aylanish jarayoni tezlashdi. Pul birligi — Kanada dollari.
2.Буюк Британия маъмурий худудийтузилиши Британия табияти ваахолиси Британия тарихидан БуюкБритания хужалиги географиясиБуюк Британия ва ШимолийИрландия Кушма Кироллиги Шимоли-ГарбийЕвропадагдавлат. БуюкБритания ороли (мамлакатхудудининг 90%и шу оролда) ваИрландия оролининг шимоли-шаркий кисмида хамда уларгаёндош майда ороллар (Англия,Уайт, Норманд,Оркней, Гебрид,Шетленд ва бошкалар ) дажойлашган. ГарбданАтлантикаокеани, шаркданШимолий денгиз ураб туради. БуюкБританиямамлакат асосий кисмининг номи билан купинчаАнглия деб аталади. Майдони 244,1минг кв.км. Ахолиси58,5млнданзиёд киши(1990йиллар охирлари).Пойтахти – Лондон шахри. Тарихантаркиб топган ва миллий жихатдан хар хил булган 4

маъмурий сиёсий кисм – Англия, Уэльс ва Шотландиява унга ёндош ороллар,ШимолийИрландиядан иборат. Мэн ва Норманд ороллари мустакил маъмурий
худуд хисобланади.Давлат тузуми. Буюк Британия конституцион монархия. Давлат бошлиги кирол (киролича). Ахолисининг 81,5 % и инглизлар.
Уэльслар валлийлар 1,9% ,шотландлар 9,6% , ирландлар 2,4 %ва бошка халклар бор. Давлат тилива ахолининг купчилигигаплашадиган тил - инглиз тили.Ирландлар,уэльслар ва гэлларнингбир кисми кельт тилларигакирадиганмахаллийтиллардагаплашадилар. Диндорларнингаксариятипротестантлар;ахолининг бир кисми ( шу
жумладан ирландларкатоликлардир.ахолининг 90 фоизишахарларда яшайди (1996). Йирикшахарлари: Лондон, Бирмингем,Глазго, Ливерпул, Манчестер,Шеффилд, Лидс.Тарихи. ХозиргиБуюк Британияхудудида милодданавввлги 1 минг йилликда кельт
кабилалари – бриттларяшаган.Милоднинг биринчи асридаБритания оролларининг каттакисмини римликлар босиб олди. 5-асрнинг иккинчи ярмида англо-сакслар мамлакатнинг ай кисминибосиб олиб, илк феодалкироллиаклар – Кент, Уэссекс,Суссекс,Шаркий Англия,Нортумбрия, Мерсияларнитузишган. 9-аср бошларида англо-сакс давлатларои бирлаштирилиб, «Англия » деб атала бошлади.Англия1016-1042 йиллирда норманнлар(данияликлар) хукмронлигидафбулган.1066 йил англияниНормандия герцоги ВильгельмIистилокилганидан сунг мамлакатдафеодал ер эгалиги пайдо булиб,
дехконларни туткинликка олишавж олди. 10-11 асрлардахунармандчилик васавдо-сотикмаркази тусини олган шахарларпайдо булла бошлади. 12-13асрлардамарказлашган молия васуд муассасалари юзага келди. 1265йил пайдобулган Парламентбожларни тасдиклаш ва конунларжорий этиш хукукиниолди;хокими мутлаклик тизими(монархия) барпо булди.АнглияБиланФранцияуртасида булибутган Юз йиллик уруш (1337-1453)окибатида соликларнинг купайишив а1348-49йиллиардагивабодансунгахолиахволинингогирлашишиУот Тайлер(1381)бошчилигидаги дехконларкузголонига сабаб булди.15-асрдатовар-пулмуносабатлариривожланди. Капиталистикмуносабатларривожланиётганпайтда тюдорлар сулоласинингчекланмаганхокимият(1485-1603) карор топди.16-асрнинг30-йилларидабошланганреформация харакати натижасидапапахукмронлигига чек куйилиб,черковга карашлиерларбуржуалашганянгидворянларгабулиб берилди. 16-аср иккинчиярми-17асрбошларида Англияхукумати мустамлакачиликсиёсатиниюритабошлади. 17-асрдаинглиз буржуа инкилоби булди.17-асрнинг охирида Буюк Британиядаер ва молия аристократиясинингсиёсийиттифоки пайдо булди.17-18асрлардаБуюкБританияХиндистон, ШимолийАмерикада янгиерларзабтэтди.Франциядан Канадани тортиб олди.
1775-83 йиллардаги урушнатижасида Шимолий Америкадаги
мустамлакалари мустакил АКШниташкил этди.19-аср 30-йилларида
Янги Зеландия, Бирма, Жанубийамерикадаги поёнсиз ерларнибосиб олди. 20-аср бошларигакелиб давлат АКШ ва Германиядан
оркада колади.2- жахон урушидан
сунг эса Британия мустамлакачилик империяси тушкунликка юз
тутади.Хукуматни навбатма-навбатлейбористлар ва консерваторлар
партияси бошкаради. Давлат 1945йилданг БМТ аъзоси, Узбекистонбилан дипломатикмуносабатларни1992 йил 18 февралурнатган.Миллий байрам-кироличатугилган куниЧет Эл сайёхлигиривожланган (1 йилда 12 миллион
киши келиб кетади ). Пул бирлиги –фунт стерлинг.

3.A.— yuksak darajada rivojlangan industrial agrar mamla-kat. Iqtisodiyotda yirik monopoliya-lar hukmron, xorijiy sarmoya, asosan AQSH va Buyuk Britaniya sarmoyasi katta mavqega ega. A. temir ruda, boksit, rutil, qo‘rg‘oshin, jun, shakarqamish mahsuloti eksport qilish sohasida yetakchi o‘rinda, 106ko‘mir, rux, mis, marganes, bug‘doy, go‘sht eksport qilishda oldingi o‘rinlardan birida turadi.A. sanoati yalpi milliy mahsulotning 30% ni beradi. Uning aso-siy tarmoqlari: konchilik, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat. Asosiy energetika resurslari — kumir va tabiiy gaz. Issiklik elektr stansiyalari elektr energiyaning 80% ga yaqinini hosil qilib beradi. 1994—95 y. 155 mlrd. kVt-s elektr energiyasi hosil qilingan. Eng katta temir ruda havzasi — G‘arbiy A.dagi Pilbara koni, rangli metall rudalari, asosan Broken-Xill (Yangi Jan. Uels) va Maunt-Ayza (Kvin-slend), boksitlar Ueypa koni (Kvin-slend) va Gov (Shim. hudud)dan qazib olinadi. 1994—95 y. Ill mln. tonna temir rudasi, 202 mln. tonna toshko‘mir, 32,9 mln. tonna neft, 20,7 mlrd. kub-metr tabiiy gaz, 256 t oltin qazib olingan. Sanoatda mashinasozlik, metallurgiya, kimyo, neft kimyosi (oltin-gugurt kislo-tasi, mineral o‘g‘itlar) va neftni qayta ishlash tarmoqlari ustunlik qiladi. 1994—95 y. 6,2 mln. t po‘lat, 237 ming t mis, 211 ming t qalay, 1,2 mln. t alyu-miniy va 360 min-gga yaqin avtomobil ishlab chiqarilgan. Oziq-ovqat sanoati ko‘proq eksportga (go‘sht, un, qand-shakar, sariyog‘-pishloq, pivo, vino) moslangan. To‘qimachilik, tikuvchilik, poyabzal korxonalari bor. Asosiy sanoat markaz-lari: Sidney, Melburn, Brisben, Ade-laida, Pert. Vullogong — Port-Kembla, Nyukasl, Jilong , Kuinana port-sanoat majmualari shakllangan.A — yirik yer ega-ligi mamlakati.Foydalaniladigan yer-larning 80% dan ortig‘i yirik yer egalari qo‘lida. Fermalar sertovarligi, mexani-zatsiyalashuvi va ixtisoslashuvi bilan ajra-lib turadi. Avstraliya (davlat) mahsuloti qiymatining 60% dan ko‘prog‘ini chorvachilik beradi. Qo‘ylar 174 mln., qoramol — 24,1 mln. boshni tashkil etadi. Qo‘ychilikning asosiy r-nlari — jan.-sharqiy va jan.-g‘arbiy sohil; sut yetishtiruvchi r-n jan.-sharqiy sohil, go‘sht yetishtiruvchi r-n mamlakat sharqi va shimoli. Salkam 15 mln. gektarga ekin ekiladi, shundan 1,5 mln. gektari sug‘oriladi. Asosiy ekin-lar — bug‘doy (hosili yiliga o‘rtacha 14,3 mln. t) va shakarqamish, shuning-dek arpa, suli, supurgi, jo‘xori, sholi, makkajo‘xori, kartoshka, paxta, tama-ki, uzum, mevali daraxtlar. Bir yilda o‘rtacha 3,7 mln. t. shakar xom ashyosi, 3,7 mln. t. go‘sht, 720 ming t. jun yetishtiradi.1996 y.da avtomobil yo‘llari 900 ming km, jumladan qattiq qoplamali yo‘llar — 420 ming km, temir yoʻl— 40,6 ming km ni tashkil qildi. Asosiy dengiz portlari — Sidney, Melburn, ixtisoslashtirilgan portlar — Port-Xedlend, Dampir (temir ruda jo‘natish). Xalqaro aeroportlari: Sidney, Mel-burn, Pert, Darvin.Eksportda q.h. mahsulotining ulushi 30%, mineral xom ashyo 27,8% va tayyor sanoat mahsulotlari 20% ni tashkil etadi. Tayyor iste’mol mollari, asbob-uskunalar, neft chet el-dan keltiriladi. Asosan Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya bilan savdo-sotiq qiladi. Pul birligi — A. dollari.



Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling