Kanal sathi va uning vazifasi mac sathi va uning vazifasi llc sathi va uning vazifasi


Download 269.82 Kb.
bet1/3
Sana13.06.2020
Hajmi269.82 Kb.
#118441
  1   2   3
Bog'liq
16-mavzu


16-Mavzu: Kanal va seansli sathda himoyalash usullari

Reja:

  1. Kanal sathi va uning vazifasi

  2. MAC sathi va uning vazifasi

  3. LLC sathi va uning vazifasi

Kanal sathi (Data Link layer) – bu sathda uzatish muhitiga ulanish mumkin yoki mumkin emas¬ligini tekshirish, hamda uzatilayotgan ma’lumotlardagi xatoliklarni aniqlash va ularni to‘g‘irlash mexanizmini amalga oshirish kabi vazifalar bajariladi.

Buning uchun kanal sathida bitlar ketma-ketligi kadrlar (frames) (1-rasm) deb ataladigan to‘plamlarga guruhlanadi. Kanal sathi har bir kadrni to‘g‘ri uzatilishini ta’minlab beradi. Buning uchun hamda kadrni kadrdan ajratib turish uchun kanal sathi har bir kadrni boshlanishidan avval va ohirida maxsus bitlar ketma-ketligini joylashtiradi.



1-rasm. Kadr tuzilishi

Har bir kadrning baytlari ma’lum bir yo‘l bilan ishlanib nazorat qilish summasi hisoblanadi va u ham kadr tarkibiga qo‘shilgan bo‘ladi. Kadr tarmoq orqali o‘z manziliga etib kelganida, uni qabul qilib olgan stantsiya ham na¬zorat qilish summasini qayta hisoblaydi va kadrda birga yuborilgan nazorat qilish summasi bi¬lan solishtiriladi. Agar ular bir xil bo‘lsa kadr to‘g‘ri etib kelgan hisoblanadi va qabul qilinadi.

Lokal kompyuter tarmoqlarida kanal sathi protokollaridan kompyuterlar, ko‘priklar kommutatorlar va marshrutizatorlar foydalanadilar. Kanal sathi protokollariga misol qilib - Ethernet, Token Ring, FDDI, l00VG-AnyLAN protokollarini keltirish mumkin. Ma’lumotlarni sifatli uzatishni ta’minlash vazifalari kanal sathi bilan birga, undan yuqoriroqda turgan tarmoq va transport sathlari vazifalariga ham kiradi.

Bu standartlarga asosan lokal kompyuter tarmoqlarining kanal sathi ikkita sath osti sathlariga bo‘linadi:

1. LLC (Logical Link Control) – mantiqiy kanalni boshqarish sath osti sathi.

2. MAC (Media Access Control) - muxi¬tiga ulanishni boshqarish sath osti sathi.

LLC sathi – kompyuterlar o‘rtasida ma’lumotlarni har-xil darajadagi ishonchlilik bilan uzatishni amalga oshirish uchun javob beradi, hamda tarmoq sathi bilan ulanuvchi interfeys vazifasini bajaradi. Tarmoq sathi, LLC sathi orqali, kanal sathidan o‘ziga kerak bo‘lgan ma’lumotlarni uzatish amaliyotini, ya’ni transport hizmatini unga kerak bo‘lgan sifatda bajarib berishni so‘raydi.



MAC sathi esa – kompyuterlar birgalikda foydalanadigan umumiy shina yoki halqa topologiyali muxit vaqtini ma’lum bir algoritm asosida taqsimlab, tarmoqni to‘g‘ri ishlashini ta’minlab beradi. MAC sathi yordamida uzatish muhitiga murojaat qilishga ruxsat olingandan so‘ng, LLC sathi tomonidan ma’lumotlarni mantiqiy birliklarini, axborot kadrlarini, har-xil darajadagi sifat bilan uzatish, ya’ni transport hizmati amalga oshiriladi.

2-rasm. IEEE 802.x standartlarining tuzilishi.


Download 269.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling