Kapsulalar to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar


Download 26.72 Kb.
bet1/4
Sana19.01.2023
Hajmi26.72 Kb.
#1102980
  1   2   3   4
Bog'liq
Kapsula #6


Mavzu :Kapsula va mikrokapsula , spansula va qandolatchilik dori turlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan boshlang’ich va yordamchi materiallar
Kapsulalar to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar
Kapsulalar — qattiq yoki yumshoq jelatin qobiqlariga, bir yoki bir nechta biologik faol moddalarni yordamchi moddalarsiz yoki yordamchi moddalar bilan hosil qilgan aralashmasi joylashtirilgan, dozalarga bo‘lingan, qattiq dori turlaridir. Kapsula lotincha - «capsula» so'zidan olingan bo‘lib, «qobiq», «quti» degan ma’nolarni anglatadi.
Kapsulalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar eramizdan awalgi 1500 yillarda «Ebers papiruslarida» qayd etilganligi Georg Ebert tomonidan aniqlangan. 1730-yilda Venetsiyalik farmatsevt De Pauli toza terpenni nohush hidi va ta’mini uni jelatin qobig‘iga joylashtirish orqali yo‘qotishga erishgan. 1833-yilda farmatsevtik maqsadlarda qo‘llash uchun jelatin kapsulalarini tayyorlashga birinchi
patent Parijda, fransuz farmatsevt talabasi Francois Achille Barnabe Mothes (Mote) va dorishunos Joseph Gerard Auguste Dublanc (Dyublan) tomonidan olingan.
Birinchi kapsulalar simob bilan to‘ldirilgan charm qopchani suyuq jelatin massasiga botirib olish usulida olingan. Charm qopchaga yopishgan yupqa qatlamli jelatin, ma’lum vaqt o‘tgach qurib qotgandan so‘ng simob olib tashlangan, hosil bo'lgan kapsula charm qopchadan oson ajratib olingan. Kapsulalarga dori moddalar
joylashtirilib (o‘sha davrlarda faqatgina dorivor suyuq moylar hamda moyli eritmalar pipetka yordamida to‘ldirilgan) tirqish suyuq jelatin tomizish orqali berkitilgan. 0 ‘sha yili Mote simob to‘ldirilgan charm qopchani zaytun mevasi shaklidagi metallga almashtirib, qo‘shimcha patent oladi. Bu usul zamonaviylashgan ko‘rinishda, bugungi kunga qadar, laboratoriya sharoitida yumshoq jelatin kapsulalarini tayyorlashda qo‘llanilib kelinmoqda.
1846-yilda fransuz Jyul Leubi «dorivor qobiqlarni tayyorlash usuli» nomidagi patentni qo‘lga kiritdi. U birinchi bor harakatlanuvchi diskka mahkamlangan metall bo'lakchalarni, suyuq jela(inga tushirib, ikki qismli kapsulalarni olishga muvaffaq bo’ldi. Har ikki qism bir-biri bilan birikib, «ipak pillasi» ko‘rinishidagi, silindrik shaklli qutichani hosil qildi. Bu kapsulalarga shifokor retseptiga muvofiq dorishunoslar, kukun yoki ularning aralashmalarini joylab, ichish uchun qulay bo‘lgan dori vositalarini tayyorlashgan. Aynan shu usulning zamonaviylashgan ko‘rinishi,
bugungi kunda sanoat miqyosida qattiq (ikki qismli) jelatin kapsulalarini ishlab chiqarishda qo‘llanilmoqda. 1872-yilda fransuz ixtirochisi Limuzin, ikki qismli kapsulalarni ishlab chiqarish va to'ldirishda qo‘llanadigan apparatni ixtiro qildi.
Keyinchalik, Amerikaliklar tom onidan kapsulalarni ishlab
chiqarishga katta hissa qo'shildi. 1874-yilda Deytroytlik farmatsevt Hubei (Xyubel) botirib olish usulida kapsulalash apparatini kashf qildi va birinchi marta katta
miqdordagi kapsulalarni ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, u kapsulalarni sig‘imi bo‘yicha farqlab, raqamlar bilan belgilashni taklif etdi. Kapsulalar awaliga dorixonalarda keyinchalik esa farmatsevtik korxonalarda «Kapsulalangan dori shakllari» nomi bilan ishlab chiqarila boshlandi. 1888-yilda Amerikalik muhandis Djon Rassel (John Russel) sanoat miqyosida ikki qismli jelatinli kapsulalarni ishlab chiqarishning qulay usulini patentladi. Bu usul 1895-yilda mashhur «Parke»,
«Davis & Co» kompaniyasi mutaxassisi Colton (Artur Kolton) tomonidan takomillashtirildi. Uning qurilmasi soatiga 6 000 dan 10 000 donagacha bo'lgan kapsulalarni ishlab chiqargan. «Colton» firmasi birinchi bo‘lib, ikki qismli kapsulalarni to'ldirish va yopishni avtomatlashtirilgan ko‘rinishini yo‘lga qo‘ygan. Bu firmaning ishlab chiqarish unumdorligi o ‘sha paytlarda yuqori bo‘lgan, uning
zam onaviylashtirilgan hamda avtom atlashtirilgan qurilmalari bugungi kunda ham jelatinli kapsulalarni ishlab chiqarishda qo‘llanilib kelinmoqda.
Kapsulalarni sig‘imi bo'yicha farqlab, raqamlar bilan belgilashni taklif etgan Xyubel tasnifi, 1904-yilda Germaniyada nashr etilgan «Umumiy farmatsiya ensiklopediyasi»da o‘z aksini topadi. Bunda, eng katta kapsula - 00 va eng kichik kapsula - 5 deb belgilangan, o‘sha davrda Yevropada esa eng kichik kapsulalar — 0, eng kattakapsulalar — 5 raqamlari bilan belgilangan.
Kapsulalarning afzalliklari:
- dozalarga bo‘linganligi;
— dori moddasini yorug‘lik, namlik va havo ta’siridan himoyalanganligi;
- dori moddasining turg'unligini ta’minlanganligi;
— dori m oddasining noxush hidi va m a’zasi maskirovka qilinganligi;
- estetikligi, tashqi ko‘rinishining turlicha ekanligi;
- qabul qilishning qulayligi va osonligi;
- me’da-ichak tizimida bo'kishi va oson erishi;
— dori moddasining so‘rilishini boshqarish mumkinligi;
— ishlab chiqarish jarayonida dori moddasini tabletkalar kabi tashqi fizik-kimyoviy ta’sirlarga uchramasligi (namlik, harorat, bosim va b.);
— antibiotiklardan tayyor dori vositalari ishlab chiqarishning qulayligi;
- bo‘yovchi va havoning harakatida oson changlanadigan modilalami kapsulaga joylab, ishlab chiqarish mumkinligi;
- yuqori biosamaradorlikka ega ekanligi;
- ishlab chiqarishni to‘la mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish mumkinligi;
- dori vositasi ta’sirini uzaytirish imkoniyatining mavjudligi.
Kamchiliklari:
-jelatin gigroskopik modda bo‘lganligi uchun ishlab chiqarish va saqlash jarayonida tashqi muhitdan namlikni o‘ziga yutishi;
- to ‘g‘ridan-to‘g‘ri jelatin va glitserin bilan reaksiyaga kirishadigan moddalarni kapsulaga joylash imkoniyatining yo‘qligi;
- bexush bemorlarga berish imkoniyatining chegaralanganligi;
- kapsula ishlab chiqarishda maxsus avtomatlashgan va mexanizatsiyalashgan tizimlarning zarurligi;
- mikroorganizmlarning yashashi va ko‘payishi uchun qulay muhitning yaratilganligi.
Tayyorlanish texnologiyasiga ko‘ra jelatinli kapsulalar qattiq —ikki qismli (capsulae dure or operculate) ajraladigan asos va qopqoqdan tashkil topgan hamda yumshoq (capsulae molles) – yaxlit o'zaro ajralmaydigan kapsulalar bo‘lib, olinish usuliga ko'ra ular ham ikki xil: chokli (ikkita bir xil bo’lakni yopishtirilishidan hosil
bo‘lgan bo‘ylama chokli) yoki choksiz bo‘lishi mumkin.

Download 26.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling