Kasaba uyushmalari


Download 117.91 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.03.2020
Hajmi117.91 Kb.

Kasaba

uyushmalari

Kasaba uyushmalari - mehnatkashlarni

jinsi, diniy eʼtiqodi, irqiy va milliy

mansubliklaridan qatʼi nazar i.ch. va

noishlab chiqarish sohalarida ijtimoiy-

iqtisodiy huquqlari va oʻz aʼzolari

manfaatlarini himoya qilish maqsadida

birlashtiruvchi ommaviy jamoat

tashkilotlari. 18-asr oxirida Gʻarbiy

Yevropa mamlakatlari va AQShda oʻzaro


yordam jamiyatlari sifatida paydo

boʻlgan. Rivojlangan mamlakatlarda 19-

asrda legallashdi. K.u. xodimlarning

mehnat sharoiti, ish haqi, turmush,

madaniyat va sh.k. sohalardagi

manfaatlarini himoya qilishga daʼvat

etilgan. 14 yoshga toʻlgan va mehnat

(kasb) faoliyati bilan shugʻullanayotgan

har bir kishi oʻz xohishiga koʻra, oʻz

manfaatlarini himoya qilish uchun K.u.

tuzish, ularga kirish, K.u. faoliyati bilan

shugʻullanish va K.u.dan chiqish

huquqiga ega. Eng yirik xalqaro K.u.

markazlari: Jahon K.u. federatsiyasi

(1945 y. Parijda tuzilgan, 80 dan ortiq

mamlakat milliy kasaba uyushma

markazlarini birlashtiradi, kasaba


uyushma umumiy aʼzolarining soni 20-

asrning 90-y.larida 213 mln.dan ortiq

boʻlgan), Xalqaro erkin kasaba

uyushmalari konfederatsiyasi va Jahon

mehnat konfederatsiyasi (1920 y. Vatikan

yordamida Xalqaro xristian K.u.

konfederatsiyasi nomi bilan tuzilgan, 14

mln.dan ortiq aʼzosi bor, qarorgohi

Bryusselda).

Oʻzbekistonda K.u.ning huquqiy maqomi

OʻzR Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi,

"Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari

va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida"gi

OʻzR qonuni (1992 y. 2 iyul) va b. bilan

belgilanadi. K.u.ga mehnat, unga haq

toʻlash va b. tayin masalalarni hal qilish



sohasida huquqlar berilgan. K.u.ning

ustavlari "Oʻzbekiston Respublikasida

jamoat birlashmalari toʻgʻrisida"gi OʻzR

qonunida belgilangan tartibda roʻyxatga

olinadi. Barcha K.u. teng huquklardan

foydalanadilar. K.u. oʻz faoliyatida davlat

boshqaruv idoralaridan, xoʻjalik

idoralaridan, siyosiy partiyalardan

mustaqil, ular oldida hisobdor emas va

ular tomonidan nazorat qilinmaydi

(qonun hujjatlarida nazarda tutilgan

hollar bundan mustasno). K.u.ning

huquqlarini cheklaydigan yoki shu

huquqlarning amalga oshirilishiga

toʻsqinlik qiladigan tarzdagi har qanday

aralashuv man etiladi. K.u. oʻz ustavlarida

belgilangan maqsadlarga va vazifalarga


muvofiq ravishda boshqa

mamlakatlarning K.u. bilan hamkorlik

qilish, oʻz xohishiga koʻra, xalqaro va

boshqa K.u. birlashmalariga va

tashkilotlariga kirish huquqiga ega.

K.u.ning tuzilishi federalizmga

asoslangan. Quyidan yuqorigacha barcha

organlar K.u. aʼzolari tomonidan

saylangan vakillarning yigʻilishlari,

konferensiyalari va qurultoylarida

saylanadi va ular oldida hisob beradi. K.u.

har bir aʼzosi saylashi va K.u. organlariga

saylanishi, yigʻilishlar, matbuot va b.

vositalar orqali K.u. hamda maʼmuriy

organlar faoliyatiga taalluqli masalalarni

qoʻyishi mumkin. K.u. ishlab chiqarish,



tarmoq va hududiy prinsiplar asosida

tashkil etiladi. Tarmoq va hududiy K.u.

aʼzo tashkilotlar sifatida Oʻzbekiston K.u.

Federatsiyasini tashkil etadilar (qarang

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari

federatsiyasi Kengashi).

K.u.ning asosi — boshlangʻich tashkilot

boʻlib, kasaba uyushmasi aʼzolarining

umumiy yigʻilishi uning oliy organidir.

Boshlangʻich tashkilot kamida 3 aʼzosi

boʻlgan joylarda tuziladi. Kundalik ishlarni

olib borish uchun kasaba uyushmasining

guruhlarida guruh tashkilotchisi, 15

tagacha aʼzoni birlashtirgan boshlangʻich

tashkilotda tashkilotchi va uning

oʻrinbosari, 15 va undan koʻp aʼzoni



birlashtirgan boshlangʻich tashkilotda

kasaba qoʻmitasi saylanadi.

Iqtisodiy islohotlar va bozor

munosabatlari sharoitida K.u.ni tashkiliy

jihatdan mustahkamlash, kuch va

mablagʻlarni birlashtirishga ehtiyoj

kuchaydi. Endilikda Oʻzbekiston K.u.

federatsiyasi oʻz faoliyatini ijtimoiy

sherikchilik asosiga qurmoqda va

hukumat, vazirliklar, idoralar, viloyat

hokimliklari bilan ikki tomonlama hududiy

va tarmoq bitimlari tuza boshladi.

Mehnatga layoqatli aholini ish bilan

taʼminlash, ishsizlikning oldini olish,

mehnatkashlarga ijtimoiy xizmat

koʻrsatish, mehnatkashlar va ularning oila



aʼzolarini sogʻlomlashtirish masalalari

bilan shugʻullanish K.u. faoliyatining eng

muhim yoʻnalishlari boʻlib qoldi.

Oʻzbekistonda K.u. aʼzolarining umumiy

soni 6.730.545 kishini tashkil etadi (2002

y. aprel). Bundan tashqari, Oʻzbekiston

K.u. Federatsiyasiga kirmaydigan

"Qizilqumkamyobmetalloltin" konsernida

65 mingdan ortiq kasaba uyushma aʼzosi

bor.


[1]

1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-



yil

Manbalar


Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin. 

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.



Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga

ishorat yoʻq. 

Siz ularni topib va ushbu maqolaga

qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz

mumkin.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Kasaba_uyushmalari&oldid=2

003254

" dan olindi 



Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan



boʻlsa).

Last edited 1 year ago by EdgarsBot

Download 117.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling