Kasallik tarixi I. Passport qismi


VI. Hozirgi holati ( Status presents objectivus)


Download 30.67 Kb.
bet5/20
Sana11.11.2021
Hajmi30.67 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
VI. Hozirgi holati ( Status presents objectivus)

Bemorning umumiy ahvoli o’rtacha (qoniqrli, og’ir), es-hushi joyida (stupor, sopor, koma, alahlash, gallyustinatsiya kuzatilmaydi), vaziyati passiv (aktiv, majburiy), gavda tuzilishi normostenik (astenik, giperstenik), bo’yi 165 sm, tana og’irligi 80 kg.

Qad-qomati engashgan, odimlashi sekin (tez, ataktik, spastik, paretik).

Tana temperaturasi normada 36,5 (doimiy isitma-febris continua, tinkani quritadigan –f.remittens, goh ko’tarilib, goh pasayib turadigan –f.intermittens, qaytalanadigan –f. recurrens, to’lqinsimon-f.indulans, holdan toydiradigan –f. hectica, noto’g’ri – f.irregularis, aynigan- f.inverta isitmalar kuzatilmaydi).

Yuz qiyofasi bir oz toliqqan (Korvizar yuzi , facies febris, f. nephritica, f. mitralis, f. hyppocratica, f. Basedovica kuzatilmaydi).

Teri qoplamlari: rangi rangpar (pushti, qoracha, qizil , ko’kimtir, sarg’ish, yersimon); toshmalar yo’q (rozeola, papula, pustule, vezikula, eritema, dog’, isitma toshmalari – herpes);

Tomirlardagi o’zgarishlar teleangiektaziya, “tomir yulduzchalari” kuzatilmaydi; qon quyilishlar, chandiqlar yo’q.

Trofik o’zgarishlar: yaralar , yotoq yaralar kuzatilmaydi. Ko’rinib turadigan o’smalar: mioma, angioma, ateromalar kuzatilmaydi.

Teri namligi va elastikligi kamaygan. Ko’rinib turadigan shilliq pardalar: rangi rangpar (pushti, ko’kimtir, sarg’in, qizil) va toza.

Tirnoqlar: shakli normada (“soat oynasi”, koylonixiya), rangi pushti rang (ko’kimtir, rangpar), ko’ndalang va bo’ylama chiziqlar kuzatilmaydi.

Teri osti yog’ kletchatkasi: o’rtacha rivojlangan, yog’ qorin, qo’llar, sonlarda ko’p yig’ilgan, shishlar (oedema) yo’q. Teri osti yog’ kletchatkasi paypaslanganda og’riq yo’qligi.

Limfatik tugunlar (ensa, quloq yaqinidagi, jag’ osti, bo’yin, o’mrov usti, o’mrov osti, qo’ltiq, tirsak, chov, taqim) kattalashmagan, og’riqsiz.

Mushaklar rivojlanishi o’ rtacha (qoniqarli, kuchsiz, mushaklar atrofiyasi va gipertrofiyasi) ,tonusi saqlangan (pasaygan, oshgan), kuchi saqlangan paypaslab ko’rilganda og’riqlar va zichlashishlar aniqlanmaydi.

Suyaklar shakli o’zgarishsiz ,paypaslab va urib ko’rilganda og’riqlar kuzatilmaydi.Shikastlanish, sinish, deformatsiyalar yo’q. Qo’l va oyoq barmoqlari oxirgi falangalarining ahvoli (“nog’ora barmoqlar”) o’zgarishsiz.

Bo’g’imlar harakati chegaralanmagan, shish, paypaslaganda og’riq, bo’g’imlar ustidagi terining giperemiyasi va mahalliy harorat, harakat qilganda og’riq, qirsillashlar kuzatilmaydi.


Download 30.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling