Kasb-hunar kolleji


Download 34 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi34 Kb.
#1328095
Bog'liq
Масала ва топширик


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


O’RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI


XORAZM VILOYATI URGANCH TUMANI “G’OYBU” QISHLOQ XO’JALIK
KASB-HUNAR KOLLEJI
HAYVONLARGA UMUMIY VETERINARIYA XIZMATINI KO’RSATISH”
O’QUV AMALIYOTIDAN
MASALA VA MASHQLAR

URGANCH TUMANI 2017 – 2018
Misollarni Yechilishi bo’yicha na’munalar
1 – misol:
Nastoy – ichiladigan va surtiladigan dori sifatida ishlatiladi. Bularni tayyorlash uchun biror dorivor o’simlikning barglari, guli va poyasi maydalanadi, ustiga qaynagan suv quyiladi. Bunda o’simlik bilan suvning nisbati 1:10 bo’ladi. Keyin u shisha idishga olinib 1 minut qaynab turgan suvga yoki o’t yoqilgan pechkaga qo’yiladi. Keyin dokadan o’tkaziladi. Nastoy – tayyorlash uchun dorivor o’simliklarning barcha guli, poyasi maydalanib, stakanga solinib ustiga qaynagan suv quyiladi. Bunda o’simlik va suv nisbati 1:10 bo’ladi. 10 minut olovda tutilib, sovutilib dokadan o’tkaziladi.
Topshiriq № 1.
a) Zubturum o’simligidan 100 ml nastoy tayyorlang.
b) Yantoq o’simligidan 1000 ml nastoy tayyorlang.

2 – misol:


Qaynatma – o’simliklarning dag’al qismlari (ildiz, po’stloq) idishga solinib ustidan 1:10 nisbatda sovuq suv quyiladi. Undan keyin 30 minut suvda qaynatiladi, so’ngra filtrlanadi va hayvonlarga ichish uchun beriladi.
Topshiriq № 2.
a) Arpabodiyon o’simligidan qaynatma 500 ml tayyorlang.
b) Qora choydan 600 ml qaynatma tayyorlang.

3 – misol:


Nastoyka – asoson farmastevtik zavodlarda spirt yoki efir aralashtirilib tayyorlanadi. Ular ko’p vaqtgacha yaxshi saqlanadi, ichiladigan va surtiladigan dorilar sifatida qo’llaniladi.

4 – misol:


Eritmalar – asosan biror xil dorini suvda yoki spirtda eritilib tayyorlanadi. Oddiy va murakkab eritmalar tayyorlanadi. Bu dori shakli, ichish, surtish va emlash maqsadida qo’llaniladi.
Topshiriq № 3.
a) Osh tuzidan 0, 9 % li 500 ml eritma tayyorlang.
b) Furatsilindan 1:3000 nisbatda 600 ml eritma tayyorlang.
v) 3 % li borat kislota eritmasini tayyorlang.
g) 1: 5000 nisbatda 800 ml eritma tayyorlang.

5 – misol:


Bolyus va pilyulalar qattiq va yumshoq moddalar aralashmadan iborat bo’lib, xamirsimon konsistensiyada keltirib tayyorlanadi. Bolyusning og’irligi 15-50,0 bo’lsa, pilyulalar 0,5gramdan oshmaydi. Bular asosan og’iz orqali beriladi. Bolyus hamda pilyulalar qattiq va suyuq moddalar aralashmasidan iborat bo’lib, xamirsimon holatda tayyorlanadi. Asosiy kuchli ta’sir qiladigan moddalar oldin ozroq suvda, spirtda, efirda eritiladi, keyin tegishli konsistensiyadagi massani hosil qilish uchun ularga ta’siri yo’q (inferent) vositalar – kraxmal, un va hokazolar qo’shiladi. Pilyulalar balyusga o’xshash tayyorlanib kichikroq bo’ladi. Og’irligi 0,5 g dan oshmasligi kerak. Pilyula va bolyuslar faqat og’iz orqali beriladi.
Topshiriq № 4
a) Furazolidon dorisidan 50 gr lik 5 dona bolyus tayyorlang.
b) Piperazin tuzlaridan 10 dona pilyula tayyorlang.

6 – misol:


Maz (malham) – ta’sir qiluvchi dorilarni vazelin, linolin, cho’chqa yog’i yoki boshqa moylarga aralashtirib tayyorlanadi, maz tayyorlash uchun 1 qism asosiy doriga 9 qism biriktiruvchi moy qo’shiladi. Asosan tashqi tomondan surtish uchun ishlatiladi. Maz (malham) ta’sir qiluvchi moddalarni moy yoki moyga o’xshagan vazelin, lanolin, cho’chqa yog’i va boshqalar bilan aralashtirib tayyorlanadi. Ta’sir qiluvchi moddalar oldin ozgina eritmada eritilib, keyin umumiy massa bilan aralashtiriladi. Maz tayyorlash uchun 1 qism asosiy dori moddaga 9 qism biriktiruvchi moy qo’yiladi.
Topshiriq № 5
a) 5 % li streptomitsin mazidan 50 gr tayyorlang.
b) Vishnevskiy mazidan 10 gr tayyorlang.

7 – misol:


Linimentlar – tarkibi asosiy dori, yog’ va ishqor yoki sovundan iborat bo’lib, suyuq moyga o’xshaydi faqat surtish uchun ishlatiladi. Linimentlar tarkibi asosiy dori aralashmasi, yog’lar va ishqor yoki sovundan iborat bo’ladi. Tashqi ko’rinishidan ular suyuq moyga o’xshash bo’ladi. Hayvonlarga surtish uchun qo’llaniladi.
Topshiriq № 6
a) 5 % li streptotsid linimentidan 50 gr tayyorlang.
b) Penitsillindan 10 gr liniment tayyorlang.

8 – misol:


Bo’tqa – xamirsimon yoki atalasimon massa bo’lib, quruq va suyuq moddalar aralashmasidan iborat. Bo’tka ot, cho’chqa, itlar uchun ichki dori sifatida ishlatiladi. Bo’tqa xamirsimon yoki atalasimon massa bo’lib, quruq va suyuq moddalar aralashmasidan iborat.
Topshiriq № 7
a) Beda unidan 5 litr bo’tqa tayyorlang.
b) Antibiotiklardan bo’tqa tayyorlang.
Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling