"Kecha kim edigu, bugun kim bo’ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?"
Download 279.3 Kb. Pdf ko'rish
|
Kim-edigu01
fuqarolik jamiyati shakllanish jarayonida garb va sharq ijtimoiy himoya tizimining umumiyligi va oziga xosligi (1), karl popperning ijtimoiy-falsafiy qarashlari(1), karl popperning ijtimoiy-falsafiy qarashlari(1), leksikalogiya va frazeologiya, Тестлар СИФ, Mikrobiologiya, Mikrobiologiya, Документ (1), Документ (1), Документ (1), Документ (1), Документ (1), matematika oqitish metodikasi (1), CamScanner 05-19-2020 07.25.14
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Kimki mustaqillik yillarida O’zbekiston qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlarni ko’rmoqchi bo’lsa, avvalo odamlarning, xalqimizning yuziga, ko’ziga qarasin.
- “Biz erishgan yutuqlarimizni mustahkamlab, zamon bilan hamqadam bo’lib yashash uchun yangi marralar sari intilishimiz, taraqqiyot
- “O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat. Bu zamin oddiy yurt emas, Ollohning nazari tushgan yurt. Faqat barchamiz ertalab pok bo’lib, Yaratganimizdan
- “Kecha kim edigu, bugun kim bo’ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak”
- “Kimki mustaqillik yillarida O’zbekiston qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlarni
“Kecha kim edigu, bugun kim bo’ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?” Fazliyev S.A. Toshkent farmatsevtika instituti, farmatsiya fakulteti, 2-bosqich 6/1-guruh talabasi
Mustaqillik... Bu so„z zamirida qanchadan-qancha ajdodlarimizning asrlar davomidagi orzu va armonlari, kurashlari, ertangi kunga umidlari mujassam. Bu so‟zni eshitganimizda har birimizning qalbimizda o‟zgacha, qandaydir ta‟riflab bo‟lmas hislar uyg‟onadi. ISHONCH, dadillik kabi tuyg‟ular jo‟sh urib kishiga xuddiki qanot bag‟ishlaydi. Nima uchun shunday, bilasizmi? Chunki, siz bilan biz dorilomon zamon farzandimiz, shunday ulug‟ ne‟matga egamiz. Mustaqillik yillarida, ozod va obod vatanda ulg‟aymoqdamiz. Lekin, aziz tengdoshim hech ota- onangiz, bobo-buvilaringizdan “mustaqillik nima”, - deb so‟rab ko‟rganmisiz? Ular bu savolga yaxshiroq javob berishadi. Chunki, ular bilishadi ozodlikka qanday erishilganini, ular bilishadi “kim edigu, kim bo‟lganimizni”… Bundan chorak asr avval biz o‟z ona tili davlat tili hisoblanmagan, maktablaridan boshlab bolalarga haqiqatni yashirib, kerak bo‟lsa tarixni o‟zgartirib buyuk bobokalonlarimiz nomini tilga olmaslikni o‟rgatadigan, xalqqa ma‟rifat ulashmoqchi bo‟lganlarni “xalq dushmani” deb tilga olinadigan, mustaqillikni faqat orzu qilib, u haqdagi xalq qo‟shig‟ini o‟z ona tilida baralla kuylay olmaydigan, iqtisodi, faqatgina, paxta yetkazib berish bo‟lgan respublika edik. Hamma yerga paxta ekilgan. Cho‟llar o‟zlashtirilgan, yangi-yangi yerlar ochilgan. Nima uchun? Paxta ekish uchun! Lekin, yetishtiriladigan 4 000 000 – 5 000 000 tonna paxtaning faqatgina tozalab, ozgina qismini qayta ishlaganmiz, toza paxta esa arzon narxda boshqa respublikalarga sotilgan va keyin ular tomonidan ishlab chiqarilgan kiyim-kechak, tolalar va boshqa paxta mahsulotlarini qimmatgina qilib sotib olganmiz. Biz faqatgina og‟ir ishlarni – paxta yetishtirish va uni tozalashni bajarganmiz, sababi – bizni ikkinchi darajali odamlar dеb hisoblashardi!!! Qadrdonim, hozir uyingizda nechta televizor yoki mashinangiz bor? E‟tibor berganmisiz dasturxon boshida kattalar doimo “xudoga shukr, dasturxonda hamma narsa bor” deyishadi. Fakt:1987-yil holatiga ko‟ra SSSRda bir fuqaro 129 kg non yеgan bo„lsa, O‟zSSRda esa bir fuqaro 167 kg non yеgan.Chunki, nondan boshqa yеydigan narsasi bo„lmagan… Agar uyingizga o‟zingizning halol ishlab topgan pulingizga bittagina televizor olib kelsangiz ertasiga o‟zingizni militsiyada, “qayerdan olding shuncha pulni?”, - deb sizni so‟roq qilayotgan tergovchi oldida ko‟rardingiz. Mashinani esa gapirib o‟tirmasa ham bo‟ladi. Hattoki, oziq-ovqat mahsulotlariga ham navbatda turib ro‟yhat olib, shu ro‟yhat orqali mahsulot sotib olinardi. Sizda biror yangi istiqbolli g‟oya bor bo‟lsa ham, aynan, markazdan kelgan, oxiri yo‟q buyruqni so‟zsiz bajarishingiz kerak edi. Sizning fikringiz ahamiyatsiz!!! Markazdan turib boshqarish usuli tufayli, oxir-oqibat respublikalar tanazzulga yuz tutishi aniq edi. Oxiri yo‟q “kommunizm” jamiyati hech qachon qurilmasligi, bu bir aldov ekanligi ham kunday ravshan bo‟lib qoldi. Shu sababli ham, 90-yillar boshida ko‟plab sovet respublikalari iqtisodiy inqirozga yuz tuta
boshladi. Ana shundaymurakkab, qaltisva tahlikali bir paytda butun mas‟uliyatni, millat taqdirini muhtaram prezidentimiz zimmalariga olib, tizimli va izchil ishlarni amalga oshirib asriy orzuimiz – MUSTAQILLIKka erishishimizda katta jasorat va matonat ko‟rsatdilar. Ilk mustaqillik yillarida O‟zbekiston xuddi katta maydonga chiqib qolgan yoshgina davlat edi. Shunday vaziyatda mamalakatimizning chеtdan bo„lgan turli tazyiqlar va soxta va‟dalarga uchmasdan, hurmatli Islom Abdug‟aniyevichtomonlaridan ishlab chiqilgan O„zbеkiston uchun yagona bosqichma-bosqich rivojlanish yo„lini tanlab olgani va uning naqadar to„g„ri yo„l ekanligini bugun hayotning o„zi qayta-qayta isbotlab bеrmoqda. Butun dunyo tomonidan “O‟ZBEK MODELI” tan olinib kerak bo‟lsa, boshqa davlatlar O‟zbekiston bosib o‟tgan taraqqiyot yo‟lini o‟rganishmoqda. Qadrdonim, agar raqamlar bilan ishlashni yaxshi ko‟rsangiz, shunchaki, ushbu tarixan qisqa davrda O‟zbekiston bosib o‟tgan ulkan yo‟l statistikasini ko‟rib chiqishingiz va erishilgan yutuqlar, qilingan ishlarning raqamlardagi ifodasini ko‟rishingiz mumkin. Lekin, muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek: “Kimki
yilini ham bosib ketadi. Agar faktlarga murojaat qiladigan bo‟lsak, 25 yil mobaynida O‟zbekiston aholisi 11 millionga oshgani holda, aholining real daromadlari 9 barobordan ziyodga oshdi. Yalpi ichki mahsulot oxirgi 11 yildan buyon 8 % dan kam bo‟lmagan suratlarda oshib kelmoqda [2]. 2008-yilda boshlanib hali hanuz ba‟zi davlatlarda davom etayotgan jahon iqtisodiy inqirozi O‟zbekistonga yaqinlashmaganini bilasizmi? Kim edigu, kim bo‟ldik…? Aziz vatandosh, bor yog‟i 20-30 yil oldin faqatgina Markazning buyruqlari amal qiladigan totalitar tuzumli, inson huquq va erkinliklari sariq-chaqaga ham olinmaydigan, xususiylashtirish haqida so‟z ham bo‟lmagan – hamma narsa Markaz aralashuvi bilan boradigan imperiya tarkibidagi turmush sharoiti eng og‟ir respublikalardan biri edik. Shu qisqagina davr ichida jannatmakon, ozod O‟zbekistonimizda barcha sohalarda juda ulkan o‟zgarishlar ro‟y berdi va bugun biz tobora har bir sohada dunyoni lol qoldirayotgan, osmoni doimo musaffo,iqtisodi jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgan, xalqining turmushi farovon, turli millat-elatlar tinch-totuvdagi hayot kechirib kelayotgan, kelajagi buyuk davlatga aylandik. Buni jahon hamjamiyati e‟tirof etmoqda. Prezidentimizning biror bir ma‟ruza yoki nutqlari yo‟qki, yoshlarga murojaat qilmasalar, yoshlar masalasini ko‟tarmasalar. Men faxr bilan aytaman – “Men Prezident farzandiman!” Bugun biz yoshlarga yurtboshimizning bevosita g‟amxo‟rliklari va davlatimiz tomonidan berilayotgan e‟tibor har jabhada o‟z samarasini bermoqda. Ham jismonan, ham ma‟nan barkamol avlodni tarbiyash maqsadida olib borilayotgan ishlar, yoshlar siyosatining davlat siyosati darajasiga ko‟tarilishi natijasida bugun o‟zbek o‟g‟il-qizlari dunyo ahlini o‟z salohiyati bilan lol qoldirmoqda. Ha, bugun mustaqil O‟zbekiston farzandlari istalgan sohada jahon maydonlarida o‟z tengdoshlari bilan bemalol bahslashib o‟z fikrini bildirib, kerak bo‟lsa iqtidori bilan olqishlarga sazovor bo‟lmoqda. Men birgina sport sohasida
oxirgi 25 yilda xalqaro musobaqalarda qo‟lga kiritilgan medallar sonini keltirib o‟taman: 3265 ta oltin, 3245 ta kumush, 3827 ta bronza, jami 10437 ta medal qo‟lga kiritilgan [7]. 10437 ta! Ta‟rifga muhtojlik sezyapsizmi? Biz bugun dunyo tan olgan, jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgan, yoshlari yuqori potensialni namoyon qilayotgan davlatga aylandik. Xo‟sh, ertagachi? Ertagakim bo‟lishimiz, qanday yangi marralarni egallashimiz kerak? Bu borada qanday yo‟l tutishimiz lozimliginiyurtboshimiz aniq-ravshan ta‟kidlab o‟tganlar: “Biz erishgan yutuqlarimizni mustahkamlab, zamon bilan hamqadam bo’lib yashash uchun yangi marralar sari intilishimiz, taraqqiyot yo’lidan qat’iyat bilan borishimiz zarur. Agar shu yo’ldan bormasak, tez suratlar bilan o’zgarayotgan taraqqiyotning bir chekkasida qolib ketishimiz hech gap emas”[1]. Yutuqlarimiz o‟zimizniki, lekin, biz bu bilan cheklanib qolmasligimiz kerak. Globallashuv jarayonida, turli mintaqalarda xavfsizlik, notinchlik hukm surayotgan bir murakkab vaziyatda har doimgidan ogoh bo‟lishimiz kerak. Taraqqiyotning bir chekkasida qolib ketish bizga aslo to‟g‟ri kelmaydi. Biz kimmiz? Aziz vatandosh, “biz kim mulki Turon, amiri Turkistonmiz. Turkning bosh bo‟g‟inimiz.” Ha, biz buyuk yurt farzandlarimiz. Biz buyuklar avlodlarimiz. Amir Temur,
Bobur, Jaloliddin Manguberdi bobolarimizdan meros yurt egalarimiz. Biz Beruniy, ibn Sino, Navoiy, Buxoriylardek dunyo svilizatsiyasiga o‟zining munosib hissasini qo‟shgan daholar avlodimiz. Eng muhimi, biz qanchadan-qancha ajdodlarimizning hayoti evaziga qo‟lga kiritilgan, ularning orzusi bo‟lib, ular uchun armon bo‟lib qolgan MUSTAQILLIK farzandimiz. Ertaga shu nomga LOYIQ bo‟lishimiz kerak. Ota- bobolarimizga haqiqiy munosib VORIS bo‟lishimiz kerak. Bundan ham yuksakroq cho‟qqilarni zabt etishimiz kerak. Ertaga dunyo ahliga aslida kim Beruniylar, ibn Sinolar farzandi ekanligini o‟z yutuqlarimiz, kashfiyot va natijalarimiz bilan isbotlashimiz kerak. O‟zbekistonimizning buyuk kelajagini biz yoshlar o‟z qo‟limiz bilan quramiz. Yurt ertasi bizning qo‟limizda, aziz tengdoshim, shunday ekan yuraklarni vatanparvarlik olovi bilan yondirib, yeng shimarib, yurt tinchligi, vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo‟lida oldingi qatorlarda turib xizmat qilib vatanimiz rivojiga o‟zimizning munosib hissamizni qo‟shaylik. So‟zimni prezidentimizningquyidagi so‟zlari bilan muxtasar qilaman:
4. Karimov I.A.O„zbеkiston mustaqillikka erishish ostonosida. T. “O„zbеkiston” – 2011. 5. Karimov I.A. Biz kеlajagimizni o„z qo„limiz bilan quramiz. T. “O„zbеkiston, 1999. 6. Karimov I.A. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz. T. “O„zbеkiston, 2000. Internet resurslar: 7. http://mcs.uz - Madaniyat va sport ishlari vazirligi elektron sayti. 8. http://uza.uz – O‟zbekiston Milliy axborot agentligi “Kecha kim edigu, bugun kim bo’ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?”
Mustaqillik... Bu so„z zamirida qanchadan-qancha ajdodlarimizning asrlar davomidagi orzu va armonlari, kurashlari, ertangi kunga umidlari mujassam. Bu so‟zni eshitganimizda har birimizning qalbimizda o‟zgacha, qandaydir ta‟riflab bo‟lmas hislar uyg‟onadi. ISHONCH, dadillik kabi tuyg‟ular jo‟sh urib kishiga xuddiki qanot bag‟ishlaydi. Nima uchun shunday, bilasizmi? Chunki, siz bilan biz dorilomon zamon farzandimiz, shunday ulug‟ ne‟matga egamiz. Mustaqillik yillarida, ozod va obod vatanda ulg‟aymoqdamiz. Lekin, aziz tengdoshim hech ota- onangiz, bobo-buvilaringizdan “mustaqillik nima”, - deb so‟rab ko‟rganmisiz? Ular bu savolga yaxshiroq javob berishadi. Chunki, ular bilishadi ozodlikka qanday erishilganini, ular bilishadi “kim edigu, kim bo‟lganimizni”… Bundan chorak asr avval biz o‟z ona tili davlat tili hisoblanmagan, maktablaridan boshlab bolalarga haqiqatni yashirib, kerak bo‟lsa tarixni o‟zgartirib buyuk bobokalonlarimiz nomini tilga olmaslikni o‟rgatadigan, xalqqa ma‟rifat ulashmoqchi bo‟lganlarni “xalq dushmani” deb tilga olinadigan, mustaqillikni faqat orzu qilib, u haqdagi xalq qo‟shig‟ini o‟z ona tilida baralla kuylay olmaydigan, iqtisodi, faqatgina, paxta yetkazib berish bo‟lgan respublika edik. Hamma yerga paxta ekilgan. Cho‟llar o‟zlashtirilgan, yangi-yangi yerlar ochilgan. Nima uchun? Paxta ekish uchun! Lekin, yetishtiriladigan 4 000 000 – 5 000 000 tonna paxtaning faqatgina tozalab, ozgina qismini qayta ishlaganmiz, toza paxta esa arzon narxda boshqa respublikalarga sotilgan va keyin ular tomonidan ishlab chiqarilgan kiyim-kechak, tolalar va boshqa paxta mahsulotlarini qimmatgina qilib sotib olganmiz. Biz faqatgina og‟ir ishlarni – paxta yetishtirish va uni tozalashni bajarganmiz, sababi – bizni ikkinchi darajali odamlar dеb hisoblashardi!!! Qadrdonim, hozir uyingizda nechta televizor yoki mashinangiz bor? E‟tibor berganmisiz dasturxon boshida kattalar doimo “xudoga shukr, dasturxonda hamma narsa bor” deyishadi. Fakt:1987-yil holatiga ko‟ra SSSRda bir fuqaro 129 kg non yеgan bo„lsa, O‟zSSRda esa bir fuqaro 167 kg non yеgan.Chunki, nondan boshqa yеydigan narsasi bo„lmagan… Agar uyingizga o‟zingizning halol ishlab topgan pulingizga bittagina televizor olib kelsangiz ertasiga o‟zingizni militsiyada, “qayerdan olding shuncha pulni?”, - deb sizni so‟roq qilayotgan tergovchi oldida ko‟rardingiz. Mashinani esa gapirib o‟tirmasa ham bo‟ladi. Hattoki, oziq-ovqat mahsulotlariga ham navbatda turib ro‟yhat olib, shu ro‟yhat orqali mahsulot sotib olinardi. Sizda biror yangi istiqbolli g‟oya bor bo‟lsa ham, aynan, markazdan kelgan, oxiri yo‟q buyruqni so‟zsiz bajarishingiz kerak edi. Sizning fikringiz ahamiyatsiz!!! Markazdan turib boshqarish usuli tufayli, oxir-oqibat respublikalar tanazzulga yuz tutishi aniq edi. Oxiri yo‟q “kommunizm” jamiyati hech qachon qurilmasligi, bu bir aldov ekanligi ham kunday ravshan bo‟lib qoldi. Shu sababli ham, 90-yillar boshida ko‟plab sovet respublikalari iqtisodiy inqirozga yuz tuta boshladi. Ana shundaymurakkab, qaltisva tahlikali bir paytda butun mas‟uliyatni, millat taqdirini muhtaram prezidentimiz zimmalariga olib, tizimli va izchil ishlarni amalga oshirib asriy orzuimiz – MUSTAQILLIKka erishishimizda katta jasorat va matonat ko‟rsatdilar. Ilk mustaqillik yillarida O‟zbekiston xuddi katta maydonga chiqib qolgan yoshgina davlat edi. Shunday vaziyatda mamalakatimizning chеtdan bo„lgan turli tazyiqlar va soxta va‟dalarga uchmasdan, hurmatli Islom Abdug‟aniyevichtomonlaridan ishlab chiqilgan O„zbеkiston uchun yagona bosqichma-bosqich rivojlanish yo„lini tanlab olgani va uning naqadar to„g„ri yo„l ekanligini bugun hayotning o„zi qayta-qayta isbotlab bеrmoqda. Butun dunyo tomonidan “O‟ZBEK MODELI” tan olinib kerak bo‟lsa, boshqa davlatlar O‟zbekiston bosib o‟tgan taraqqiyot yo‟lini o‟rganishmoqda. Qadrdonim, agar raqamlar bilan ishlashni yaxshi ko‟rsangiz, shunchaki, ushbu tarixan qisqa davrda O‟zbekiston bosib o‟tgan ulkan yo‟l statistikasini ko‟rib chiqishingiz va erishilgan yutuqlar, qilingan ishlarning raqamlardagi ifodasini ko‟rishingiz mumkin. Lekin, muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek: “Kimki mustaqillik yillarida O’zbekiston qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlarni ko’rmoqchi bo’lsa, avvalo odamlarning, xalqimizning yuziga, ko’ziga qarasin. Maktab, litsey va kollejlarda ta’lim-tarbiya olayotgan bolalarning chehrasiga boqsin”[1]. Bilasizmi, bu 25 yillikning toshi ba‟zi davlatlar rivojlanishining 50-60 yilini ham bosib ketadi. Agar faktlarga murojaat qiladigan bo‟lsak, 25 yil mobaynida O‟zbekiston aholisi 11 millionga oshgani holda, aholining real daromadlari 9 barobordan ziyodga oshdi. Yalpi ichki mahsulot oxirgi 11 yildan buyon 8 % dan kam bo‟lmagan suratlarda oshib kelmoqda [2]. 2008-yilda boshlanib hali hanuz ba‟zi davlatlarda davom etayotgan jahon iqtisodiy inqirozi O‟zbekistonga yaqinlashmaganini bilasizmi? Kim edigu, kim bo‟ldik…? Aziz vatandosh, bor yog‟i 20-30 yil oldin faqatgina Markazning buyruqlari amal qiladigan totalitar tuzumli, inson huquq va erkinliklari sariq-chaqaga ham olinmaydigan, xususiylashtirish haqida so‟z ham bo‟lmagan – hamma narsa Markaz aralashuvi bilan boradigan imperiya tarkibidagi turmush sharoiti eng og‟ir respublikalardan biri edik. Shu qisqagina davr ichida jannatmakon, ozod O‟zbekistonimizda barcha sohalarda juda ulkan o‟zgarishlar ro‟y berdi va bugun biz tobora har bir sohada dunyoni lol qoldirayotgan, osmoni doimo musaffo,iqtisodi jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgan, xalqining turmushi farovon, turli millat-elatlar tinch-totuvdagi hayot kechirib kelayotgan, kelajagi buyuk davlatga aylandik. Buni jahon hamjamiyati e‟tirof etmoqda. Prezidentimizning biror bir ma‟ruza yoki nutqlari yo‟qki, yoshlarga murojaat qilmasalar, yoshlar masalasini ko‟tarmasalar. Men faxr bilan aytaman – “Men Prezident farzandiman!” Bugun biz yoshlarga yurtboshimizning bevosita g‟amxo‟rliklari va davlatimiz tomonidan berilayotgan e‟tibor har jabhada o‟z samarasini bermoqda. Ham jismonan, ham ma‟nan barkamol avlodni tarbiyash maqsadida olib borilayotgan ishlar, yoshlar siyosatining davlat siyosati darajasiga ko‟tarilishi natijasida bugun o‟zbek o‟g‟il-qizlari dunyo ahlini o‟z salohiyati bilan lol qoldirmoqda. Ha, bugun mustaqil O‟zbekiston farzandlari istalgan sohada jahon maydonlarida o‟z tengdoshlari bilan bemalol bahslashib o‟z fikrini bildirib, kerak bo‟lsa iqtidori bilan olqishlarga sazovor bo‟lmoqda. Men birgina sport sohasida oxirgi 25 yilda xalqaro musobaqalarda qo‟lga kiritilgan medallar sonini keltirib o‟taman: 3265 ta oltin, 3245 ta kumush, 3827 ta bronza, jami 10437 ta medal qo‟lga kiritilgan [7]. 10437 ta! Ta‟rifga muhtojlik sezyapsizmi? Biz bugun dunyo tan olgan, jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgan, yoshlari yuqori potensialni namoyon qilayotgan davlatga aylandik. Xo‟sh, ertagachi? Ertagakim bo‟lishimiz, qanday yangi marralarni egallashimiz kerak? Bu borada qanday yo‟l tutishimiz lozimliginiyurtboshimiz aniq-ravshan ta‟kidlab o‟tganlar: “Biz erishgan yutuqlarimizni mustahkamlab, zamon bilan
qolmasligimiz kerak. Globallashuv jarayonida, turli mintaqalarda xavfsizlik, notinchlik hukm surayotgan bir murakkab vaziyatda har doimgidan ogoh bo‟lishimiz kerak. Taraqqiyotning bir chekkasida qolib ketish bizga aslo to‟g‟ri kelmaydi. Biz kimmiz? Aziz vatandosh, “biz kim mulki Turon, amiri Turkistonmiz. Turkning bosh bo‟g‟inimiz.” Ha, biz buyuk yurt farzandlarimiz. Biz buyuklar avlodlarimiz. Amir Temur,
Bobur, Jaloliddin Manguberdi bobolarimizdan meros yurt egalarimiz. Biz Beruniy, ibn Sino, Navoiy, Buxoriylardek dunyo svilizatsiyasiga o‟zining munosib hissasini qo‟shgan daholar avlodimiz. Eng muhimi, biz qanchadan-qancha ajdodlarimizning hayoti evaziga qo‟lga kiritilgan, ularning orzusi bo‟lib, ular uchun armon bo‟lib qolgan MUSTAQILLIK farzandimiz. Ertaga shu nomga LOYIQ bo‟lishimiz kerak. Ota- bobolarimizga haqiqiy munosib VORIS bo‟lishimiz kerak. Bundan ham yuksakroq cho‟qqilarni zabt etishimiz kerak. Ertaga dunyo ahliga aslida kim Beruniylar, ibn Sinolar farzandi ekanligini o‟z yutuqlarimiz, kashfiyot va natijalarimiz bilan isbotlashimiz kerak. O‟zbekistonimizning buyuk kelajagini biz yoshlar o‟z qo‟limiz bilan quramiz. Yurt ertasi bizning qo‟limizda, aziz tengdoshim, shunday ekan yuraklarni vatanparvarlik olovi bilan yondirib, yeng shimarib, yurt tinchligi, vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo‟lida oldingi qatorlarda turib xizmat qilib vatanimiz rivojiga o‟zimizning munosib hissamizni qo‟shaylik. So‟zimni prezidentimizningquyidagi so‟zlari bilan muxtasar qilaman:
“O„zbеkiston, 1999. 6. Karimov I.A. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz. T. “O„zbеkiston, 2000. Internet resurslar: 7. http://mcs.uz - Madaniyat va sport ishlari vazirligi elektron sayti. 8. http://uza.uz – O‟zbekiston Milliy axborot agentligi Toshkent farmatsevtika instituti, farmatsiya fakulteti, 2-bosqich 6/1-guruh talabasi Fazliyev S.A. Download 279.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling