Kelajakda sohibqiron deb ulug`lanadigan bu bolakay endigina besh yoshda edi Chiğatoydagi saroyning boğchasida bir o'zi o'q otishni mashq qilayotgandi


Download 17.9 Kb.
Sana21.11.2020
Hajmi17.9 Kb.
#149307
Bog'liq
akam maqolasi


Kelajakda sohibqiron deb ulug`lanadigan bu bolakay endigina besh yoshda edi... Chiğatoydagi saroyning boğchasida bir o'zi o'q otishni mashq qilayotgandi. Katta yoy bo'yidan baland bo'lsada, u yoshda otgan o'qini mo'ljalga ura boshlagandi. Oxirgi o'qni ham nishonning o'rtasidan urishni uddasidan kelgach, sevinchla qo'lini musht qilib yuqoriga ko'tardi. "Yo Haq!"- deb baqirdi. Otasi nufuzli bek Amir Tarag`ay bir muddat daraxtlar panasidan o`g`lini kuzatib, ich-ichidan sevinayotgandi. So`nggi o`qni ham nishonga aniq urganini ko`rib ortiq o`zini tutib turolmadida panalangan joyidan chiqib o`g`lini quchdi: "Alloh kuchingga kuch qo'shsin o'g'lim... lekin nega yolg'izsan?!-" kichik Temur katta ko'zlarini hayrat bilan ochdi: "Yolg'izmasman Amir Otam! Alloh har yerdadir!" Bergan javobi Amir Tarağayni juda ajablantirdi, faqat buni sezdirmadi. O'q otish ta'limi uchun kichiklik qilmaysanmi? deb so'radi. "Yo'q, dedi kichik Temur, İnson umri har narsani o'rganishga yetadigan darajada uzun emas. Bir narsani mahorat bilan o'rganmoqchi bo'lagan odam ishni kichiklikdan boshlashi kerak. Asosan amirzodalar, hammadan

ko'proq bilim egasi bo'lmasa qanday sardor qo'mondon bo'la oladi? Amir Tarag'ayning hayrati yaxshigina ortdi. O'g'lini yanada mahkam quchoqladi. Juda kam bir-birlarini ko'rardilar. Shu sabab uni juda sog'ingandi.

Bularni senga kim o'rgatdi? deb so'radi? Temur bo`sh kelmay: “Ustozim Mulla Muhyiddin bilan onam Takinahonim...” Ulus saroyi bog'chasi katta daraxtlar bilan o'ralgandi. Bir o'rmondan hech farqi yo'q. Mo'g'ul dushmanlari bir joyga berkinib amirzodaga zarar berishlari mumkin edi. Bu tushuncha yuragiga g'ulg'ula soldi. "Bolaginam dedi, bir o'zing bu yerlarda yurma. Dushmanlarimiz bor! Alloh saqlasin senga bir yomonlik qilishlari mumkin!" Temur turib qoldi. Eshitganlariga hayratlangandek otasiga qaradi. Keyin esa ikki yoshidan beri beldan chiqarmagan kichkinagina qilichchasini chiqarib otasiga ko'rasatdi. " Qiblagohim, deb boshladi so'zini jiddiyat bilan, bu qilichni belimizga ziynat bo'lsin deb taqmadik! Kerak bo'lsa o'zimizni himoya qilishni bilamiz. Ham qiblagohimizdan qo'rqqanidan dunyoning narigi tarafidagi mo'g'ul dushman yuragi titrargan saroy bog'chasiga kirishga kim jasorat qila oldadi?

Amir Tarag'ay hayratdan qotib qolgandi. Bu so'zlarni besh yoshdagi bir bolakay qanday qilib ifoda etishi mumkin?! Yo'q aslida unda hech kimda bo'lmagan bir narsalar bor edi. O'z vaqtidan oldinroq yetishib aqli bo'yidan uzunroq bo'lgandi. Qattiq o'yga tolib kichik Temurni saroyga yetakladi. " shubhasiz bu farzand buyuk qo'mondan bo'ladi. Hozirdan unga yo'l ochishimiz kerak...

Yo'lda bir suhbat.

Amir Tarağay Barlos yetakchisining o'g'li amirzoda Temur Buxorodan Kesh shahriga ilm safaridan qaytayotgandi. Juda sevgan hurmatli ustozi Mulla Muhyiddin bilan birgalikda otga mingan holda bir safarda edilar ... Bir ora ustoz Mulla Muhyiddin gap boshladi: "Sizga bir sir aytmoqchiman amirzodam. Oshkor bo'lsa raqiblaringiz, sizni ham, meni ham tirik qo‘ymaydilar!" Amir o'g'li Temur uztoziga yuzlandi, haqiqatda ko'zlarida bir xavotir bor, ma`noli qarab qo'yib: " Qulog'im sizda, ustoz. Oramizda qolishiga amin bo'ling"- dedi. Mulla Muhyiddin tushuntirishni boshladi: "Ancha yillar oldin bir kun Shahrisabzdagi uyingizga bir darvesh keldi. Qiliq- qiyofatidan juda faqirligi bilinib turardi. Lekin, juda haybatli, yuzi quyoshdek porlardiki, hayotimda bu qadar go'zal inson ko'rmagan edim. Otangiz bilan ko'rishishni xohladi. Qiblagohingiz juda mashg'ul bo'lganligi sabab ruxsat berishmadi. Shunda, bu so'zlarni otangizga yetkazishimni menga tayinlab shularni aytdi: "Bugun bu uyda bir bola dunyoga keladi. Bu bola kelajakda butun lashkarlar boshiga o'tib buyuk sulton bo'ladi. Bolaning badanida 3 hol bo'lib, 3 qiy'ani birlashtirshining alomati. Bugun bu uyda dunyoga keladigan farzand shunday avlodki, parchalanib ketgan musulmonlarni bir bayroq ostida birlashtiradi va jahonga nom soladi. Imomlarga hurmat ko'rsatib ularni qadrlaydi. Allohning amrlariga qarshi kelmaydi! Yerda ilohiy adolatni o'rnatib ketadi". Amirzoda Temur tabassum bilan tinglayotgandi. Ustozining so'zi tugashi bilan so'radi:

-Ustoz, bu bola haliyam tirikmi?

- Ha, yashamoqda.

- Uning ismi nedir?

-ismi Temurdir. Ya`ni sizsiz amirim!



Amirzoda Temurning qat'iy va qarorli boqishlari biroz uzoqlarga toldi.
Download 17.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling