Kichik nashriyot tizimlari tasnifi


Download 228.48 Kb.
bet1/7
Sana18.11.2021
Hajmi228.48 Kb.
#175399
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ro'zmetov Sanjar 961-18 -guruh




Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti (TATU) Urganch filiali Kompyuter injiniring fakulteti 961-18-guruh talabasi Ro’zmetov Sanjarning operatsion tizimlar fanidan yozgan

mustaqil ishi

Mavzu:Kichik nashriyot tizimlari

Kichik nashriyot tizimlari

Reja:

  1. Kichik nashriyot tizimlari tasnifi

  2. Nashriyot tizimlarining turlari

  3. PageMaker dasturi va u bilan ishlash

Keyingi paytlarda turli korxonalarda kichik nashriyotlar paydo bo’la boshladi. Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter bazasida, turli tez chop qiluvchi va boshqa qo’shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlari (kitob, oynoma, jurnal, broshyuralar, prospektlar va hokazo) chiqarish tushuniladi.Bunda bo’lajak bosma mahsulotlari kompyuterda tayyorlanadi, ya'ni kompyuter varaqlash, asl maketlash ishlari ham kompyuterda bajariladi.

Nashriyot sohasida ishlatiladigan matn muharrirlari shu soha uchun yaratilgan maxsus dasturlar bo’lib, ular kichik nashriyotlar yordamida gazeta- jurnallar, kitoblar, turli reklama mahsulotlari tayyorlashga mo’ljallangan.

Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter dasturiy texnik vositalari hamda turli- tuman chop qiluvchi va boshqa qo’shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlar tayyorlash jarayoni tushuniladi. Bunda bo’lajak bosma mahsulotlar tayyorlanib, bu matnni terish, tekshirish va tahrirlashdan to maketlashgacha bo’lgan bosqichlarni o’z ichiga oladi. Keyinchalik maket lazer printerda bitta asl nusqada chop etib olinadi va undan so’ng tayyorlangan hujjatning maketi rizograf deb nomlanuvchi maxsus qurilma yordamida ko’paytiriladi. Kichik nashriyot bulardan tashqari muqovalovchi, broshyuralovchi va kesuvchi qurilmalar bilan ham ta'minlangan.

Sifatli va asl maketlarni tayyorlash uchun bir qancha turdagi nashriyot tizimlaridan foydalanadi.

Ularga misol qilib Page Maker, Ventura Publisher, Post Script, QuarkXPress, TEX, LATEX nashriyot tizimlarini keltirishimiz mumkin.

Shulardan biri va keng miqyosda ishlatiladigani Page Maker dasturlar paketi kitoblar matnini terish, taxrirlash, ko’rib chiqish va chop qilishda juda qulay vosita hisoblanadi.

Ventura Publisher

Ventura Publisher esa gazeta- jurnallar matnini terish va chop etishga mo’ljallangan. Uning yordamida matnni sahifalarga bo’lish, matn bo’laklarini zarur joylarga joylashtirish (Komponovka) va shunga o’xshash ushbu sohada ko’plab ishlatiladigan amallarni tez va q ulay amalga oshirishi mumkin. Turli formulali matnlarni (masalan, matematika, fizika, ximiya fanlariga oid) tayorlashda TEX va uning keyingi versiyalari bo’lgan LATEX tahrirlovchi dasturlardan keng miqyosda foydalaniladi.

Page Maker dasturi Page Maker Aldus Corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli va qulay dasturdir. Uning ishlashi Microsoft Windows operasion sistemasining to’liq versiyasi bo’lishini talab qiladi. Page Maker dasturi fayl va kataloglar bilan ishlaydi. Fayl nomi esa .pub kegaytmasi yordamida yoziladi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, nashriyot tizimlarining asosiy vazifasi nashrni tayyorlashda tez takrorlanuvchi amallarni iloji boricha ko’proq darajada avtomatlashtirishdir.

Ularning afzalligi esa nashr sahifasi va uning umumiy ko’rinishini tayyorlashdagi qulaylik hamda o’zgartirishlar kiritishning osonligi va vaqt tejalishidir. Nashr sahifasining umumiy ko’rinishini tayyorlashda xususiy kompyuterdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Asl nusxa maketini bosib chiqarish uchun esa lazerli yoki post skript printeridan foydalanish ma'quldir. Matn va suratlar kompyuter xotirasiga oldindan kiritilishi lozim. Nashr asosiy elementlarini kompyuterda

sarlashning asosiy afzalligi shundaki, matnni to’g’ridan-to’g’ri harf terish qurilmasiga berish mumkin, shunda matn bilan suratlarni mos joylarga qo’lda joylashtirishga ehtiyoj qolmaydi.

Page Maker

Page Maker Aldus corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli qulay nashriyot tizimidir. Aldus firmasining Yevropa bo‘limi 1989- yil sentabrda Page Maker dasturining ruscha variantini e’lon qildi. Page Maker dasturining ishlashi uchun Microsoft Windows dasturining to‘liq lahjasi bo‘lishi talab qilinadi. Shaxsiy kompyuterning amaliyot tizimi bilan tanish bo‘lgan foydalanuvchi diskni formatlash, fayl nusxasini hosil qilish, faylni o‘chirish, uni bosib chiqarish yoki dasturni ishga tushirish buyruqlarini albatta biladi.

Windows muhiti amaliyot tizimning qobig‘i hisoblanib, foydalanuvchi uchun amaliyot tizimning barcha imkoniyatlarini uning buyruqlarini yoddan bilmasdan turib ishga tushirishga imkon beradi.

Windows muhitida ishlash uchun sichqonchadan foydalanish juda qulaydir. Shu sababdan foydalanuvchi sichqonchadan mohirona foydalana bilishi kerak. Sichqoncha yordamida quyidagi 6 ta asosiy harakatni bajarish mumkin:

  • (Point) Ko‘rsatkichni ekranning kerakli joyiga ko‘chirish;

  • (Click) Sichqoncha tugmasini bosib darhol qo‘yib yuborish;

  • (Double click) Sichqoncha klaviaturasini ikki marta tez bosish;

  • (Select) Biror obyektni tanlash;

  • tanlab olingan surat, matn qismi yoki dasturning grafik simvolini boshqa joyga ko‘chirish (Drag). Buning uchun tanlab olingan obyekt ustiga ko‘rsatkichni olib borib, sichqoncha tugmasi bosiladi va obyektni kerakli joyga ko‘chiriladi, so‘ngra sichqoncha tugmasi qo‘yib yuboriladi.

  • matnni sahifaga joylashtirish (Flow).

Page Maker dasturida katalog va fayllar bilan ishlaydi. Fayl nomi. PUB kengaytmasi bilan yoziladi. Misol uchun: Sample1.PUB. Boshqa katalogga o‘tish uchun sichqoncha yordamida ko‘rsatkichni muloqot oynasidagi «|» belgisi ustiga keltirib va sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosiladi. Chap oynada kataloglar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Kerakli katalog nomini tanlab sichqoncha tugmasini ikki marta bosiladi. Nashriyot tizimlarining asosiy vazifasi nashrni tayyorlashda tez takrorlanuvchi operatsiyalarni iloji boricha ko‘proq avtomatlashtirishdir. Uning afzalligi esa, bu nashr sahifasi va uning umumiy ko‘rinishini tayyorlashdagi qulaylik va o‘zgartirishlar kiritishning osonligi, hamda vaqt tejalishidir. Nashr sahifasining umumiy ko‘rinishini tayyorlashda shaxsiy kompyuterdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Asl nusxa maketini bosib chiqarish uchun esa lazerli printerdan foydalanish ma’quldir. Matn va suratlar kompyuter xotirasiga iloji boricha oldinroq kiritilgan bo‘lishi kerak. Nashr elementlarini kompyuterda saqlashning asosiy afzalligi shundaki, matnni to‘g‘ridan-to‘g‘ri harf terish qurilmasiga berish mumkin, matn bilan suratlarni mos joyga qo‘lda joylashtirishga ehtiyoj qolmaydi.

Page Maker dasturi yordamida nashr sahifasini ekranda ko‘rish va unga bosib chiqarilgunga qadar tuzatishlar kiritish mumkin. Barcha kerakli o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, asl nusxa maketi harf terish qurilmasiga uzatiladi yoki lazerli printerda bosib chiqariladi.

Dastur Пуск - Программы - Adobe— Аdоbе Page Maker 7.0 orqali yuklanadi.

Yangi nashriyot oynasini ochish uchun Fayl(Файл)buyrug’ini bajaring.Documentsetup (Параметры страницы) muloqot oynasi ochiladi. Ochilgan muloqat oynasida o’lchamlarni quyidagicha o’zgartiring:

Shundan so’ng kursorni OK tugmasiga olib boring va bosing.



  • Yangi nashriyotga Page size (формат) А4 va Orientation (betni oriyentatsiyasi) - Tall (kitobli).

  • Agar nashriyotingiz qog’ozga bir tomonlama chiqariladigan bo’lsa, Options (variantlar) Double-sided (Ikki tomonlama) galochkani olib tashlaymiz, aksincha ikki tomonlama bo’lsa galochka qo’yamiz.

  • Ikki tomonlama nashriyotimizga Facing pages (Ugirish) ga galochka qo’yamiz.

  • Restart page numbering (Betni yangidan nomerlash) galochka kitobning ba’zi qismlarini chiqarishda ishlatiladi, yani hujjat beti 1 dan boshqa son bilan boshlansa. Restart page numbering (Yangi bet nomeri) galochka qo’ymaymiz.

  • Betlar soni (Number of pages) -20.Nashriyotimiz 20 betdan iborat ekanligini ko’rsatadi.

  • Start page (birinchi bet nomei)-nashriyotimiz birinchi beti nomeri qo’yiladi. Odatda 1 qo’yiladi.

  • Margins (hoshiya) bo’limida tayyorlanadigan nashriyotning pastki, ustki, ichki, tashqi qismidan tashlanadigan hoshiya o’lchamlari ko’rsatiladi.

  • Target output resolution (nuqtalar o’lchami) Printeringiz nuqtalar o’lchami qo’yiladi.

  • Compose to printer -kompyuteringizga o’rnatilgan printer nomi qo’yiladi.

Kerakli o’lchamlarni kiritib bo’lganimizdan so’ng Ok tugmasiga kursorni olib boramiz va bosamiz, Biz kiritgan o’lchamlar bo’yicha yangi nashriyot oynasi ochiladi:

Rasm. Pagr Marker hujjat oynasining ko’rinishi.




Download 228.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling