Kimyo ( boshlang’ich ) Mexmonxonov Mansurxon


Download 56 Kb.
Sana09.09.2022
Hajmi56 Kb.
#802963
Bog'liq
1-test hudo hohlasa(1)
малак иши Рахматова Гулноз, Malaka ishi Xasanov1, Malaka ishi Xasanov, Nega Sharq Garbdan qolib ketdi, Elektron paramagnit rezonans hodisasi., педагогика, Oksid asos kislota tuz

Kimyo ( boshlang’ich ) Mexmonxonov Mansurxon

1 . Misning nisbiy atom massasi 16 ga teng bo’lishi uchun nisbiy atom massani hisoblashda uglerod-12 izotopi o’rniga quyidagi qaysi izotopdan foydalanish kerak?
A) 4X B) 3Y C) 48Z D) 36A

2. Etalon massa sifatida 12C izotopining 1/12 qismining o’rniga, x/3 qismi olinganda titanning nisbiy atom massasi 3 ga teng bo’ldi. X ning qiymatini aniqlang.


A) 2 B) 3 C) 4 D) 5

3. Nisbiy atom massani hisoblashda 12C izotopining 1/12 qismining o’rniga 16O izotopining 1/2 qismi olinsa, magniyning molyar massasi qanday o’zgaradi?


A) o’zgarmaydi B) 4 marta kamayadi
C) 4 marta ortadi D) 8 marta kamayadi

4. Nisbiy atom massani hisoblashda 12C izotopining 1/12 qismi o’rniga, 18O izotopinig 2/6 qismi olinsa noma’lum elementning nisbiy atom massasi X ga,


agar 16 O izotopining 2/8 qismi olinsa nisbiy atom massa X+9 ga teng bo’ladi. Noma’lum elementni aniqlang?
A) mis B) magniy C) kumush D) alyuminiy

5. Quyidagi qaysi gazni bir idishdan havo bilan band bo’lgan ikkinchi idishga suv quygan kabi “quyish” mumkin emas?


A) uglerod (IV) oksid B) kislorod
C) azot D) sulfit angidrid

6. A gaz kislorod gazidan y marta og’ir, B gaz kislorod gazidan y marta yengil. A va B gazlar quyidagilardan qaysilar bo’lishi mumkin?


A) geliy va vodorod
B) vodorod va kislorod
C) sulfit angidrid va metan
D) kislorod va metan

7. Qaysi element birikmasining bug’lari havodan yengil bo’la olmaydi?


A) kislorod B) oltingugurt
C) azot D) ftor

8. Odatdagi sharoitda quyidagi moddalardan qaysi birining a litrida eng ko’p sonda molekula bo’ladi?


A) kislorod
B) suv
C) ammiak
D) vodorod xlorid
9. Quyidagi moddalardan qaysilarining zichligini
( n.sh ) ma’lumotnomalardan izlab o’tirmay aniqlash mumkin?
1) izopren; 2) divinil; 3) brom; 4) yod;
5) metilamin; 6) sirka kislota;
A) 2,3 B) 1,6 C) 2,5 D) 4

10. Qaysi gazlar aralashmasi havodan yengil?


1) havo va kislorod; 2) nam havo;
3) havo va uglerod ( II ) oksid;
4) uglerod ( II ) oksid va azot;
5) havo va uglerod ( IV ) oksid;
A) 2,3,4 B) 1,3,4 C) 2,3,5 D) 3,4,5

11. Vodoroddan x marta og’ir bo’lgan gaz, geliydan necha marta og’ir bo’ladi?


A) 2x B) 0,5x C) 4x D) 0,25x
12. Juda yuqori temperaturada gidrid bug’i zichligi kislorodning zichligiga teng bo’lgan elementni aniqlang.
A) oltingugurt B) kremniy C) uglerod D) azot

13. Elementning qaysi hususiyati boshqa hususiyatlariga qaraganda muhimroq hisoblanadi?


A) protonlar soni B) neytronlar soni
C) proton va neytronlarning yig’indisi
D) elektron pog’onalar soni

14. Qanday moddalar uchun “molekula” va “atom” tushunchalari teng qiymatli emas?


1) vodorod; 2) kislorod; 3) azot;
4) nodir gazlar
A) 1,2,3 B) 4 C) 1,4 D) 2,3,4

15. Molekulyar tuzilishga ega bo’lmagan moddani toping.


A) azot B) brom C) alyuminiy D) suv

16. Tarkibning doimiylik qonuniga bo’ysunmaydigan moddani ko’rsating.


A) uran ( II ) oksid B) suv
C) metan D) vodorod xlorid

17. “Temirning nisbiy atom massasi 56 ga teng” degan jumla sizga nimani anglatadi?


A) 6,02·1023 ta temir atomlarining massasi 56 g ga tengligini
B) bitta temir atomining massasi bitta uglerod atomining 1/12 qismidan 56 marta og’irligini
C) bitta temir atomining massasi bitta 12C atomining massasidan 56 marta katta ekanligini
D) bir mol temir atomlarining massasi 56 g ekanligini
1 8. Yadro reaksiyalar qaysi qonunga bo’ysunmaydi?
A) tarkibning doimiylik qonuniga
B) karrali nisbatlar qonuniga
C) massaning saqlanish qonuniga
D) Avogadro qonuniga

19. Tog’ri ifodani tanlang.


A) har qanday gazning bir moli 22,4 litr hajmni egallaydi
B) har qanday moddaning bir moli normal sharoitda 22,4 litr hajmni egallaydi
C) har qanday gazning bir moli normal sharoitda 22,4 litr hajmni egallaydi
D) molyar hajm faqat gazlar uchun tegishli

20. Noto’g’ri ifodani toping.


A) kislorod atomi
B) sirka kislota atomi
C) osh tuzi natriy va xlor ionlaridan tashkil topgan
D) vodorod peroksid vodorod va kislorod atomidan tashkil topgan

21. Ikki xil atomlardan tashkil topgan birikmalarning tarkibi AxBy formula bilan ifodalanadi. x va y quyidagilarning qaysi biri bilan bog’liq.


A) A va B moddalarning atom massalari
B) A va B moddalarning nisbiy atom massalari
C) A va B atomlarning elektronlar soni
D) A va B atomlarning valentligi

22. Qaysi gazning diffuziya tezligi ( bir xil temperatura va bosimda ) sekinroq bo’ladi?


A) vodorod B) kislorod
C) geliy D) karbonat angidrid

23. Quyidagi moddalarning qaysilarida molekulalar soni bir xil bo’ladi?


1) a gramm azot bilan a litr uglerod ( IV) oksid;
2) b mol azot bilan b mol kislorod;
3) x litr azot bilan x litr kislorod;
4) 7y gramm azot bilan 11y gramm uglerod
( IV ) oksid;
A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 2,3 D) 2,4

24. Havoning qanday hajmida (litr) 10 mol kislorod bo’ladi? (=20%)


A) 1600 B) 224 C) 1120 D) 448

25. Tarkibida 10 gramm kislorod bo’lgan havo


( n.sh ) necha litr bo’ladi ?
( kislorodning massa ulushi 0,23 )
A) 5,6 B) 11,2 C) 22,4 D) 33,6

2 6. Oltinchi guruh elementi oltingugurt (Ar=32) yettinchi guruh elementi ftor (Ar=19) bilan hosil qilgan birikmasida o’zining eng yuqori valentligini namoyon qiladi. Shu gazning vodorodga nisbatan zichligi qanday?


A) 35 B) 54 C) 26 D) 73

27. Massasi 2 kg bo’lgan moddada 0,5486 g elektron bor bo’lsa, shu modda(lar)ni toping.(me=1/1823).


1) CO2 2) H2O 3) D2O 4) N2O 5) HF
A) 2,4 B) 1,3,5 C) 1,3,4,5 D) 1,2,3,4,5

28. Noma’lum element ( n-p=16 ) tarkibida 40% neytron( jami elementar zarrachaga nisbatan ) saqlasa, noma’lum elementni aniklang?


A) Ag B) Cd C) In D) W

29. 14 g azot gaziga noma’lum gaz qo’shilganda hajm 1,6 marta ortdi, elektronlar soni esa Avogadro sonidan 14,2 marta ko’p bo’ldi. Qaysi gaz qo’shilgan?


A) kislorod B) silan C) azot D) ozon

30. ∑p=∑n>∑e shu ifodaga to’g’ri keluvchi ionni ko’rsating.


A) 32S-2 B) 31P-3 C) 24Mg+2 D) 23Na+

31. Tarkibida kislorod atomining massasi 18.m.a.b ga teng bo’lgan ozonning 5 mol molekulasidagi proton, neytron va elektronlar yig’indisini ko’rsating.


A) 240 B) 270 C) 390 D) 120

32. HXO4 tarkibida p+e+n=213 bo’lsa, barcha zarrachalarning necha foizi neytronlardan iborat?


( X elementdagi n-p=10)
A) 36,15 B) 32 C) 35,4 D) 39,1

33. Qaysi birikma izoelektron zarachalardan tashkil topgan?


A) K2SO4 B) NaNO3 C) Li2CO3 D) NaAlO2

34. Temir yadrosini zaryadini absolut qiymatini (Kl) toping.


A) 89,6·10-19 B) 13·1023 C) 53,25·1023 D) 41,6·10-19

35. Xlor atomidagi jami zarrachalarning 32% ini neytron tashkil etsa, shu xlor atomiga izobar bo’lgan oltingugurt atomidagi neytronlar sonini aniqlang.


A) 16 B) 17 C) 18 D) 19

36. Element yadrosi zaryadini absolute qiymati 46,4·10-19 Kl elementni toping.


A) kremniy B) mis C) temir D) kalsiy
Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling