Kimyo fakulteti neft va gaz kimyosi 18-01guruh talabasi Abdulboqiyev Abdullohning Fuqorolik jamiyati fanidan topshiriq javoblari


Download 13.73 Kb.
Sana13.06.2020
Hajmi13.73 Kb.
#118274
Bog'liq
7-Mavzu


Kimyo fakulteti neft va gaz kimyosi 18-01guruh talabasi Abdulboqiyev Abdullohning Fuqorolik jamiyati fanidan topshiriq javoblari.

НАЗОРАТ УЧУН САВОЛЛАР


  1. Конституциявий тузум, суверенитет, ҳудудий яхлитлик тушунчалари моҳияти

  2. Суверен давлат белгилари

  3. Миллатлараро тотувликнинг жамият барқарорлигидаги ўрни

  4. Ўзбекистонда миллий озчиликка яратилган шар-шароитлар

  5. Бағрикенглик тушунчаси ва унинг мазмун моҳияти

  6. Ўзбекистон Республикасининг Конститутциясида давлат ташқи сиёсатининг мазмун-моҳияти

  7. Ўзбекистоннинг ташқи сиёсатида И.А.Каримовнинг роли

  8. Ўзбекистон ташқи сиёсатининг асосий принциплари

  9. Мамлакатимизда олиб борилаётган демократик ислоҳотлар ва жамиятни иқтисодий модернизация қилиш жараёнларида яратилган қулай ташқи сиёсий шароитлар

  10. Марказий Осиёда тинчлик ва барқарорликни сақлашда Ўзбекистоннинг ўрни

  11. Ўзбекистоннинг жахон хамжамиятига кириб боришида белгиланган устивор вазифалар

  12. Ўзбекистон Халқаро муносабатларнинг тўла ҳуқуқли субъекти сифатида

  13. Ўзбекистон ташқи сиёсатида юз берган муҳим воқеалар

  14. Давлатлараро ва минтақавий масалаларни ҳал қилишда Ўзбекистон давлатининг муҳим босқичга қадам қўйиши.



Javoblar.

1) Tarixdan ma'lumki, har qanday davlatning mustaqilligi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi, xalqning erki va tinchligi uning o'z armiyasi, Qurolli Kuchlari tomonidan himoya qilinadi. Mustaqilligini, tinchligini asray olgan davlatgina barqaror rivojlanadi, tinchlik, xotirjamlik, osoyishtalik qaror topgan mamlakat gullab-yashnaydi. Qurolli Kuchlarning mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash, xalqimizning tinchligi hamda bunyodkorlik mehnatini himoyalash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini inobatga olib hamda mamlakatimiz hududidagi harbiy qism va bo'linmalarning davlatimiz tasarrufiga o'tkazilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining 1993 yil 29 dekabrda qabul qilingan qonuniga binoan 14 yanvar` O'zbekistonda Vatan himoyachilari kuni deb e'lon qilindi

2) Suveren demokratik davlatning belgilariga quyidagilar kiradi.Suveren davlat bu - xozirgi davlatshunoslik fanida davlatning ichki va tashqi siyosatidagi to'la mustaqilligi tushuniladi.

«Suverenitet» «Suveren» so'zlari bilan «Mustaqillik» «Mustaqil» degan so'zlar o'zaro sinonim so'zlar bo'lib, ular bir ma`noni anglatadi

«Davlat» degan tushunchaning o'zi ham mustaqillikni anglatadi. Ammo tarixda shakllan mustaqil, mazmunan esa qaram davlatlar ko'p bo'lgan.

Suveren davlatning eng muxim belgilariga asosan quyidagilar kiradi

-davlat daxlsiz o'z hududiga va daxlsiz davlat chegarasiga ega bo'lishi:

-davlat shaxslarni fuqarolikka qabul kilish va ularni fuqarolikdan maxrum etish xuquqiga ega bo'lishi

-davlat va asosiy qonuni –konstitutsiyaga ega bo'lishi

-davlat xokimiyatining 3 hokimiyatga ega bo'lishi ya`ni-qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatiga ega bo'lishi

-davlat o'zining xarbiy tuzilmasi va milliy qo'shiniga ega bo'lishi

-davlat o'z byudjetiga, mulkiga, moliya va soliq tizimiga ega bo'lishi

-davlat o'z davlat ramzlari:gerbi, bayrog'i, madxiyasi, va o'z poytaxtiga ega bo'lishi

Davlat o'zining davlat tiliga ega bo'lishi: (bu til maxsus qonun asosida yoki tarixiy an`ana bo'yicha aniqlanadi)

-davlat o'z tarakkiyot yo'lini va o'z ma`muriy tizimini belgilay olish xuquqiga ega bo'lishi hamda boshqa xuquqlar kiradi.

Mustaqil suveren davlat o'z ichki va tashqi ishlarini boshqa davlatlarning xuquqlarini, shuningdek, xalqaro xuquq koidalari hamda me'yorlarni buzmagan xolda xal qiladi.

O'zbekiston mustaqilligining asoslari, qoidalari, shartlari va talablari 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida» gi qonunda o'z ifodasini topgan

3) 2017 yil 7 fevralda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF- 4947 sonli Farmonining . beshinchi yo'nalishi Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash hamda tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo'nalishlarga bag'ishlangani ham ushbu masalaning naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolatdir. Murojaatnoma va Harakatlar strategiyasida Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash hamda tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo'nalishlar sifatida quyidagi masalalarni hal qilish vazifalari qo'yilgan:

O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish;

axborot xavfsizligini ta'minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga qarshi o'z vaqtida va munosib harakatlarni tashkil etish;

fuqarolar, millatlar va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash;

davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O'zbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;

atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga zarar yetkazadigan ekologik muammolarning oldini olish;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish.

Chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo'nalishlar masalasida esa:

davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub'ekti sifatidagi o'rni va rolini oshirish, rivojlangan



demokratik davlatlar qatoriga kirish, O'zbekistonning tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo'shnichilik muhitini shakllantirish;

O'zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, jahon hamjamiyatiga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida xolis axborot yetkazish;

O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatini normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;

davlat chegarasini demilitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal etish.



5) “Bag'rikenglik” tushunchasi ilmiy faoliyat va ijtimoiy hayotning turli sohalari, jumladan, siyosat va siyosatshunoslik, sotsiologiya, falsafa, ilohiyot, ijtimoiy axloq, qiyosiy dinshunoslik kabi fanlar doirasida keng istifoda etiladi Millatlar mavjud ekan, ular o'rtasida o'zaro munosabatlar ham bo'ladi. Shunday ekan, bugun globallashuvning bu jarayonga o'tkazayotgan salbiy ta'sirining oldini olish haqida bosh qotirish va samarali mexanizmlarni topish o'z mustaqilligini, erkini, o'ziga xosligini qadrlashga qodir bo'lgan barcha millatlar oldida turgan eng dolzarb vazifa hisoblanadi.Respublikamizda ham millatlararo totuvlikni ta'minlash orqali tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlab borish g'oyasi davlatimiz birinchi rahbarlarining doimiy diqqat markazida bo'lib kelgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ham o'z saylovoldi dasturidayoq tinchlikni ta'minlash, millatlar va dinlararo totuvlik muhitini qo'llab quvvatlash, din niqobidagi ekstremizm va terrorizmga qarshi ayovsiz kurash masalalarini asosiy tamoyil sifatida olg'a surdi.

6) O’zbekiston xalqaro siyosatga kirib borgani sari uning xalqaro masalalar borasidagi faolligi, tashabbuskorligi tobora oshib bordi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi 100 dan ortiq xalqaro tashkilotga a'zo bo'ldi. Shular orasida BMT, SHHT, MDH, YEXHT, Islom konferentsiyasi tashkiloti va boshqalarni ko'rsatish mumkin.O'zbekistan tashqi siyosatida buyuk davlatlar bilan bo'lgan munosabatlari alohida ahamiyatga ega. 2002 yil 12 martda Uzbekistan bilan AQSH o'rtasida “Strategik sheriklik va hamkorlik asoslari” to'g'risida deklaratsiya imzolandi. Ikki yildan so'ng, 2004 yil iyun` oyida Uzbekistan va Rossiya rahbarlari Strategik sheriklik to'g'risidagi bitmga imzo qo'yishdi. O’zbekiston Xitoy, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi bilan ham o'z munosabatlarini aynan strategik hamkorlik darajasiga ko'targan.Uzbekiston Respublikasining tashqi siyosati murakkab xalqaro muhitda shakllanib va rivojlanib kelmoqda. “Sovuq urush” davri tugaganidan so'ng shakllanayotgan yangi jahon tartiboti Markaziy Osiyo davlatlari va ayniqsa, O’zbekistonga ham jiddiy ta'sir qilmoqda

7) Shuni alohida ta'kidlash kerakki, O'zbekiston davlatining ichki va tashqi siyosatida mustahkam izchillikning mavjudligini mustaqil davlatchilik tarixi isbotlab turibdi. Birinchi Prezident I.A.Karimov tamal toshini qo'ygan va jahon maydonida o'ziga xos sinovlardan o'tgan O'zbekiston davlati tashqi siyosati zamonaviy talablar, bugungi ehtiyojlar va dunyoviy qarashlarning eng ilg'or namunalari bilan boyitib borilmoqda.

8) O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosatining asosiy maqsadlari bu davlat mustaqilligi va suverenitetini yanada mustahkamlashdan, mamlakatning xalqaro munosabatlarini to'laqonli sub'ekti sifatidagi o'rni va rolini yanada kuchaytirishdan hamda milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash, mamlakat iqtisodining barqaror va tez sur'atlar bilan o'sishi, uning ochiq demokratik davlat qurish yo'lidagi jadal siyosat olib borishi va rivojlangan davlatlar safidan o'rin olishi uchun eng qulay sharoitlarni yaratishdan iboratdir. O'zbekiston o'z tashqi siyosatida quyidagi printsiplarga sodiq bo'lib qolmoqda: -o'zining milliy manfaatlariga asoslangan ochiq, pragmatik va puxta o'ylangan tashqi siyosat olib borish;

-teng huquqlilik va o'zaro manfaatdorlik, suverenitetni, hududiy yaxlitlikni hurmat qilish, chegaralarning daxlsizligi va davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, munozarali masalalarni tinch yo'l bilan hal etish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik;

-Tashqi siyosiy faoliyat kontseptsiyasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlariga, uning farovonligi va xavfsizligiga, mamlakatni modernizatsiya qilishning ustuvor yo'nalishlariga, amaldagi milliy qonunchilik hamda qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga amal qilgan holda ittifoqlar tuzish, hamdo'stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirish, shuningdek ulardan chiqish huquqini o'zida saqlab qoladi;

9) - siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy va boshqa sohalarda xalqaro hamkorlikni izchillik bilan rivojlantirish; - mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda jamiyatni va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish; - jahonning yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik qilishning mutanosib, ko'pqirrali tizimini shakllantirish, mintaqada geosiyosiy muvozanatni saqlab turish, O'zbekistonning savdo, iqtisodiy, texnologik, transport va boshqa aloqalarini keng diversifikatsiya qilish;

- mavjud yoki yuzaga kelayotgan muammolarni o'z vaqtida hal yetish uchun siyosiy diplomatik hamda xalqaro huquqiy mexanizmlardan, jumladan, preventiv diplomatiya chora-tadbirlaridan foydalanish;

- O'zbekistonning siyosiy va savdo-iqtisodiy sohadagi ishonchli, mas'uliyatli sherik sifatidagi xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatimizning tashqi dunyo uchun investitsion, sayyohlik, madaniy-tarixiy jozibadorligini kuchaytirish;



- milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to'g'ridan-to'g'ri chet el investitsiyalari va ilg'or texnologiyalarini jalb etish jarayonlarini kuchaytirish uchun ikki tomonlama va ko'p tomonlama hamkorlik mexanizmlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish;

- O'zbekistonning dunyoning yirik bozorlariga kafolatli chiqishini ta'minlaydigan ko'p muqobilli transport-kommunikatsiya yo'laklarining tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
Download 13.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling