Kimyo fanidan dars ishlanmalar


Download 458.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana19.06.2020
Hajmi458.13 Kb.
#120250
  1   2
Bog'liq
kimyo fanidan dars ishlanmalar


 



 



 

 

 

 

 

Kimyo   fanidan  dars 

ishlanmalar  

 

 



                               

 

                   



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent  2014 

 



Texnologik xarita 

 

 

Mavzu: 



 

MODDA VA UNING XOSSALARI 

 

Maqsad, vazifa 

Ta’limiy  -  moddalarning  turli-tumanligi  va  ularni 

jismlardan  farqi  hamda  har  bir  moddani  o‘ziga  hos 

xossalari haqida ilmiy tushunchalar berish. 

Moddalardan  foydalanish  uchun  ularning  xossalarini 

bilish zarurligini tushuntirish. 

Jism,  modda  tushunchalarining  mohiyatini  aniq  bilib 

olish. 


 Tarbiyaviy  –  O’quvchilarni  o’z  maqsadiga  erishish  ruhida 

tarbiyalash.  

Moddalardan  foydalanishda    tejamkorlikka  va  ularni 

asrashga o‘rgatish. 

Bir-birlariga  o’zaro  hurmat,  jamoa  bo’lib  ishlash,  o’zaro 

yordam  va  berilgan  vazifani  bajarishda  mahsuliyat  sezish 

ko’nikmalarini tarkib toptirish. 

Rivojlantiruvchi  maqsad  –  O’quvchilarni  mustaqil  ishlash, 

ijodiy  izlanish,  guruxlarda  ishlash  orqali  bilim  olishga, 

xotirani  mustahkamlashga,  tez  fikrlash,  fikrni  aniq 

ifodalashga o’rgatish, kimyoviy til  madaniyatini o’stirish. 

 

O’quv jarayonining 



mazmuni 

  Modda,  jism  kabi  tushunchalarini    botanika, 



fizika  fanlaridan  olgan  bilimlari  va  kundalik 

turmushdan  olgan  amaliy  ko‘nikmalarini  yodga 

olib, mavzuga bog’lanadi. 

 



O‘quvchilarga  bir  xil  moddadan  iborat  bo‘lgan 

turli  jismlar  va  har-xil  moddalardan  iborat 

bo‘lgan turli jismlar namunalari bilan tanishish. 

  Tabiatda 



uchraydigan 

mineral 


moddalar 

namunalar haqida bilish.  

 

Osh  tuzi,  shakar,  ko‘mir,  oltingugurt  namunalari 



asosida ularni xossalari bilan tanishish. 

 



Moddalarni ta’riflash. 

  Laboratoriya  ishi  davomida  o’quvchilarda  kuzatish, 



kuzatish  natijalarini  solishtirish  va  hulosa  qilish 

malakalari shakllantirish. 

  

O’quv jarayonini 

amalga oshirish 

Metod    –    og’zaki  bayon,  suxbat,  ko’rgazma-namoyishli, 

amaliy 


 



texnologiyasi 



Shakl  –  muloqot texnologiyasi, laboratoriya mashg’uloti. 

Vosita–tarqatma  matereallar,  slaydlar,  o’quv-loboratriya 

jihozlari  (stakanlar,  probirkalar,  moddalardan  namunalar  -

osh  tuzi,  shakar,  ko’mir,  oltingugurt,  ichimlik  sodasi,  etil 

spirti, rux, temir, mis, alyuminiy  metallari namunalari, bor)  

darslik. 

Usul  –  ko’rsatish,  namoyish  qilish,  mustaqil  ishlash,  o’z-

o’zini baholash 



Nazorat – tajriba-tahlil, amaliy-laboratoriya 

Baholash – “Tushunchalar tahlili” asosida baholash 

 

 



Kutiladigan natija 

 

O’qituvchi 

O’quvchi 

Darsga qiziqtiradi 

Mavzuni to’liq yoritadi 

Amaliy-laboratoriya  mashg’ulotiga tayyorlanadi 

va bajaradi  

Guruhlarda va yakka holda  ishlashni tashkil 

qiladi 

Mavzu yuzasidan asosiy tushuncha va xossalarni  



yetkazadi 

O’quvchilar tomonidan berilishi mumkin bo’lgan 

savollarga atroflicha tayyorlanadi 

Tajriba-tahlil asosida oqilona baholaydi 

Maqsadga erishadi 

Mavzu  bo’yicha  yetardi  bilim, 

ko’nikmalarni oladi 

Amaliy-laboratoriya  ishi mazmuni  

bilan  tanishadi  va  uni  mustaqil 

bajaradi 

Tajriba-o’tkazib  uni  tahlil  qilishni 

o’rganadi, hulosalaydi  

Materiallar 

bilan 


yakka 

va 


guruhlarda ishlash malakasiga ega  

bo’ladi 


Mustaqil fikrlaydi 

Qo’yilgan 

mavzu 

yuzasidan 



mustaqil jadval to’ldiradi 

Mavzuni o’zlashtiradi 



 

Kelgusi rejalar 

 

O’qituvchi 

O’quvchi 

  Dars jarayonini tahlil qiladi 



 

O’quvchilarni shu mavzu bo’yicha 



bilimlarni qanday  o’zlashtirganligini  

kuzatadi 

 

Qo’shimcha materiallar to’playdi 



  Keyingi darsni loyihalashtiradi 

 

O’quvchilar tomonidan o’rganilgan mavzu 



yuzasidan berilgan savollariga javob 

topish uchun izlanadi 

  Uyga vazifa oladi 



  Uy 


vazifasini 

bajarishni 

loyihalashtiradi 

 



Qo’shimcha 

materiallar 

topadi 

(adabiyotlardan 



internetdan),  yig’adi,  ularni 

taxlil qiladi, o’qiydi, 

  Vazifani bajaradi. 



 

O’rganilgan 



mavzuni 

 



  Pedagogik texnologiyalar asosida darslarni 

samarali tashkil qilishga va bilim olish 

samaradorligini ko‘tarishga yanada 

kirishadi. 

kundalik 

turmush 


bilan 

bog’lash 

imkoniyatlari 

haqida izlanadi  

 

 

7-sinf 



I chorak 3-DARS. MODDA VA UNING XOSSALARI  

 

Darsning  maqsadi:  O‘quvchilarga  moddalarning  turli-

tumanligi  va  ularni  jismlardan  farqi  hamda  har  bir  moddani  o‘ziga 

hos xossalari haqida ilmiy tushunchalar berish. 

Moddalardan  foydalanish  uchun  ularning  xossalarini  bilish 

zarurligi o‘quvchilarga tushuntiriladi. 

O‘quvchilar jism, modda tushunchalarining mohiyatini hamda 

kundalik  turmushda  ishlatiladigan  jism  va  moddalar,  moddalarning 

biologic ahamiyatini bilib olishlari kerak. 

Darsda 


o’quvchilarning 

kuzatuvchanlik, 

to’qirlik 

qobiliyatlarini  rivojlantirish  maqsadida  munozara,  savol-javob 

usullaridan  foydalanish  yaxshi  natija  beradi.  Shuningdek,  mavzuni 

fizika,  biologiya  fanlari  bilan  bog’lab  olib  borish  maqsadga 

muvofiqdir. 

Darsga zaruriy jihozlar: 

Mavzuga doir tarqatma matereallar, slaydlar, o’quv-loboratriya jihozlari -

stakanlar,  probirkalar,  shisha  tayoqcha,  moddalardan  namunalar  -  osh 

tuzi,  shakar,  ko’mir,  oltingugurt,  ichimlik  sodasi,  etil  spirti,  rux,  temir, 

mis, alyuminiy metallari namunalari, bor,  darslik. 

Dars  shakli:    Savol-javob,  og’zaki  bayon,  suxbat,  tajribalar  o 

‘tkazish, yakka tartibda ishlash. 



Dars o ‘tish rejasi:  

1. O`qituvchining kirish so`zi. (2 daqiqa) 

2.Uyga  berilgan  “O’zbekiston  kimyogarlarining  kimyo 

faniga  qo‘shgan  hissalari”  mavzusiga  oid  bilimlarni  

tekshirish. (5 daqiqa)  

3.O‘quvchilar 

bilimini 

tekshirish. 

(“Aqliy 

gimnastika”savollari,  xotira  mashqi  orqali    oldingi 

o’tilgan mavzuni mustahkamlash – 4 daqiqa) 

4. Yangi mavzu bayoni. O‘qituvchining kichik ma’ruzasi  

maruzani.(7 daqiqa) 

5. 


Mavzuni 

laboratoriya 

ishini 

bajarish 



bilan 

tushuntiriladi (15 daqiqa) 



 

6. Mavzuni mustahkamlash. (7 daqiqa) 



7. O`quvchilarni rag‘batlantirish, baholash (2 daqiqa) 

8. Uyga vazifa berish (2 daqiqa) 



 

1. O`qituvchining kirish so`zi.  

Darsning tashkil etilishi: 

a)  Salomlashish,  davomatni  aniqlash,  o‘quvchilar 

tashqi ko‘rinishiga e’tibor berish; 

b)  o`quvchilarni  darsga  hozirlab,  jonli  muhit 

yaratish; 

 

2.  Uyga  berilgan  “O’zbekiston  kimyogarlarining  kimyo  faniga 

qo‘shgan hissalari”  mavzusiga oid bilimlarni  tekshirish.  

O‘qituvchi tomonidan “O’zbekiston kimyogarlarining kimyo faniga 

qo‘shgan hissalari” mavzuga  doir  tayyorlangan  qisqa savollar beriladi. 

1 O’zbekistonlik  kimyogar olimlardan kimlarni bilasiz? 

2. Tolalarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash nomli yangi 

ixtisoslikni qaysi o‘zbek kimyogarlari asoslagan? 

3. O.S.Sodiqovning kimyo fani sohasida dunyoga tanitgan qanday ishlari 

haqida bilasiz?  

4. Akademik Y.T.Toshpo‘latov kimyo sanoati sohasining rivojiga qo ‘shgan 

ishlsri nimalardan iborat?  

O’qituvchi tomonidan har bir savolga javob olishda, berilgan  javoblar 

to’g’ri noto’g’riligi izohlanib boriladi.     

3.  O‘quvchilar bilimini tekshirish.  (“Aqliy  gimnastika”  savollari 

orqali xotirani sinash) 

     O‘quvchilar    o`qituvchi  tomonidan  oldindan  tayyorlab  qo‘yilgan 

savollarga javob beradilar.

 

 

1-savol                        Mamlakatimiz  mustaqillikka  erishgandan  keyin  kimyo 



fani  va  kimyo  sanoati  sohasida  qanday  yirik  o’garishlar 

bo‘ldi?  



javob:             O’zbekiston o ‘z mustaqilligiga erishgach  kimyo fani va 

kimyo  sanoati  rivojlanishi  uchun  juda  katta  imkoniyatlar 

ochilgan.  Natijada  Mingbuloq,  Ko‘kdumaloq,  Sho‘rtan, 

va  boshqa  neft-gaz  konlari,  yerosti  foydali  qazilmalari 

zahiralaridan  oqilona  foydalanish  orqali  sanoat  uchun 


 

qimmatbaho bo‘lgan o‘nlab kimyoviy mahsulotlar ishlab 



chiqarilish  yo‘lga  qo‘yildi.    Asakada,  Samarqandda  va 

Toshkentda  avtomobil,  traktorlar  va  ularni  extiyot 

qismlari va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish 

yo‘lga qo‘yilgan.  



2 savol             Qadimda insoniyat o‘ z extiyojlari uchun kimyoviy 

moddalar va 

                         ulardagi o‘zgarishlardan qanday foydalangan?  

Javob:                      Kimyoviy  moddalar  va  ulardan  olingan  mahsulotlardan 

insoniyat  o‘z  extiyojlari    uchun  qadimdan  foydalanib 

kelgan.  Xitoyda,  Misrda,  Markaziy  Osiyoda  qishloq 

xo‘jaligi  zararkunandalariga  qarshi  kurashda,  turli  xil 

bo‘yoqlar  ishlab  chiqarishda,  me’morchilikda,  oziq-

ovqatlar  tayyorlashda,  kiyim-kechaklar  tayyorlashda 

kimyoviy  moddalar  va  kimyoviy  hodisalardan  keng 

foydalanishgan.  



3 savol             A.Lavuazye haqida nimalarni bilasiz?   

Javob:                          Fransuz  kimyogar  olimi  A.Lavuazye  yonish  va 

oksidlanish  jarayonlari  haqida  ilmiy  nazariyalarni 

yaratgan.                 

           

4.  Yangi mavzu bayoni  

1) O‘qituvchining ma’ruzasi  

       Yangi dars bayoni  quyidagi reja asosida tashkil etiladi: 

1. 


O‘quvchilarning  botanika,  fizika  fanlaridan  olgan 

bilimlari  va  kundalik  turmushdan  olgan  amaliy 

ko‘nikmalari asosida suhbat 

2. 


O‘quvchilarga  bir  xil  moddadan  iborat  bo‘lgan  turli 

jismlar  va  har-xil  moddalardan  iborat  bo‘lgan  turli 

jismlar  namunalarini  hamda  osh  tuzi,  shakar,  ko‘mir, 

oltingugurt namunalarini tarqatish. 

3. 

Moddalarni ta’riflash. 



4. 

Moddalarning xossalarini nima uchun bilish kerak? 

Rejadagi 

1-band, 


ya’ni 

o‘quvchilar 

bilan 

suhbat 


o‘tkazilgandan  so‘ng  doskaga  oldindan  chizib  qo‘yilgan  quyidagi 

jadvalni o‘quvchilar o‘zlari to‘ldirishadi: 



Jism 

Modda 

 

 



Moddalarni  ta’riflashda  moddaning  rangi,  hidi,  agregat  holati, 

mazasi, suvda eruvchanligi, o‘lchash mumkin bo‘lgan xossalari, masalan, 

qaynash  va  suyuqlanish  haroratlari,  qattiqligi  kabilarga  e’tiborni 

qaratiladi. 



 

Dars  davomida  “Fizik  xossalari  turlicha  bo‘lgan  moddalar 



bilan ishlash” laboratoriya ishini bajarish talab qilinadi.  

LABORATORIYA ISHI. Fizik hossalari turlicha bo‘lgan moddalar 

bilan tanishish. 

 

O’quvchilar  kimyo  fanini  o‘rganish  davomida  moddalar  bilan 



doimo muloqotda bo‘ladilar. Moddalarning xossalarini o‘rganishda ularni 

yetarli darajada to‘liq ta’riflay olish muhim ahamiyatga ega. 

 

Demak,  o’quvchilar  eng  avvalo  “modda”,  “jism”  tushunchalarini 



to’liq o’zlashtirib olishi zarur. Berilgan moddalarning tashqi ko’rinishiga 

qarab uning eng muhim fizikaviy hossalarini aytib bera olishi kerak. 

 

Oldindan  tayyorlab  qo’yilgan  moddalarning  na’munalari  har  bir 



o’quvchioga  tarqatilgan  bo’ladi.  Dars  davomida  o’qituvchining 

ko’rsatmasi  ostida  o’quvchilar  o’zlariga  berilgan  moddalarning 

hossalarini jadvalga  to’ldiradilar. 

 

Laboratoriya  ishi  davomida  o’quvchilarda  kuzatish,  kuzatish 



natijalarini solishtirish va hulosa qilish malakalari shakllanib boradi. 

 

Sizga  berilgan  moddalarning  xossalarini  quyidagicha  jadval  tuzib 



yozib boriladi. 

 

Modda nomi 



 

Agregat 


holati 

Rangi 


Hidi 

Suvda 


eruvchanligi. 

Qattiq 


ligi 

Osh tuzi 

 

 

 



 

 

Shakar 



 

 

 



 

 

Ichimlik soda 



 

 

 



 

 

Bo’r 



 

 

 



 

 

Alyuminiy 



 

 

 



 

 

Etil spirt  



 

 

 



 

 

Temir 



 

 

 



 

 

Mis 



 

 

 



 

 

Oltingugurt 



 

 

 



 

 

 



1.  Moddaning  odatdagi  sharoitda  agregat  holati,  ya’ni  gaz,  suyuq 

yoki qattiq tuzilishdaligi aniqlanadi. 

2.  Moddaning  rangi  oddiy  yorug‘likda  vizual  (ko‘z  bilan  ko‘rib) 

aniqlanadi. 

3.  Moddaning  hidi:  modda  hidini  aniqlashda  ehtiyot  bo‘ling. 

Moddalarning  hidi  o’qituvchi  ko‘rsatgan  usulda  aniqlanadi. 

(Berilgan  notanish  moddaning  hidi  zaharli  yoki  burun 

bo‘shlig‘ini yallig‘lantiradigan bo‘lishi mumkin) 

4.  Berilgan  moddaning  suvda  erishi  yoki  erimasligini  bilish  uchun 

uning  ozgina  bo‘lagini  probirka  yoki  stakanga  solib,  ustiga  suv 



 

quying va aralashtiring. Agar modda bo‘lakchalari batamom erib 



ketsa  yoki  sezilarli  darajada  kamaysa,  modda  suvda  eruvchan 

hisoblanadi. 

5.  Moddaning  qattiqligini  qattiqlik  shkalasidan  foydalanib,  agar 

bunday  shkala  bo‘lmasa  tirnoq  (qattiqligi  2-2,5),  shisha 

(qattiqligi  5)  va  boshqa qattiqligi  aniq  moddalar  bilan solishtirib 

ko‘ring. 

6.  Moddaning 

qaynash, 

suyuqlanish 

haroratlarini 

ma’lumotnomalardan foydalanib toping va jadvalga tushiring. 

7.  Noma’lum moddaning ta’mini totib ko‘rmang! 

8.  Sizga  berilgan  moddaning  xossasini  quyidagi  tartibda  aytib 

bering: 


  odda nomi 

  Agregat holati 



  Rangi 


  Hidi 


  Suvda eruvchanligi 

  Qattiqligi 



  Qaynash va suyuqlanish haroratlar 

 

6. Mavzuni mustahkamlash.            

O‘tilgan  yangi  mavzu  o‘qituvchining        o‘quvchilarga  bergan  ma’lumotlariga  

asoslanib test topshiriqlari bo‘yicha mustahkamlanadi. Buning  uchun  

qisqa muddatli test sinovi o‘tkasilishi ham yaxshi samara beradi. 



Test savollari: 

1. Suvning qaynash harorati nechaga teng?    

A.100 oC;     B.  78 oC;        S. 220 oC;        D. 338 oC.  

2. Qattiq, o ‘ziga xos hidli, sariq rangli modda – bu  

A.Bo‘r;         B. Alyuminiy;         S. Oltingugurt;         D. spirt 

3. Faqat moddalar ko‘rsatilgan qatorni belgilang. 

A. Daftar, qalam, probirka;     B. Kislorod, daftar, spirt; 

S. Kislorod, bo’r,  suv;            D. Oltingugurt, probirka, alyuminiy. 



7. O`quvchilarni rag’batlantirish va baholash.  

Dars yakunida uyga berilgan vazifa yuzasidan olingan javoblar  va faol 

qatnashgan o’quvchilar  rag`batlantiriladi va ballari e’lon qilinadi. 

8. Uyga vazifa:  Modda va uning xossalari mavzusini o’qing va 

xo’jalikda ishlatiladigan moddalar va jismlar ro ’yhatini tuzing. 

Dars yakunida uyga berilgan vazifa yuzasidan olingan javoblar  va faol 

qatnashgan o’quvchilar  rag`batlantiriladi va ballari e’lon qilinadi 

 

 



 

 



7-sinf II CHORAK    



Мавзу: Massaning saqlanish qonuni      

Darsning maqsad va vazifalari:  

Maqsad: 

       


O‘quvchilarga  tabiatning  asosiy  qonuni-materiya  va 

harakatning  saqlanish  qonunining  xususiy  ko’rinishi 

bo’lgan  moddalar  massasining  saqlanish  qonuni,  ya’ni 

kimyoviy  reaksiyalarda  atomlar  yoqolib  ketmasdan, 

yo‘qdan  bor  bo‘lmasligi,  ularning  umumiy  soni 

o‘zgarmasligi hamda har bir atomning  massasi kimyoviy 

reaksiyalarda  o‘zgarishsiz  qolishi  va  shuning  uchun 

moddalarning  massasi  ham  o‘zgarmasdan  qolishi, 

tabiatdagi  har  qanday  o’zgarishlar  izsiz  yo’qolmasligi  

haqidagi bilimlarni berish. 



   Vazifalar:      Massaning  saqlanish  qonuni  mavzusi  asosida  kundalik 

hayotda uchraydigan  hodisalarni idrok etish orqali bilim 

va ko‘nikmalarni shakillantirish.  Mavzu asosida mustaqil 

fikr yuritish qobiliyatini rivojlantirish. 

Mavzuga  doir  tajribalar  o‘tkazish,  savol-topshiriqlar   

orqali  o‘quvchilarning,  yangi  mavzuni  qanday  darajada 

o‘zlashtirilganligi nazorat qilinadi. 

Uslub:              “Aqliy hujum”,“Tajribalar o’tkazish”,  

Shakl:              Savol-javob, jamoa va yakka tartibda ishlash. 

Vosita:             Tarqatma materiallar, madzuga doir tarqatma savollar- 

topshiriqlar, massaning saqlanish qonunini namoyish etish  asbobi (teng 

elkanli shayin 1 ta, shayin uchun ilmoqlar 3 ta,  rezina tiqinli va osma 

halqali Landolt idishi 1 ta, osma halqali   kosacha 1 ta, og’irlikka qarshi 

kukun, 100 g ) kimyoviy jihozlar va moddalar (pipetka, razima tiqin, 

quruq yonilg’i-urotropin, bariy xloridning 10 % li eritmasi, sulfat 

kislotaning 10 % li eritmasi yoki qizil fosfor 1 g miqdorida ) 

 

Nazorat:           Savol-javob, test sinovi  o’tkazish.  

Baholash:         Rag‘batlantirish, 5 ballik tizim asosida baholash. 

  

Kutilayotgan  

natijalar. 

Mavzu  belgilangan  vaqt  ichida  barcha  o‘quvchilar  tomonidan  

o‘zlashtiriladi.  O‘quvchilarning  darsda  faolligi  oshadi.  Ularda  fanga 

nisbatan  qiziqish  uyg‘onadi.  Tajribalar  o‘tkazish  bilan  barcha 

o‘quvchilarga 

berilgan 

nazariy 

bilimlar 

tajribalar 

asosida 


mustahkamlanadi.  O‘quvchilar  uy  ro‘zg‘ordagi  kundalik  hayotda 

ishlatiladigan moddalarni kimyoviy xossalari bilan tanishadilar,  mavzuga 

oid amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajaradilar, savol va javob  berishga 

o‘rgatiladi.  O‘quvchilar  mavzu  yuzasidan  yangi  bilimga  ega  bo‘ladilar. 



 

10 


Guruhlar bilan   ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata 

olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.   



Dars rejasi:  

1. O`qituvchining kirish so`zi. (2 daqiqa) 

2.Uyga berilgan “Tarkibning doimiylik qonuni” mavzusiga oid bilimlarni  

tekshirish. (5 daqiqa)  

3.O‘quvchilar  bilimini  tekshirish.  (“Aqliy  gimnastika”savollari,  xotira 

mashqi orqali  oldingi o’tilgan mavzuni mustahkamlash – 4 daqiqa) 

4.  Yangi  mavzu  bayoni.  O‘qituvchining  kichik  ma’ruzasi    maruzani.(7 

daqiqa) 


5. Mavzuni laboratoriya ishini bajarish bilan tushuntiriladi (15 daqiqa) 

6. Mavzuni mustahkamlash. (7 daqiqa) 

7. O`quvchilarni rag‘batlantirish, baholash (2 daqiqa) 

8. Uyga vazifa berish (2 daqiqa) 



2.  O`qituvchining kirish so`zi.  

Darsning tashkil etilishi: 

a)  salomlashish,  davomatni  aniqlash,  o‘quvchilar 

tashqi ko‘rinishiga e’tibor berish; 

b) o`quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish; 

2.  Uyga  berilgan  “Tarkibning  doimiylik  qonuni”  mavzusiga  oid 

bilimlarni  tekshirish.  

O‘qituvchi tomonidan “Tarkibning doimiylik qonuni” mavzuga  doir  

tayyorlangan  qisqa savollar beriladi. 

1 Tarkibning doimiyligini qanday tushuntirish mumkin? 

2. Suvning sifat va miqdoriy tarkibi qanday? 

3. Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari”  asarida tarkibning doimiyligi haqida 

qanday tushunchalar bayon qilgan?  

4. Miqdor va sifat o’zgarishlari haqida nimalarni bilasiz? Misollar bilan 

tushuntiring. 

O’qituvchi tomonidan har bir savolga javob olishda, berilgan  javoblar 

to’g’ri noto’g’riligi izohlanib boriladi.     

3.  O‘quvchilar bilimini tekshirish.  (“Aqliy  gimnastika”  savollari 

orqali xotirani sinash) 

     O‘quvchilar    o`qituvchi  tomonidan  oldindan  tayyorlab  qo‘yilgan 

savollarga javob beradilar.

 


Download 458.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling