Kimyo laboratoriyasi idishlari va asboblari


Download 358.23 Kb.
Sana15.05.2020
Hajmi358.23 Kb.

Tabiiy fanlar fakulteti KO’M yo’nalishi

103-guruh talabasi

Xaydarova Muqaddasxonning

KIMYO LABORATORIYASI IDISHLARI

VA ASBOBLARI

mavzusidan tayyorlagan



taqdimoti

KIMYO LABORATORIYASI IDISHLARI VA ASBOBLARI

Kimyo laboratoriyasida tajribalarni bajarishda issiqlikka, kislota, ishqor, erituvchilar, oksidlovchi va qaytaruvchilar ta’siriga chidamli maxsus idishlar va asboblar ishlatiladi. Talaba laboratoriyada ishlatiladigan idishlar va asboblarning turi, hamda ularning vazifalarini mukammal bilishi lozim.

Kimyo laboratoriyasidagi barcha asboblar 2 turga: umumiy va individual foydalanish asboblariga bo`linadi.

Umumiy foydalanish asboblari - tarozilar, quritish shkaflari, qizdirish va kuydirish pechlari, havo surish nasoslari, idish quritgichlar va boshqalar laboratoriyaga doimiy qo`yiladi hamda ulardan talabalar yil davomida foydalaniladilar.

Individual foydalanish asboblari – gaz yondirgichi, spirt lampasi, shtativ, probirkalar, kolbalar, o`lchov silindrlari, menzurkalar va boshqalar talabalar tomonidan bajariladigan tajribalar xususiyatidan kelib chiqib foydalaniladi.

Quyida kimyo laboratoriyalarida qo`llaniladigan ayrim umumiy va individual foydalanish asboblari hamda ularni ishlatish qoidalari haqida so`z yuritiladi.

Tarozi

Tarozi - kimyoviy jarayonlarning natijalarini miqdoriy jihatdan aniqlashda foydalaniladigan eng muhim asbobdir. Kimyoviy tajribani to`la tavsiflash, asosan, tarozida aniq tortishga bog`liqdir.



Analitik tarozi

Analitik tarozi texnokimyoviy tarozidan aniqligi va juda sezgirligi bilan farq qiladi. Shuning uchun katta aniqlik bilan (0,0002-0,0001 grammgacha) tortish talab qilinganda analitik tarozidan foydalaniladi (2-rasm).

Talabalarga analitik tarozida ishlashga faqat o`qituvchi yoki laborantlar nazorati ostidagina ruxsat etiladi.

Spirt lampasi va gaz yondirgichlari

Moddalarni isitish uchun elektr plitalari, spirt lampasi va gaz yondirgichlari ishlatiladi (3-rasm). Spirt lampasi (3-rasm, a), odatda shishadan yasalgan bo`lib, uning zich berkitib turadigan qalpog`i, paxtadan tayyorlangan piligi bo`ladi. Unga denaturat etil spirti quyiladi. Spirt lampadan foydalanib bo`lingach, uning ichidagi spirt uchib ketmasligi uchun shisha qalpoqchasi yopib qo`yiladi.

Kimyoviy va o`lchov shisha idishlar



Tajriba ishining mazmuniga va qanday sharoitda o`tkazilishiga qarab kimyo labarotoriyalarida turli xil idishlardan foydalaniladi. Ko`pincha shisha idishlardan (5-rasm): probirka (1), stakan (2), yassi tubli, yumalok tubli va konussimon kolbalar (3,4,5), voronka (6), byuks (7), soat oynasi (8) ishlatiladi.

Bunday o`lchov idishlarida qaynatish, bug`latish, kimyoviy reaksiyalar va shunga o`xshash boshqa jarayonlarni o`tkazish mumkin emas.
Download 358.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling