Kimyo laboratoriyasida ishlash texnikasi umumiy qoidalar


Download 73.3 Kb.
bet1/3
Sana03.01.2023
Hajmi73.3 Kb.
#1076527
  1   2   3
Bog'liq
1 mashg'ulot


KIMYO LABORATORIYASIDA ISHLASH TEXNIKASI


1. UMUMIY QOIDALAR

Laboratoriya ishlarini boshlashdan oldin talaba laboratoriyada ishlash qoidalari va havfsizlik texnikasi bilan tanishib chiqishi hamda maxsus jurnalga qo‘l qo‘yishi va har doim oq halatda bo’lishi lozim.


Laboratoriya ishlarini mazmun-maqsadini tushunib bajarilgandagina ko’zlangan maqsadga erishiladi. Shuning uchun har bir laboratoriya ishining mazmuni bilan tanishib chiqqan va o’g’zaki topshirgan talabaga laboratoriya ishlarini bajarishga ruxsat beriladi.
Kimyo laboratoriyasida ishlashda amal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy qoidalar:

  1. Ishning asosiy maqsadi aniqlanmasdan, tajribani o‘tkazish uchun lozim bo‘lgan idishlar, asbob-uskunalar, reaktivlar tayyor bo‘lmasdan va o’qituvchining ruxsatisiz tajribani boshlamaslik;

  2. Tajribani o‘tkazishda ko‘rsatilgan tartib va ketma-ketlikni aniq bajarish va barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilish;

  3. Ayni laboratoriya ishlari uchun tayyorlangan reaktivlardan foydalanish. Tajriba uchun qancha reaktiv olinishi aytilmagan hollarda iloji boricha reaktivlarni tejash.

  4. Reaktivlarni ishlatishdan oldin uni bajarilayotgan tajriba uchun ishlatish mumkinligiga ishonch hosil qilish; Agar idishda yozuv bo‘lmasa o‘qituvchining ruhsatisiz ishlatmaslik.

  5. Ortiqcha olingan reaktivni qaytarib o‘z idishiga quymaslik va uning uchun ajratilgan mahsus idishga quyish;

  6. Reaktiv olingan zahotiyoq uning idishini qopqog‘ini yopib, o‘z o‘rniga qo‘yish;

  7. Quruq reaktivlarni farfor, metall yoki shisha qoshiqchalarda olish va ishlatilgandan so‘ng qoshiqchalarni filtr qog‘oz bilan tozalab qo‘yish;

  8. Agar reaktiv pipetka yordamida olingan bo‘lsa, undan boshqa idishdagi reaktivni olish uchun ishlatmaslik;

  9. Laboratoriya ishini bajarishda tinchlik va tartibni saqlash;

  10. Tajribani diqqat bilan kuzatishi va barcha o‘zgarishlarga sinchkovlik bilan nazar tashlash;

  11. Kuzatilgan tajriba natijalarini va reaksiya tenglamalarini tajriba tugashi bilanoq laboratoriya daftariga yozib qo‘yish;

  12. Laboratoriya daftarida ish o‘tkazilgan kun, mavzuning nomi, tajribaning nomi, uning qisqacha mazmuni, asbob-uskunaning sxemasi yoki rasmi, kuzatish natijalari, reaksiya tenglamalari, hisoblashlar va xulosalar ko‘rsatilishi kerak;

  13. Laboratoriya ishi tugagandan so‘ng talaba ishlatgan kimyoviy idishlarini yuvib, ish joyini tartibga solib, laborantga topshirishi kerak.


Download 73.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling