Kimyo-metallurgiya fakulteti


Download 139 Kb.
bet1/4
Sana15.03.2023
Hajmi139 Kb.
#1269559
  1   2   3   4



NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
KIMYO-METALLURGIYA FAKULTETI
_____________________ GURUHI TALABASI
_________________________________________________________NING ________________________________________________________FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU:__________________________________

BAJARDI:_______________________________________________
QABUL QILDI:___________________________________________

NAVOIY-2023


KORXONANING AYLANMA MABLAG’LARI
Reja
1. Aylanma mablag’lar tarkibi va tuzilisi
2. Aylanma mablag’lardan oqilona foydalanish
3. Aylanma mablag’lardan foydalanish ko’rsatkichlari
4.Foydalanilgan adabiyotlar

1.Aylanma fondlarning mohyati va ahamiyati.
Sanoat ishlab chiqarishini yo’lga qo’yish va uni tashkil etish uchun mehnat qurollari (asosiy fondlar) va ishchi kuchidan tashqari, aylanma mablag’lar ham kerak bo’ladi. Sanoat rivojlangan sari bunday vositalarga bo’lgan extiyojlar doimo oshib boradi.
Sanoat korxonalari qanchalik yirik bo’lsa va ularda tayyorlanayotgan mahsulotlarning turlari ko’p bo’lsa, aylanma mablag’lar ham shunchalik mo’l bo’lishi kerak. SHu sababli aylanma mablag’lar ishlab chiqarsh va uning uzluksizligini ta’minlashning moddiy asosi hisoblanadi.
Sanoat ishlab chiqarishning aylanma mablag’lari 2 fonddan ya’ni aylanma fondlar va muomala fondlaridan tashkil etadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida bir marta qatnashib, o’z qiymatini tayyor mahsulotga o’tkazib o’z shaklini ham o’zgartiradigan, butunlay yo’qotib yuboradigan mehnat buyumlaridir. SHu sababli aylanma ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonining majburiy unsuri (elementi) va ishlab chiqarish harajatlarining asosiy qismi hisoblanadi.
Muomala fondlari jo’natishga yuklangan mahsulotlar va banklarning hisob raqamlaridagi pul mablag’laridan tashkil topadi.
Ishlab chiqarishning to’xtovsizligini taominlash uchun asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan birga mehnat predmetlari va moddiy resurslar zarurdir. Mehnat predmetlari mehnat vositalari bilan birgalikda mehnat mahsulini yaratishda ishtirok etadi. Aylanma fondlarning moddiy elementlari aylanish mehnat jarayoni va asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan uzviy bog’liqdir.
Darslikning ushbu bo’limida korxona aylanma fondlari va aylanma mablag’lari haqida tushuncha, ularning mohiyati va tarkibiga chuqurroq to’xtalib o’tiladi. SHuni yodda tutish lozimki, aylanma fondlar va aylanma mablag’lar tushunchalari aynan bir xil emas.
Aylanma fondlar – ishlab chiqarish jarayonining majburiy elementi, mahsulot tannarxining asosiy qismidir.
Birlik mahsulot ishlab chiqarishda xom-ashyo, material, yoqilg’i va energiya sarfi qancha kam bo’lsa, ularni yaratish uchun sarflangan mehnat ham tejaladi, ortgan mahsulot ham shuncha arzonroq bo’ladi.
Korxonalarning yetarli aylanma mablag’larga ega bo’lishi ularning bozor iqtisodiyoti soitida normal faoliyat ko’rsatishi uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Eng asosiysi, aylanma fondlardan va aylanma mablag’lardan samarali foydalanish korxona uchun nima beradi va mahsulotning material sig’imini kamaytirish hamda mablag’larning aylanishini tezlashtirish uchun qanday tadbirlar qilish kerakligini aniqlab olish zarurdir.

Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling