Kimyodan eng muhim yillar sinf
Download 23.75 Kb.
|
kimyodan eng muhim yillar
Matematika Oqitish metodikasi 2020 0fe028aa846413664d8287eb8013c8bf, Маркетинговые стратегии бизнеса iteam, 3- МАВЗУ, OKSIKISLOTALAR, Kimyoviy reaktsiyalar kinetikasi, Bolalarni ijtim-WPS Office, maktabgacha-ta-limda-inklyuziv-ta-lim-tizimini-rivojlantirish, KANADA, 329452, 2 5197508579665383560
………………………….kimyodan eng muhim yillar……………………………………………………. ………………………………….7-sinf……………………………………… XVII asrda nemis olimi G.Shtal flogiston nazariyasini yaratdi XVIII asrda rus olimi M.Lomonosov moddalar haqidagi element va korpuskulalar to’g’risidagi fikrlarini bayon qilish orqali atom-molekulyar ta’limot to’g’risidagi tushunchalarni rivojlantirdi Fransuz olimi A.Lavuaze yonish va oksidlanish jarayonlari haqida ilmiy nazariyalarni yaratgan Ingiliz olimi J.Dalton o’z tajribalariga asoslanib, atomistic nazariya asoslarini bayon etgan 1869-yilda rus olimi D.Mendeleyev elementlar davriy jadvalini yaratdi XX asr oxirlariga kelib, kimyo fani yanada jadal sur’atlar bilan rivojlandi 1985-yilda O.S.Sodiqov D.I.mendeleyev nomidagi oltin medal bilan taqdirlangan 1969-yilda S.Y.Yunusov Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor bo’lgan 1951-yil H.U.Usmonov Respublikada birinchi bo’lib polimer moddalar labaratoriyasini tashkil etgan 1997-yilda I.R.Asqarov va T.T.Risqiyevlar “tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” nomli yangi ixtisoslikni yaratdi 1827-yilda ingiliz olimi Broun mikroskopda suyuqlikdagi qattiq zarrachalarning harakatini kuzatganda, ular uzluksiz harakat qilishini aniqlagan 1813-yilda shved kimyogari Berseliusning taklifiga ko’ra kimyoviy belgi―element lotincha nomining bosh harfi yoki bosh harfiga keying harflardan birini qo’shib yozish bilan ifodalanadi 1799-yilda fransuz olimi J.Prust tomonidan taklif etilgan tarkibning doimiylik qonuni 1809-yilda ko’pchilik tomonidan e’tirof etildi 1803-yilda J.Dalton karrali nisbatlar qonunini kashf etdi 1748-yilda rus olimi M.V.Lomonosov og’zi payvandlangan kolba―retortada tajriba olib borib massaning saqlanish qonunini izohlashga harakat qildi 1772-1789-yillarda fransuz olimi A,Lavuaze yopiq idishda tajriba olib borib massa o’zgarmasligini kuzatgan 1811-yilda A.Avogadro bir xil sharoitda o’zaro teng hajmdagi turli xildagi gazlarda molekulalar soni teng bo’ladi degan 1774-yil 1-avgustda J.Pristli kislorodni kashf qilgan 1774-yil 30-sentabrda K.Sheele kislorodni kashf qilgan 1766-yilda ingiliz olimi G.Kavendish “yonuvchi havo”(H2)ni kashf etdi 1783-yilda Parijda Jak Sharl tomonidan vodorod to’ldirilgan shar havoga uchirildi 1787-yilda A.Lavuaze “yonuvchi havo”ni suv tarkibiga kirishini aniqladi va unga “gidrogenium”―suv yaratuvchi deb nom berdi 1932-yilda G.Yuri deytiriyni kashf qildi 1934-yilda M.Olifamta tritiyni kashf qildi …………………………………………..8-sinf……………………………………………………………… Lavuazye va Laplas qonunihar qanday murakkab moddani oddiy moddalarga qadar parchalanish issiqligi uning hosil bo’lish issiqligiga teng Gess qonunireaksiyalarning issiqlik effekti boshlang’ich moddalar bilan hosil bo’lgan mahsulotlarning tabiatiga bog’liq bo’lib, reaksiyaning oraliq bosqichlariga taaluqli emas XVIII asrning oxirlariga kelib 30 taga yaqin element ma’lum bo’lgan XIX asrning 60-yillariga kelib 63 ta kimyoviy element ma’lum bo’lgan Demokrit tabiatdagi barcha narsalar juda kichik zarralar―atomlardan tashkil topganligini bayon qildi Ar-Roziy atomlarning bo’linishini va atom mayda bo’laklar bilan bo’shliqlardan iborat ekanligini va ular doimo harakatda bo’lishini izohlab berdi Abu Rayhon Beruniy atomlarni bo’linmaydigan zarrachalar deb qaraydigan olimlarga qarshi o’z fikrlarini bildirgan va atomlarni bo’linadigan(lekin cheksiz emas) mayda zarrachalar ekanligini e’tirof etgan Abu Ali Ibn Sino dorivor, tabiiy kimyoviy birikmalarning tarkibi va xossalariga ko’ra sinflarga toifalashtirgan Ingiliz kimyogari va fizigi R.Boyl kimyoviy element eng oddiy, kimyoviy jihatdan bo’linmaydigan modda bo’lib, u murakkab moddalar tarkibiga kirishini tushuntirdi 1756-yilda M.V.Lomonosov massaning saqlanish qonunini kashf etdi 1801-1808-yillarda Prust tarkibning doimiylik qonunini kashf etdi 1803-1804-yillarda Dalton atom-moekulyar ta’limotni rivojlantirdi va atom massa haqidagi tushunchani fanfga kiritdi 1814-yilda Berselius 46 elementning atom massalari asosida kimyoviy elementlar jadvalini tuzdi 1817-1829-yillarda Debereyner elementlarni triadalarga, ya’ni o’xshash uchtadan iborat tabiiy oilalarini tuzdi 1852-yilda Franklend valentlik tushunchasini fanga kiritdi 1861-yilda A.M.Butlerov organic birikmalarning tuzilish nazariyasini kashf etdi 1817-1829-yillarda Debereyner elementlarning atom massalariga asoslanib triadalar nazariyasini taklif etdi 1862-yilda B.de_Shankurtua kimyoviy elementlarning silindr shaklidagi jadvalini yaratdi 1864-yilda N.L.Meyer elementlarning atom massalari ortib borishiga asoslangan jadvalni taklif qilgan 1865-yilda J.Nyulends elementlar ekvivalentlariga asoslangan oktavalar qonunini taklif etgan 1869-yilda D.I.Mendeleyev davriy qonunni kashf etdi 1911-yilda ingiliz olimi E.Rezerford atomlar bo’linmaydigan sharsimon zarralardir deb qarovchi g’oyalarni inkor etdi va atom tuzilishining planetar modelini taklif etdi 1875-yilda fransuz olimi Lekok de Buabadron galliy elementini kashf etdi 1879-yilda skandinav olimi Nilsen skandiy elementini kashf etdi 1886-yilda nemis olimi K.Vinkler germaniy elementini kashf etdi Er-xotin V.Noddak va I.Noddaklar reniy elementini kashf etdi 1896-yilda fransuz olimi A.Bekkerel uran tuzlaridan rentgen nurlariga o’xshash nurlar chiqishini aniqladi 1898-yilda fransuz olimlari Mariya Skladovskaya-Kyuri bilan Pyer Kyurilar radiometric usul bilan radiy va poloniy elementlarini kashf etdilar 1899-yilda Rezerford radioaktiv nurlarni o’rganish davomida bu nurlarni uch qismga: nurlarga ajratdi 1900-yilda fransuz olimi P.Uilard -nurlarini aniqlab, bu nurlar elektromagnit to’lqinlar ekanligini isbotladi 1934-yilda Fredrik Joliyo-Kyuri va Iren Kyuri sun’iy radioaktivlikni kashf etdilar 1887-yilda shved olimi Svante Arrenius nima uchun elektrolitlarning suvdagi eritmasi yoki suyuqlantirilgani elektr tokini o’tkazadi, aksincha, elektrolitmaslarning suvli eritmalari elektr tokini o’tkazmaydi? Degan savolga o’zining elektrolitik dissotsialanish nazariyasida javob bergan 1962-yilda XeF4 olinishi bilan ularning ba’zi kislorodli va ftorli birikmalarini sintez qilib olish imkoniyati vujudga keldi Fosforni akademik A.Yu.Fersman “Hayot va tafakkur elementi” deb atagan 1840-yilda nemis kimyogari Yu.Libix “Kimyoning dehqonchilikka tadbiqi” kitobida o’simliklarning oziqlanishi uchun N,P,K elementlarini tutgan tuzlar va shuningdek, boshqa elementlar tutgan moddalar zarur ekanligini tushuntirib bergan I.R.Asqarov va Sh.M.Qirgizov tarkibida temir saqlovchi “Ferrostimulyator”lar ixtiro qilgan bo’lib, o’simliklarning o’sishiga ijobiy ta’sir etuvchi biologic faol moddalar sifatida amaliyotga tatbiq etilgan X.T.Sharipov oltin,platina,molibden,volifram kabi qimmatbaho metallarni chiqindilardan ajratib olishtexnologiyasini ishlab chiqqan va metallurgiya sanoatida amaliyotga joriy etilgan …………………………………9-sinf……………………………………… 751 yilda Samarqandda qog’oz ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan 1997-yili I.R. Asqarov va T.T. Risqiyevlar “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” ixtisosligi kimyo fanlari tizimiga kiritildi. IX asr oxiri X asr boshlarida Abu ar-Roziy moddalarni o’simlik, hayvon va minerallardan olinishi asosida sinflagan XVIII asrda 30 tacha element ma’lum edi XIX asrda 60 dan ortiq element ma’lum bo’ldi 1620-yilda A. Sala erituvchilarni suvli, kislotali,yog’li sinflarga ajratdi 1869-yili rus olimi D.I. Mendeleyev sistemalashtirish muommosini muvaffaqiyatli hal qildi 1718-yili E.Joffrua moddalarning o’xshashlik jadvalini tuzdi XIX asrda atom kimyoviy reaksiyalarda o’zgarishga uchramaydigan zarra deb hisoblangan 1895-yili nemis olimi K.Rentgen X-(rentgen) nurlarini ochilishi 1896-yili fransuz olimi A.Bekkerel radioaktivlikning ochilishi 1897-yili ingiliz olimi J.Tomson elektronning ochilishi 1913-yili ingiliz olimi D.Mozli atom yadrosi zaryadining elementning davriy sistemadagi tartib raqamiga tengligi 1932-yili rus olimlari D.D.Ivanenko va E.N.Gapon hamda nemis olimi V.Geyzenberg yadro tuzilishi proton-neytron nazariyasining yaratilishi 1837-yili B.S.Yakobielektroliz yordamida relyefli buyumlardan nusxa olish GALVANOPLASTIKA deb ataladi XVIII asrda fransuz vrachi L.Leblan soda ishlab chiqarishning “sulfat usuli”ni ishlab chiqqan: NaClNa2SO4Na2SNa2CO3 1824-1828 yillari nemis olimi F.Veler oksalat kislota va mochevinani sintezlagan 1832-yili rus olimi N.N.Zinin Anilin sintezi 1848-yili nemis olimi G.Kolbe va ingiliz olimi Franklend sirka kislotasi sintezi 1854-yili fransuz olimi M.Bertlo sun’iy yog’simon modda sintezi 1861-yili rus olimi A.M.Butlerov shakarsimon modda sintezi 1827-yilda shved kimyogari I.Ya.Berselius organik birikma va organik kimyo tushunchalarini kiritgan 1858-1861-yillarda rus olimi A.M.Butlerov Parij va Shpeyer(1861-yil 16-sentabr) shaharlarida kimyoviy tuzilish nazariyasi asoslariga doir ma’ruza qilgan 1823-yilda Yu.Libix va F.Vyoller tomonidan izomeriya hodisasi ochildi 1876-yilda J.Dyuma va P.Buley tomonidan organic moddalarni radikallar asosida birinchi tuzilish nazariyasi taklif etildi 1858-yili E.Franklend elementlar valentligini ochilishi 1857-yili A.Kekule uglerodning to’rt valentliligi aniqlanishi 1857-yili A.Kuper, A.Kekule uglerod atomlarining bir-biri bilan bog’lana olish qobiliyatining aniqlanishi 1858-yili A.Kuper atomlarning ulanish kimyoviy kuchini belgilash ushun valentshtrixining kiritilishi 1860yili Karlsruedagi xalqaro syezd “atom” va “molekula” tushunchalarining aniqlashtirilishi va ajratilishi 1867-yilda A.M.Butlerov izobutanni sintez qilib oldi 1931-yilda L.K.Poling metandagi C―H bog’larning barchasi shakl, energiya va to’g’ri tetraedr uchlariga yo’nalish bo’yicha bir xil tasdiqlangan. 1881-yilda rus olimi M.G.Kucherov asetilenga suv biriktirib(Hg tuzlari ishtirokida) sirka aldegid olgan 1865-yilda nemis olimi A.Kekule benzol uchun oddiy va qo’shbog’lar navbatlashib keladigan olti a’zoli halqa tuzilishini taklif qildi 1854-yili fransuz olimi M.Bertlo glitserin va yog’ kislotalaridan eterifikatsiya orqali yog’ oldi 1811-yilda rus kimyogari K.S.Kirxgof kraxmalni gidrolizlab glukoza olgan 1842-yilda rus olimi N.N.Zinin anilinning olinishi nitrobenzolni qaytarishga asoslangan 1869-yilda D.I.Mendeleyev tomonidan davriy qonun ta’riflangan vaqtda 63 ta kimyoviy element mavjud edi ………………………..S.Masharipov ………………. XX asr oxirlarida geokimyo, bioanorganik, bioorganic kimyo va biokimyo fanlari vujudga keldi. XVII asrning o’rtalariga kelib M.V.Lomonosov atom-molekulyar ta’limotning asosiy qoidalarini ishlab chiqdi XIX asr o’rtalarida J.Dalton elementlarning atom massalari haqidagi tushunchani fanga kiritgan Rus kimyogari A.P.Vinogradov Yer po’stlog’ining o’rtacha kimyoviy tarkibi jadvalini tuzdi 1748-yilda M.V.Lomonosov “tabiatda sodir bo’ladigan har qanday o’zgarishning mohiyati shundaki, biror jismdan qancha miqdor kamaysa, ikkinchi jismga shuncha miqdor qo’shiladi. Demak, materiya biror joyda kamaysa, ikkinchi o’rinda ko’payadi”(massaning saqlanish qonuni). N.S.Kurnakovning taklifiga ko’ra, O’zgarmas tarkibli birikmalar daltonidlar, o’zgaruvchan tarkiblilari―bertollidlar deb ataladi Italiyan olimi Boyl-Mariott barcha gazlar bir xilda siqilishini aytgan Gey-Lyussak termik kengayish koeffitsiyenti bir xilligini aytgan 1811-yilda Avogadro qonun yaratdibir xil sharoit(bir xil bosim va temperaturada) teng hajmdagi turli gazlarning molekulalari soni teng bo’ladi 1875-yilda Lekok de-Buabadron galliy elementini kashf etadi 1879-yilda Nilson skandiy elementini kashf etadi 1886-yilda Vinkler germaniy elementini kashf etadi 1869-yil D.I.Mendeleyev taklif etgan kimyoviy elementlar davriy sistemasining birinchi variant uzun shakldagi variant deyiladi 1870-yil dekabr oyida u davriy sistemaning ikkinchi variantini-qisqa shakli deb atalgan variantini e’lon qildi 1962-yilda nodir gazning birinchi kimyoviy birikmasi-ksenon tetraftorid XeF4 olindi 1911-yilda Rezerford atom tuzilishining yadro modelini taklif qilib, α-zarrachalarning sochilishini tushuntirib berdi 1932-yilda rus olimlari D.D.Ivanenko va E.N.Gapon yadro tuzilishining proton-neytron nazariyasini yaratdilar 1919-yilda Rezerford azot atomlarining yadrolarini α-zarrachalar bilan bombardimon qilib, birinchi marta sun’iy ravishda yadro reaksiyasini amalga oshirdi J.Chedvik yadro reaksiyasi yordamida neytronni ochishga muvaffaq bo’lgan 1925-yili Geyzenberg Noaniqlik prinsipini yaratdi N.Bor kvant mexanikasi elementlarini qo’llab, atomning ele1ctron tuzilishi to’risidagi model o’rniga planetar modelni taklif etdi 1922-yilda vengr kimyogari D.Xeveshi bilan golland fizigi D.Koster Norvegiyada gafniy elementini kashf etdi V˚ant-Goff qoidasitemperatura har 10˚C ga ko’tarilganda, reaksiya tezligi 2-4 marta ortadi N.N.Semenov zanjir raksiyalar sohasida juda muhim tekshirishlar olib bordi Le-Shatelye prinsipikimyoviy muvozanat holatida turgan sistemada tashqi sharoitlardan biri(temperature,bosim yoki konsentratsiya) o’zgartirilsa, muvozanat tashqi ta’sirni kamaytiruvchi reaksiya tomoniga siljiydi 1887-yilda S.Arrenius elektrolitik dissotsalanish nazariyasini taklif etdi 1923-yilda daniyalik olim olim Brensted bilan ingiliz olimi Louri suyuq vodorod ftoridda yoki suvsiz sulfat kislotada eritilgan nitrat kislota asos sifatida ta’sir etadi. Bu dalillar elektrolitik dissotsialanish nazariyasiga mos kelmaydi 1852-yilda E.Franklend valentlik atamasini fanga kiritdi 1772-yilda Sheyele kislorodni olgan 1774-yilda Pristli kislorodni olgan 1905-yilda Norvegiyada elektr yoyi usulida havodan nitrat kislota olish L.L.Andreyev sanoatda ammiakni oksidlab, nitrat kislota olish usulini kashf etgan 1865-yilda rus olimi N.N.Beketov metallarning elektrkimyoviy kuchlanish qatorini yaratdi 1881-yilda P.Jonson va L.Teylor borning vodorodli birikmalari―boranlar(bor gidridlari) ni olgan A.M.Butlerov kimyoviy tuzilish nazariyasining hozirgi zamon ta’rifi”murakkab zarrachaning kimyoviy tabiati uning tarkibiga, kimyoviy, electron va fazoviy tuzilishiga bog’liq”. 1892-yilda Shveysariyaning Jeneva shahrida Jeneva(sistematik) nomenklatura kimyogarlarning xalqaro kengashida qabul qilingan 1957-yilda Parij shahrida kimyogarlarning syezdida bu nomenklatura qayta ishlab chiqilgan va o’zgarishlar kiritilgan. 1855-yilda Vyurs to’yingan uglevodorod galogenli hosilalariga aktiv metall ta’sir ettirib, alkan olgan. 1888-1889-yilda M.I.Konovalov nitrolash―suyultirilgan nitrat kislota bilan to’yingan uglevodorodlar yuqori bosim ostida qizdirilganida(140˚C)uglevodoroddagi vodorod atomi nitrat kislota qoldig’i―NO2 bilan almashadi va suv ajralib chiqishi natijasida nitrobirikma hosil bo’ladi 1881-yilda Kucherov asetilenga simob tuzlari ishtirokida suvni biriktirib sirka aldegidi olgan. 1928-yilda Lebedov yuqori Temperaturada(425-450˚C) etil spirtdan katalizator(MgO,ZnO,Al2O3) ishtirokida butadiyen-1,3ni oldi Zinin aromatic nitrobirikmani H2 yoki ammoniy sulfid yordamida qaytarib aminobirikma hosil qilgan 1856-yilda Bertolle birinchi marta metanni uglerod sulfid bilan vodorod sulfid aralashmasini qizdirilgan mis ustidan o’tkazib hosil qildi 1897-yilda 1200˚C da to’g’ridan to’g’ri uglerodga vodorod ta’sir ettirib, metan olish yo’li topildi Besh va olti a’zoli sikloalkanlar birinchi marta neftdan ajratib olingan va Moskva universitetining professori V.V.Markovnikov tomonidan o’rganilgan Asetilen qatoridagi uglevodorodlar izomerlanishini A.E.Favorskiy kashf etgan N.D.Zelinskiy va B.A.Kazanskiy usuli3HC≡CHC6H6 1865-yilda nemis kimyogari Kekule dastlab benzol molekulasining tuzilishini aks ettiruvchi formulani taklif etgan N.D.Zelinskiy ba’zi bir nav neftdan ajralib chiqadigan siklogeksandan benzol hosil bo’lishini isbotladi 1927-yilda N.D.Zelinskiy asetilen 450-500˚C da aktivlangan ko’mir ustidan o’tkazib benzol olgan 1906-yili A.E.Favorskiy dioksanni birinchi marta sintez qilgan RNK va DNK larning tuzilishi Severo Ogao va Kornberglarning fermentativ sintezidan keyin tasdiqlandi DNK ning tuzilishini aniqlash 1970-yillarda Korana sintezi bilan amalga oshirildi, ba’zi bir genlar V.A.Engelgart labaratoriyasida fermentative usulda sintez qilindi 1953-yilda J.Uotson va F.Krik DNK molekulasi umumiy o’q atrofida o’ralgan ikkita spiralsimon tuzilgan uzun polidezoksiribonukleotid zanjirlaridan iborat degan 1851-yilda piridin birinchi marta suyak moyidan, keyinchalik toshko’mir smolasidan ajratib olingan Download 23.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling