Kimyoviy ekvivalent


Download 72 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi72 Kb.
#214762
Bog'liq
kimyoviy ekvivalent {xxx}



KIMYOVIY EKVIVALENT

NAMUNA: 1-SAVOL: 3 g ikki valentli metal yonganda uning 5 g oksidi xosil bo’ldi. Qanday metal olingan? a) kaliy b) natriy c) alyumniy d) magniy e)kalsiy

2-SAVOL: HBrO3, Br2, KBr, KBrO3 birikmalaridan bromning ekvivalentlari tog’ri keltirilgan qatorni belgilang. a) 16;80;80;11,42 b) 80;80;80;80 c) 5;1;1;7 d) 80;160; 240;80



1. Ikki valentli metallning ekvivalent massasi 32g/molga teng. Shu metal hosil qilgan oksidning ekvivalent massasini hisoblang ?

A) 68,5 B) 20 C) 28 D) 30 E) 40

2. Massasi 3,405 g bo’lgan metalldan uning 3,805 g oksidi hosil bo’lsa, oksidlanish darajasi +3 bo’lgan metallni aniqlang.

a) xrom b) temir c) alyuminiy d) marganes e) talliy

3. 14 g metallni havoda yondirilganda uning 20 g oksidi hosil bo’ldi. Metal ekvivalentini va oksid formulasini toping. a) 17,33; Cr2O3 b) 32; CuO c) 18,66; Fe2O3 d) 9; Al2O3 e) 28; FeO

4. 4,56 g magniy yonganda 7,56 g magniy oksidi hosil bo’ldi. Magniyning ekvivalentini aniqlang.

a) 20,16 b) 1,71 c) 12,16 d) 5,26 e) 13,26

5. 34,54 g metal kislorod bilan o’zaro ta’sirlashganda 38,54 g oksid hosil bo’ladi. metal va metal oksidning ekvivalentini aniqlang.

a) 69,08;77,08 b) 15,7;7,1c) 7,1; 15;1 d) 69,08;61,08 e) 8,92;16,92

6. Magniy metalining 1 gr yondirish uchun 462 ml (n.sh) kislorod kerak. Magniyning ekvivalentini toping. a) 6,6 b) 36 c) 12,12 d) 24,24 e) 24

7. 3 massa qismi magniy 2 massa qismi kislorod bilan birikadi. Magniyning ekvivalentini toping.a) 12 b) 20 c) 24 d) 6 e) 48

8. 2 g to’rt valentli element 0,378 litr (n.sh) kislorodni biriktirsa, shu elementni va uning ekvivalentini toping.

a) Pb; 51;75 b) N;2,5 c) Sn; 29,63 d) S; 8 e) C;3

9. Normal sharoitda 10 g metal 1 litr xlor bilan to’la reaksiyada qatnashadi. Metallni va uning valentligini aniqlang.

a) Fe, 2 b) Cr, 3 c) Fe, 3 d) Cr, 2 e) Ti, 1

10. 163 g 10% li kislota eritmasini neytrallash uchun 20 g NaOH sarf bo’ldi. Kislotaning ekvivalenti nechaga teng.

a) 68,0 b) 32,6 c) 49,0 d) 36,5 e) 41,0

11. 3,84 g kislotani neytrallash uchun 0,5 N kaliy ishqorining 60 ml hajmi sarf bo’lsa, kislota ekvivalentini hisoblang.

a) 63 b) 60,0 c) 32,7 d) 49,0 e) 128

12. Massasi 245 g bo’l.gan 10% li kislota eritmasini neytrallash uchun 20 g NaOH sarf bo’ldi. Kislota ekvivalentini aniqlang. a) 49,0 b) 32,6 c) 63,0 d) 36,5 e) 11,0

13. Hajmi 100 ml bo’lgan 0,1 molyarli ortofosfat kislota eritmasini neytrallash uchun hajmi 450 ml (n.sh) bo’lgan ammiak sarf bo’lgan. Ammiakning ekvivalenti 17 bo’lsa, shu reaksiyada kislotaning ekvivalent qiymatini toping. a) 147,0 b) 98,0 c) 32,7 d) 49,0 e) 196,0

14. 1,23 g fosfit kislotani neytrallash uchun 0,03 mol kaliy gidroksid sarf bo’ldi. Kislotaning ekvivalentini aniqlang.

a) 20,5 b) 32,8 c) 41 d) 49 e) 27,33

15. 0,1 litr ortofosfat kislotaning 0,1 mol/l eritmasini neytrallash uchun 448 ml (n.sh) ammiak sarflandi. Kislota ekvivalentini aniqlang. a) 98 b) 39,2 c) 49 d) 24,5 e) 32,67

16. 40,8 g alkilatsetat gidrolizi natijasida hosil bo’lgan kislotani neytrallash uchun 800 ml 0,5 molyarli kaliy gidroksid eritmasi sarflansa, murakkab efir(lar) nomini aniqlang.

a) 2,3 b) 1 c) 1,4 d) 3

17. 1,575 g kislotani neytrallash uchun uchun 1 g natriy gidroksid sarflandi. Kislotaning ekvivalent molyar massasini toping?

a) 63,0 b) 98 c) 64 d) 49,0 e) 1,5

18. 1,47 g fosfat kislota H3PO4 ni neytrallash uchun 1,2 g natriy ishqoriy sarflandi. Bunda qanday tuz xosil bo’lganligini va uning massasini toping. a) NaH2PO4 2,49 b) NaH2PO4 1,95

c) Na3PO4 4,4 d) Na3PO4 2,46 e) Na2PO4 2,13

19. 0,46 g ikki asosli organik kislotani neytrallash uchun KOH ning 0,2 M eritmasidan 35 ml sarf bo’lgan. Kislotaning molyar massasini toping? a) 180 b) 105 c) 110 d) 131 e) 115

20. 1,47 g fosfat kislota H3PO4 ni neytrallash uchun 1,8 g natriy ishqori sarflandi. Bunda qanday tuz xosil bo’lganini va uning massasini (g) toping. a) Na3PO4 2,46 b) NaH2PO4 2,49

c) Na2HPO4 2,13 d) Na3PO4 4,4 e) NaH2PO4 1,95 21. Ekvivalenti 12,16 ga teng bo’lgan magniyning 24,32 gr bilan 98.08 g sulfat kislota reaksiyaga kirishadi. Sulfat kislotaning ekvivalentini toping. a) 98,06 b) 8,46 c) 49,04 d) 24,57 e) 4,8

22. Alyuminiy digidroksoxloridning xlorid kislota bilan ekvimolyar nisbatda olingan reaksiyasi natijasida hosil bo’lgan tuzning ekvivalent massasini (g/mol) hisoblang. a) 44,5 b) 48,25

c) 32,2 d) 24,12 e) 96,5

23. Alyuminiy digidroksoxlorid va xlorid kislota o’zaro ekvimolekulyar nisbatda reaksiyaga kirishdi. Reaksiyaga kirishgan alyuminiy tuzining ekvivalent massasini (g/mol) hisoblang.

a) 48,25 b) 72,6 c) 32,2 d) 24,12 e) 96,5

24. Kalsiy gidroksid ortofosfat kislota bilan ekvimolekulyar nisbatda reaksiyaga kirishadi. Tuzning molyar massasini (g/mol) aniqlang

a) 310 b) 45,3 c) 68,0 d) 51,67 e) 27,2

25. To’rt valentlik elementdan hosil bo’lgan 3,9 g ikki negizli kislotadan uning 2,77 g angidridi xosil bo’ldi. Qaysi kislota olingan?

a) germanat b) silikat c) titanat d) karbonat e) sirkonat

26. Kislota angidridining massa ulushi 87,6% ni tashkil etsa, shu kislota formulasini toping.

a) H2PoO4 b) H2WO4 c) H2TeO4 d) H2SO4 e) H2SeO4

27. Metal oksidida metallning ekvivalent massasi kislorodning ekvivalent massasidan 4 marta katta. Oksidning massasi metallning massasidan necha marta katta? a) 3 b) 2,5 c) 2 d) 1,5 e) 1,25

28. Agar kislotaning ekvivalent massasi 49,g/mol bo’lsa, natriy gidroksidni ortofosfat kialota bilan neytrallanganda qanday tuz hosil bo’ladi? 1) natriy ortofosfat 2) natriy digidrofosfat 3) natriy gidrofosfat a) 3 b) 2;3 c) 2 d) 1 e) 1;2;3

29. Natriy gidroksidning ortofosfat kislota bilan neytrallanish reaksiyasida kislotaning ekvivalent massasi 32,66 g/mol bo’lsa, qanday tuz hosil bo’ladi? 1) natriy fosfat 2) natriy gidrofosfat 3) natriy digidrofosfat a) 2;3 b) 3 c) 2 d) 1 e) 1;2;3

30. Tarkibida 15,79% uglerod va 84,21% oltingugurt bo’lgan birikmadagi oltingugurtning valentligi va ekvivalentini toping

a) VI; 5,33 b) VI;8 c) II;16 d) IV;16 e) IV;8

31. To’rtinchi gurux elementlaridan birining kislorodli birikmasi tarkibida 53,3% kislorod borligi aniqlangan bo’lsa, shu elementning nomi nima? a) kremniy b) uglerod c) qalay d) germaniy

32. Olti valentli element oksid tarkibida 33,3% kislorod bor. Shu elementni aniqlang. a) Cr b) S c) Mo d) Se

33. Besh valentli element oksidi tarkibida 74,07% kislorod bor. Element atomining absolyut massasini (kg) aniqlang.

a) 2,34*10-26 b) 14 c) 31 d) 75 e) 1,67*10-27

34. Mis (II)-xlorid tarkibida 47,26% mis bor. Mis ekvivalentini aniqlang. a) 39,61 b) 31,81 c) 67,3 d) 75,1 e) 135

35. Qalay xlorid tarkibida 37,4% xlor bo’lsa, qalay xloridning formulasini aniqlang. a) SnCl4 b) SnCl c) SnCl2

d) SnCl5 e) SnCl3

36. Simob oksidi tarkibida 92,6% metal bor. Simobning ekvivalentini aniqlang. a) 200 b) 104 c) 216 d) 100 e) 208

37. Alyuminiy xlorid tarkibida 20,2% Al va 79,8% Cl bor. Alyuminiyning ekvivalentini aniqlang a) 3 b) 27 c) 44,5 d) 9 e) 4,9

38. Vodorodli birikmasining formulasi HE bo’lgan elementning yuqori oksidi tarkibida 61,2% kislorod bor. Bu qaysi element?

a) xlor b) asetat c) ftor d) yod e) brom

39. Tarkibida 30% kislorod bo’lgan oksid tarkibidagi metalning ekvivalent moyar massasini aniqlang.a) 20 b) 18,67 c) 17,67d) 9 e)19

40. Cl2 HClO3, AlCl3, HClO4 birikmalardagi xlorning ekvivalentlari to’g’ri keltirilgan qatorni belgilang. a) 71;11,83;44,5;7,1

b) 35,5;35,5;35,5;35,5 c) 71;35,5;9;17,75 d) 35,5;11,83;35,5;5,07

41. H2S, SO2, SO3 birikmalardagi oltingugurtning ekvivalentlari keltirgan qatorni toping a) 63,0 b) 98 c) 64 d) 49,0 e) 1,5

42. Xlorning ekvivalent massasi 11,8 g/mol bo’lgan modda formulasini toping. a) HClO4 b) HCl c) HClO d) HClO3 e) HClO2

43. Xlorning ekvivalent massasi 35,5 g/mol bo’lgan birikmalarini aniqlang. 1) HCl 2) HClO 3) HClO3 4) HClO4 5) HClO2

a) 1,4 b) 4,5 c) 2,3 d) 1,2 e) 1,2,3,4,5

44. 2,5 g 2 valentli metal karbonatga nitrate kislota tasir ettirilganda 4,1 g Me nitrate hosil bo’ldi. Bu qaysi metal?

a) Fe b) Mg c) Co d) Ca e) Cu

45. 4,8 gr metal suyultirilgan sulfat kislotada erib, metal (II)-sulfat tuzini va 4,48 litr vodorodni hosil qildi. Bu qanday metal?

a) Cr b) Ca c) Mn d) Zn e) Mg

46. 5 g ikki valentli noma’lum metal karbonati nitrate kislota bilan reaksiyaga kirishib 8,2 g metal nitrate hosil qildi. Metalning nisbiy atom massasini hisoblang. a) 40 b) 20 c) 24 d) 64

47. 16,8 gr metallni eritish uchun 0,15 mol sulfat kislota sarflandi. Metallning ekvivalentini va reaksiya natijasida ajralib chiqqan vodorodning hajmini (1.n.sh.) toping. a) 20, 5, 6 b) 3,25, 5,04 c) 56, 3, 36 d) 9,11,2 e) 28,4,48

48. Ikki valentli element oksidining 4,0 g ni eritish uchun 0,1 mol xlorid kislota sarflandi. Qaysi metal oksidi olingan? a) magniy oksid b) rux oksid c) kalsiy oksid d) berilliy oksid e) mis (II)-oksid

49. Massasi 4,0 g bo’lgan ikki valentli element oksidini eritish uchun xlorid kislotaning 29,2% li eritmasidan 17,8 g sarflandi. Eritish uchun qaysi element oksaidi olingan? a) bariy b) magniy

c) temir d) kalsiy e) berilliy

50. 8,43*103 kg metalni eritish uchun 5% li sulfat kislota eritmasidan 0,147 kg sarflandi. Metalning ekvivalenti hamda ajralib chiqqan vodorod hajmini (l.n.sh) hisoblang. a) 9;1,68 b) 56,2; 1,68 c) 20;1,372 d) 52; 1,372 e) 18,6; 0,58

51. Metallarni ekvivalenti 56,2 ga teng. shu metall oksidi tarkibida qancha (%) metall borligini hisoblab toping.

a) 93,27 b) 79,95 c) 87,54 d) 83,76 e) 65,82

52. Metal gidridi tarkibida 4,76% vodorod bo’lsa, metalning ekvivalentini aniqlang. a) 12,15 b) 40 c) 10,35 d) 3 e) 20

53. Metal gidridi tarkibida 4,76% vodorod bo’lsa, metalning ekvivalentini aniqlang. a) 20 b) 10,35 c) 3 d) 12,15

54. Oltinchi gurux elementining vodorod bilan hosil qilgan birikmasi tarkibida 5,9% vodorod bor. Birikmaning molyar massasini toping.

a) 34 b) 52 c) 28 d) 32 e) 79

55. Beshunchi gurux elementining vodorod bilan hosil qilgan birikmasi tarkibida 3,85% vodorod bor. Birikmaning molyar massasini toping? a) 78 b) 54 c) 75 d) 124 e) 34

56. Mis (II)-xlorid tuzining ekvivalentini aniqlang.

a) 49,75 b) 22 c) 135 d) 67 e) 67,5

57. Uglerod (IV)-oksididagi uglerodning ekvivalentini aniqlang.

a) 3 b) 22 c) 2 d) 6 e) 4

58. Yuqori oksidi R2O7 bo’lgan qaysi elementning vodorodli birikmasida 1,23% vodorod bo’ladi? a) brom b) selen c) ftor d) yod e) xlor

59. Yuqori oksidi E2O7 bo’lgan elementning vodorodli birikmasida 0,78% vodorod bo’lsa, bu qanday element

a) marganes b) yod c) xlor d) brom e) ftor

60. Yuqori oksidi RO3 bo’lib uning vodorodli birikmasida 2,47% vodorod bo’lsa, bu qaysi element? a) Te b) P c) S d) Cr e) Se

61. Eng yuqori oksidi E2O3 formulaga ega bo’lgan, gidrididagi vodorodning massa ulushi 3,85% vodorodli birikma xosil qiladigan element nomini toping.a) As b) Sb c) Bi d) P e) N

62. yuqori oksidi EO3 formulaga ega bo’lgan va vodorod bilan 2,47% vodorodli birikma hosil qiladigan element nomini toping

a) Se b) S c) Po d) Te

63. Quyida berilgan metallardan 100 g dan olib suvga tashlansa, qaysi biri suvdan ko’proq miqdorda (mol) vodorodni siqib chiqaradi?

a) kaliy b) natriy c) litiy d) alyuminiy

64. Quyida berilgan metallardan bir moldan olib suvga tashlansa, qaysi biri suvdan ko’proq miqdorda (mol) vodorodni siqib chiqaradi? a) kaliy b) natriy c) litiy d) alyuminiy

65. 9,95 g metal (II)-oksiddan vodorod ta’sirida 5,97 g sof metal olindi. Reaksiyaga qaysi metalning oksidi olingan edi va bunda qancha hajm (l.n.sh) vodorod reaksiyaga kirishgan?

a) Cd, 2,5 b) Ni 1,5 c) Mg 5,5 d) Fe 2 e) Ca 1,5

66. 14,4 g ikki valentli metal oksidi vodorod ta’sirida qaytarilganda 11,2 g metal olindi. Metalni aniqlang. a) Fe b) Zn c) Cu d) Ni e) Mg

67. 8 g metal oksidni qaytarish uchun 2,24 litr (n.sh) vodorod sarf bo’lgan. Oksidning formulasini topinga) FeO b) ZnOc) NiO d)СuO

68. 25,2 g temir kukuni qizdirib yetarli miqdorda suv bug’I yuborilganda 1,2 g vodorod ajralsa, hosil bo’lgan maxsulotning kimyoviy formulasini aniqlang. a) Fe2O3 b) FeO c) FeO4 d) Fe3O4

69. 25 g metal oksidni qaytarish uchun 1,345 g uglerod sarflandi. Hosil bo’lgan metal ishqorda eritilganda vodorod ajralib chiqdi. Metal oksidni aniqlang. a) CaO b) Li2O c) K2O d) NiO e) PbO

70. 5 g metal oksid vodorod yordamida qaytarilganda 0,625 g suv olindi. Metallning ekvivalent massasini (g/mol) aniqlang, u qanday oksid xosil qiladi? a) 10,2; V2O5 b) 30,67; WO3 c) 8,67; CrO3 d) 64; Cu2O e) 32; CuO

71. 10 g metal oksidni qaytarish uchun 1,345 g uglerod sarflandi. Hosil bo’lgan metal ishqorda eritilganda vodorod ajralib chiqdi. Metal oksidni aniqlang. a) Fe3O4 b) CrO c) Fe2O3 d) Cr2O3 e) FeO

72. 2,14*10-3 kg metal kislotadan 2*10-3 m3 (n.sh) vodorodni siqib chiqardi. Metalni ekvivalentini aniqlang

a) 18,1 b) 52 c) 11,98 d) 20,1 e) 56,2

72. Ekvivalenti 27,9 ga teng bo`lgan metallarning ma’lum miqdordagi kislotaga ta’sir etishidan 0,7 litr (n.sh) vodorod ajralib chiqdi. Reaksiyada ishtirok etgan metallarning massasini (g) toping.

a) 1,83 b) 1,91 c) 1,74 d) 1,57 e) 1,65

73. 8,0 g ikki valentli metal suv bilan reaksiyaga kirishganda 4,48 litr (n.sh) gaz ajralib chiqdi. Metal atomining absolyut massasini (kg) toping.

a) 4*10-26 b) 1,1*10-26 c) 6,7*10-27 d) 6,7*10-26 e) 4*10-27

74. 0,64 g metalning suv bilan o’zaro ta’sirlashuvidan 183,7 ml vodorod ajralib chiqdi. Metalning ekvivalentini aniqlang.

a) 9 b) 20,03 c) 39 d) 31,25 e) 22,9

75. 2,1 g bir valentli metal suvdan 0,6 litr (n.sh) vodorodni siqib chiqardi. Bu qanday metal? a) kaliy b) natriy c) litiy d) mis e) fransiy

76. 2,1 g bir valentli metal suvdan 1,02 litr vodorodni siqib chiqardi. Bu qanday metal? a) mis b) kaliy c) fransiy d) litiy e) natriy

77. 1,91 g ikki valentli metal oksidi uglerod bilan qaytarilganda 191,8 ml (n.sh) is gazi va ….g metal hosil bo’ladi. a) 2,93 b) 1,12 c) 1,77 d) 2,19 e) 3,6

78. Mol miqdorda olingan suyuq sulfat kislota bilan massalari 1 g dan bo’lgan metal reaksiyada qatnashgan hosil bo’ladigan vodorod hajmi (n.sh) ortib borishi tartibini ko’rsating. 1) temir 2) magniy 3) natriy 4) rux 5) kalsiy a) 2,5,3,1,4 b) 2,3,5,1,4 c) 3,2,5,1,4 d) 4,1,3,5,2 e) 4,1,5,2,3

79. Reaksiya uchun qaysi metal olinganda uning 18 gramidan 50 g oksidi hosil bo’ladi? a) alyuminiy b) temir c) kalsiy d) magniy e) berilliy

80. 12 g metal oksidlanishidan 16,8 g oksid hosil bo’ldi. Qaysi metal oksidlangan? a) Fe b) Ba c) Ca d) K e) Al

81. IV gurux elementi xloridi va oksidi molekulyar massalari nisbati 7:2 ga teng. shu elementni aniqlang. a) qalay b) germaniy c) qo’rg’oshin d) uglerod e) kremniy

82. Ikki valentli metallarning 80 g karbonati parchalanishidan 21,31 CO2 (n.sh) ajraldi. Karbonat xosil qilgan metallni aniqlang.

a) kalsiy b) bariy c) magniy d) temir e) mis

83. Sakkizinchi gurux elementining 19 gr xlor bilan reaksiyaga kirishishi natijasida 0,318 mol xlorid xosil bo’lgan. Metalni aniqlang.

a) platina b) nikel c) osmiy d) temir e) palladiy

84. bir xil miqdordagi metal 0,4 g kislorodni yoki 0,95 g galogenni biriktirib olish mumkin. Galogenning ekvivalenti nimaga teng?

a) 80 b) 127 c) 35,5 d) 19 e) 71

85. Nomalum rangsiz eritma orqali mol miqdorda vodorod sulfide o’tkazildi. Natijada 23,9 g qora cho’kma ajratib olindi. Cho’kma mo’l vodorod peroksid bilan ishlanganda 30,3 g oq rangli modda xosil bo’ldi. Noma’lum eritmada qaysi metalning ioni va qancha massada bo’lgan? a) 0,1 Cu+2 b) 20,1 Zn+2 c) 20,7 Pb+2 d) 0,05 Cu+2 e) 0,1 Pb+2



86. 135,52 g metal sulfidning qizdirilishi natijasida olingan gaz kislorod bilan oksidlanib, suvda eritilganda 150,92 g kislota olindi. Agar metal ikki valentli bo’lsa, uning nomini ko’rsating. a) mis b) rux c) nikel d) temir

Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling