Kimyoviy texnologiya


Download 0.7 Mb.
bet1/7
Sana24.07.2020
Hajmi0.7 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT TO’QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI

KIMYOVIY TEXNOLOGIYA” KAFEDRASI



TOLALI MATERIALLARNI KIMYOVIY PARDOZLASH TEXNOLOGIYASI

fanidan

O’QUV – USLUBIY MAJMUA

8-semestr

Ta’lim sohasi:

320 000 – Ishlab chiqarish texnologiyalari


Ta’lim yo’nalishi:

5320400 - Kimyoviy texnologiya (to’qimachilik sanoati)

Toshkent – 2018

O’quv uslubiy majmua О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi 201__ yil “___” ____________dagi “______”-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Tolali materiallarni kimyoviy pardozlash texnologiyasi” fani dasturi asosida tayyorlangan.


O’quv uslubiy majmua Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat instituti Uslubiy kengashining 201_ yil “___” ____________dagi ___ - sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.

O‘quv-uslubiy majmua Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti “Kimyoviy texnologiya” kafedrasida bajarilgan




Tuzuvchilar:

Nabiyeva I.A. TTYeSI, “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor.



Shamukimova M.B. TTYeSI, “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi assistenti.

Taqrizchilar:


To’laganov A.R.

- TTYSI, “Kimyo” kafedrasi dotsenti, k.f.n.


Gulyamov U.M.

- “TEXTILE GROUP” MChJ korxonasi direktori.

MUNDARIJA


KIRISH……………………………………………………………………..

5

MA’RUZALAR MATNI…………………………………………………..

6

1-Ma’ruza. Tolali materiallarga gul bosishning umumiy masalalari.

6

2-Ma’ruza. Bevosita gul bosish texnologiyasi………………….………..

13

3-Ma’ruza. Aktiv bo’yovchi moddalar bilan gul bosish.………………

26

4-Ma’ruza. Kub bo’yovchi moddalar bilan gul bosish….…………..

31

5-Ma’ruza. Dispers va suvda erimaydigan azo bo’yovchi moddalar bilan gul bosish ………………………………………………………..…..


36

6-Ma’ruza. Pigmentlar bilan gul bosish………………………..…….…

39

7-Ma’ruza. Tezobli gul bosish……………………………………………

43

8-Ma’ruza. Zahirali gul bosish..…………………………………………

50

9-Ma’ruza Kub va kubozol bo’yovchi moddalar tagiga rangli zaxirali gul bosish……………………...…………………………………………...


54

10-Maruza. Yakunlovchi pardozlash………………...……………….

58

11-Ma’ruza. Ip-gazlamalarga yakunlovchi pardoz berish……………

61

12-Maruza. Kimyoviy pardozlash turlari………………………………

67

13-Maruza. Oqsil va kimyoviy tolali matolarga yakunlovchi pardoz berish……………………………………………………………………….


73

14-Ma’ruza. Matolarga pardoz berishning maxsus turlari……………

77

AMALIY MASHG’ULOTLAR……………..…………………………….

87

1-Mavzu. Tayyorlov jarayonini nazorat qilish usullari…...……………

87

2-Mavzu. Ishchi va to’yintiruvchi eritmalar konsentratsiyasi hisobi

89

3-Mavzu. Bo’yash eritmalari konsentratsiyalari hisobi…...……………

94

4-Mavzu. Uzlukli usullarda pardozlash jarayonlarini olib boorish texnologiyasi hisobi……………………………………………..…………


103

5-Mavzu. Uzluksiz usullarda pardozlash jarayonlarini olib boorish texnologiyasi hisobi……………………………………………..…………


108

6-Mavzu. Gul bosishda kimyoviy materiallar hisobi……..……………

115

7-Mavzu. Seriyali va kupyurli gul bosishdagi hisoblar…………………

119

LABORATORIYA MASHG’ULOTLAR………………………………….

125

1-Mavzu. Gul bosish boyogi va quyuqlovchi tayyorlashni organish. Aktiv bo’yovchi moddalar bilan gul bosish……….…………………

125

2- Mavzu. Kub bo’yovchi moddalar bilan turli usullarda gul bosish.

129

3- Mavzu. Dispers va azo bo’yovchi moddalar bilan gul bosish………..

132

4- Mavzu. Tezobli usulda gul bosish………….………………………….

135

5- Mavzu. Zaxirali usulda gul bosish…………………………….………

137

6- Mavzu. Pigmentlar bilan gul bosish……….…………………………..

141

7- Mavzu. Yakuniy pardoz berish………………………………………..

144

MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI………………………………………

147

GLOSSARIY………………………………………………………………..

152

ILOVALAR




Fanning namunaviy dasturi




Fanning ishchi dasturi




Tarqatma materiallar




Test savollari




Keyslar




Joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar uchun savollar




Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati……………………………………….

175

KIRISH

Ma’lumki, davlatimizning siyosati mahalliy xomashyolardan keng foydalanib, eksportbob mahsulot ishlab chiqarishga asosiy e’tibor berish. Tolali materiallar ishlab chiqarish uchun mamlakatimizda tolali xomashyo va kimyoviy vositalar yetarli.

О‘zbekiston mustaqillikka erishishdan oldin faqat mato ishlab chiqaruvchi “To’qimachilik kombinati” MCHJ mavjud edi. Hozirda to’qimachilik mahsulotlarini pardozlash sanoatida о‘ngga yaqin mat ova trikotaj ishlab chiqaradigan korxonalar faoliyat kо‘rsatmoqda.

Hozirda bu korxonalar tolali xomashyo sifatida paxta momig‘i va yog‘och sellyulozasidan foydalanadi. O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligida yiliga 3,5 million tonnadan ortiq paxta (xomashyo) yetishtirilmoqda. Paxta tozalash korxonalarida, paxta xomashyosini qayta ishlash jarayonida taxminan 3% gacha paxta momig’i hosil bo’ladi. Paxta momig’i kimyo va to’qimachilik sanoati uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi.

Mustaqil Vatanimizda yangi sanoat tarmog’i – pardozlash sanoati tobora yuksalib bormoqda. Mahalliy xomashyoni qayta ishlashga asoslangan bu sanoat tarmog’i samaradorligi yaqin 15 yil ichida bir necha marta ortdi. Ushbu sanoat tarmog’i rivoji uchun yetuk mutaxassislar tayyorlash uchun Toshkent Kimyo-texnologiya va Toshkent To’qimachilik va yengil sanoat institutlari qoshida maxsus kafedralari ochildi.

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ga muvofiq respublikamizda hozirgi zamon talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash uchun qulay imkoniyat yaratildi. Bu qarorda o’quvchilar elektron-hisoblash mashinalaridan foydalanish usullarini bilishlari, zamonaviy texnika hamda texnologiya apparatlarini chuqur o’rganishlari, ularni puxta egallab yetuk mutaxassis bo’lishlari zarur ekanligi qayd etilgan.

Shularni hisobga olgan holda yaratilgan ushbu o’quv-uslubiy majmua qog’oz mutaxassisligi bo’yicha bilim oluvchi magistrantlarga mo’ljallangan.


MA’RUZALAR MATNI

1 – MA’RUZA

______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

GUL BOSISH

Reja:


    1. Gul bosish haqida umumiy ma’lumotlar

    2. Quyultiruvchilar

    3. Gul bosish

Tayanch so’z va iboralar: Gul bosish, quyultma, bo’yoq

Gul bosish haqida umumiy ma’lumotlar. Gul bosishning bo’yashdan farqi shuki, bunda bo’yovchi modda mato yuzasining ayrim qismlariga gul sifatida tushiriladi. Gul bosish uskunalari, jarayon sharoitlari, bo’yovchi modda eritmasi tarkibi murakkabroq bo’lsa ham, lekin fizik-kimyoviy qonuniyatlar xuddi bo’yashdagidek o’tadi.

Matoga gul tushiruvchi aralashma bo’yoq deb ataladi va bo’yash eritmasidan o’zining quyuqligi bilan farq qiladi.Gul bosish bo’yog’i tarkibiga: bo’yovchi modda, quyultiruvchi va yordamchi moddalar kiradi.

Gul bosish uchun ishlatiladigan bo’yovchi moddalar to’qima materiallar yuzasida ravshan va mustahkam rang berishi lozim. Bu talablarga quyidagi sinf bo’yovchi moddalari javob beradi:

sellyulozali mahsulotlarga gul bosilganda - aktiv, kub, suvda erimaydigan azobo’yovchi moddalar va pigmentlar;

oqsil tolali mahsulotlar uchun - aktiv, kub, xromli, kislotali metallkompleks bo’yovchilar va pigmentlar;

atsetat va sintetik tolalar uchun - asosan, dispers bo’yovchi moddalar va pigmentlar, undan tashqari kislotali (poliamid tolalar uchun), kation (poliakrilonitril tolalar uchun), kub (viskoza va poliefir tolalar uchun) bo’yovchi moddalar ham qo’llanishi mumkin.



Quyultiruvchi - bu ko’p komponentli dispers sistema yoki suvda eruvchan tabiiy yoki kimyoviy polimerlar - quyuqlovchilar eritmasi bo’lib, bo’yovchi modda bilan cheksiz aralashib turg’un gul bosish bo’yog’i hosil qiladi. Quyuqlovchilarning sinflanishi 1-jadvalda keltirilgan.

Jadval 1.



Quyuqlovchilarning sinflanishi

Tabiiy

Kimyoviy

Emulsion

Noiogen

Anionli

Sun’iy

Sintetik




Polisaxaridlar:

kraxmal


karubin

guaran


poliuron kislota hosilalari: alginatlar kamedlar

tragant


Fizik modifikatsi-yalangan kraxmal, kraxmal va sellyuloza efirlari

Poliakrilonitril xosilalari: akrilonitril sopolimerlar, polivinil- spirt

«Moy-suvda»

«Suv-moyda»


Gul bosish uchun ishlatiladigan quyuqlovchilar quyidagi talablarni bajarmog’i lozim: mato yuzasiga ravon o’tish, gul chegara chiziqlarining aniqligi, gul bosish validagi naqshlarni yaxshi ho’llash va unda ushlanib qolish, gul bosish jarayonining turli sharoitlariga chidamlilik; ikki va undan ortiq bo’yoqning o’zaro tez aralashishi; mato yuzasidagi bo’yoq plyonkasining bo’kuvchanligi; oson yuviluvchanlik, rangning ravonligi, bo’yovchi modda bilan kimyoviy bog’lanmaslik.

Quyuqlovchilar polimer materiallarning chin yoki kolloid eritmalari bo’lib, makromolekulalar eritmada o’zaro ta’sirlanib ichki fazoviy qurilma hosil qiladi, ana shu makromolekulalar quyuqlovchilar deb ataladi. 2-jadvalda quyuqlovchilar to’g’risida ayrim ma’lumotlar keltirilgan.

Quyuqlovchilar va bo’yoqlarning texnik va fizik xossalari.

Texnik xossalari bu - gul bosish ravonligi, gul chegara chiziqlarining aniqligi, bo’yoqning mato qatlamiga kirishish chuqurligi, bo’yoqning naqshvand o’ymalaridan matoga o’tish qobiliyati, rang to’qligi, bo’yovchining bog’lanish darajasi. Fizik xossalari quyultmaning ichki fazoviy qurilishi - reologik xossalaridir. Gul bosish sifati bo’yoqning texnik va fizik (qurilma-mexanik) xossalari orasida bog’liqlikni to’g’ri topishni taqozo qiladi. Gul chegara chizig’ining yoyilib ketishi bo’yoq qovushqoqligining susayishi sababidandir. Bu hodisa esa o’z navbatida bo’yoq ichki qurilmasining mexanik ta’siri ostida buzilishiga bog’liqdir. Tashqi ta’sir olingandan so’ng yana o’z xossalarini tiklay olish qobiliyati uning tiksotropligi deyiladi. Faqat tiksotroplik xossasiga ega quyuqlovchigina gul bosishda ishlatiladi. Bo’yoq tarkibiga bo’yovchi va quyuqlovchidan tashqari yordamchi moddalar ham kiradi. Ularning tarkibi va miqdori bo’yovchi modda turiga bog’liq.

Quyuqlovchilar ichida eng ko’p qo’llaniladigani (90% dan ortiq) kraxmal va uning modifikatsiyalangan mahsulotlaridir.Buning sababi kraxmal arzon, olinishi oson va aktiv bo’yovchilardan tashqari barcha sinf bo’yovchilari uchun ishlatsa bo’ladi. Kimyoviy tuzilishi bo’yicha -d-glyukoza qoldig’idan iborat polimer; umumiy formulasi:{C6H7O2(OH)3}n. Kraxmal chiziqsimon tuzilishli amiloza (15-25%) va shoxchali tuzilishli amilopektin (75-85%) dan tashkil topgan. Kraxmalning qayishqoqligi past, shu sababli ko’pincha tragant bilan 1:1 nisbatda aralashma holida ishlatiladi; undan tashqari uzoq saqlab bo’lmaydi. Aktiv bo’yovchilar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishadi. Kraxmal suvda erimagani sababli kislota, oksidlovchi solib qaynatiladi. Kraxmalni temperatura, kislotalar ta’sirida va mexanik usulda modifikatsiyalab, pirodekstrinlar (termik usul), dekstrinlar (kislotali gidroliz) 150-2000C da o’ta maydalangan kraxmal (mexanik usul) lar olinadi. Dekstrinli quyuqlovchili bo’yoqlar yuqori qoplash qobiliyatiga ega, aniq chegarali gullar hosil qiladi, lekin quyuqlash xossalari past.

Jadval 2.



Quyuqlovchilar xossalari

Quyuqlovchi

Konsentra

siya %


Quyultma tarkibi

Ishlatilishi

Ayrim xossalar

Chidamli

Chidamsiz

Kraxmal

0-20

kraxmal,

xlorid kislota, suv



aktiv bo’yovchi-lardan boshqa barcha sinflar u-n




ishqorga saqlashga


Maydalangan kraxmal (solviteks)

12,0-12,5

Solvi-teks suv

-







Dekstrin

Gidrodekstrin



20

50


dektrin suv

-

saqlashga

ishqorga





Karboksimetil-kraxmal (KMS) (solvitozalar)

6-10

KMK

suv


-

elektrolit

kislotaga

ishqorga





Karboksimetil-sellyuloza (KMS)

6-8 (12)

KMS

suv


aktiv, kub, dispers, azoid

saqlashga

yuvishga ishqorga kislota Sa2+tuzlariga

Natriy alginat

4-8

alginat

ludigol


suv

-




ogir metal tuzlariga, kuchli ishqor

Kamedlar

25-30

kamed

suv


kationli, dispers, kislotali, kub

ishqor kislota

oksidlovchi silikatlar ogir metal tuzlari

Tragant

6-8,

10-12


tragant

suv


kub, kislotali, kationli, dispers

saqlashga

kuchli ishqorga yuvishga

Emulsion

90

moy, emul-gator, suv, stabilizat

pigment

kislotaga

elektrolit yong’inga

Kraxmalni eterifikatsiyalash natijasida ham suvda eruvchan karboksimetilkraxmal (KMK) olinadi. KMK yuqori quyuqlash qobiliyatiga ega, uzoq saqlasa bo’ladi, lekin kraxmaldan 2÷3 marta qimmat.

Sellyuloza efirlari ichida karboksimetillsellyuloza (KMS) natriyli tuz holida ishlatiladi, u yuqori quyuqlash qobiliyatga ega, sovuq suvda yaxshi eriydi, 500C dan yuqorida eruvchanligi susayadi.

Kamedlar ichida tragant ko’proq ishlatiladi, yaxshi quyuqlash xususiyati bor.

Emul’sion quyuqlovchilar moyni (velosin, mashina, vereteno yoki uayt-spirit) emulgatorning suvli eritmasi bilan yuqori tezlikda aralashtirish natijasida olinadigan ikki fazali sistemadirlar.Bu sistemaga emulgator- sirt aktiv moddadan tashqari yuqori molekulali stabilizator (natriy alginat, KMS va b.) qo’shiladi. Emulsion quyultmalar asosan pigmentlar bilan gul bosganda ishlatiladi. Kamchiligi yonuvchan bo’ladi.

Quyultmalar “sovuq” va “qaynoq” usulda tayyorlanadi. “Sovuq” usulda quyuqlovchi aralashtirilgan holatda kerakli suvning 1/3 qismiga sekin solinadi, 30-60 minut aralashtirib, so’ng qolgan suv qo’shiladi va suzib olinadi. Bu usul bilan natriy alginat, kraxmal va tragantdan boshqa quyuqlovchilar eritmasi tayyorlanadi.

“Qaynoq” usulning qaynatish harorati har bir quyuqlovchi uchun o’ziga xos bo’ladi. Quyuqlovchi 30-350C li suvga asta sekin sepib solinadi, bir jinsli massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi, so’ng aralashma kerakli haroratga ko’tariladi, to tayyor bo’lguncha shu haroratda aralashtiriladi, sovutilib suziladi. Yordamchi moddalar eritilgan holda quyuqlovchidan avval aralashmaga qo’shiladi.

Gul bosish bo’yog’i har bir sinf uchun tasdiqlangan tarkib bo’yicha “qaynatish” yoki “aralashtirish” usuli bilan tayyorlanadi.

”Qaynatish” usulida bo’yoq tarkibiga kiruvchi barcha moddalar aralashtirilib, aralashtirgich o’rnatilgan qozonlarda qaynatiladi. “Aralashtirish” usulida quyultma eritmasi alohida tayyorlanib, so’ng bo’yoq tarkibidagi boshqa moddalar eritmasi bilan aralashtiriladi, amalda ko’proq shu usuldan foydalaniladi, chunki tayyorlangan bo’yoq bir jinsli bo’lib chiqadi. Bo’yoq tarkibida bo’yovchi modda konsentratsiyasi eng yuqori bo’lsa, uni konsentrlangan (butun) bo’yoq deyiladi va 1/0 holida ko’rsatiladi. Maxrajdagi 0 butun bo’yoq tarkibida suyultiradigan quyultma yo’qligini ko’rsatadi. Ochroq ranglar olish maqsadida butun gul bosish bo’yog’ini quyultma bilan suyultiriladi, ya’ni kupyurlanadi. Suyultirish darajasi kupyur deyiladi va quyidagicha ifodalanadi: 1/2, 2/3 va boshqalar. Suratda butun bo’yoq ulushi, maxrajda tarkibida bo’yoq yordamchi moddalari bo’lgan bo’yovchisiz quyultma ulushi ko’rsatiladi.

Tayyor bo’lgan quyultma va bo’yoq turli suzgichlarda suziladi.Suzgichlar oddiy va vakuumli bo’lishi mumkin. Oddiy suzgichlarda bo’yoq yoki quyultma shyotka yordamida ezg’ilanib, elakdan o’tkaziladi. Vakuum suzgichda esa elakdan bo’yoq yoki quyultmaning qovushqoq eritmasi vakuum yordamida suzib olinadi.

Gul bosish. Bo’yash jarayonida sodir bo’ladigan bo’yovchi modda va tolali materiallar holati va ularning ta’sirini belgilovchi asosiy fizik-kimyoviy qonuniyatlar gul bosish jarayonida ham saqlanib qoladi. Lekin bo’yashdan farqli, matolarga gul bosishda bo’yovchi moddalarning eritmadagi diffuziyasi va ularning tola yuzasiga shimilishi o’z ma’nosini yo’qotadi. Mato yuzasiga gul holatida tushirilgan bo’yovchi modda quritish mashinasidan chiqqan quyuqlovchi molekulalari bilan molekulalararo bog’lanishlar yordamida maxkam ushlanib qoladi va quyuqlovchi plyonkasida qotib qoladi, uning tola ichiga diffuziyasi to’xtaydi. Bo’yash jarayonida sodir bo’ladigan va uzluksiz boradigan fizik-kimyoviy bosqichlar ketma-ketligi buziladi.

Quyuqlovchi plyonkasida qotib qolgan bo’yovchi moddani tola ichki qatlamlari tomon harakatlanishi uchun bo’yovchini o’z ichiga qamrab olgan plyonkasini yumshatish lozim. Shu maqsadda gul bosib quritilgan mato bug’lanadi yoki qizitiladi. Qaynoq bug’ yoki havo ta’sirida plyonkani yumshatishni osonlashtirish maqsadida gul bosish bo’yog’i tarkibiga yuqori harorat ta’sirida tola g’ovaklarida suyulib bo’yovchi modda diffuziyasini tezlatuvchi muhit hosil qiluvchi moddalar qo’shiladi. Bo’yoq tarkibidagi bo’yovchi modda va quyuqlovchi orasida kuchsiz o’zaro ta’sir bo’lgani sababli gul bosishda bo’yovchining tola ichiga diffuziyasi ancha sust bo’ladi. Shu sababli turli sinf bo’yovchi moddalar bilan gul bosishda ularning o’ziga xos bo’lgan jadallashtirish usullari ma’lum.

Gul bosish jarayoni quyidagi bosqichlardan tashkil topgan bo’ladi:


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling