Kimyoviy texnologiyalar fakulteti


Biosferaning tarkibi va funksiyalari


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/83
Sana06.08.2022
Hajmi1.78 Mb.
#791133
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83
Bog'liq
sanoat ekologiyasi
имя существительное 1000, organik kimyo, uslubiy meyor, тема10(1), insho, insho, 2 5199958897162456263, 6044 484 13.00.01, Topshiriq, o'z, Davlat tilida ish yuritish fanidan yn test savollari 1- bosqich , Ona-tili-va-adabiyot-ish-rejalari, Evolyutsiya jarayonini harakatga keltiruvchi omillar va mehanizm, Презентация Microsoft Office PowerPoint2, Документ Microsoft Office Word
 
Biosferaning tarkibi va funksiyalari. 
Biosferaning tarkibi. B.I.Bemadskiy ta‘limotiga binoan biosfera quyidagi 
tarkibga egadir. 
1. Tirik moddalar — o‗simlik, hayvonlar, mikroorganizmlar. 
2. Biogen moddalar — organik asosli moddalar bo‗lib, ular quyidagi ikki turga 
bo‗linadi: — fitogen moddalar — o‗simliklar qoldiqlaridan hosil bo‗lgan ko‗mir, torf, 
neft, gumus va boshqalar; — zoogen moddalar — tirik organizm qoldiqlaridan hosil 
bo‗lgan bo‗r, ohak va boshqa cho'kindi moddalar. 
3. Kos moddalar — noorganik va magmatik asosli tog‗ jinslari, Yerning yashil qobig'i 
va suv. 
4. Biokos moddalar — mikroorganizmlar ta ‘siri ostida tog‗ jinslarining yemirilishi 
hisobiga hosil bo‗ladigan cho‗kindi moddalar. Masalan, tuproq, tabiiy suvlar va h.k.
Biosferada asosiy o‗rinni 
≪tirik modda≫ egallaydi. Tirik moddani o ‗simliklar 
dunyosi, hayvonlar, baliqlar, hashoratlar va mikroorganizmlar tashkil etadi. Ular 
biosferaning shakllanishida, atmosfera, gidrosfera va litosferaning tarkiblarini 
boshqarishda; kimyoviy elementlarning taqsimlanishida; foydali qazilmalar va tuproq 
qatlamining hosil bo‗lishida eng faol rol o‗ynaydi. 
Biosferaning funksiyalari. Biosfera barcha tirik organizmlarning yashash 
muhiti bo'libgina qolmay, ularning hayot faoliyatlari uchun zarur bo‗lgan qulay muhit 
va oziq-ovqatni ta‘minlab beruvchi manba hisoblanadi.U doimiy ravishda quyidagi 
vazifalarni bajaradi: 
1) biologik mahsuldorlik, ya‘ni yerdagi barcha tirik mavjudotlarni oziq-ovqatlar bilan 
ta‘minlash; 
2) muhitning optimal gaz va gidrologik tarkibini ta‘minlash; 
3) biologik tozalash (tabiatning o‗z-o‗zini tozalashi, qayta tiklashi, assimilyatsiya). 


Biosfera nisbatan mustaqil bo'lgan alohida bo‗laklar yig'indisidan iborat bo‗lib, 
mozaik tuzilishga strukturaga) ega. Biosferaning alohida faoliyat ko'rsatuvchi 
elementlarining struktura birligini biogeotsenoz deb ataluvchi ekologik sistemalar 
tashkil etadi. Biogeotsenoz — biotik, tipografik va iqlimiy jihatdan, bir xil bo'lgan 
abiotik muhitdagi o'zaro bog‗liq bo‗lgan o‗simliklar va hayvonlar yig‗indisidan 
iboratdir. Shunday qilib, biogeotsenoz deb nisbatan bir xil uchastkada joylashgan va 
uzoq muddat davomida chiqindisiz, yopiq ishlab chiqarish jarayonini amalga 
oshiruvchi o‗simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar populyatsiyalarining 
yig‗indisiga aytiladi. Tirik organizmlar u yoki bu biogeotsenozda birga yashash uchun 
qulay bo‗lgan turlarning moslari bilan birgalikda o‗zaro moslashgan holdagina 
yashaydilar. Bir turdagi tirik organizmlar yig‗indisi populyatsiya deb ataladi. Shunday 
qilib barcha organizmlar biogeotsenoz miqyosida o‗zaro ozuqa bilan ta‘minlanish 
jihatdan o‗zaro uzviy bog‗liqdir ya‘ni trofik (oziqa) zanjirini tashkil qiladi.
Planetamizdagi barcha tirik moddalar ikki guruhga bo‗linadilar: 
1) avtotrof organizmlar — ya‘ni noorganik moddalardan organic moddalarni hosil qila 
oluvchilar. Ularga xlorofilli yashil o‗simliklar misol bo‗la oladi; 
2) geterotrof organizmlar — inson, hayvonlar va mikroorganizmlardir. Ular organik 
moddalarni sintez qila olmaydilar. 
Geterotrof organizmlar organik moddalarni turlicha iste‘mol qiladilar. Ularning 
ba‘zi birlari o‗simliklar va ularning mevalarini, boshqa birlari esa hayvonlar va 
o‗simliklaming o‗lik qoldiqlarini, uchinchilari 
esa o‗lgan hayvonlarni iste‘mol qiladilar. 

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling