Kimyoviy texnologiyalar fakulteti


‖Sanoat ekologiyasi‖ fani o‘tilishidan maqsad va uning vazifalari


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/83
Sana06.08.2022
Hajmi1.78 Mb.
#791133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
sanoat ekologiyasi
имя существительное 1000, organik kimyo, uslubiy meyor, тема10(1), insho, insho, 2 5199958897162456263, 6044 484 13.00.01, Topshiriq, o'z, Davlat tilida ish yuritish fanidan yn test savollari 1- bosqich , Ona-tili-va-adabiyot-ish-rejalari, Evolyutsiya jarayonini harakatga keltiruvchi omillar va mehanizm, Презентация Microsoft Office PowerPoint2, Документ Microsoft Office Word
‖Sanoat ekologiyasi‖ fani o‘tilishidan maqsad va uning vazifalari. 
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga atrof-muhitni muhofaza qilishning ilmiy 
asoslari; tabiat va jamiyatning o‘zaro mavjudlik qonuniyatlari; atrof-muhitni muhofaza 
qilishning qonuniy asoslari, davlat boshqaruvi va xalqaro xamkorlik; tabiiy 
resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish; atmosfera xavosini chang vazaxarli 
gazlardan tozalash; oqava suvlarni tozalash va suvning aylanma xarakatini tashkil 
qilish; tuproqni muxofaza qilish; chiqindisiz texnologik jarayonlarni hosil qilishning 
asosiy prinsiplari tushunchalari bilan tanishtirishdan iborat. 
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy 
ko‘nikmalar, atrof-muhitni ifloslanishi va uni muxofaza qilish asoslariga uslubiy 
yondashuv xamda ilmiy dunyoqarashni shakillantirish vazifalarini bajaradi. 
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar 
qo‘yiladi. Talaba: 
-atrof-muhitni ifloslanish yo‘llari, biosferaning tuzilishi, tarkibi va funk- siyalari, 
insonlarni ishlab chiqarish faoliyati bilan atrof-muhit o‘rtasidagi bog‘liqlik, tabiy 
resurslardan oqilona foydalanish asoslari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi; 
-insonlarning tabiatga ko‘rsatadigan atropogen ta‘sirlarini; 
-V.I.Vernadsqiyning biosfera xaqidagi ta‘limotini; 
-biosferada moddalarning aylanma xarakatini; tabiy rasurslarning sinflanishini; 
-atmosfera xavosining tuzilishi va tarkibini; 
-xavoni chang va zaxarli gazlardan tozalash usullarini; 
-oqova suvlarning sinflanishini; 
-oqova suvlarni tozalash usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi; 
-talaba tegishli sanoat korxonalarida mavjud ekologik xolatga baxo berish, korxonada 
mavjud tozalash inshooti jihozlarining tuzilishi, ishlash printsiplarini,ularning optimal 
ko‘rsatkichlari va ish rejalarini tanlash asosida hisoblash;


-tozalovchi jixozlarni to‘g‘ri tanlash va ishlatish;
-ularning texnologik parametrlarini hisoblash; 
-talaba kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalarida hosil bo‘layotgan chiqindilarni 
normativ miqdorlarini xisoblash va taxlil qilish; 
- olingan natijalar asosida tegishli xulosani qabul qilish, tashlanayotgan 
chiqindilarning tarkibiga binoan ularni samarali tozalash usullarini tanlash, 
korxonalarda chiqindisiz texnologik jarayonlarni hosil qilish ko‘nikmalariga ega 
bo‘lish kerak. 

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling