Kinematika. Kinematikaning asosiy tushunchalari


Download 1.81 Mb.
bet1/18
Sana21.01.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1106718
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Tekshirish Kinematika Tematika 2021 2022 O\'quv yili uchun
Акъида, Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob, Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob, Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob, talilij zhurnalistika turlari. korre, 1 variant spring midterm 2020 writing, 1 variant spring midterm 2020 writing, 1 variant spring midterm 2020 writing, Видеомонтаж, bujrak va sijdik juli tugma nuksonlarini diagnostika va davolash taktikasi bolalarda sijdik tosh kasalligi. zamonavij diagnostika va davolash usullari. urolitiaz profilaktikasi., Geografiya 6(@Kitob ulashaman bot), 2-Топшириқ, 1-Топширирқ, 1-Топширирқ, Мустақил иш мавзулари АП




1 16,4932,33,30,35,28,37,26,39,24,41,22,43,20,45,18,47,16,49,14,51,12,53,10,55,8,57,6,59,4,61,2,63





KINEMATIKA.
1. Kinematikaning asosiy tushunchalari.



.Yo’lovchi to’g’ri chiziq bo’ylab 64 m masofani o’tdi va to’xtab,orqaga 12 m masofani yurdi. Yo’lovchining bosib o’tgan yo’li va ko’chishini toping (m).
A) 76; 52 B) 52; 76
C) 20; 18 D) 20; 15
2. Piyoda to’g’ri chiziq bo’ylab 70 m masofani o’tdi va to’xtab, ortga 10 m masofani yurdi. Yo’lovchining bosib o’tgan yo’li va ko’chishini toping(m).
A) 76; 52 B) 52; 76
C ) 80; 60 D) 20; 15
3. Mehanikaning bosh masalasi jismning….
Aniqlashdan iborat.
A) hajmni
B) ixtiyoriy vaqt momentidagi koordinatasini
C) o’lchamlarini D) zichligini
4. Piyoda to’g’ri chiziq bo’ylab 70 m masofani o’tdi va to’xtab, ortga 80 m masofani yurdi. Yo’lovchining bosib o’tgan yo’li va ko’chishini toping(m).
A) 760; 52 B) 22; 76
C) 150; -10 D) 200; 150
5. Bola to’g’ri chiziq bo’ylab 70 m masofani o’tdi va to’xtab, ortga 80 m masofani yurdi. Yo’lovchining bosib o’tgan yo’li va ko’chishini toping(m).
A) 150;-10 B) 220; 50
C) 550; -50 D) 550; 550
6. Ko’ptok tik pastga 5 m balandlikdan yerga tushib va sakrab qaytganda 3 m balandlikda ilib olindi. Ko’ptokning bosib o’tgan yo’li va ko’chishini toping(m).
A) 8; 2 B) 10; 1
C) 20; 40 D) 2; 8
. Mototsiklchi sharqqa tomon 5 km yurdi. Keyin to’tab, g’arbga tomon 3 km masofani o’tdi. Mototsiklchining bosib o’tgan yo’li va ko’chishini toping(m).
A) 2; 8 B) 2000; 8000
C) 400; 1000 D) 8000; 2000
8. Bosib o’tgan yo’lga yoki qaralayotgan masofaga nisbatan o’lchamlari hissobga olmas darajada kichik bo’lgan jismlar…. deb
A) moddiy nuqta B) sanoq sistemasi
C) yo’l D) absolyut qattiqjism
9. Mototsiklchi g’arbga tomon 10 km yurdi. Keyin to’xtab, shrqqa tomon 13 km masofani o’tdi. Mototsiklchining bosib o’tgan yo’li va ko’chishini toping(km).
A) 2; 8 B) 23; -3
C) -3; 23 D) 23000; 3000
. Geoloklar guruhi oldin sharq tomon 6 km ni, keyin shimol tomon 8 km ni o’tdi. Geoloklar guruhining ko’chish moduli va bosib o;tgan yolnini aniqlang(km).
A) 10; 14 B) 14; 10
C) 15; 20 D) 2; 14
11. Sanoq jismni, unga bo’lgan koordinatalar sistemasi va vaqt o’lchovchi asbob birgalikda …. deb ataladi.
A) moddiy nuqta B) sanoq sistemasi
C) yo’l D) absolyut qattiq jism
12. Geoloklar guruhi oldin g’arb tomon 15 km ni keyin janub tomon 20 km ni o’tdi. Geoloklar guruhining ko’chish moduli va bosib o’tgan yo’lini aniqlang(km).
A) 5; 35 B) 25; 35
C) 35; 25 D) 20; 14
13. Avtomobil 70 km lik halqa yo’lini ikki marotaba aylanib o’tdi va oldingi vaziyatiga yetib keldi. Avtomobilning yurgan yo’li va ko’chishini toping.(km)
A) 70; 70 B) 70; 0
C) 140; 0 D) 0; 140
14. Jismning mehanik harakati davomida fazoda qoldirga izi … deb ataladi.
A) yo’l B) ko’chish
C) tezlik D) trayektoriya
. Jism Ox o’qida x1=2 m bo’lgan koordinatadan x2=8 m bo’lgan koordinataga ko’chdi. Jismning ko’chishini toping(m).
A) 6 B) 10 C) 8 D) 2
16. Jism Oy o’qida y1=3 m bo’lgan koordinatadan y2=7 m bo’lgan koordinataga ko’chdi. Jismning ko’chishini toping(m).
A) 6 B) 10 C) 8 D) 4
17. Jism x1=2 m bo’lgan nuqtadan Ox o’qida teskari yo’nalishda 10 m masofani o’tsa, uning keying koordinatasini toping(m).
A) 8 B) 10 C) -8 D) 0
18. Trayektoriya uzunligi?
A) yo’l B) ko’chish
C) tezlik D) trayektoriya
19. Taksiga nima uchun pul to’laymiz? Samalyotgachi?
A) ko’chishga; yo’lga
B) ikkalasiga ham yo’lga
C) ikkalasi uchun ham ko’chishga
D) yo’lga; ko’chishga
20. Ox o’qidagi moddiy nuqtaning boshlang’ich koordinatasi x1=2 m ga teng. Agar moddiy nuqta harakatlanganda uning ko’chishi 6 m ga teng bo’lsa, uning oxirgi koordinatasini toping(m).
A) 8 B) 4 C) 2 D) 9
21. Ox o’qidagi moddiy nuqtaning boshlang’ich koordinatasi x1=2 m ga teng. Agar moddiy nuqta harakatlanganda uning ko’chishi -6 m ga teng bo’lsa, uning oxirgi koordinatasini toping(m).
A) 8 B) 4 C) 2 D) -4
22. Ox o’qidagi moddiy nuqtaning boshlang’ich koordinatasi x1=4 m ga teng. Agar moddiy nuqta harakatlanganda uning ko’chish moduli 10 m ga teng bo’lsa, uning oxirgi koordinatasini toping(m).
A) 14 yoki -6 B) -6 yoki 10
C) 0 yoki 2 D) 14 yoki -14
. Moddiy nuqta koordinatasi (7; 11) bo’lgan nuqtadan koordinatasi (4; 7) bo’lgan nuqtaga ko’chdi. Ko’chish modulini toping(m).
A) 5 B) 3 C) 2 D) 6
24. Moddiy nuqta koordinatasi (9; 8) bo’lgan nuqtadan koordinatasi (15; 0) bo’lgan nuqtaga ko’chdi. Ko’chish modulini toping(m).
A) 5 B) 3 C) 2 D) 10
25. Moddiy nuqta koordinatasi (5; 5) bo’lgan nuqtadan kooordinatasi (9; 8) bo’llgan nuqtaga ko’chdi. Ko’chish modulini toping(m).
A) 10 B) 3 C) 2 D) 5
26. Jism o’z-o’ziga parallel ko’chib harakatlanishi…. Harakat deb ataladi.
A) ilgarilanma B) tekis
C) notekis D) to’g’ri chiziqli
27. Moddiy nuqta fazoda (1; 2; 3) bo’lgan nuqtadan (4; 6; 8) bo’lgan nuqtaga ko’chdi. Moddiy nuqtaning ko’chish modulini toping(m).
A) B)
C) 5 D) 3
28. Moddiy nuqta rasmda ko’rsatilgandek A nuqtadan B nuqtaga ko’chdi. Moddiy nuqtaning koordinatalarini aniqlang (m). Har har katak tomoni 1 m.

A) A(1; 3); B(3; -2) B) A(2; 3); B(3; 2)
C) A(-1; 3); B(3; 2) D) A(1; 3); B(-3; 2)
29. Quyidagi keltirilgan holatlarni qaysi birida daftarni moddiy nuqta deb qarash mumkin?
A) stolda yotgan daftar
B) javonda turgan daftar
C) dalada yotgan daftar
D) stulda yotgan daftar
30. Moddiy nuqta rasmda ko’rsatilgandek A nuqtadan B nuqtaga ko’chdi. Moddiy nuqta ko’chishining (S) koordinata o’qlariga proyeksiyalalarini (Sx va Sy) aniqlang (m). Har har katak tomoni 1 m ga teng.



A) 2 m; -4 m B) 2 m; -5 m
C) 2 m; -2 m D) 0 m; -5 m
31. Moddiy nuqta rasmda ko’rsatilgandek A nuqtadan B nuqtaga ko’chdi. . Moddiy nuqtaning ko’chish modulini toping(m). Har har katak tomoni 1 m ga teng.

A) B) C) 29 D) 30
32. Mashina 300 qiyalik bo’ylab 100 m masofani o’tdi. Mashinaning vertikal va gorizontal bo’yicha ko’chishini toping (m).
A) 50; B) 25;
C) 50; 50 D) 50;
33. Mashina 600 qiyalik bo’ylab 100 m masofani o’tdi. Mashinaning vertikal va gorizontal bo’yicha ko’chishini toping (m).
A) 50; B) 25;
C) 50; 50 D) ; 50
34. Moddiy nuqta radiyusi 1 m bo’lgan aylananing yarmini o’tdi. Modiy nuqtaning yo’li va ko’chishini toping (m).
A) 3,14; 3,14 B) 3,14; 2
C) 2; 3,14 D) 0; 2
35. Moddiy nuqta radiyusi 2 m bo’lgan aylananing chorak qismini o’tdi. Modiy nuqtaning yo’li va ko’chishini toping (m).
A) 3,14; 3,14 B) 3,14;
C) 2; 3,14 D) 0; 2
36. Moddiy nuqta radiusi R bo’lgan aylananing oltidan bir qismini o’tdi. Modiy nuqtaning yo’li va ko’chishini toping (m).
A) ; R B) ; R
C) ; R/3 D) 0;
37. Vertalyot sharqqa tomon 30 km masofani o’tdi. Keyin shimolga burilib qandaydir masofani o’tdi. Agar vertalyot ko’chishi 50 km bo’lsa, uning o’tgan yo’lini toping.
A) 80 B) 20 C) 70 D) 100
38. Havo shari 300 m balandikka vertikal ko’tarildi va shamol uni gorizontal yo’nalishda muayyan masofaga uchirib ketdi. Agar havo sharining ko’chirishi 500 m bo’lsa, uning bosib o’tgan yo’lini toping (m).
A) 700 B) 800
C) 400 D) 600
39. Moddiy nuqta koordinatasi (x; 5) bo’lgan nuqtadan koordinatasi (9; 8) bo’lgan nuqtaga ko’chdi. Ko’chish moduli 5 m ga teng bo’lsa, x koordinata qiymatini toping (m).
A) 5 B) 8
C) 4 D) 6
40. Qaysi holatda ko’chish yo’ldan uzun bo’ladi?
A) to’g’ri chiziq bo’ylab harakatda
B) aylana bo’ylab harakatda
C) hech qachon
D) egri chiziqli harakatda
41. Gorizontal tekislikda shar dumalanib ketmoqda. Mazkur sharning qaysi nuqtasi ilgarilanma harakat qiladi?
A) markaziy nuqtasi
B) barcha nuqtasi
C) faqat sirtidagi nuqtalari
D) unday nuqtasi mavjud emas
42. Yo’lovchi sharqqa qarab 10 km masofani o’tib to’xtadi va g’arbga tomon yana6 km yurdi. Yo’lovchining ko’chishi bosib o’tilgan umumiy yo’lining necha foizini tashkil etadi?
A) 25 B) 2,5 C) 40 D) 60
43. Yo’lovchi sharqqa qarab 10 km masofani o’tib, to’xtadi va g’arbga tomon yana6 km yurdi. Yo’lovchining ko’chishi bosib o’tilgan umumiy yo’li uning ko’chishidan necha foizga ko’p?
A) 75 B) 80
C) 400 D) 300
44. Moddiy nuqta A(1; 2) bo’lgan nuqtadan B(2; 3) bo’lgan nuqtaga va so’ngra C(2; 1) nuqtaga ko’chdi. Moddiy nuqtaning A dan B ga va B dan C ga ko’chishidagi modulini toping (m). Koordinatalar metrda berilgan.
A) ; 2 B) 2;
C) ; D) 2; 2
45. Moddiy nuqta A(1; 2; 0) bo’lgan nuqtadan B(2; 1; 3) bo’lgan nuqtaga va so’ngra C(2; 1; 3) nuqtaga ko’chdi. Moddiy nuqtaning A dan C ga ko’chishidagi modullarni nisbatini toping (m). Koordinatalar metrda berilgan.
A) B)
C) D) 2
46. Moddiy nuqta A(2; 2; 0) bo’lgan nuqtadan B(2; 3; 1) bo’lgan nuqtaga va so’ngra C(2; 1; 2) nuqtaga ko’chdi. Moddiy nuqtaning A dan B ga va B dan C ga ko’chishidagi modullarni nisbatini toping (m). Koordinatalar metrda berilgan.
A) B) C) D) 2
47. Geoloklar guruhi aniq shimoliy-g’arbir yo’nalishda 5 km masofani o’tib to’xtadi. Keyin sharqqa qarab 4 km masofani o’tib to’xtashdi. Geoloklar guruhining ko’chishini toping?(km).
A) 3 B) 5 C) 4 D) 1
48. Piyoda to’g’ri yo’lda 70 m masofani o’tib, chorraxada 900 ga burilib yana 70 m masofani o’tdi. Piyodaning bosib o’tgan yo’linining ko’chish modulidan necha foiz ortiq(%)?
A) 30 B) 20 C) 24 D) 19
49. Jism to’g’ri chiziq bo’ylab 1 km masofani o’tdi. Keyin o’z harakati yo’nalishiga nisbatan 600 ga burilib, yana 2 km masofani o’tdi. Jismning ko’chish modulini toping(km).
A) B) C) D)
50. Quyidagi o‘lchov birliklarining qaysilari
XBS ning asosiy birliklariga mansub?
1) genri (H); 2) kilogramm (kg); 3) amper
(A); 4) sekund (s); 5) kelvin (K); 6) m/s;
7) nyuton (N); 8) joul (J); 9) metr (m).
A) 1, 2, 3. B) 2, 6, 7, 9.
C) 2, 3, 4, 5, 9. D) 3, 4, 5.
51. Quyidagilardan qaysi biri Xalqaro Bir-
liklar Sistemasi (CI) dagi asosiy birlik
hisoblanadi?
A) volt. B) kulon. C) amper. D) om.
52. Quyidagi keltirilgan javoblarning qaysi
birida faqat skalar fizik kattaliklar keltirilgan?
A) vaqt, yo‘l, hajm, ko‘chish.
B) massa, vaqt, yo‘l, tezlanish.
C) massa, vaqt, zichlik, yo‘l.
D) massa, yo‘l, tezlik, vaqt.
53. Trayektoriya nima? 1) jism bosib o‘tgan
yo‘l; 2) jismning harakat chizig‘i; 3) jism
ko‘chishiga teng masofa.
A) faqat 3. B) 1, 2, 3.
C) 1, 2. D) faqat 2.
54. Tekis harakat deb nimaga aytiladi?
A) jismning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatiga aytiladi.
B) jismning bir xil vaqt oralig‘ida, har xil
masofa bosishiga aytiladi.
C) jismning bir xil vaqt oralig‘ida, bir xil
yoki har xil masofa bosishiga aytiladi.
D) jismning bir xil vaqt oralig‘ida, bir xil
yo‘l bosishiga aytiladi.
55. Ko‘chishning koordinata o‘qlaridagi
proyeksiyalarini topish formulalarini
aniqlang.
A) Sx = x – x0, Sy = y − y0, Sz = z − z0.
B) Sx = x + x0, Sy = y + y0, Sz = z − z0.
C) Sx = x + x0, Sy = y − y0, Sz = z − z0.
D) Sx = x + x0, Sy = y − y0, Sz = z + z0
56. Avtomobil 72 km/h tezlik bilan harakatlanib 7 s da qanday masofaga (m) boradi?
A) 100 B) 70 C) 140 D) 40
57. Bola 1 km yo’lni 36 km/h tezlik bilan qancha vaqtda (s) bosib o’tadi?
A) 100 B) 200 C) 50 D) 10
58. Velosipedchi 2 km yo’lni 90 km/h tezlik bilan qancha vaqtda (s) bosib o’tadi?
A) 40 B) 20 C) 100 D) 80
59. Piyoda 900 m yo’lni 30 s da bosib o’tgani ma’lum bo’lsa, piyodaning tezligini (km/h) da aniqlang.
A) 30 B) 54 C) 108 D) 72
60. Birinchi motosiklchi 60 m yo’lni 15 m/s tezlikda o’tgani ma’lum bo’lsa, ikkinchi motosikl shu vaqtda 36 km/h tezlik bilan qanday masofaga (m) boradi?
A) 60 B) 40 C) 100 D) 144
61. 120 m yo’lni 40 s da bosib o’tgan jism shu tezlikda 240 m yo’lni qancha vaqtda (s) bosib o’tadi?
A) 40 B) 60 C) 80 D) 100
62. 360 m yo’lni 30 s da bosib o’tgan jism huddi shu tezlikda 720 m yo’lni qancha vaqtda (min) bosib o’tadi?
A) 1 B) 60 C) 30 D) 20
63. Birinchi piyoda 2 m/s tezlik bilan 4 min , ikkinchi piyoda esa 4 m/s tezlik bilan 3 min yurdi. Piyodalar birgalikda qancha yo’l yurishgan (km)?
A) 120 B) 60 C) 1,2 D) 12
64. Sportchi 400 metrlik maydonni 6 marta aylanib chiqdi. Sportchining yurgan yo’lini (km) aniqlang.
A) 24 B) 2,4 C) 0,24 D) 1,2
65. Jism 4 s da 500 m yo’l yurdi. Shu tezlikda jism 800 m masofani bosib o’tishi uchun qancha vaqt (s) sarflashi kerak?
A) 8 B) 3,2 C) 6,4 D) 3
66. Boburning uyidan maktabgacha 1200 m . U maktabga 10 min da yetib borgani ma’lum bo’lsa, uning qanday tezlikda (m/s) harakatlanganini aniqlang.
A) 8 B) 6 C) 4 D) 2
67. Akmalning mashinasi maksimal 108 km/h tezlikda harakatlana oladi. U 36 km yo’lni qanday vaqtda (min) bosib o’tishini aniqlang.
A) 2 B) 40 C) 20 D) 10
68. Konkichi silliq muz ustida 200 m masofaga sirpanib borishi uchun 20 s harakatlandi. Uning tezligi qanday (km/h) bo’lgan?
A) 10 B) 72 C) 20 D) 36
69. Birinchi jism 3 km yo’lni 72 km/h tezlik bilan, ikkinchi jism 4 km yo’lni 36 km/h tezlik bilan o’tdi. Birinchi va ikkinchi jismlar harakatlangan umumiy vaqtni (s) aniqlang.
A) 400 B) 150 C) 450 D) 550
70. Ikki jism bir nuqtadan qarama-qarshi yo’nalishda v1=4 m/s, v2=10 m/s tezliklar bilan harakat boshladilar. 5 s dan keyin ular orasidagi masofa (m) qanday bo’ladi?
A) 70 B) 20 C) 30 D) 50
71. Izzatning uyidan do’kongacha bo’lgan masofa 300 m. U 2 m/s tezlikda harakatlanib 2 martta do’konga borib keldi. Do’konga borib kelishi uchun qancha (min) vaqt sarflagan?
A) 60 B) 10 C) 6 D) 12
72. Jism 54 km/h tezlikda 2 minut yurgan yo’li 10 m/s tezlik bilan 60 s yurgan yo’lidan qanchaga (km) uzunligini aniqlang.
A) 1.2 B) 12 C) 14 D) 10
73. Velosipedchi uzunligi 1200 m bo’lgan masofaga borib kelishi uchun 20 min vaqt ketgan ketgan bo’lsa, u qanday (m/s) tezlikda harakat qilgan?
A) 2 B) 4 C) 0.2 D) 8
74. Bola qo’lidagi soqqachani 50 m/s boshlang’ich tezlik bilan dumalatib yubordi, u 200 m masofaga qancha (s) vaqtda yetib boradi?
A) 2 B) 4 C) 6 D) 8
75. Bola 20 m li zinadan 40 s da tushgani ma’lum bo’lsa uning tezligi qancha (m/s) bo’lgan?
A) 5 B) 1.5 C) 0.5 D) 2
76. Yuk mashinasi 4 minut 80 m/s tezlikda harakatlanib qanday masofaga boradi?(km)
A) 19.2 B) 18.3 C) 20 D) 10
77. Avtomobil dastlab 54 km/h tezlikda 2 min, so’ng 108 km/h tezlik bilan 2 min harakatlangan bo’lsa, u jami qancha (m) yo’l yurganini aniqlang.
A) 5400 B) 7200 C) 8100 D) 2000
78. Futbolchi to’pni v tezlik bilan tepganda top 5 s da 60 m masofaga borgani ma’lum bo’lsa v tezlikni (m/s) aniqlang.
A) 6 B) 18 C) 16 D) 12
79. Jism 80 m/s tezlik bilan 6 s vaqtda bosib o’tgan yo’li dastlabki tezligidan 2 marta kichik tezlikda 4 s vaqtda bosib o’tgan yo’lidan qanchaga ko’pligini aniqlang.
A) 320 B) 240 C) 360 D) 420
80. Jism S yo’lni 2v tezlikda o’tgan bo’lsa shu vaqtda 4S yo’lni qanday tezlikda o’tadi?
A) 2v B) v C) 4v D) 8v
81. Sportchi 36 km/h tezlik bilan 6 s harakatlandi, so’ng ortga 18 km/h tezlik bilan 3 s harakatlandi. U jami qancha yo’l (m) yurgan?
A) 50 B) 90 C) 75 D) 45
82. Ali Valini chanada 4 m/s tezlikda 2 minut sirpantirgan bo’lsa uni qancha masofaga olib borgan (m)?
A) 500 B) 220 C) 120 D) 480
83. Chavandoz maragacha 200 m masofa qolganini ko’rib v tezlikda harakatlanib 4 s da yetib keldi. Uning v tezligi qanday (m/s) bo’lgan?
A) 30 B) 40 C) 50 D) 60
84. Birinchi jism 90 m yo’lni 15 s da o’tsa, shu tezlikda 45 m yo’lni qancha vaqtda (s) o’tadi?
A) 6 B) 3.5 C) 4.5 D) 7.5
85. Farg’onadan Rishtongacha bo’lgan masofa 48 km bo’lsa. Avtomobil 20 minutda borishi uchun qanday tezlikda (m/s) harakat qilishi qilishi kerak?
A) 20 B) 30 C) 40 D) 60
86. Jism 160 m/s tezlik bilan 5 s , so’ng dastlabki tezligidan 4 marta kichik tezlik bilan 15 s harakatlangan bo’lsa. Jism bosib o’tgan umumiy yo’lni (m) aniqlang.
A) 800 B) 600 C) 400 D) 1020
87. Velosipedchi 1200 m yo’lni 40 m/s tezlikda, so’ng dastlabki yo’ldan 3 marta kichik yo’lni 36 km/h tezlikda o’tgani ma’lum bo’lsa , uning harakatlanishi uchun ketgan umumiy vaqtni (s) aniqlang.
A) 30 B) 34 C) 70 D) 12
88. Motosiklchi 20 m/s tezlik bilan 1 minut, so’ng 40 m/s tezlikda dastlabki vaqtidan 2 marta kam vaqtda harakatlangani ma’lum bo’lsa, bosib o’tilgan umumiy yo’lni (km) aniqlang.
A) 1.2 B) 2.4 C) 3.2 D) 1
89. Bir nuqtadan bir xil yo’nalishda 2 ta avtomobil harakat boshladi. Birinchi avtomobil 80 m/s tezlik bilan ikkinchisi esa dastlabki avtomobil tezligidan 2 marta katta tezlikda harakatlanmoqda. 5 s vaqt o’tgandan keyin. Avtomobillar orasidagi masofa qancha (m) bo’lib qoladi?
A) 400 B) 800 C) 200 D) 450
90. Jism 4 s da 300 m masofani v tezlik bilan bosib o’tsa, shu tezlikda 4200 m masofani qancha vaqtda (s) bosib o’tadi?
A) 98 B) 64 C) 42 D) 56
91. Birinchi aravacha 4 s da 400 m masofani v tezlikda o’tgani ma’lum bo’lsa, shu tezlikda 1.8 km masofaga qancha vaqt (s) sarflaydi?
A) 18 B) 16 C) 12 D) 10



Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling