Kinodramaturgiya


Download 15.43 Kb.
Sana21.08.2020
Hajmi15.43 Kb.
#127135
Bog'liq
Kinodramaturgiya


Kinodramaturgiya

 (kino... va dramaturgiya) — adabiyotning ekranda koʻrsatish uchun moʻljallangan alohida turi. K. asari — kinossenariy filmning adabiy va gʻoyaviy-badiiy asosini tashkil etadi. Kinodramaturglar badiiy proza va dramadan foydalanilgan holda hayot voqealarini tasvirlashda kino imkoniyatlarini hisobga olib, asarni ekranga moslashtirib yozadilar. K., oʻz xususiyatiga koʻra, adabiy hamda kinematografik shaklga ega: mustaqil badiiy qiymatga ega, kinematografik asar sifatida yaratilajak filmning mazmunini va qurilishini ifoda etadi. K.ning shakllanish davri murakkab jarayon boʻlib, u asar yozishdan boshlanib, montaj stolida tugaydi. Ovozli kino yuzaga kelgach, inson harakterini ochib berishdagi asosiy vositalardan — dialog muhim rol oʻynadi. Kino sanʼati imkoniyatlarining kengayishi K.dan hayotni yanada chuqurroq oʻrganishni, uni yanada murakkab va rangbarang tasvirlashni taqozo etadi. Kino taraqqiyotining boshlangʻich bosqichida K. janrlari (sarguzasht, komediya, melodrama va boshqalar) maʼlum darajada chegaralangan boʻlib, zamonaviy mavzu kam yoritilgan. Hozir esa K. asarlari xohlagan janrda yozilib, koʻplab filmlar yaratilmokda.



Oʻzbek K.si proza koʻlamini, drama oʻtkirligini, poeziya jozibasini, tasviriy sanʼat yorqinligini, musiqa ravonligini oʻzida mujassamlashtirdi. Hozirgi kunda tarix, tarixiy shaxslar hayoti, milliy qadriyatlar aks etgan yoki yosh avlodda Vataniga, xalqiga, ota-onasiga mehr-muhabbat tuygʻusini uygʻotadigan K. dolzarb mavzu boʻlib, shu asosda filmlar ishlanmoqsa ("Buyuk Amir Temur", "Parimoma" va boshqalar). S. Abdulla, I. Sulton, A. Krdiriy, M. Shayxzoda, Oybek, S. Ahmad, U.Nazarov, F. Musajonov, O. Agishev kabi yozuvchilarning asarlari oʻzbek kinosining rivojida salmoqli oʻrin tutadi.
Download 15.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling