Kinologiya indd


Download 0.83 Mb.
bet1/15
Sana17.12.2022
Hajmi0.83 Mb.
#1025272
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Itsimonlar


Kirish

I bob. ITLARNING KELIB CHIQISHI VA EVOLUTSIYASI

    1. Itlarning yovvoyi ajdodlari


1.2 Itlarni xonakilashtirish vaqti, joyi, bosqichlari, yuz bergan o‘zgarishlar

II bob. ZOT XAQIDA TA’LIMOT, IT ZOTLARI

2.1 Zot haqida tushuncha

2.2 It zotlarining kelib chiqish omillari, yo‘nalishi, tarqalgan joylari, yaratilishi

2.3 Itlarning konstitutsiyasi haqida tushuncha

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar




KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: Insoniyatning evolutsion jarayoni va uning qadimiy yashash manzillarini arxeologik o‘rganishda arxeologlar tomo- nidan topilgan qazilmalardagi hayvonlar va shu jumladan it- larning qoldiqlariga asoslanib aytish mumkin-ki, insonlar azal- dan g‘orlarda yashab, ovchilik bilan shug‘ullangan vaqtlardayoq, alohida toifadagi hayvonlarni o‘ziga yaqinlashtirishga harakat qilgan.
Odamzod taxminan 15 ming yil ilgari dehqonchilik va chor- vachilik bilan shug‘ullana boshlagan. Bu davr sivilizatsiya taraq- qiyotining boshlanishi hisoblangan va ayni shu davrda yovvoyi tabiatni chuqurroq o‘rganish imkoniyati vujudga kelgan. Hozirgi kunda esa hammaga ma’lum va keng tarqalgan hayvonlarni xo- nakilashtirishga erishildi. Bunday hayvonlardan bizga eng yaqi- ni itlar hisoblanadi.
Qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning yozishicha, uyida it nobud bo‘lgan misrliklar chuqur qayg‘uga botib, motam tutgan- lar. Hattoki ular nobud bo‘lgan jonivorlarga bag‘ishlab maxsus Kinopolis — itlar shahrini ham qurishgan.
Itlarning tez yugurishi, o‘ziga xos hid bilish xususiyati, eshi- tish, kechasi yaxshi ko‘rish qobiliyati, har qanday joyda yengil harakatlana olishi, nihoyatda chidamliligi kabi sifatlari harbiy mutaxassislar tomonidan yuqori baholanadi.
Olimlar itning sezish va ajratish xususiyatini o‘rganib chiqib, u 500 minggacha bo‘lgan turli hidlarni sezish qobiliyatiga ega ekanligini aniqlaganlar. U hattoki, damlangan choyga aralash- tirilgan ammiak qorishmasi hidini ham seza olar ekan.
Itlar odam sog‘ligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatar ekan. Chunon- chi, olimlar tomonidan ularning foydali xususiyatlari tadqiqot qi- linganda, uyida umuman hech qanday hayvon asramagan, yurak xastaligiga chalingan 39 nafar bemordan bir yil davomida 11 tasi vafot etgan. Lekin, uyida it yoki mushugi bo‘lgan xuddi shunday 53 ta bemordan faqat 3 tasigina vafot etgan, xolos. Shu bois asab kasalliklariga chalingan bemorlarga shifokorlar ba’zan profilakti- ka maqsadida uyda it boqishni tavsiya etadilar.
Mutaxassislar asrlar davomida zotdor itlarni yetishtirish, ularning tuzilishi, xatti-harakatini o‘rganish va ularni to‘g‘ri oziqlantirish yuzasidan ko‘plab izlanishlar olib borganlar. Shu asosda itlarni o‘rganuvchi fan — «Kinologiya» vujudga kelgan.
«Kinologiya» so‘zi qadimgi yunon tilidan olingan bo‘lib, «ki- nos» – it va «logos» – fan degan ma’noni anglatadi.
Shunday qilib, «Kinologiya» itlarning vujudga kelish tarixi, zotlari, tuzilishi, xatti-harakatlari, oliy asab tizimi, eksteryeri, konstitutsiyasi, anatomiyasi, fiziologiyasi, ularni saqlash, parva- rishlash va oziqlantirishni o‘rganuvchi fandir. Shuning uchun u Hayvonlar anatomiyasi, Hayvonlar fiziologiyasi, Genetika, Hay- vonlarni oziqlantirish, Itlar jarrohlik kasalliklarining nazariy va amaliy asoslari, Itlarni o‘rgatishning nazariy va amaliy asos- lari, Itlarning umumiy va maxsus dressirovkasi, Ichki yuqumsiz kasalliklar kabi fanlar bilan tig‘iz bog‘langan.
Itchilikda bosh sonini ko‘paytirish va naslli, yuqori sifat ko‘rsatkichlariga ega hayvonlarni ko‘paytirish uchun hayvonlar- ni urchitish fanini batafsil o‘rganib chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling