Kirish-chiqish testi. 5-sinf adabiyot


Download 25.49 Kb.
Sana03.11.2021
Hajmi25.49 Kb.
#432142
Bog'liq
Kirish-chiqish testi.
funksional qatorning tekis yaqinlashuvchanligi, zhaon tazhribasida fuarolik zhamiyati, zhaon tazhribasida fuarolik zhamiyati, zhaon tazhribasida fuarolik zhamiyati, Kompyuter-zamonaviy-texnik, matematika kechasiga atalgan tadbir (2), mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning orni va bu masalani oqitish uslubiyoti, corel draw dasturida matnlar va jadvallar bil, 2-mavzu, 11 huquq test, 2-амалий машғулот (ечимли уйга вазифа), 1-kurs 2-semestr 2-tipik (2019-2020 bahorgi) ozbekcha, yalan-soyleyen-tarih-utansin-seti-12-kitap-takim-9xj, yalan-soyleyen-tarih-utansin-seti-12-kitap-takim-9xj, Asem

Kirish-chiqish testi.

5-sinf adabiyot.



  1. Adabiyotning asosiy quroli nima?

  1. erkin fikr;

  2. badiiy asar;

  3. badiiy so’z;

  4. ijodiy jarayon.

  1. Shodon kunim gul otgan sen,

Chechak otgan izimga,

satrlari bilan boshlanuvchi “Vatanim” she’ri muallifi kim?



  1. Hamid Olimjon;

  2. Muhammad Yusuf;

  3. Oybek;

  4. Erkin Vohidov.

  1. Katta –kichik she’rlar, she’riy masallar adabiyotning qaysi turini tashkil qiladi?

  1. she’riyat;

  2. dramatik tur;

  3. epik tur;

  4. liro-epik tur.

  1. Nasriy asarlar kimlar tomonidan yaratiladi?

  1. shoirlar;

  2. dramaturglar;

  3. nosirlar, ya’ni yozuvchilar;

  4. she’riyat ixlosmandlari.

  1. O’zbek tiliga davlat tili maqomi qachon berilgan?

  1. 1989-yil 10-avgust;

  2. 1989-yil 2-sentabr;

  3. 1989-yil 21-oktabr;

  4. 1989-yil 21-noyabr.

  1. “ Zarbulmasal” asari muallifi kim?

  1. Alisher Navoiy;

  2. Gulxaniy;

  3. Muqimiy ;

  4. Sa’diy Sheroziy.



  1. Maqol bu-?

  1. arabcha “naql” degan ma’noni bildiradi;

  2. tojikcha “ so’z” degan ma’noni bildiradi;

  3. forscha “so’z” degan ma’noni bildiradi;

  4. arabcha “so’z” degan ma’noni bildiradi.

  1. Topishmoq ba’zan qanday nomlar bilan atalgan?

  1. topmacha ;

  2. jumboq;

  3. matal;

  4. yuqoridagilarning barchasi to’g’ri.

  1. Qaysi janrda yashirin ma’no ko’pincha majziy shaklda keltiriladi?

  1. maqol;

  2. masal;

  3. topishmoq;

  4. hikmatli so’z.

  1. Chiston so’zining ma’nosi nima?

  1. forscha “topishmoq”, “jumboq”;

  2. arabcha “ma’no,” ” mazmun”;

  3. forscha “ tugal ifoda”;

arabcha “ muqaddas so’z”.

  1. Qur’oni Karimdan keying eng muqaddas manba nima?

  1. Hikmatli so’z;

  2. Hadis;

  3. Maqol;

  4. Iboralar.

  1. Sahobalar kimlar?

  1. ma’lumot beruvchi, aytuvchilar;

  2. payg’ambarimizni ko’rgan, u kishi bilan suhbatda bo’lgan kishilar;

  3. hadis aytuvchilar;

  4. hadis ilmi bilan shug’ullanuvchilar.

  1. Hadislar necha qismdan tashkil topadi?

  1. uch qismdan;

  2. to’rt qismdan;

  3. ikki qismdan;

  4. besh qismdan.

  1. Imom Buxoriy “ Al-jome’ as-sahih” asarida nechta ishonchli hadisni saralab oladi?

  1. 7397 ta;

  2. 7387 ta;

  3. 7 497 ta;

  4. 7 496 ta.

  1. Ezop yashagan davr va joy?

  1. Yunoniston mil. avv. VI asr;

  2. Yunoniston milodiy VI asr;

  3. Daniya mil.avv. VI asr;

  4. Yunoniston mil.avv IV ASR.

  1. Yaxshilikka yomonlik qilsa albatta jazolanadi, degan xulosa qaysi masalga tegishli?

  1. “ Bo’ri bilan Laylak”;

  2. “Yovvoyi echkilar bilan cho’pon”;

  3. “Kiyik bilan tokzor”;

  4. “Eshak bilan baqalar”.

  1. Sharq adabiyotida hind masalchilik tajribasi qaysi asarda uchraydi?

  1. “Hayrat ul-abror”;

  2. “Zarbulmasal”;

  3. “Pandnoma”;

  4. “Kalila va Dimna”.

  1. “Uch og’a-ini botirlar” ertagida ota o’g’illarini uch narsa bilan tarbiya qiladi. Ular qaysi javobda ko’rsatilgan?

  1. Yaxshi ot qo’yish, to’y qilish, voyaga yetkazish;

  2. To’g’rilik, maqtanchoq bo’lmaslik, dangasalik qilmaslik;

  3. Sog’lom qilib o’stirish, yarog’ bilan tanishtirish, qo’rqitmay o’stirish;

  4. Insofli bo’lish, adalatli bo’lish, saxovatli bo’lish.

  1. Hamid Olimjon qaysi maktabda o’qigan?

  1. Narimonov;

  2. Nuriddinov;

  3. Avezov;

  4. Qosimov.

  1. Hamid Olimjonning birinchi she’riy to’plami qaysi?

  1. “Bahor”;

  2. “Ko’klam”;

  3. “Simurg’”;

  4. “ Jinoyat”

  1. Hamid Olimjon o’ttiz uch yoshida qanday unvon olgan?

  1. O’zbekiston xalq yozuvchisi;

  2. O’zbekiston xalq shoiri:

  3. Professor;

  4. Akademik.

  1. Hamid Olimjonning onasining ismi nima?

  1. Oysha;

  2. Malohat;

  3. Sabohat;

  4. Komila.

  1. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostinida Oygulni zindondan kim ozod qiladi?

  1. Darxon;

  2. Baxtiyor;

  3. Tarlon;

  4. Xon.

  1. Oygul jayhun baliqning ichidan nima topi oladi.

  1. Kumush;

  2. Feruza;

  3. Olmos;

  4. Uzuk.

  1. “ Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni necha bo’g’inli she’riy yo’lda yozilgan?

  1. 7 bo’g’inli;

  2. 8 bo’g’inli;

  3. 9 bo’g’inli;

  4. 11 bo’g’inli.

Download 25.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling