Kirish I bob. Kichik biznes korxonalari innovatsion faoliyatining nazariy-uslubiy asoslari


Download 0.84 Mb.
bet1/3
Sana02.06.2020
Hajmi0.84 Mb.
#113396
  1   2   3
Bog'liq
Temirova D Kichik Biznes korxonalarida innovatsion faoliyat



KIRISH . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .3
I BOB. KICHIK BIZNES KORXONALARI INNOVATSION FAOLIYATINING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI


    1. Innovatsiya kategoriyasining mazmun-mohiyati va turkumlanishi . . . . . .. .6

    2. Kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyat va uning xususiyatlari. .11

    3. Kichik biznesda innovatsion faoliyatni rivojlantirishning xorij tajribasi . . .20


II BOB. KICHIK BIZNES KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYAT TAHLILI VA RIVOJLANTIRISH YO’NALISHLARI
2.1. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish dinamikasi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. .26

2.2. Kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyat tahlili . . . . . . . . . . . . . . .. .29

2.3. Kichik biznes korxonlarida innovatsion faoliyatni rivojlantirishda zamonaviy marketingdan foydalanish . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. 33
XULOSA VA TAKLIFLAR

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

ILOVALAR

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim jihatlaridan biri, bu – kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularga turli imtiyoz va preferensiyalar berish va bu orqali mamlakat yalpi ichki mahsulot hajmini keskin oshirish, aholini ish bilan ta’minlash masalalarini hal qilish va milliy farovonlikni ta’minlashdan iboratdir. Chunki, tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish davrida bozor konyunkturasi o’zgarishlari va iste’molchilar ehtiyojlariga tez moslasha olishi nuqtai nazaridan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini yanada qo’llab-quvvatlash, rivojlantirish vazifasi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: “Bizning bosh vazifamiz – tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishni ta’minlashdir. Biznes bilan shug’ullanayotgan har kishida davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishiga astoydil ishonch bo’lishi shart. Odamlar biznes bilan shug’ullanishdan manfaatdor bo’lishi zarur. Tadbirkor va xalq boy bo’lsa – mamlakat ham boy bo’ladi”1 deya ta’kidlaganlar.

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida ham iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag’batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Zamonaviy sharoitlarda raqobat kurashining kuchayib borishi natijasida kichik biznes subyektlari faoliyatining rivojlanishi zamonaviy ilm-fan yutuqlari, ya’ni: “innovatsiya” larga bog’liq bo’lib qolmoqda. Jahon tajribasidan ko’rish mumkinki, tadbirkorlikda innovatsion faoliyatni rivojlantirish yuqori samaradorlikka erishish mezoni bo’ladi.

Bugungi kunda tadbirkorlikni innovatsion rivojlantirish, faol tadbirkolik faoliyatini qo’llab-quvvatlash, ya’ni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda innovatsion faoliyatni tashkil etish, rivojlantirish obyektiv zaruriyat kasb etgan masalalardan biriga aylandi.

Zero, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Faol tadbirkorlik biznes faoliyatini innovatsion, ya’ni zamonaviy yondashuvlar, ilg’or texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etadigan iqtisodiy yo’nalishdir”2 .

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar va fikrlarni inobatga olib, kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyat va uni rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligi ko’rinmoqda.

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, uning innovatsion faoliyatini rivojlantirishning nazariy jihatlari xorij olimlaridan A.Smit, Y.Shumpeter, P.Druker, R.Foster, V.Sekerin, I.Balabanov, R.Fatxuddinov3 va boshqalarning ilmiy ishlarida atroflicha tahlil qilingan.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning umumiy jihatlari

Y.Abdullayev, M.R.Boltabayev, A.N.Samadov, M.S.Qosimova, B.K.G’oyibnazarov4 va boshqa olimlarning ishlarida bayon etilgan.

Kichik biznesda innovatsiyalardan foydalanish, innovatsion faoliyat va uni tashkil etish, innovatsion marketing texnologiyalaridan kichik biznes korxonalarida foydalanish haqida o’zbekistonlik iqtisodchi-olimlardan Sh.J.Ergashxodjayeva, R.I.Gimush, F.M.Matmuradov, E.Egamberdiyev5 va boshqalarning ilmiy ishlarida bayon etilgan.



Kurs ishining maqsadi. Kichik biznes korxonalari innovatsion faoliyatini o’rganish va rivojlantirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

Qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagilar tadqiqot vazifalari etib belgilangan:



  • innovatsiya va innovatsion faoliyat kategoriyasining mohiyati hamda iqtisodiyotda tutgan o’rni va ahamiyatini asoslash;

  • O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish dinamikasini tahlil etish;

  • kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyatni tashkil etishning nazariy jihatlarini asoslash;

  • kichik biznes subyektlari innovatsion faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini yoritib berish;

  • kichik biznes korxonalari innovatsion faoliyatining xorij tajribasini o’rganish;

Kurs ishining tarkibi. Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I BOB. KICHIK BIZNES KORXONALARI INNOVATSION FAOLIYATINING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI


    1. Innovatsiya kategoriyasining mazmun-mohiyati va turkumlanishi

O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari bo’lib hisoblanadi. Xususan, tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish, ishlab chiqarishda eng ilg’or va so’nggi avlod texnologiyalarini joriy etish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida innovatsiyalarning rivojlanishiga e’tiborni yanada kuchaytirish va bunda innovatsiyalar sohasida xorijda yaratilayotgan yangiliklar va tajribalarni o’rganish, yangiliklarni joriy etishda barcha imkoniyat va salohiyatmizni ishga solish muhim ahamiyat kasb etadi.

O’zbekiston Respublikasida kichik biznes subyektlari faoliyati erkinliklari va qulay ishbilarmonlik muhitining mavjud ekanligi hamda yuqori iqtisodiy manfaatdorlikka erishish imkoniyatlari tadbirkorlarning o’z faoliyatini tashkil etish, kengaytirish va o’zgartirishlarda innovatsion loyihalarni joriy etishga bo’lgan intilishlarini kuchaytirmoqda. Bu esa mamlakatimizda innovatsiyaning mazmun-mohiyatini yanada chuqur va puxta o’rganishga olib kelmoqda.

Innovatsiya nazariyasining rivojlanishiga asos solgan olim avstriyalik iqtisodchi Y.A. Shumpeter hisoblanadi.Y.A. Shumpeter ilgari surgan g’oyaga ko’ra, joriy etilgan har qanday yangi texnik qaror, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi bozorlarning tarkib topishi, xomashyolar manbai innovatsiya hisoblanadi.

Y.A. Shumpeter tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya uning “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” nomli kitobida atroflicha yoritgan. Ushbu konsepsiya dinamik xaraktrga ega bo’lib, doimiy tebranish xususiyatiga egadir. Shu bois ushbu tebranish ilgarilab boradigan rivojlanishni ta’minlaydi. Uning ta’kidlashicha, konyunktura tebranish manbai va tadbirkorning innovatsion faolligi hisoblanadi.

“Innovatsiya” atamasi lotincha “innovato” so’zidan olingan bo’lib, yangilash va yaxshilash degan ma’noni bildiradi. Umumiy mazmunda mazkur atama Ko’pchilik odamlar tomonidan ushbu atama, asosan, ayni paytda va muayyan vaqtda yangi deb qabul qilingan madaniyatning moddiy yoki nomoddiy qadr-qiymati sifatida tushuniladi. “Innovatsiya” atamasining texnik-texnologik yangiliklarni joriy etish sohasida qo’llanilishida keyinchalik kirib kelishi kuzatiladi.

“Innovatsiya” atamasining bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarida juda keng qo’llanilishi uning mazmunini har tomonlama o’rganishga bo’lgan talabni kuchaytirmoqda. Shu sababli mazkur atamaning iqtisodiy mazmun-mohiyatini ochib bergan ba’zi iqtisodchi-olimlarning qarashlarini o’rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Rus iqtisodchi olimi Balabanov I.T. fikriga ko’ra: “Innovatsiya – kapitalni yangi texnika yoki texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil qilish, mehnat, xizmat ko’rsatish va boshqaruvning yangi shakllariga, jumladan, yangicha nazorat va hisob shakllari, rejakashtirish va tahlil usullariga kiritishdan olingan, moddiy tus olgan natijadir”6

Shuningdek, Valdaysev S.V. o’zining ilmiy ishlarida innovatsiyalarni quyidagicha ta’riflaydi: “Innovatsiya – bozorga mavjud taklif bilan ta’minlanmagan ehtiyojlarni qondiradigan mahsulot olib chiqishga qodir bo’lgan, maxsus ishlab chiqilgan texnologiyaga asoslangan yangi mahsulot liniyasini o’zlashtirish”7

Rus olimlaridan V.V.Glushenko, I.I.Glushenkolarning mazkur tushunchaga quyidagicha ta’rif berganlar: “innovatsiya – tovarlar, xizmatlar va texnologiyalarning firma darajasidagi tashkiliy shakllarining yangi turlarini ishlab chiqish, tayyorlash va tarqatishga yo’naltirilgani jodiy va investitsion faoliyat natijasi”8.

Shuningdek, mashur iqtisodchi olimlardan biri P.Druker ham innovatsiyaning iqtisodiy mazmun-mohiyati va ahamiyatini asoslab berishga harakat qiladi va tadbirkorlar uning yordamida yangi xizmatlar yoki biznes turini amalga oshirish kabi o’zgarishlardan foydalanadigan o’ziga xos bir alohida vositasi sifatida ta’riflaydi9.

P. Drukerning innovatsiyaga bergan ta’rifi Y. Shumpeterning klassik ta’rifi mohiyatini to’ldirib, bir vaqtning o’zida samarali rivojlanishning sharti sifatida tashkiliy-iqtisodiy omilning ahamiyatini hamda yangi tovarlarni amaliyotda qo’llash zarurligini ta’kidlaydi.

Fatxutdinov R.A. esa innovatsiya sohasida olib borgan tadqiqotlari natijasida “innovatsiya – obyektni boshqarishni o’zgartirish va iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnikaviy va boshqa turdagi samarani olish maqsadida yangilikni joriy etishning yakuniy natijasi”, deb ta’kidlaydi10.

Innovatsiya atamasining mazmun-mohiyati va uning iqtisodiyotda tutgan o’rni hamda innovatsiyalarning o’ziga xos xususiyatlarini ochib berishda O’zbekistonlik iqtisodchi-olimlar izlanishlar olib borganlar va bugungi zamonning talabidan kelib chiqqan holda ta’rif berganlar. Xususan, R.I. Gimush va F.M. Matmurodovlar tomonidan innovatsiya deganda “yangilik va yangilik kiritish degan ma’noni bildiradi. Bu yangilik zamirida yangi tartibni, yangi odatni, yangi uslubni, kashfiyotni tushunish lozim”, deya ta’rif berilgan11.

Jahon banki tomonidan mazkur atamaga quyidagicha ta’rif berilgan: “innovatsiya – texnologiyalarni anglatadi yoki ushbu jamiyatda nimadir yangi narsani amaliyotda qo’llanilishini anglatadi”12

Innovatsiya atamasiga berilgan bunday ta’riflarni ko’plab keltirish mumkin, albatta. Olib borilgan tadqiqotlar asosida biz ham innovatsiyaga quyidagi ta’rifni ishlab chiqdik va ushbu ta’rif innovatsiya kategoriyasining to’liq mazmun-mohiyatini ochib beradi, deb o’ylaymiz: innovatsiya – har qanday faoliyat turida yuqori samaradorlikka erishish mezoni bo’la oladigan ilm-fan yutuqlari, ixtiro va kashfiyotlar hamda yangiliklarnini amaliy jihatdan qo’llashdir. Innovatsiyalarni joriy etish bilan foyda va qo’shimcha daromadga erishish mumkin bo’ladi.

Innovatsiyalar u yoki bu faoliyat sohasida samaradorlikni oshirish uchun inson aqli erishgan yutuqlardan foydalanishni anglatar ekan, mos ravishda mahsulot, texnik-texnologik, tashkiliy boshqaruv va ijtimoiy-ekologik turlarga bo’linadi (1-jadval)



1-jadval:

Innovatsiya turkumlari13

Innovatsiya turkumlari



Samara turlari

Xarajatlarni iqtisod qilish

Bozor tijorati qiymatiga qo’shilgan hissa

Mahsulot innovatsiyasi

-

Moddiy va moddiy bo’lmagan aktivlarning ko’payishi

Texnik-texnologik innovatsiya

Mahsulotni ishlab chiqish va sotishda xarajatlarni tejash

Moddiy va moddiy bo’lmagan aktivlarning ko’payishi

Tashkiliy-boshqaruv innovatsiyasi

Investitsiyadan foydalanishda va moliyaviy faoliyat sohala- rida xarajatlarni iqtisod qilish

Gudvill o’sishi



Ijtimoiy-ekologik innovatsiya

Jarohat va kasbiy kasalliklar bilan bog’liq xarajatlarni iqti- sod qilish; ekologik jarima, ijtimoiy to’lovlarni iqtisod qilish

Gudvill o’sishi

Tashkiliy-boshqaruv hamda ijtimoiy ekologik innovatsiyaning qo’shimcha tavsifi gudvill bo’lib hisoblanadi. Korxonaning ushbu aktivi moddiy o’lchovga ega emas: patentsiz injener-texnologik qarorlar, tijorat jarayonini tashkil etish shakli va boshqaruv usullari, bitimlarni amalga oshirishdagi qulay shart-sharoitlar, ishonchli sherik sifatida korxonaning obro’si va boshqalar. Gudvill tijorat sotuvida baholanadi. Innovatsiyaning ulushini aniqlashda bozor tijorati qiymatiga qo’shilgan hissa muhim bo’lib hisoblanadi va gudvill o’sishini boshqa omillarga mos ravishda uni baholash lozim bo’ladi.

Mahsulot innovatsiyasi foydaning o’sishini ta’minlaydi. Ushbu holat yangi yoki modernizatsiyalashgan mahsulotga yuqori bahoning o’rnatilishi hamda mahsulotni sotish hajmining ko’payib borishi hisobiga ro’y beradi.

Texnik-texnologik innovatsiya ishlab chiqarish faoliyatida iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilash uchun xizmat qilishini ko’rish mumkin. Bular quyidagilarda namoyon bo’ladi:



  • ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;

  • an’anaviy texnologiya asosida olish mumkin bo’lmagan yangi

mahsulot va xizmatlarni o’zlashtirish imkoniyati sababli;

  • tijorat nuqtai nazaridan istiqbolda an’anaviy texnologiyalar asosida

o’zlashtirish imkoni bo’lmagan uglevodorod zahiralarini aniqlash imkoniyatining mavjudligi va boshqalar.

Ijtimoiy-iqtisodiy innovatsiya: sanoat va ekologik xavfsizlikni ta’minlash, mehnatni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, ish sharoitini yaxshilash va boshqalar hisobiga iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilash imkonini beradi.

Radikal innovatsiya esa korxonalarning uzoq muddatga mo’ljallangan raqobatbardoshlik qobiliyatini saqlab qolishni ta’minlaydi hamda bozordagi mavqeini mustahkamlashga yordam beradi. Radikal yangilik texnologik va tijorat innovatsiyalar singari aksariyat hollarda xavf-xatar hamda noaniqlik darajasi yuqori bo’lishi bilan ajralib turadi.

Evolyutsion innovatsiya orqali mahsulotning iste’mol qiymatining oshib borishi ta’minlanadi, minimal xavf-xatar bilan ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoni paydo bo’ladi.

Kombinatsiyalashgan innovatsiya esa turli xildagi innovatsiyalarni o’zida aks ettirib, xavf-xatarni oldindan ko’rib bilishi bilan ajralib turadi. Kombinatsiyalashgan innovatsiya barcha muhim yangiliklarning kirib kelishi, korxonalarda keng miqyosda qo’llanilishi, ishlab chiqarishni bozorga moslashishini ko’ra bilishi bilan alohida ahamiyatlidir.


    1. Kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyat va uning xususiyatlari

Iqtisodiyotning tobora integratsiyalashib borayotganligi sababli innovatsiyalar jahon iqtisodiyotining barcha sohalarida zamonaviy rivojlanish mazmuniga aylanib ulgurgani barchaga ayon va bunga innovatsiya faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish orqali erishilganligini hisobga olsak, innovatsiya faoliyatining mazmun-mohiyatini bilish zarurligini anglab yetish mumkin.

Bugungi kunda jadal taraqqiy etib borayotgan fan-texnika natijasida yuqori darajadagi o’sish sur’atlari va barqaror rivojlanishning asosiy va samarali omillaridan biri sifatida innovatsion faoliyatni rivojlantirish va rag’batlantirish masalasiga alohida e’tibor berilmoqda. Zero, zamonaviy taraqqiyotni innovatsion faoliyatning natijasi sifatida olinadigan intellektual mahsulotsiz tasavvur bo’lmaydi.

Bozor munosabatlari sharoitida ilm-fan va iqtisodiyotning uzviy aloqasi tobora kengayib bormoqda. “Kuchli fan – kuchli iqtisodiyot” iborasi nafaqat bugungi kun uchun balki insoniyat kelajagi uchun ham dolzarb bo’lib qolmoqda.

Innovatsiya faoliyatining bugungi kunda hayotimizning mazmuniga aylanib borayotganligi va o’z kelajagimizni qurishda maqsadlarimizni amalga oshirish jarayoniga tobora chuqur kirib borayotganligi, shu bilan bir qatorda yangi-yangi imkoniyatlarni taqdim etayotganligi mazkur atamaning mazmunini o’rganishga bo’lgan qiziqish hamda intilishlarni tobora kuchaytirib bormoqda. Shu munosabat bilan ko’plab iqtisodchi-olimlar tomonidan innovatsion faoliyatga doir turli talqindagi ta’riflar keltirilmoqda. Ular bir-biridan keskin farq qilmasa-da, lekin innovatsiyaning ma’lum bir jihatlari, xususiyatlari orqali tafovutni sezish mumkin. Quyida innovatsion faoliyat tushunchasiga berilgan ba’zi ta’riflarni keltiramiz.

Rus olimlaridan Folomyev A.N. “Innovatsiya faoliyati – tugallangan ilmiy-tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar natijalarini o’tkazishga qaratilgan jarayon”14 degan tushunchani keltirgan bo’lsa, Glushenko V.V. va Glushenko I.I. tomonidan berilgan ta’rifga ko’ra: “innovatsiya faoliyati – ishlab chiqariluvchi mahsulot nomenklaturasini kengaytirish, yangilash va sifatini oshirish uchun ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar natijalaridan foydalanish, ularning kelgusi joriy etilishi bilan bog’liq texnologiyalarni takomillashtirish va ichki hamda tashqi bozorlarda samarali amalga oshirilishiga yo’naltirilgan faoliyat”ni anglatadi15.

O’zbekistonda ham innovatsiya sohasida keng ko’lamda ilmiy-izlanish va tadqiqotlar olib borayotgan iqtisodchi olimlar bo’lib, ular ham innovatsiya va innovatsion faoliyat sohasiga o’z tadqiqotlari asosida turli talqindagi ta’riflarni keltirganlar. Jumladan, E.Egamberdiyev va X.Xo’jaqulovlar tomonidan berilgan ta’rifga ko’ra “Innovatsiya faoliyati – texnika va texnologiya yangiliklarini joriy etish bilan bog’liq faoliyat”16dir.

Ushbu tushunchaga berilgan ta’riflarni ko’plab keltirish mumkin, albatta. Biz o’z tadqiqotlarimiz asosida “Innovatsion faoliyat” tushunchasiga quyidagicha ta’rifni keltirib o’tmoqchimiz: “Innovatsiya faoliyati – bu har qanday faoliyat sohasida yuqori samaraga erishish maqsadida zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo’llash, takomillashgan menejment usullarini qo’llash bilan bog’liq bo’lgan ilmiy faoliyatdir”.

Innovatsion faoliyatning mohiyati birinchidan, amaliyotga yangi, takomillashgan ishlab chiqarishni joriy etish, ikkinchidan, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining barcha turlarini qisqartirish, uchinchidan, ishlab chiqariladigan mahsulotlar narxlarini pasaytirishda ularni iste’mol va sifat xususiyatlarini doimiy ravishda oshirib borish bilan izohlanadi.

Innovatsion faoliyat qatoriga quyidagilarni kiritish taklif etiladi:

- Amaliyotda qo’llash uchun mo’ljallangan yangi va takomillashtirilgan mahsulot, texnologik jarayon yaratish bo’yicha ilmiy-tadqiqotchilik, tajriba-konstruktorlik ishlar bajarish;

- Yangi mahsulot chiqarish, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon joriy etish uchun ishlab chiqarishni har tomonlama tayyorlash va texnologik qayta jihozlash;

- Takomillashtirilgan mahsulot chiqarish, yangi takomillashtirilgan texnologik jarayonni sinab ko’rishni amalga oshirish;

- Xarajatlar o’zini oqlashiga qadar yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon qo’llash, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot chiqarish;

- Yangi mahsulotni bozor tomon harakatlantirish bo’yicha faoliyat;

- Innovatsion infratuzilma yaratish hamda uni rivojlantirish;

- Innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish;

- Sanoat mulki obyektlari yoki maxfiy ilmiy-texnik axborotlarga egalik huquqini boshqalarga berish, xarid qilish;

- Yangi, takomillashtirilgan mahsulot, takomillashtirilgan texnologik jarayon yaratish va amaliyotda qo’llash bo’yicha ekspertiza, maslahat, axborot, yuridik va boshqa xizmatlar ko’rsatish;

- Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni tashkil etish.

Amalga oshiriladigan har qanday faoliyatning o’z obyekti hamda subyekti bo’lganidek, innovatsiya faoliyatining ham obyekti va subyekti mavjud.

Mamlakat hududida joylashgan mulk shakli va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, korxonalar tominidan texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish innovatsiya faoliyati obyekti hisoblanadi.

Innovatsion faoliyat subyektlari esa quyidagilar hisoblanadi:



  • Innovatsion faoliyat bilan shug’ullanadigan yuridik hamda jismoniy

shaxslar;

  • Innovatsiyalarni amalga oshiruvchi turli mulkchilik shaklidagi

innovatsion tashkilotlar;

  • Innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan intellektual mulk

egalari;

  • Innovatsiyalarni joriy etish va amalga oshirishga sarmoya kirituvchi

Investorlar;

  • banklar, korporatsiyalar, lizing firmalari va h.k.;

  • Innovatsion jarayonga xizmat ko’rsatadigan hamda uning

infratuzilmasini ta’minlaydigan vositachilar: konsalting va injiniring firmalari, texnologik inkubatorlar, texnopark hamda texnopolislar, axborot markazlari va boshqalar.

Innovatsiya faoliyati subyektlari huquqlari tegishli qonun hujjatlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlanadi.

Innovatsion faoliyat obyektlari va subyektlari orasidagi samarali faoliyatning mavjud bo’lishi bevosita innovatsion infratuzilmaga borib taqaladi, albatta. Shuning uchun ham innovatsion faoliyatning amal qilishiga ko’maklashuvchi, turli tashkilotlardan tashkil topgan innovatsion infratuzilmaning shakllanishi zarur.

Innnovatsion infratuzilma – bu tashkiliy, boshqaruv, moddiy-texnik, moliyaviy, axborot, kadrlar bo’yicha, konsalting va boshqa xizmatlarni mujassamlagan, innovatsiya loyihalarini amalga oshirishga imkon beruvchi innovatsiya faoliyati subyektlarining majmuasidir (1-rasm).

Innovatsion infratuzilma g’oyalar ishlab chiqaruvchi innovatorlar hamda bu g’oyalarni muayyan mahsulot va xizmatlarda mujassam etuvchi innovatorlarning mehnatini taqsimlash asosida shakllantiriladi. Ushbu mehnat turlari o’zaro bog’liq bo’lib, lekin shu bilan bir qatorda o’ziga xos hisoblanadi – agar “innovator-generator” yangi g’oyalar ishlab chiqishni tashlab, o’zining ishlanmalarini sanoat, texnologik jihatdan amalga oshirishga va ayniqsa, muayyan marketingga “yetkazish” bilan shug’ullanadiga bo’lsa, bunday holatda shu vaqt davomida yangi g’oya ishlab chiqish jarayoni sezilarli darajada sekinlashib boradi yoki umuman to’xtab qoladi, bu esa kelgusida yuqori ixtisoslashuv orqali yangi g’oyalarni oxiriga yetkazish bilan shug’ullanuvchilar ish bilan ta’minlanishiga hamda ish joylariga ta’sir ko’rsatib boradi. Bu orqali infratuzilma ta’minotining bozor variantlari va bunday taqsimlashning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi kelib chiqishini ko’rish mumkin.

Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, ko’plab rivojlangan mamlakatlar yuksak taraqqiyot darajasiga fan va texnika sohasidagi eng so’nggi innovatsiyalar-





1-rasm. Innovatsion infratuzilmaning umumiy sxemasi17

ni ishlab chiqarishga tez va keng ko’lamda joriy etish hisobiga erishmoqdalar.

Innovatsion jarayonni kichik biznes sohasidagi muhitga muvofiqlashtirish, uning samarasini oshirish mavjud ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlardan to’liq foydalanishni taqazo etib boradi. Asosiy e’tibor esa bozor raqobati sharoitida eng maqbul variantlarni tanlash hamda kichik korxonalarning faoliyatini har tomonlama jadallashtirishga qaratilishi lozim.

Kichik biznes va innovatsiya tushunchalari bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lib hisoblanadi. Ko’plab iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlari va asarlarida biznes va tadbirkorlikning innovatsiya tushunchasi bilan o’zaro bog’liq ekanligini ko’rish mumkin.

Innovatsiya atamasini ilmiy asoslab bergan mashhur iqtisodchi-olim Y.Shumpeter “tadbirkorlik – ishlab chiqarish omillaridan foydalanishning yangi kombinatsiyalarini amalga oshiradigan va shu bilan iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlaydigan kishi”, - deb ta’riflaydi18.

Mashshur iqtisodchilardan yana biri, marketingning rivojlanishiga sezilarli hissa qo’shgan iqtisodchi P. Druker innovatsiyalarning aynan iqtisodiy asosini ta’kidlab, “tadbirkorlar innovatsiya yordamida yangi xizmatlar yoki biznes turini amalga oshiradi”, degan g’oyani ilgari surgan. “Tadbirkorlik innovatsiyani boshqarish jarayoni bo’lib, tadbirkor esa har bir imkoniyatdan maksimal foydalanuvchi shaxs”, deb tushuntiradi19

O’zbekistonlik iqtisodchilar S. G’ulomov va B. G’oyibnazarovlarning ta’kidlashicha, “kichik biznes korxonalari yangi innovatsiyalar va tashabbuskorlikni talab etib, shular asosidagina iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash mumkin. Buning uchun kichik biznes korxonalari fan va texnikada erishilgan so’nggi innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishga alohida e’tibor qaratishlari lozim”20.

Bugungi kunda iqtisodiyotning integratsiyalashuvi, raqobat bozorining tobora kuchayib borishi, iste’molchilar ehtiyojlarining tez o’zgara borayotganligi har bir tadbirkordan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni talab etmoqda. Shu sababli ham korxonalarning faoliayatini innovatsion rivojlantirish zamon talabiga aylanib bormoqda.

Kichik biznes subyektlarining innovatsion faoliyati asosan quyidagilarni nazarda tutadi:


  • Ishlab chiqarish jarayoniga yangi hamda takomillashgan mahsulotni

kiritish;

  • Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining barcha turlarini qisqartirish

va bu bilan tannarxning pasayishiga erishish;

  • Ishlab chiqarilgan mahsulotlarda doimiy ravishda iste’mol va sifat

ko’rsatkichalarini oshirib borish.

Kichik biznes korxonalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirishdan maqsad butun ishlab chiqarish tizimini yangilash hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ilmiy-texnik, intellektual va iqtisodiy salohiyatdan samaraliroq foydalanish asosida soha raqobatbardoshligini oshirishdan iboratdir.

Kichik biznes korxonalari kishilardagi tashabbuskorlik, tadbirkorlik hamda mulkka egalik qilish qobiliyatlarini ro’yobga chiqarish vositalaridan biri bo’lib hisoblanadi. O’rta mulkdorlar sinfini shakllantirishda, aholini ish bilan ta’minlash va pirovardida milliy farovonlikni oshirish ushbu sektorning qay darajada rivojlanganligiga bog’liq.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik to’g’risidagi ko’plab adabiyotlarda ushbu faoliyatning quyidagi o’ziga xos afzalliklari keltirilgan: bozor konyunkturasi o’zgarishlariga tez moslashuvchan va harakatchan; o’z harakatida boshqa korxonalarga bog’liq bo’lmaydi; vaziyatga qarab tezda ishlab chiqarish, xizmat qilish konyunkturasini tezda o’zgartirishga qaror qabul qila oladi; iste’molchilar talabidan kelib chiqqan holda ularning istaklariga, urf-odatlariga mos mahsulotlar ishlab chiqarishga tez moslasha oladi; ishlab chiqarish siklining qisqa muddatligi va qisqa muddatda foyda ko’rish va eng asosiysi fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarish jarayoniga tezda joriy qilishi mumkinligi.

Kichik biznes subyektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish va kichik biznes korxonalarida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish quyidagilar hisobiga muhim hisoblanadi:


  • Kichik biznes korxonalarining ixcham va harakatchanligi ishlab

chiqarish jarayonida innovatsiyalani joriy etishda tavakkalchilik darajasining pastligi yaxshi samara beradi;



larning joriy etilishi ularning faoliyatidagi xarajatlarni kamaytirib, rentabellikni oshiradi;

  • Kichik biznes korxonalarining yangilik va innovatsiyalarni tez o’z-

lashtira olish qobiliyati ularga innovatsiyalarni tijoratlashtirishdan yuqori daromad olish imkoniyatini beradi;

  • Kichik biznes subyektlarining boshqaruv jarayonida zamonaviy

Innovatsiyalarni qo’llash orqali korxona ko’plab imkoniyatlarga ega bo’lishi mumkin. Masalan, tovar nomenklaturasi va assortimentini oshirish; yangi ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sotilish hajmini oshirish; mahsulot sotishning istiqbolli bozorlarini o’zlashtirish va asosiysi korxonaning eksport salohiyati oshadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, kichik biznes korxonalari faoliyatini zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsiyaning o’rni ortib borayotganligi sababli kichik biznes korxonalari faoliyatida uni qo’llamasdan turib yangilik darajasi yuqori bo’lgan raqobatbardosh mahsulotlar yaratib bo’lmaydi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznesning innovatsion faoliyati raqobat kurashi uchun maqbul vositalardan biri bo’lib hisoblanadi. Ushbu faoliyat ishlab chiqarish jarayonida yangi iste’molchilarning paydo bo’lishiga, investitsiyalar kirib kelishining asosiy mezoni bo’lib hisoblanadi. Bu sababli yangi mahsulot ishlab chiqaruvchilarning reytingi oshib boradi va yangi zamonaviy bozorlarni egallash imkoniyati tobora ortib boradi.

G’oyalarni amalga oshirish, ya’ni korxonani to’liq yoki qisman yangilash uchun mumkin bo’lgan tadbirkor faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan tarkib topgan:




  • Ishlab chiqarishning boshqaruv tizimini har tomonlama o’rganish;

  • Zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni qo’llash;

  • Mahsulotni ishlab chiqarishda yanada tejamli yoki mustahkam yangi

materiallardan foydalanishni yo’lga qo’yish;

  • Mahsulotlarning dizayni va qadoqlanishini yaxshilash;

  • Korxonada reklama faoliyatini har tomonlama samarali va mukammal

ravishda tashkil etish.

Bugungi kunda kichik biznes korxonalari innovatsion faoliyatini boshqarish jarayoni o’z oldiga ko’plab vazifalarni olgan. Innovatsion faoliyatni boshqarish jarayoni turli vaziyatlarga tez moslashuvchan bo’lib, kompleks xarakter kasb etadi. Uning zimmasiga mahsulotni ishlab chiqarishga joriy etish, tashkiliy tuzilma shakllarini va boshqaruvchilik funksiyalarini qayta tuzish, yangiliklarni amaliy hayotga joriy etish, innovatsion jarayonlarni boshidan oxirigacha boshqarish imkoniyatini ta’minlash kabi vazifalar yuklatiladi.

Kichik biznes subyektlarida innovatsion jarayonlar quyidagi bosqichlarni o’z ichiga olgan holda amalga oshiriladi:


  1. Korxona mahsuloti haqida kelib tushayotgan fikrlarni tizimlashtirib

borish;

  1. Innovatsion g’oyani aniqlash hamda yangi mahsulotning g’oyasini ishlab

chiqish;

  1. Ishlab chiqariladigan yangi mahsulotning iqtisodiy samaradorligining

mazmuni va marketing dasturini tayyorlash;

  1. Yangi mahsulotning yaratilishi.

Korxonada innovatsiya faoliyatini tashkil etishning birinchi bosqichida ishlab chiqarish bo’limlaridagi marketing xizmatidan, korxonaning sotish apparatidan, savdo agentlaridan, iste’molchilardan kelib tushayotgan yangiliklar hamda bozorlardagi texnologik o’zgarishlar haqida ma’lumotlar yig’iladi. Yangi mahsulotni yaratish va o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan potensial imkoniyatlar ham o’rganiladi.

Yangi mahsulotning g’oyasini ishlab chiqish bosqichida esa g’oyaning amaliy jihatdan amalga oshirishning mavjud imkoniyatlarini aniqlash; yangi va an’anaviy mahsulotni texnologik umumiyligi darajasini aniqlash; kelajakda ishlab chiqariladigan mahsulotga patent tizimini aniqlash kabilar aniqlanadi.

Mahsulotning texnik holatini yaratish hamda mahsulotning iqtisodiy xarakteristikasini aniqlash g’oya aniq loyiha ko’rinishiga kelganidan so’ng amalga oshiriladi. Uning sifati hamda iste’mol xususiyatlarini baholash; sotuv hajmi va potensial bozor taklifini baholash; yangi mahsulot ishlab chiqarish rentabelligining tahlili va uni baholash, marketing dasturini yaratish kabilar yangi mahsulotning iqtisodiy samaradorligining mazmuni, marketing dasturini yaratish deb nomlangan uchinchi bosqichida amalga oshiriladi.

Kichik biznes subyektlari innovatsion faoliyatining oxirgi: yangi mahsulotning yaratilishi deb nomlangan bosqichida esa kichik biznes subyektining bo’limlariga vazifalarni taqsimlagan holda yangi mahsulot rivojlanishining aniq dasturini tuzish; mahsulot namunasini yaratish va texnik tanlovdan o’tkazish; mahsulotning nomini va belgisini aniqlash; narx va boshqa tijorat shartlariga oid test o’tkazish kabi jarayonlar amalga oshiriladi.



Yuqorida ko’rsatilgan bosqichlarda belgilangan jarayonlar samarali tashkil etilsa kichik biznes subyektlarini innovatsion faoliyati ham mukammal ravishda amalga oshadi. Buning natijasida esa korxona o’z oldiga qo’ygan maqsadlar sari odimlashi mumkin bo’ladi.


    1. Kichik biznesda innovatsion faoliyatni rivojlantirishning xorij tajribasi

Dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlarda kichik biznes va tadbirkorlikni, uning innovatsion faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlash davlat iqtisodiy siyosatining mustaqil tarkibiy qismi hisoblanadi. Barcha rivojlangan davlatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali iqtisodiyotni yuksaltirishga alohida ahamiyat berilgan. Iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va unga keng yo’l ochib berish aholi bandligini samarali ta’minlash va bu orqali aholi farovonligini oshirishning muhim omili sifatida e’tirof etiladi.

Xorijiy mamlakatlarda kichik biznesni har tomonlama qo’llab-quvvatlashning mukammal va puxta ishlab chiqilgan tizimi mavjud bo’lib, bu tizim iqtisodiyotning globallashuvi, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va raqobatning kuchayishi sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy muhitning barqaror taraqqiy etishini ta’minlaydi. Bu holat esa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash mexanizmining to’la darajada rivojlanganligini ko’rsatadi.

Rivojlangan mamlakatlarda davlat sektori muhim manbalardan hisoblansada, biroq innovatsion faoliyatni amalga oshirishda va moliyalashtirishda ikkinchi darajadagi o’rinni egallaydi. Uning ulushi ko’pchilik rivojlangan davlatlarda xususiy sektorga nisbatan 1.3-2.5 marta kam.

Jahon tajribasida kichik biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va uning innovatsion faoliyatini rivojlantirishning o’ziga xos tomonlari mavjud bo’lib, bu rivojlangan mamlakatlarda turlichadir (2-jadval).

Ko’pgina mamlakatlarda kichik biznesni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish, ularning innovatsion faoliyatini rag’batlantirish hamda muvofiqlashtirish yetarli resurs imkoniyatlariga va boshqaruv vakolatiga ega bo’lgan maxsus davlat organlari zimmasiga yuklatilgan.

Jahonning rivojlangan mamlakatlaridan biri hisoblangan Amerika Qo’shma Shtatlarida Kongress tomonidan “Kichik biznes ma’muriyati” deb nomlangan maxsus tashkilot tuzilgan bo’lib, u xu­susiy sektorga ko’maklashish, uni moliyalash hamda kreditlash, innovatsion faoliyatini rag’batlantirish ishlarini samarali yo’lga qo’ygan. Kichik biznes ma’muriyatining 90 dan ziyod mintaqaviy va hududiy bo’limlari tuzilgan bo’lib, ular joylarda xususiy sektor subyektlari oldida tug’iladigan har qanday muammolarni kechiktirmay hal etishni asosiy maqsad qilib olgan.

2-jadval


Jahon tajribasida kichik biznesni qo’llab-quvvatlash va innovatsiya faoliyatini rivojlantirishning asosiy xususiyatlari21

Asosiy xususiyatlar

Asosiy xususiyatlarning qaysi davlatlarga xos ekanligi

Yangi mahsulot va texnologiyalarni ishlab chiqarish xarajatlarini 50 foizigacha to’g’ridan-to’g’ri moliyalashtiriladi (subsi-

diyalar, zayomlar)



Fransiya, AQSh va boshqalar

Foizsiz ssudalar taqdim etiladi

Shvetsiya

Dotatsiyalar beriladi. Kichik biznesga kresitlar ajratishda venchur fondlaridan samarali foydalaniladi

Amaldagi barcha rivojlangan mamlakatlarda

Innovatsiya loyihalarini ishlab chiqarishda joriy etilishini qo’llab-quvvatlash maqsadida venchur moliyalashtirish fondlari tashkil etiladi

AQSh, Angliya, Germaniya, Fransiya, Shvetsariya, Niderlandiya

Yakka tartibdagi kashfiyotchilar uchun davlat bojlari pasaytiriladi

Avstriya, Germaniya, AQSh, Yaponiya

Kashfiyotlar energiyani tejashga qaratilgan bo’lsa, davlat bojlarini to’lashdan ozod etiladi

Avstriya

Amalga oshirilga tadqiqotlar natijalari bo’yicha patentlar olishda bojlardan ozod etiladi

Niderlandiya, Germaniya, Yaponiya

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar soliqqa tortishdan ozod etiladi, soliqlar faqatgina eksport qilishda olinadi

Xitoy

Yosh tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash alohida e’tibor qaratiladi

Buyuk Britaniya, Italiya

Tadbirkorlarga faoliyatining dastlabki ikki yilida foizsiz kreditlar beriladi, keyingi yillarda esa juda past stavkalarda yillik foizlar undiriladi. Shu tariqa tadbirkorlar bepul boshlang’ich sarmoya bilan ta’minlanadi

Germaniya

Kichik biznesni sug’urta qilinmagan zarar larini qoplash uchun yordam puli beriladi. Yordam puli innovatsiyalarning xavfli loyihalarini qoplaydi. Davlat bank kreditlarini olishda kafil sifatida qatnashadi

AQSh


Kichik biznes va tadbirkorlikka oid birinchi qonun 1953-yilda qabul qilingan va undan so’ng esa ko’plab huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Ushbu qonunlarning bajarilishini shu ma’muriyat qoshida tuzilgan Advokatura qattiq nazorat qilib boradi. Bu Advokatura ma’muriyat kabi yuqori maqomga ega hisoblanadi. Uning rahbari AQSh Prezidenti tomonidan tayinlanadi va faqat Prezident hamda Kongressga hisobot beradi. Advokatura vakillari Kongress yig’ilishida biznes va tadbirkorlik manfaatlarini himoya qiladilar hamda xususiy sektorga ma’muriy bosim ko’rsatish holatlarini bartaraf etadilar. Qonunlarga davlat idoralari ham, kichik biznes va tadbirkorlik vakillari ham birdek amal qiladilar. Kichik biznesni qo’llab-quvvatlovchi tashkilotlar vakillarining fikricha, tadbirkorlar oldida vujudga keladigan muammo pulning yetishmasligidan emas, balki aksar hollarda bilimning yetishmasligidan kelib chiqadi. Shu sababdan ham joylarda tadbirkorlar uchun bepul kutubxonalar va maslahatxonalar tashkil etilgan. AQSh da innovatsion tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash bilan Kichik biznes ma’muriyatidan tashqari yana boshqa tashkilotlar ham shug’ullanadi. Milliy ilmiy fond, NASA, universitetlar hamda tarmoq vazirliklari shular jumlasidandir.

AQShda davlat venchur firmalar va tadqiqot markazlarini tashkil etishni rag’batlantirib boradi. Milliy ilmiy fond tashabbusi bilan AQShda eng samarali tadqiqotlar markazi hamda venchur firmalar birinchi 5 yilida to’la yoki qisman federal byudjetdan moliyalashtirilishi mumkin.

Milliy ilmiy fondning ma’lumotlariga asosan, hozirgi davrda ilmiy-texnik taraqqiyotda kichik biznes va tadbirkorlik ilmiy tekshirish ishlarining o’rni tobora kuchayib bormoqda.

Boshqa texnologik rivojlangan mamlakatlar kabi AQShda ham venchur firmalar, “spin-off” firmalar (oliy o’quv yurtlari, mustaqil institutlari, davlat tadqiqot markazlari, yirik korporatsiyalarning maxsus labaratoriyalaridan ajralib chiqqan firmalar) hamda investitsion firmalar faoliyat ko’rsatib bormoqda. Davlat faol ravishda “spin-off” firmalarni yirik notijorat ilmiy markazlar,

universitetlar tomonidan subsiyidalashtirilib bormoqda. Bundan tashqari “spin-off” firmalari orqali ilmiy yutuqlarni tarqatish maqsadida, mamlakatda milliy ilmiy fond tomonidan moliyalashtiriladigan bir qator innovatsion fondlar faoliyat

ko’rsatib kelmoqda.

Jahonning rivojlangan davlatlaridan biri Yaponiyada ham kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, uning innovatsion faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dunyodagi rivojlangan mamlakatlar ichida Yaponiya ilm-fanning yuqori darajada rivojlanganligi bilan ajralib turadi.

Yaponiyada XX asrning 40- yillarida mamlakat hukumati tarkibida “Kichik va o’rta korxonalar boshqarmasi” tashkil etilgan. Kichik biz­nesni qo’llab-quvvatlashni milliy davlat markazlari kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish umumdavlat dasturini bajarish yo’li orqali amalga oshiradilar. Shunday markazlardan 170 ta tuzilgan hamda faoliyati yo’lga qo’yilgan. Bundan tashqari, kichik korxonalarning raqobatbardoshligini yuqori darajada ushlash

maqsadida davlat texnologik das­turlarini amalga oshirishga javob beradigan davlat texnologik marka­zlari ham bor. Barcha markazlar ishini Kichik va o’rta korxonalar boshqarmasi muvofiqlashtirib boradi. Yaponiyada kichik va o’rta korxonalarni qo’llab-quvvatlashda davlat, o’zini o’zi boshqarish hududiy organlari, moliyaviy tuzilmalar hamda o’quv yurtlari ishtirok etadilar.

Davlat kichik va o’rta korxonalarni turli xil imtiyozlar hamda soliqlarni kamaytirishni moliyalashni, oliy maktabga qarashli o’quv yurtlarida boshqaruvchilar, sohiblar, ma’murlar stajirovkasini yo’lda qo’yish orqali qo’llab-quvvatlab boradi. Mintaqaviy madad o’zini o’zi boshqaruvchi jamoat tashkilotlari tomonidan moliyaviy ta’minotni, savdo va sanoatda rahbarlik qilish markazi yordamida savdo-sanoat palatasi hamda kichik va o’rta korxonalar uyushmasi Markaziy jamiyati mutaxassislarining bepul maslahatlarini yo’lga qo’yishni o’z ichiga oladi. Moliyaviy tuzilmalar ham kreditlashni, ham banklarda maslahat markazlarini tashkil etishni amalga oshiradilar. O’quv yurtlari kichik va o’rta biznes uchun malakali kadrlar tayyorlab beradi.

Yaponiyada sanoat rivojlanish strategiyasini aniqlashda, sanoat ishlab chiqarishda hamda ularni ishlab chiqarishga joriy qilishda tashqi savdo va sanoat vazirligi muhim o’rin egallaydi, ilmiy texnika siyosati aniq yo’nalishlarining bajarilishini fan va texnika boshqarmasi nazorat qiladi.

Yaponiya sanoat texnologiyalari assotsiatsiyasi tashqi savdo va sanoat vazirligiga bo’ysungan bo’lib, litsenziyalarni eksport va import qilish ishlari bilan shug’ullanadi. Yaponiyada ilmiy texnika taraqqiyotning uzoq muddatli dasturi mavjud bo’lib, amaliy tadqiqotlarni rag’batlantirish hamda chet ellardan litsenziyalarni sotib olish bilan shug’ullanadi. Yaponiyada fan, ishlab chiqarish va ilmiy texnika taraqqiyotining integratsiyalshgani, ilmtalab ishlab chiqarishni qamrab olgani tufayli ushbu mamlakat jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM, sanoati rivojlangan mamlakatlar orasida iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan oldingi o’rinlarni egallab turibdi. Ushbu yutuqlar Yaponiyada innovatsion faoliyatning faolligi natijasida bo’lmoqda.

II BOB. KICHIK BIZNES KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYAT TAHLILI VA RIVOJLANTIRISH YO’NALISHLARI

2.1. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish dinamikasi

Fan-texnika taraqqiyotining jadal sur’atlar bilan o’sib borishi jahon va mintaqaviy bozorlarda raqobat keskinlashib borishiga sabab bo’lmoqda. Aynan kichik biznes o’zining harakatchanligi, kam miqdorda sarmoya talab qilishi hisobidan ishlab chiqarishni tez modernizatsiya qilish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini yangilash imkoniyatiga ega ekanligi hamda shu tariqa bozor konyunkturasining o’zgaruvchan talablariga moslasha olishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu bois, O’zbekistonda tadbirkorlik erkinligini, uning xususiy manfaatdorligini huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy himoya qilish, qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish sohasidagi islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Natijada faol tadbirkorlikka va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga monelik qiluvchi kuchlarni barham toptiradigan zarur shart-sharoitlar kengaymoqda.

3-jadval:

O’zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning 2000-2018 yillardagi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari22


Ko’rsatkichlar

O’lchov birligi

2000

2005

2010

2015

2016

2017

2018

YaIM dagi ulushi

%

31.0

38.2

52.5

61.9

64.9

63.6

59.4

Kichik biznesda band bo’lganlar soni

Mln kishi

4.5

6.6

8.6

10.2

10.4

10.6

10.1

Band bo’lganlarning iqti- sodiyotda band bo’lganlar umumiy sonidagi ulushi

%

49.7

64.8

74.3

77.9

78.2

78.3

74.6

Jadval ma’lumotlaridan tahlil etilayotgan davr ichida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining mamlakat YaIMdagi ulushi yildan-yilga oshib borganligini ko’rish mumkin. Masalan, ushbu ulush 2000-yilda 31 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2018-yilga kelib 59.4 foizga yetgan, ya’ni deyarli 28 foizga o’sgan.

2000-yildan 2018-yilga qadar kichik biznesda band bo’lganlarning soni qariyb 6 mln kishiga ko’paygan. Shu bilan birgalikda kichik biznes xususiy tadbirkorlikda band bo’lganlarning iqtisodiyotda band bo’lganlar umumiy sonidagi ulushi ham ushbu davr ichida 24.9 foizga o’sgan.

Tahlildan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirishning muhim tayanchi va asosiga aylangan holda, umumiy ko’rinishda, mazkur sohada yildan-yilga yuksalish va taraqqiyot yuz berayotganligini ko’rish mumkin. Xususan, aholi bandligi soni va ulushi, jami korxonalar soni, yalpi ichki mahsulotdagi ulushi bo’yicha ko’rsatkichlarning yil sayin tobora ijobiy natijalarni qayd etishi buning yorqin dalilidir.

Tahlillarning ko’rsatishicha, O’zbekiston Respublikasida kichik biznes korxonalarining rivojlanishini barcha viloyatlar bo’yicha bir tekisda emas. Kichik korxonalar rivojlanishini baholab borishda, jumladan korxonalarning soni, ularda mehnat qilayotgan xodimlar soni yoki ular orqali ish o’rinlarining yaratilishi, mahsulotlarni sotishdan olingan tushum orqali ularning bozorni to’ldirishga qo’shayotgan ulushlarini tavsiflaydigan qator ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Respublikamizda kichik biznes korxonalari rivojlanishining 2018-yil yakunlariga ko’ra Namangan, Jizzax, Samarqand, Xorazm viloyatlarida ushbu ko’rsatkichlar yuqori bo’lganligi bilan ko’zga tashlanmoqda.

4-jadvaldagi ma’lumotlarga tayanib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning xizmatlar sohasidagi yuqori ulushini Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Farg’ona, Buxoro, Jizzax va Andijon viloyatlariga to’g’ri kelishini ko’rish mumkin. Bandlikda esa Andijon, Samarqand va Namangan viloyatlari yetakchilik qilmoqda.



Sanoatda ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining oshib borilishi ta’minlanmoqda. 2000-yilda sanoatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 12,9 % ni tashkil etgan bo’lsa 2010-yilda ushbu ko’rsatkich 2 martaga oshib 26,6 % ni tashkil etdi, 2018-yilda esa sanoatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 39,6 % ga teng bo’ldi.
4-jadval

2018-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning hududlar bo’yicha ulushi, foizda23





Sanoat

Xizmatlar

Qurilish

Bandlik

O’zbekistonRespublikasi

39,6

58,4

65,1

78,3

Hududlar

Qoraqalpog’istonRespublikasi

18,0

61,3

79,2

75,2

Andijon

34,4

73,7

94,3

84,5

Buxoro

43,4

74,9

67,8

78,5

Jizzax

61,3

74,2

91,3

82,0

Qashqadaryo

23,1

71,9

76,8

80,0

Navoiy

18,8

67,3

75,4

60,3

Namangan

68,4

73,7

93,9

83,4

Samarqand

55,5

76,5

92,3

84,5

Surxondaryo

45,8

76,3

79,4

81,1

Sirdaryo

44,9

66,4

91,4

79,5

Toshkent

29,6

76,2

79,2

77,0

Farg’ona

41,4

75,9

89,0

80,5

Xorazm

40,6

71,4

87,2

82,9

Toshkent shahri

71,3

51,1

66,8

56,8

Keyingi yillarda tadbirkorlikni innovatsion rivojlantirish, faol tadbirkorlikni shakllantirish masalasi obyektiv zaruriyatga aylandi. Chunki tadbirkorlikni innovatsion rivojlantirish orqali raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, iqtisodiy faollikni ta’minlashga erishiladi. Zero, “Faol tadbirkorlik biznes faoliyatini innovatsion, ya’ni zamonaviy yondashuvlar, ilg’or texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etadigan iqtisodiy yo’nalishdir. Faol tadbirkor deganda, biz raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir, eng muhimi, yangi ish o’rinlari yaratib, nafaqat o’zini va oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon insonlarni tushunamiz”.


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomasida mamlakat iqtisodiyotiga munosib hissa qo’shayotgan, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarib, yangi ish o’rinlari yaratayotgan tadbirkorlar safini kengaytirish, jumladan, yuqori texnologiyalar, ilm-fanning eng so’nggi yutuqlariga asoslangan texnika va asbob-uskunalarni mamlakatimizga olib kelish va joriy etish uchun ularga munosib sharoitlar yaratish birinchi navbatdagi vazifa ekanligi qayd etilgan.

Zamonaviy sharoitlarda tadbirkorlik faoliyatida ilm-fanning so’nggi yutuqlari, innovatsiyalardan keng foydalanish orqali iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror iqtisodiy o’sish hamda iqtisodiy faollikni ta’minlash uchun dasturulamal bo’lib xizmat qiladi.


2.2. Kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyat tahlili

Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmasiga ega bo’lish va shu orqali barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga erishish vatanimiz taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlashning muhim shartlaridan hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun esa, avvalo, iqtisodiyotning real sektorini jadal rivojlantirish lozim. Shunga ko’ra, bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash dolzarb ahamiyat kasb etib, respublikamizda ushbu jarayon bir qator asosiy yo’nalishlar bo’yicha amalga

oshirildi. Ayniqsa, real sektor korxonalarini qo’llab-quvvatlashda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, kooperatsiya va integratsiya aloqalarini tobora kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo’lga qo’yish hamda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag’batlantirish masalalari alohida o’rin tutdi.

Zamonaviy ilm-fan yutuqlari va yangiliklaridan foydalanish kichik biznes korxonalari faoliyatini har tomonlama rivojlantirishda hal qiluvchi omil bo’lib xizmat qiladi.

Innovatsiyalar ilmiy-texnologik o’zgarishlar globallashuvi sharoitida amal qilish maydoniga ko’ra inson faoliyatining barcha sohalari va jamiyatning har bir jabhasini qamrab olgan holda turli mamlakatlar va sivilizatsiyalar o’rtasidagi keskin farqlarni bartaraf etishda uning yutuqlaridan keng foydalanish va har bir mamlakatning innovatsion taraqqiyoti orqali jahon sivilizatsiyasi va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida o’z hissasi va ta’siriga ega bo’lish imkonini beradi.

Yangi texnologiyalarning rivojlanishi va ular asosida tamomila yangi tovar va xizmatlar turlarini sotish tezligi shunga olib kelmoqdaki, bozordagi vaziyat va iste’molchilarning ehtiyojlari tobora o’zgarmoqda. Iste’molchi nimani, qayerdan, qanday ko’rinishda va qanday narxda sotib olishni istashini aytmoqda. Bunday hollarda korxona ishlab chiqarishida innovatsion faoliyatni samarali yo’lga qo’yish qo’l keladi.

Korxonalarda innovatsion faoliyat eng avvalo, ishlab chiqarishni takomillashtirish vazifalari va imkoniyatlari bilan emas, balki iste’molchilarning yangi mahsulot tavsifnomalari borasida nimalarni afzal ko’rishini o’rganish natijalari bilan belgilanadi. Yangi mahsulot ishlab chiqarishni o’zlashtirishda ushbu mahsulotni laboratoriyada sinab ko’rishga emas, balki bozorda tekshirib ko’rishga ko’proq e’tibor qaratishi lozim.

So’nggi yillarda mamlakatimizda o’z kuchi bilan innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar ishlab chiqargan korxona va tashkilotlar soni keskin oshib bormoqda. 2010-2017 yillar oralig’ida innovatsion mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar soni 7,5 martaga oshdi. 2010-yilda shunday korxonalar soni 289 ta ni tashkil etgan bo’lsa, 2014-yilga kelib 1601 ta, 2017-yilda esa 2171 tani tashkil etdi. Birinchi marta innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar ishlab chiqarishni o’zlashtirgan korxonalar soni 1007 ta ga ko’paydi.



Innovatsion mahsulotlar va xizmatlar hajmi ham yildan yilga ortib bormoqda. 2017-yilda innovatsion mahsulotlar va xizmatlar hajmi 18543,3 mlrd. so’mni tashkil qildi. Bu ko’rsatkich 2016-yilga nisbatan 1,7 barobar, 2008 yilga nisbatan 14 barobarga ko’paygan. Innovatsiyalarga qilingan xarajatlar esa 2016-yilga nisbatan 1,6 foizga kamayganligini ko’rish mumkin.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling