Kirish I bob. Mehnatga haq to’lashning nazariy asoslari


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana18.11.2020
Hajmi1.29 Mb.
#147137
  1   2   3   4
Bog'liq
Mehnatga haq to‘lashni tashkil etish va takomillashtirish


 

 



 

 

KIRISH  ................................................................................................................ 3 

I BOB. MEHNATGA HAQ TO’LASHNING NAZARIY ASOSLARI. 

1.1. Korxonalarda mehnatga haq to’lashning mohiyati va turlari ............................ 6 

1.2.. Korxonada mehnatga haq to‘lash tizimi va moddiy-ma'naviy rag‘batlantirish 

tizimini rivojlantirish  ........................................................................................... 13 

1.3. Mehnatga haq to’lashning xorij tajribasi  ....................................................... 17 

 

 

II BOB. Mamlakat real sektorida mehnatga haq to’lash jarayoni va unga 

tahliliy - amaliy yondashuv. 

 

2.1. O’zbekistonda o’rtacha ish haqining o’sish dinamikasi va mehnat resurslari 

tahlili  ................................................................................................................... 24 

2.2. “Deluxe Fabric” MCHJ korxonasining faoliyati tahlili  ................................. 29

 

2.3. “Deluxe Fabric” MCHJda mehnatga haq to’lash jarayoni va mehnat resurslari 



tahlili .................................................................................................................... 33

 

 

 

XULOSA VA TAKLIFLAR. 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. 

ILOVALAR. 

 

 



 

 


 

KIRISH 



Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasining bozor  iqtisodiyotiga 

o’tish yo’lidagi qiyinchiliklar iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashni taqozo 

etadi.  Bu  o’z  navbatida  mamlakatimizning  yuqori  salohiyatga  ega  bo’lgan  ishchi 

kuchidan  samarali  foydalanishni  vazifa  qilib  qo’yadi.  Mamlakatimizda  olib 

borilayotgan islohotlarning negizida aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish 

masalasi muhim ahamiyat kasb etadi.  

So’nggi 5 yil ichida aholi daromadlarining salmog’i sezilarli darajada oshgani 

ma’lum.  Xususan,  Prezidentimizning  2019-yilda  ijtimoiy  sohani  yanada 

rivojlantirish uchun bir qancha vazifalarni amalga oshirish to’g’risidagi murojatlari 

buning yaqqol ifodasidir: 



…Birinchidan,  aholi  oʻrtasida  ishsizlikni  kamaytirish,  odamlar  va 

oilalarning daromadini oshirish lozim. 

Hukumat bir oy muddatda 2019 yil uchun bandlikka koʻmaklashishning yangi 

davlat  dasturini  tasdiqlashi  kerak.  Bu  borada  ishsizlarni  kasbga  oʻqitish,  ularga 

huquqiy  va  boshqa  maslahatlar  berish  hamda  boshqa  ijtimoiy  yordam  usullaridan 

keng foydalanish kerak. 

Xalqimizning  hayot  darajasini  yuksaltirish  uchun  mehnatga  munosib  haq 

toʻlash  tizimini  shakllantirish  va  aholi  real  daromadlarini  oshirishimiz  zarur.  Eng 

kam oylik ish haqi miqdorini belgilash tartibini qayta koʻrib chiqish, soliq va boshqa 

toʻlovlarning  eng  kam  ish  haqi  miqdori  bilan  bogʻliq  boʻlishiga  barham  berish 

kerak.”

1

 



Jahon  bozorida  turli  iqtisodiy  qiyinchiloiklar  hukm  surayotgan  bir  paytda 

xalqimiz  turmush  tarzining  yaxshilanishi  va  farovonlik  darajasining  oshirilishi 

uchun  ildam  qadam  tashlayapmiz.  Aholi  daromadlari  nafaqat  yirik  tadbirkorlik 

subyektlari  tarkibida  ishlayotganlar  hisobiga,  balki  kichik  biznes  tadbirkorlari 

qo’lidagi  jamoaning  hissasiga  oshib  bormoqda.  Zero,  Prezidentimiz 

ta’kidlaganlaridek: 

                                                             

1

 



http://xs.uz/uz/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoevning-olij-mazhlisga-murozhaatnomasi

 


 

“…Aholi farovonligini oshirish maqsadida joriy yilda ish haqi, pensiya, 



stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori o‘tgan yillarga nisbatan sezilarli ravishda 

oshirildi. 

Xususan, pedagog xodimlarning ish haqi so‘nggi 10 yilda birinchi marta 50 

foizgacha ko‘paytirildi. 

Ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli, aholining real umumiy daromadlari 2017 

yilga nisbatan 12 foizga oshdi. 

“Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi dasturlar doirasida 2 

trillion so‘mga yaqin mablag‘ ajratilib, joylarda 2 ming 600 dan ortiq biznes 

loyihalari amalga oshirildi.”

2

 



Qonunlardagiga nisbatan qo‘shimcha  mehnat huquqlari va kafolatlari boshqa 

normativ  hujjatlar,  shu  jumladan  shartnoma  yo‘sinidagi  hujjatlar  (jamoa 

kelishuvlari, jamoa shartnomalari, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek xodim va ish 

beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin. 

O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga muvofiq har bir shaxs mehnat 

qilish,  erkin  ish  tanlash,  haqqoniy  mehnat  shartlari  asosida  ishlash  va  qonunda 

belgilangan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. 

Jamoa  shartnomasi  —  korxonada  ish  beruvchi  bilan  xodimlar  o‘rtasidagi 

mehnatga  oid,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  kasbga  oid  munosabatlarni  tartibga  soluvchi 

normativ hujjatdir. 

Ish  beruvchi  bilan  jamoa  shartnomasini  tuzish  zarurligi  haqida  qaror  qabul 

qilish  huquqiga  kasaba  uyushmasi  o‘z  vakillik  organi  orqali,  xodimlar  tomonidan 

vakolat berilgan boshqa vakillik organi yoki bevosita mehnat jamoasining umumiy 

yig‘ilishi (konferensiyasi) ega. 

Jamoa  shartnomalari  korxonalarda,  ularning  yuridik  shaxs  huquqi  berilgan 

tarkibiy bo‘linmalarida tuziladi.

3

 

                                                             



2

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  matbuot  xizmati  davlat  rahbarining 2019  yil  uchun  mo‘ljallangan  eng  muhim  ustuvor  vazifalar 



haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.

 

3

 Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодекси. 16, 29, 35-моддалари. 



 

Mavzuning  o’rganilganlik  darajasi.    Sanoat  korxonalarida  mehnat  va  ish 

haqi  masalalari,  mehnatga haq to‘lash shakllari  va sistemalari, tarif tizimi nazariy 

jihatlari  V.P.  Gruzinova

4

,  Ye.A.  Kantora,  Gorfinkel'  V.Ya.,  Shvandar  V.A., 



Gorfinkelya

5

  V.Ya.,  Shvandara  V.A.  va  boshqalarning  ilmiy  ishlarida  atroflicha 



tahlil qilingan. 

Ishlab chiqarish munosabatlarida kadrlar, Zamonaviy korxonalarning iqtisodiy 

faoliyatida  kadrlar  masalalari  xorijiy  olimlardan  John  Sloman,  Alison  Wride

6



Church J., and R.Ware.

7

 va boshqa olimlarning ishlarida bayon etilgan. 



Kurs ishining maqsadi. Korxona va tashkilotlarda xodimlar mehnat faoliyati 

uchun  ish  haqi  to’lash  jarayonlari  va  tizimlarini  o’rganish  va  takomillashtirish 

bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. 

Qo’yilgan  maqsadga  erishish  uchun  quyidagilar  tadqiqot  vazifalari  etib 

belgilangan: 

-  Korxona va tashkilotlarda mehnatga haq to’lashning mohiyati hamda ijtimoiy 

farovonlikni ta;minlashda tutgan o’rni va ahamiyatini asoslash; 

-  O’zbekiston  sharoitida  mehnatga  haq  to’lash  jarayonining  rivojlanish 

dinamikasini tahlil etish; 

-  Korxonalarda mehnatni  tashkil etishning nazariy jihatlarini asoslash; 

-  Korxonalarda  mehnatni    tashkil  etishning  o’ziga  xos  xususiyatlarini  yoritib 

berish; 


Kurs ishining tarkibi. Kurs  ishi  kirish, 2  ta bob, xulosa va takliflar  hamda 

foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 



 

 

                                                             

4

 

“Экономика предприятия” : Учебник / под ред. проф. В.П. Грузинова.  3-исправленное, дополненное и 



переработанное издание. ИНФРА – М ,. 2007: 

5

 Горфинкель В.Я., Швандара В.А. Экономика предприятия. Учебное пособие.-М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2008, 



6

 John Sloman, Alison Wride . Economics. Seventh edition. 2009, England.

  

 

7



 

Church J., and R.Ware. (CW) Industrial Organization. A Strategic Approach. Irwin. 2010 



 

I BOB. MEHNATGA HAQ TO’LASHNING NAZARIY ASOSLARI. 

 

1.1 Korxonalarda mehnatga haq to’lashning mohiyati va turlari 

 

Kadrlar  korxonada  mehnat  bilan  band  bo‘lgan  hamda  korxona  shaxsiy 

tarkibiga  kiruvchi  turli  kasbiy  malakaviy  guruhlardagi  xodimlar  majmuasidir. 

Mehnat  –  har  bir  shaxs  va  umuman  jamiyat  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  zarur 

bo‘ladigan  moddiy va  ma'naviy  ne'matlar yaratish sohasidagi  maqsadga  muvofiq 

faoliyatdir.  Mehnat  -  insonda  mavjud  ong  ma'naviyat  bilan  uning  jismoniy 

imkoniyatlarining birlashishi tufayli yuzaga keladi.  

Moddiy  ishlab  chiqarish  jarayonini  tadqiq  qilish  asosida  shunday  fikrga 

kelish  mumkinki,  mehnat  avvalo,  inson  bilan  tabiat  o‘rtasidagi  sodir  bo‘ladigan 

shunday jarayonki, unda inson o‘z faoliyati bilan o‘zi va tabiat o‘rtasidagi moddalar 

almashinuvini bevosita ifodalaydi, tartibga soladi va nazorat qiladi. 

O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o’tishi davrida mehnatga 

haq to’lash, daromadlarni taqsimlash bilan bog’liq  masalalarning  mohiyati tubdan 

o’zgardi. Totalitar tizimda moddiy ne’matlarni  mehnatkashlar o’rtasida taqsimlash 

markazlashgan holda amalga oshirilgan bo’lib, unda mehnat o’lchovlari va iste’mol 

o’lchovlarining tenglik tamoyili asos qilib olinar edi. Bozor  iqtisodiyoti sharoitida 

moddiy  ne’matlar  markazdan turib taqsimlanmasdan,  yollanma  xodimning  har bir 

muayyan  vaziyat  uchun  sarflagan  mehnatini  ish  haqining  miqdori  bilan 

to’g’ridanto’g’ri  ayirboshlash  tamoyiliga  asoslangan.  Bunday  sharoitda  ish  haqi  – 

bu davlat tomonidan mehnatga haq to’lash uchun ajratiladigan milliy daromadning 

qismi bo’lmasdan, balki ish beruvchi daromadning  mehnat shartnomasi asosida va 

mehnat  natijasiga  muvofiq  ravishda  yollanma  mehnatning  to’lovchi  uchun 

sarflaydigan qismidir yoki yollanma xodimning bajargan ish evaziga ishlab topilgan 

mablag’ining miqdoridir.  

Mehnatga  haq  to’lash  ishchi  va  xodimlarning  moddiy  va  ma’naviy 

ehtiyojlarini  qondirishning  asosiy  manbai  bo’lib,  korxonada  buni  amalga 



 

oshirishning  iqtisodiy  shakli  –  ish  haqidir.  Mehnatga  haq  to’lashda  xodimlarning 



yoshi, jinsi millatidan qat’iy nazar sarflangan mehnat, mehnatning miqdori va sifati 

e’tiborga  olinadi.  Mehnatga  haq  to’lash  ish  haqi  orqali  amalga  oshiriladi.  Ish 

haqining asosiy vazifasi mehnatkashlarning xayot va mehnat sharoitini yaxshilash, 

mehnat me’yori bilan iste’mol me’yori o’rtasidagi me’yori o’rtasidagi bog’liqlikni ta’

minlashdan iboratdir. 

Inson uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish  haqi olishi emas, balki 

unga  qancha  miqdorda  tovarlar  va  xizmatlar  sotib  olishi  mumkinligi  muhim.  Shu 

sababli  ish  haqining  ikki  turi:  nominal  va  real  ish  haqi  mavjud.  Mehnatga  haq  to’

lashni  to’g’ri  tashkil  qilish  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish,  uning  samaradorligini 

oshirish ayniqsa mehnat unumdorligini o’stirishning muhim vositalardan biridir. 

Mehnatga  haq  to’lashni  tashkil  qilish  -  bu  sarflangan  mehnat  va  unga  to’

lanadigan  ish  haqi  miqdori  o’rtasidagi  o’zaro  bog’liqlikni  ta’minlashdan  iborat  bo’

lib, u ish beruvchi bilan ishlovchilarning manfaatini ko’zlaydi. 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  mehnatga  haq  to’lashni  tashkil  qilishning  bir 

qancha vazifa va tamoyillari mavjud. 

  

1. Takror ishlab chiqarish vazifasi. U mehnatkashlarni, ularning oila a’zolarini 



farovonligini ta’minlashga qaratilgan. Bunday inson ehtiyojlarining oshib borishini 

belgilovchi  iqtisodiy  qonun  aks  etadi.  Ushbu  vazifa  davlat  tomonidan  ish  haqini 

tartibga solish qonun-qoidalari bilan o’ta bog’langan.  

2. Rag’batlantiruvchi vazifa u xodimlarning ish haqining miqdorini sarflagan 

mehnati  bilan  bog’liqligini,  korxonaning  ishlab  chiqarish  faoliyatini  natijalari 

asosida hisoblanganligini belgilaydi. Ushbu bog’lanish xodimlarning o’z mehnatlari 

natijalarini doimo yaxshilashdan manfaatdor bo’lishlariga qaratilgandir. 

3.  Taqsimlovchi  vazifa.  Bu  vazifa  yollanma  ishchi  va  ishlab  chiqarish 

vositalarining  egalari  orasida  iste’mol  fondlarini  taqsimlashda  jonli  mehnat  me’

yorlarining  aks  etishini  ko’rsatadi.  Ish  haqi  yordamida  ishlab  chiqarish  jarayonida 



 

qatnashgan har bir xodimning sarflagan mehnatiga ko’ra iste’mol fondidagi shaxsiy 



ulushi aniqlanadi. 

4.  Resurslarni  taqsimlash  vazifasi.  Bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  munosabati 

bilan  bu  vazifalarning  ahamiyati  oshib  bormoqda.  U  hududlar,  iqtisodiyotning 

tarmoqlari 

va 

korxonalar 



bo’yicha 

mehnat 


resurslarini 

joylashtirishni 

optimallashtirish masalasini hal qiladi. 

5. Aholini xaridorgirligini ta’minlash vazifasi. U aholining xaridorgirligini pul 

mablag’lari bilan ta’minlash orasidagi bog’liqligini belgilaydi. 

Mehnatga haq to’lashning tamoyillari bo’lib, quyidagilar hisoblanadi: 

1.  Ishlab  chiqarish  va  mehnatning  samaradorligi  o’sishi  hisobiga  real  ish  haqi 

miqdorini o’sishi. 

2.  Mehnat  unumdorligini  o’sish  darajasini  ish  haqining  o’sish  darajasidan  yuqori 

bo

’lishi. 



3.  Xodimning  korxona  faoliyatining  natijalariga  qo’shgan  hissasi  bo’yicha  ish 

haqining differensiyalash.  

4. Mehnatiga yarasha ish haqini belgilash. 

5. Mehnatga haq to’lashni davlat tomonidan tartibga solinishi. 

6. Mehnat bozori ta’sirini hisobga olish. 

Ishlab  chiqarishdagi  asosiy  «shaxs»,  iqtisodiyot  nazariyasida  talqin 

qilinishicha,  ishchi  kuchi  -  insonning  mehnat  qilishga  jismoniy  va  aqliy 

qobiliyatlari  hisoblanadi.  Bozor  munosabatlari  sharoitlarida  mehnat  qobiliyati, 

ishchi kuchini tovar holiga keltiradi.  

Xodim  uchun  ish haqi –  uning shaxsiy daromadidagi bosh  va asosiy  manba 

bo’lib, u uning va oilasining farovonligini ta’minlash va yuksaltirishda asosiy vosita 

bo’lib hisoblanadi

8



                                                             



8

 Головачева А. “Организатсия, нормирование и оплата труда” Москва: 

“Новое знания”, 2007.

 


 

Minimal  ish  haqini  belgilashdagi  asosiy  mezonlardan  bo’lib,  mehnatkashlar 



va  ularning  oila  a’zolarini  ehtiyojini  hisobga  olish  hisoblanadi.  Minimal  ish  haqi 

ularning  faqat  jismoniy  faolliklarini  emas,  balki  ishlashga  bo’lgan  qobiliyatlarini 

qayta  tiklash,  rivojlantirishga  yo’naltirilgan  bo’lishi  kerak,  u  jismoniy  ehtiyojlarni 

qondirishi  bilan  birga,  ularning  ixtisosligini  oshirish  va  ijodiy  imkoniyatlarini 

kengaytirishini  ham  ta’minlash  kerak.  Shunga  ko’ra,  hozirda  Respublikamizda 

kishilarning  fiziologik  minimumidan  kelib  chiqqan  holda  mehnat  to’lovining 

minimal darajasi belgilangan. 

Hozirgi  paytda  iqtisodiyotning  turli  jabhalari  va  sohalarida  mehnatga  haq 

to‘lash asosan ikki shaklidan foydalaniladi. Bular ishbay va vaqtbay mehnatga haq 

to‘lash  shakllaridir.  Mehnatning  samarasi  bir  kunda  yoki  soatda  o‘z  ifodasini 

topmaydigan 

yoki 


yaratilgan 

mahsulotning 

miqdorini 

aniqlash 

imkoni 

bo‘lmaydigan  korxonalarda  mehnatga  haq  to‘lashning  vaqtbay  shaklidan  keng 



foydalaniladi. Bularga o‘qituvchilar, tarbiyachilar, shifokorlar kabi toifadagilarning 

mehnatini  misol  qilish  mumkin.  Qilingan  mehnatning  natijasini  soatda  yoki  bir 

kunda  aniqlash  imkoni  mavjut  hollarda  asosan  ishbay  usulda  mehnatga  haq 

to‘lanadi.  Mehnatga  haq  to‘lash  murakkab  tizimga  ega.  Mehnatga  haq  to‘lashda 

ishlatiladigan barcha elementlar mehnatga haq to‘lash tizimini tashkil etadi.  

Mehnatga  haq  to‘lash  tizimidagi  funksiyalarni  amalga  oshirish  uchun 

quyidagi eng muhim tamoyillarga rioya qilinishi zarur. 

1.  Ishlab  chiqarish  va  mehnat  samaradorligi  yuksalib  borgan  sari  real  ish 

haqining ortib borishi. 

  2.  Mehnat  unumdorligi  o‘sishini  o‘rtacha  ish  haqining  o‘sish  sur'atlaridan 

ilgarilovchi sur'atlarini ta'minlash  

  3.  Xodimning  korxona  faoliyati  natijalariga  qo‘shgan  mehnat  hissasiga, 

mehnat  mazmuni  va  sharoitlariga  ,  korxona  joylashgan  mintaqaga,  uning  qaysi 

tarmoqqa mansubligiga qarab ish haqini tabaqalashtirish.  

  4. Barobar (teng) mehnat uchun barobar haq to‘lash. 


10 

 

  5.  Mehnatga  haq  to‘lashni  davlat  yo‘li  bilan  boshqarish  va  tartibga  solib 



turish. 

  6. Mehnat bozorining ta'sirini hisobga olish. 

Mehnat bozorida pirovard  natijada mehnatning har xil turlariga baho berish 

tarkib  topadi.  Har  bir  xodimning  mehnatiga  to‘lanadigan  ish  haqi  uning  mehnat 

bozoridagi  mavqei  bilan  mustahkam  bog‘liq  bo‘lib,  mazkur  bozordagi  vaziyat  va 

bandlilik imkoniyatini ham belgilab beradi. 

7.Mehnatga  haq  to‘lash  shakllari  va  tizimlarining  oddiyligi,  mantiqiyligi  va 

qulayligi  

8.Ish  haqini  tashkil  etish  tamoyillarini  ularni  amalga  oshirishga  qaratilgan 

funksiyalarga muvofiq tasniflash maqsadga muvofiqdir.  

Ish haqi - har bir xodimning sarflagan mehnati miqdori va sifatiga mos ravishda 

taqsimlanuvchi  va  xodim  tasarrufiga  pul  shaklida  kelib  tushuvchi  milliy 

daromadning bir qismidir. Ish haqi bu mehnat uchun mukofotdir. 

Xodimlar  mehnatiga  haq  to‘lash  ishlab  chiqarish  jarayoniga  jalb  qilingan 

mehnat resurslarining bahosidir. Boshqacha qilib aytganda, ish haqi – bu, mahsulot 

ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining korxona xodimlari mehnatiga haq to‘lash 

uchun sarflanuvchi qismidir. Ish haqining nominal va real turlari mavjud. Nominal 

ish  haqi  bu  xodimning  ma'lum  bir  vaqt  mobaynida  bajargan    mehnati  uchun 

hisoblangan va to‘langan ish haqidir. Real ish haqi nominal ish haqiga sotib olish 

mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori; real ish haqi – bu, nominal ish haqining 

“iste'mol qobiliyati ”dir. 

Korxonalarda ish haqi sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va uni tashkil etishda 

quyidagi tamoyillarni inobatga olish zarur: 

*  adolatlilik, ya'ni bir xil mehnat uchun bir xil haq to‘lash; 

*  bajarilayotgan  ishning  murakkabligi  va  mehnat  malakasi  darajasini  hisobga 

olish; 


*  mehnatning zararli sharoitlari va og‘ir jismoniy mehnatni hisobga olish; 

11 

 

*  sifatli,  sidiqidildan  mehnat  qilishni  rag‘batlantirish,  yo‘l  qo‘yilgan 



yo‘qotishlar yoki o‘z majburiyatlariga mas'uliyatsiz yondashishni moddiy jazolash; 

*  mehnat unumdorligi sur'atini o‘rtacha ish haqining o‘sish sur'atlariga nisbatan 

tezroq o‘stirish; 

*  ish haqi miqdorini inflyasiya sur'atlariga mos ravishda muvofiqlashtirish; 

*  mehnatga  haq to‘lashning  korxona ehtiyojlariga to‘liq javob beruvchi  ilg‘or 

shakl va tizimlarini qo‘llash. 

Zamonaviy sharoitlarda korxonalarda  mehnatga  haq to‘lashning turli tizim  va 

shakllari  qo‘llanilib,  ulardan  eng  ko‘p  tarqalganlari  ishbay  va  vaqtbay  ish  haqi 

shakllaridir.  Mehnatga  vaqtbay  haq  to‘lash  tarif  tizimida  ko‘zda  tutiluvchi  ishlab 

berilgan vaqt - kalendar'  vaqt emas, balki normativ  vaqt  uchun to‘lanadigan  haqni 

anglatadi. 

  Vaqtbay-mukofotli  haq  to‘lashda  ishchi  ishlab  bergan  vaqtiga  haq  olishdan 

tashqari, ushbu ish haqiga ma'lum bir foiz hisobida mukofot ham oladi. 

  Mehnatga  ishbay  haq  to‘lash  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  (bajarilgan  ish, 

ko‘rsatilgan  xizmat)  uchun  to‘lanadigan  haqni  anglatadi.  Korxonalarda  ko‘pincha 

faqat ishbay emas, balki ishbay-mukofotli haq to‘lashdan foydalaniladi. 

  Mehnatga ishbay-mukofotli haq to‘lashda ishchi bajargan ishiga haq olishdan 

tashqari, mukofotga ham ega bo‘ladi. Mukofot asosan ma'lum bir ko‘rsatkichlarga 

erishish - mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish, mahsulot sifatini oshirish, xom 

ashyo va materiallarni tejash va shu kabilar uchun beriladi. 

Mehnatga  akkord  haq  to‘lash  tizimi  mehnatga  ishbay  haq  to‘lashning  bir  turi 

bo‘lib, uning mohiyatiga ko‘ra, bunda bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarni muddatini 

ko‘rsatgan holda baholash amalga oshiriladi. 

Korxonada  quyidagi  hollarda  akkord  haq  to‘lash  tizimidan  foydalanish 

maqsadga muvofiq hisoblanadi: 

•  korxona  biron-bir  buyurtmani  o‘z  vaqtida  bajara  olmasa  va  buning  uchun 

shartnomaga asosan yirik miqdorda jarima to‘laydigan bo‘lsa; 


12 

 

•  korxonaning  to‘xtab  qolishiga  sabab  bo‘luvchi  favqulodda  vaziyatlar 



(yong‘in,  sel,  zilzila,  suv  toshqini  yoki  jiddiy  sabablarga  ko‘ra  asosiy  texnologik 

liniyalarning ishdan chiqish hollari) ro‘y berganda; 

•  alohida  ishlarni  bajarishga  o‘ta  zarurat  tug‘ilganda  yoki  korxonada  yangi 

asbob-uskunalar ishga tushirilganda. 



1-jadval. Ish haqining shakllari va tizimlari

9

 

 

 



Ko‘pchilik korxonalarda ish haqini hisoblash tarif tizimi, ayniqsa uning tarif 

stavkasi va tarif setkalari kabi elementlari asosida amalga oshiriladi. 

Sanoat  korxonalarda  mehnatga  haq  to‘lashni  tashkil  etishning  asosiy 

elementlari mehnatni normalash, tarif tizimi, ish haqining shakllari va tizimlaridir. 

Mehnatni  normalash  -  bu  ilmiy  asoslangan  mehnat  xarajatlari  va  uning 

natijalarini  vaqt  normalari,  soni,  xizmat  ko‘rsatishning  boshqarilishi,  mahsulot 

ishlab chiqarish normalangan topshiriqlar normalarini aniqlashdir. 

                                                             

9

 Abduraxmonov K.X. «Mеhnat iqtisodiyoti (nazariya va amaliyot)» (Oliy o`quv yurtlari uchun darslik) ( T.: 



«Mеhnat», 2004 y.) 

13 

 

Ish  haqining  shakllari  va  tizimlari  –bu  mehnatning  miqdor  natijalari  va 



sifatiga (uning murakkabligi, intensivligi, shart- sharoitlariga) bog‘liq ravishda ish 

haqini belgilash mexanizmidir. 

 


Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling