Kirish: I bob. Mustaqil so‘z turkumlarining o’ziga xosligi va ta’limdagi ahamiyati
III bob. Boshlang‘ich sinflarda so‘z turkumlarini o‘rgatishda yangi texnologiyalardan foydalanish usullari
Download 0.52 Mb.
|
Soʻz turkumlarining umumiy va xususiy belgilari
html va javascript ning location history navigator obektlari va uning metodi xususiyati ichki kolleksiyalarimisollar bilan yoriting, kimyoviy texnologiyaning jarayonlar, kimyoviy texnologiyaning jarayonlar, MATLAB нинг график имкониятлари, 11-маъруза (2), Fanlar majmuasi-2021, Fanlar majmuasi-2021, Bolalar falaji, 4, 4, yosh va pedagogik psixologiya, Мирзо улугбек, Oriental contribution, ТЕСТЫ ИК ТАНЛОВ 2 КУРС РУС , otinoyilar
III bob. Boshlang‘ich sinflarda so‘z turkumlarini o‘rgatishda yangi texnologiyalardan foydalanish usullari.
3.1. So‘z turkumlarini o'tishda interfaol usullardan foydalanish. Ona tili darslari innovatsion texnologiya asosida tashkil qilinganda, asosan, o‘quvchilarda hamkorlikda ishlash ko‘nikmasi shakllanadi, umumiy vazifalar yechimini topishda bir-birlariga ko‘mak beradilar, o‘quvchilarda ijodiy va mustaqil fikrlash malakalari tarkib topadi, o‘quvchilar o‘z ishlari natijasiga, o‘qishga, ta’lim olishga shaxsan mas’ullikni his qiladilar. Ayni paytda har qanday o‘quv maskanlarida muammoli o‘qitish texnologiyasi samarador hisoblanadi. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirish bo‘lib u ijodiy, faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Muammoli o‘qitishning mohiyatini o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning o‘quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o‘quv vazifalarini, muammolarini hamda savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar: – o‘quvchida notanish faktning mavjud bo‘lishi; – vazifalarni bajarish uchun o‘quvchiga beriladigan ko‘rsatmalar, yuzaga kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ularning shaxsiy manfaatdorligi. Muammoli vaziyatdan chiqa olish hamma vaqt muammoni, ya'ni — nima noma'lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anglash bilan bog‘langan. So’z turkumlarini o’rgatishda o’quvchilarga “Nima deb o’ylaysiz nega so’zlar guruhlarga ajratilgan?”, so’z turkumlari nomlari keltirilib,”Nima uchun bu so’z turkumi aynan shunday nomlangan bo’lishi mumkin? kabi savollar bilan bmurojat qilishimiz mumkin. Buning natijasida o’quvchilarning fikr doirasini kengaytirish va o’rganilayotgan ma’lumotlarni chuqurroq anglashlariga erishishimiz mumkin. “Sinkveyn” .Texnologiyaning maqsadi:mavzuni mustahkamlash uchun mavzuga oid tushunchalar bo’yichasinkveyn tuziladi. O’tkazish tartibi:Sinkveyn-frans.besh qatorli she’r 1.Ot-narsa nomini so’z bilan ifodalash. 2.Sifat-uni ikki so’z bilan tasvirlash. 3.Fe’l-uning harakatini uch so’z bilan ifodalash. 4.Ibora-uni to’rt so’z bilan ta’riflash. 5.Gap-shu narsaga aloqador biror gap tuzish. Ushbu texnologiyadan so’z turkumlarini o’tib bo’lgach umumiy takrorlash darslarida qo’llash mumkin.3-sinfdan boshlab bu texnologiyani qo’llash imkoniyati paydo bo’ladi,bunda o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini bir karra oshirishimiz mumkin. “Klaster” metodi, bu metodni har bir dars jarayonida mavzuga moslagan holda qo’llashimiz mumkin.Misol uchun ot yasovchi qo’shimchalar mavzusida aynan shu metoddan foydalanishimiz mumkin.Bunda o’quvchilar berilgan so’zga ot yasovchi qo’shimchalar qo’shgan holda yangi so’zlar hosil qiladi. “Domino” ta’limiy o’yini.Bu o’yinda o’quvchilarni diqqati,mantiqiy fikrlashi,o’tilgan mavzuni qanchalik o’zlashtirgani yuzaga chiqadi.Domino bo’lakrarining bir qismiga savol, ikkinchi qismiga esa javoblar yoziladi.O’quvchilar savollarga mos javoblarni topib dominoni tiklashlari kerak bo’ladi.
O’yinni shu tarzda davom ettirish mumkin. Beshinchisi(oltinchisi,yettinchisi..)ortiqcha O‘quvchilarning mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo‘llash quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: — o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish; — hosil bo‘lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo‘lgan 4 ta (5 ta, 6 ta, … ) va taalluqli bo‘lmagan bitta tushunchaning o‘rin olishiga erishish; — o‘quvchilarga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish; — o‘quvchilarni o‘z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o‘tishlari hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘likni asoslashlarini talab etish lozim). Mavzu mohiyatini yorituvchi tushunchalar o‘rtasidasigi mantiqiy bog‘likni ko‘rsata va asoslash olish o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, shaxsiy yondashuvlarini asoslay, shuningdek, tengdoshlarining fikrlari bilan shaxsiy mulohazalarini o‘zaro taqqoslash ko‘nikmalarini ham shakllantiradi. 1.Maktab,quyosh,bino, qovoq,tor,o’rmon. 2.Besh,o’n ikki, sariq,sakson,birinchi. 3.Shirin,keng,oftob,katta,bemaza. 4.Yugurdi,aytaman,qoraydi,qora,kelyapman. “Quvnoq quruvchi” o’yini, bu o’yinda o’quvchilar guruhlarga ajraladi.Guruhlarga uyning qirqilgan qismlari tarqatiladi. O’quvchilar qoidada berilgan so’zlarni ketma-ketlikda to’g’ri joylashtirish orqali uyni yasashlari kerak bo’adi.Uy qismlari orasida ayrimlari ikkitadan beriladi,bunda o’quvchining chalg’ishi mumkin bo’lgan o’rinlar joy oladi. O’quvchilar egallagan bilimlariga tayangan holda ushbu qoidani to’g’ri keltirib chiqarishlari kerak bo’ladi. 8. So’zlarning juftlarini topib birlashtiring, natijada yangi so’z hosil bo’lsin. Yangi so’zlarni javobga yozing. Javoblar
9. Oldin birinchi ustundagi so’zlarni ma’no jihatdan mos keluvchi ikkinchi ustundagi so’zlar bilan birlashtiring, so’ngra moslashgan ikki ustundagi so’zlarni uchinchi ustundagi so’zlar bilan birlashtiring:
JAVOBLAR:
3.2. So‘z turkumlarini o‘rgatishda yangi texnologiyalar asosida tayyorlangan dars ishlanmalari. 4 – sinf. Ona tili. II chorak. Mavzu: So`z turkumlari ( takrorlash). Darsning maqsadi: a) ta`limiy: o`quvchilarning so`z turkumlari yuzasidan egallagan bilimlarini amaliyotda qo`llay olish malakalarini aniqlash va rivojlantirish; b) tarbiyaviy: o`quvchilarni tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash orqali vatanni sevish, tabiatni asrab-avaylashga o`rgatish; c) rivojlantiruvchi: turli didaktik vositalar orqali o`quvchilarning so`z boyligini orttirish, epchillik va topqirlikka o`rgatish. O‘quvchilarga kuzatuvchanlik, eslab qolish va esda qolganlarni og‘zaki va yozma tarzda bayon qilishga o‘rgatish orqali o‘quvchilarni erkin va ijodiy fikrlashga o‘rgatish. Dars turi: takrorlash, o`tilganlarni tizimlashtirish, umumlashtirish va mustahkamlash darsi. Darsning metodi: interaktiv metod. Darsning jihozi: darslik, tarqatmalar, turli rasmlar. Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: a) salomlashish; b) sinf o`quvchilarining darsga tayyorligini kuzatish; c) o`quvchilarni kichik guruhlarga ajratish; II. O`tgan mavzuni baholash va mustahkamlash: (O`tilgan darsda o`quvchilarga so`z turkumlari haqida umumiy ma`lumotlar berilgan, o`quvchilar ana shu ma`lumotlarni qanchalik darajada o`zlashtirganliklari aniqlanadi.) ”Tomchilar” o`yini. O`tkazilish tartibi: Bu o`yinda bulutlar bag`riga so`z turkumlari nomi, yomg`ir tomchilarida esa so`z turkumlariga doir so`zlar yoziladi. Bulutlarninig pastki qismiga konvertlar joylashtirilgan. Har bir guruhdan bittadan ishtirokchi chiqib so`zlar yozilgan tomchilarni bulutlarninig bag`riga tez va to`g`ri joylashtiradi. G`olib ishtirokchi rag`batlantiriladi. III. Mavzu asosida ishlash. ”Sinkveyn” interaktiv metodi. “Sinkveyn” metodida biror so’zning beshta sifat xususiyati tavsiflanishi zarur. O’quvchilarga mavzuning kalit so’zlari beriladi. Har bir o’quvchi alohida qog’oz varag’iga ushbu so’zning xususiyatlarini yozadi, ular ot ham, fe’l ham, sifat ham bo’lishi shuningdek, ijobiy yoki salbiy jihatni aks ettirishi mumkin. Har bir qatorga yozilgan so’zlar bitta gap hisoblanib, u keng ma’noni o’ziga qamrab oladi. Guruh ishtirokchilari ishlaridan namunalar: Suv so’ziga sinkveyn tuzish. Suv - Ot tiniq, zilol - Sifat. oqadi, jildiraydi, jilolanadi - Fe’l Suv – bu tiriklik ramzi. - Munosabat obi hayot - Ma’nodoshi Darslik bilan ishlash. 145 – mashqni mustaqil bajarish Quvnoq daqiqa. O`quvchilar qo`l harakatlari yordamida quyidagi quvnoq she`rni birgalikda jo`r bo`lib aytadilar. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling