Kirish. Kompyuter tarmoqlarining tarixi. Kompyuter tarmoqlarining protokollari, Interfeys va texnologiyalarning haqida umumiy tushunchalar. Kurs haqida qisqacha ma’lumotlar


Download 30.38 Kb.
bet1/11
Sana02.01.2022
Hajmi30.38 Kb.
#192762
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1,7 13,19


Kirish. Kompyuter tarmoqlarining tarixi. Kompyuter tarmoqlarining protokollari, Interfeys va texnologiyalarning haqida umumiy tushunchalar.

Kurs haqida qisqacha ma’lumotlar

“Kompyuter tarmoqlari” fani talabalarga zamonaviy kompyuter tarmoqlari, ularni loyihalash, nazariy bilimlar, kompyuter tarmoqlarining (KT) elementlari, funksional va tarkibiy tuzilishi, protokollar va ularning vazifalari, OSI va TCP/IP protokollar steki hamda Internet tarmoqlari haqidagi bilimlarni berishni o’z ichiga oladi. Shuning, ushbu kurs Cisco Packet Tracer dasturidan foydalanib LAN, MAN va WAN tarmoqlarini loyihalash va simulyatsiya qilish jarayonini qamrab oladi.

Ushbu kurs oxirida Talaba:

Kompyuter tarmoqlarining rivojlanish bosqichlari, kompyuter tarmoqlarida qo’llaniladigan amaliy pog’ona ilovalari, pog’onali aloqa arxitekturalari va ularning asosiy jihatlari, klient-server modellari, ma’lumotlarni uzatish asoslari haqida asosiy tushunchalarga ega bo‘ladi.

Simli va simsiz tarmoq texnologiyalari va muhitlari, IEEE 802 (IEEE 802.3, 802.11, 802.15, 802.16) standartlari, mobil tarmoqlarining standartlari, zamonaviy tarmoqni loyihalash dasturlari, uzatish muhitlari, axborot xavfsizligi masalalari va tarmoqni boshqarish haqida tasavvurga ega bo‘ladi.

Tarmoqlarning va ularni topologiyalarining asosiy tushunchalari, tarmoq qurilmalari (marshrutizator, kommutator, hub, modem, shlyuz, konnektor, adapter), marshrtulash jarayoni, marshrtulash usullari, tarmoq standartlari, tarmoq topologiyalari, OSI va TCP/IP modellari haqida tasavvurga ega bo‘ladi.

LAN, MAN va WAN tarmoq texnologiyalari va topologiyalarining asosiy konseptsiyalari, NoC (Network-on-Chip) arxitekturalari uchun tarmoq texnologiyalari, tarmoq protokollari, fizik pog’ona, uzatish muhitlari va texnologiyalarining asosiy jihatlari, kanal pog’onasida xatoliklarni aniqlash va to’g’rilash asoslari, kanallar va paketlar kommutatsiyasi, Ethernet (Ethernet, Fast Ethernet, Gigabit Ethernet, 10 Gigabit Ethernet) texnologiyalari, CSMA (carrier-sense multiple-access networks) asoslari haqida asosiy bilimlarga ega bo’ladi.

Simsiz va mobil aloqa tarmoqlari, mobil IP, Wi-Fi va sotali aloqa texnologiyalari, simsiz kirish muhitlari, IEEE802.11 a/b/g/n texnologiyalari, LTE, 4G tarmoq arxitekturalari kabi sotali tarmoq konsepsiyalari, mobil IP xususiyatlari, simsiz MAC protokollari haqida tushunchalarga ega bo’ladi. Tarmoq pog’onasida ulanish o'rnatiladigan (connection-oriented) va ulanish o'rnatilmaydigan (connectionless services) xizmatlarni taqqoslash, tarmoq protokollarining sintaksisi, semantikasi va vaqtiga bog'liq o'lchamlarda contrast, IPv4, IPv6, va TCP/UDP kabi protokollarni o’rganish, tarmoq texnologiyalarning funksiyasi, turli tarmoq arxitekturalarini solishtirish, marshrutlashda foydalaniladigan muhim texnologiyalarni tushunish kabi muhim bilimlarga ega bo’ladi.

Klient-server ilovalari va ularning vazifalari, turli klient-server ilovalarini joriy etish uchun samarali yo’nashuvlar, veb ilovalari, dasturiy ta’minot texnologiyalari, veb serverlar, email serverlar, peer-to-peer va gibrid modellar va ularning arxitekturalari haqidagi asosiy tushunchalarga ega bo’ladi.

Ma’lumot uzatish tushunchalarining asoslarini, ma’lumotlarni uzatish rejimlari, signallar va signallarni kodlash usullari, ma’lumotlarni uzatishda modulyatsiya usullar, analog-raqamli va raqamli analog o’zgartirish jarayonlari, modemlar va multipleksorlash va ularning ishlash prinsiplari va xatoliklarni aniqlash usullari va xatoliklarni to’g’rilash usullari haqidagi bilimlarga ega bo’ladi.

Simsiz sensor tarmoqlarining (WSN) xususiyatlari, WSN tarmoqlarinig turlari, WSN tarmoqlarida marshrutlash va MAC protokollari, WSN tarmoqlarning ilovalari, WSN tarmoqlarida kanallar va paketlar kommutatsiyasi va virtual kommutatsiya jarayonlarini o’rganadi.


Download 30.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling