Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi


Download 24.47 Kb.
bet1/3
Sana02.01.2022
Hajmi24.47 Kb.
#187990
  1   2   3
Bog'liq
Kirish


Kirish

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Zamonaviy rivojlanish va uning yaqin kelajakdagi istiqbolning o’ziga xos xususiyati shundaki, insonning shaxsiy sifatlari iqtisodiy o’sishda tobora zaruriy omilga aylanib bormoqda. Bu tendentsiya iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ham, bozor islohotlari yaqinda amalga oshirilayotgan mamlakatlarda ham namoyon bo’lmoqda. Iqtisodiy o’sish va inson rivojlanishi o’rtasida uzoq muddatli o’zaro munosabatlar ko’zatiladi.

Inson omilining O‘zbekiston Respublikasining rivojlanishidagi o’rni va ahamiyati Prezident SH.M.Mirziyoyev tomonidan bir necha marotaba alohida ta’kidlab o’tilgan. Jumladan, Oliy Majlisga Murojaatnomasida shunday ta’kidlab o’tganlar: “Biz bugun ko’p millatli xalqimizga, barchamizning umidimiz va suyanchimiz bo’lgan yoshlarimizga ishonib, marrani kata olmoqdamiz. Aziz farzandlarimiz, nabiralarimiz bahtini, kamolini o’ylab, el-yurtimizning, xalqimizning yorug’ kelajagini ko’zlab, oldimizga ulkan vazifalar qo’ymoqdamiz.”  Bundan tashqari: 2020yilning asosiy – ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yo’nalishlarini belgilab berdilar. “Davlat idoralari xalqqa, jumladan, tadbirkorlarga yaqin ko’makchi bo’lishi zarur. Davlatning boshqaruv sohasidagi ba'zi funksiyalarini davlat-xususiy sheriklik asosida jumladan, "autsorsing" shaklida xususiy sektorga topshirish lozim. Davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish maqsadida davlat xizmatiga malakali mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini shakllantirish zarur.” – deb ta’kidladilar.1

O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bilimdon va ishbilarmon xodimlarni shakllantirishga erishish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga egadir. Hozirgi kunda mamlakatimizda kadrlarni boshqarish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Respubdika ishlab chiqarish korxonalarini texnik va texnologik jihatdan yangilash bilan bir qatorda, mavjud personalni boshqarish tizimi va kadrlar menejmenti takomillashtirilish davom ettirilishni taqozo etmoqda.

Zamonaviy korxonalar faoliyatini samarali ta’minlashda mehnat qurollari va predmetlaridan inson resurslari – xodimlar ham muhim ahamiyatga ega. Aynan xodimlar ishlab chiqarishni boshqarib, joriy va istiqboldagi rejalashtirishni amalga oshiradilar hamda ishlab chiqarish foydalanishni ta’minlaydilar. Xodimlarning kasbiy malakasi qanchalik yuqori bo‘lsa, korxonaning iqtisodiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari shunchalik yaxshi bo‘ladi.

Kadrlarni boshqarishga doir yangi xizmatlar odatda an’anaviy xizmatlar: kadrlar bo‘limi, mehnatni tashkil etish va ish haqi bo‘limi, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘limi va hokazolar asosida tuziladi. Yangi xizmatlarning vazifasi korxona va tashkilotdagi kadrlar siyosatini amalga oshirishdan, mehnat salohiyatini boshqarish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishdan iboratdir. Shu munosabatlar bilan bu xizmatlar o‘z vazifasi doirasini kengaytira boshlaydi va sof kadrlar masalasidan mehnat faoliyatini rag‘batlantirish tizimlarini ishlab chiqishga, kasbiy jihatdan ilgari siljishni boshqarishga, ixtiloflarga barham berishga, mehnat bozori va shu kabilarni o‘rganishga o‘tadi.

Kompaniyalar yangi ishchilarni izlash va saralash tizimini tashkil etishda innovatsion ilmiy – uslubiy tamoyillar asosida amalga oshirilmoqda, ayniqsa hozirgi kunda butun jahonni qamrab olgan COVID-19 pandemiyasi oqibatida keskin o’zgarishlar yuzaga keldi. Bu borada eng samarali yullarini izlab toppish, kadrlarni izlashda va saralash tizimini amalga oshirishda axborot texnologiyalardan keng foydalanish xozirgi kuda eng dolzarb masalaga aylanganligi xech kimga sir emas. Bu muammolarni o’rganish va takomillashtirish zarurligi kurs ishimning tanlangan mavzusi dolzarbligini ko’rsatadi.




Download 24.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling