Kirish. Mavzuning dolzarbligi


Download 123.22 Kb.
bet1/9
Sana31.01.2024
Hajmi123.22 Kb.
#1819580
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mamanova Muborak (Автосохраненный)


Reja
Kirish

  1. Tabiat bilan tanishtirish metodlari haqida tushuncha

  2. Tabiat bilan tanishtirishning ko‘rgazmali metodi

  3. Amaliy uslub va uning turlari

  4. Tabiatda bolalar mehnati

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqil O’zbekistonning milliy davlatchiligimiz poydevori kun sayin mustahkamlanib, rivojlanib bormoqda. O’z tarixiy an`analaridan, yashash tarzidan kelib chiqib, ulug’ ajdodlarning tajribdlariga tayangan holda ko’p qonunlar yaratilmoqda. 11997 yil 29 avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan "Ta`lim to’g’risida"gi qonun va uzluksiz ta`limning o’zbek modelini belgilovchi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ta`lim-tarbiyaning sifatini yanada yaxshilash vazifasini belgilab berdi. Qonunning asosiy maqsadi ta`lim sohasini isloh qilish, uny o’tmishdan qolgan mafkuraviy, qarashlaridan to’la xalos etish, rivojlangan mamlakatlar darajasida, yuksak ma`naviy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratishdir. Bu qonunni amalga oshirishda ta`lim tizimining birinchi bosh bo’g’ini hisoblangan maktabgacha tarbiya muassasalari, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish. tabiatini muhofaza qilish, ekologik ta`lim-tarbiya berishning ahamiyati kattadir. Yosh avlodni etuk mutaxassislar, aqlan, ruhan kamol topgan, o’z Vatanini sevuvchi, uni e`zozlovchi inson qilib tarbiyalashda ushbu sohaning urni beqiyos. Bola shaxsining mukammal shakllanipshda tabiat, unda bo’ladigan voqeahodisalar, tabiat qonuniyatlari muhim rol oynaydi. Bolalar mana shular bilan tanishar ekanlar ham aqlan, ham axloqan, ham jismonan, ham ilmiy dunyo qarashlari mujassamlashib, shakllanib boradi va ular tabiatini asrash, extiyot qilish va muhofaza kilish ruhida tarbiyalanadilar. Inson tabiat mahsulidir. Insonni tabiat yaratgan, kamol toptirgan. Shunday ekan. biz tabiatni e`zozlashimiz, unga tugri munosabatda bulib, tabiatni yana ham ko’rkamligiga, abadiyligiga uz hissamizni qo’shishimiz zarur. Yosh bolalarni har tomonlama kamol toptirish va tarbiyalash turli omillar asosida amalga oshiriladi. Buning eng samaralisi maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishdir.
_____________________
1O‘zbekiston Respublikasining Ta‘lim to‘g‘risidagi Qonuni, 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan // Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq, 1997. -20-29 b
Bolani go’dakligidan boshlab tabiatdan zavq olishga. tabiatga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatib borishimiz zarur.
Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida inson qalbini kichiklikdan boshlab yaxshilik, olijanob, insonparvarlik, odamgarchilik, poklik, so’zamollik, xushso’zlik, ilmli bo’lish kabi oliy janob hislatlar bilan boyitish inson kamolotining me’yori bo’lib kelgan, chunki komil insonning ma’naviyati yuksak bo’ladi,yuksak ma’naviyatga ega bo’lgan kishi esa,o’z xalqining o’tmish tarixi, urf-odati, qadriyati va an’analari, madaniyatini chuqroq biladi, unga rioya qiladi. Bugungi kunda «ekologiya» tushunchasi mamlakatimizda har bir fuqaro uchun muhim ahamiyatga ega. Barchamiz bilamizki, ommaviy axborot vositalarda hozirgi sharoitdagi ekologik muammolar hamda ularni hal etish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib borilmoqda. 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni so’zsiz amalga oshirish, respublika hududlaridagi ekologik muommolar yechimiga ta’lim tizimini joriy qilish bilan xissa qo’shish, o’sib kelayotgan yosh avlodning ekologik savodxonligini oshirish, ekologik ongni va ekologik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, ekologik ta’lim tarbiya jarayonini samarali tashkil etish maqsadida “O’zbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi”1 qabul qilindi. Respublikada ekologik xavfsizlikni ta’minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish, ekologik holatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar sog‘lig‘iga zararli ta’sirining oldini olish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish, maishiy chiqindilarni yig‘ish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” to’g’risida farmoni qabul qilindi.2 Har bir davlatdagi muammo ham, yutuq ham boshqa mamlakatlarga o‘zining ijobiy va salbiy ta’sirini bir xilda o‘tkazishi aniq. Hozirgi kunda yer sharining turli nuqtalarida keng quloch yozayotgan ekologik tangliklar tabiatga nisbatan to‘g‘ri munosabat bildirishimiz va unga ko‘proq e’tibor qaratishimiz zarurligini anglatadi.

Download 123.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling