Kirish Mavzuning dolzarbligi


Download 1.45 Mb.
bet2/15
Sana15.04.2020
Hajmi1.45 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

1.2. Yuzalarnianiqlashdazamonaviytexnologiyalarniqo‘llash

Yer tuzish va yer kadastr iuchun bajariladigan topografik-geodezik qidiruvlar majmuasida yerdan foydalanuvchilar va qishloq xo‘jaligi erlari yuzalarini aniqlash, katta mehnatni talab qiladigan ishlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun yuzalarni aniqlashda EHM va zamonaviy texnik vositalardan foydalanish zamon talabiga muvofiqdir.

Hozirgi paytda, kompyuter va EHMda katta imkoniyat mavjudligi tufayli, yerdan foydalanuvchilarning maydonlari ko‘proq analitik usulda, ya’ni marza belgilari koordinatalarining hisoblangan qiymatlari bo‘yicha aniqlashi mumkin. Ushbu qiymatlar yo‘q bo‘lgan holda, fotogrammetrik yoki grafik usulda topilgan koordinatalarining qiymatlaridan foydalaniladilar.

Poligonlar yuzalarini ular uchlarining koordinatalari bo‘yicha hisoblash uchun qo‘llanadigan formulaga asoslanib tuzilgan algoritmlar bo‘yicha EHMda dasturlar tayyorlangan. Koordinatalar bo‘yicha yuzalarni aniqlashda mehnat unumdorligini oshirish uchun, koordinatalar planda koordinatograflar (koordinatometrlar) yordamida o‘lchanadi va ular natijalar iavtomatik ravishda ro‘yxatga olinib EHMning xotirasiga o‘tkaziladi.

Karl Seys firmasining koordinatografiga qo‘shiladigan koordinatalarni avtomatik ravishda ro‘yxatga oladigan asbob Novosibirskdagi Geodeziya, Aerofoto geodeziya va Kartografiya Markaz ilmiy Tadqiqot Instituti (GA va KMITI) da tuzilgan. Ushbu prinsipda, ya’ni koordinatometr va EHM bilan birgalikda (Orel shahridagi «Avtograf» ilmiy – ishlab chiqarish birlashmasida ishlab chiqilgan) SMP 6410 grafo tuzilma, Shvetsiyalik Geotracer elektronplanimetr, Polshalik Labimex kartometrlari shlaydi.

Barcha bu asboblar yana konturlar yuzalarini aniqlashga ham mo‘ljallangan bo‘lib, aylana indeksi yordamida konturlar chegarasini aylanishida soat mili yo‘li bo‘yicha nuqtalar koordinatalari vaqtning har bir qadami masalan, har bir sekundda, yoki masofaning qadami, masalan, har bir millimetrda avtomatik ravishda ro‘yxatga olinadi. Buning uchun GA va KMITIda algoritm tuzilgan bo‘lib, uning yordamida EHMda barcha konturlarni yuzasi hisoblanadi va nashrga planshet yoki xo‘jalikni hududi bo‘yicha konturlar yuzalarini qaydnomasi va erning turlari bo‘yicha ereksplikatsiyasi beriladi.

Dasturda qog‘ozning deformatsiyasini inobatga olingan holda yuzalarni bog‘lash, koordinatalarni ro‘yxatga olish qadamining hududi bo‘yicha konturlarni umumlashtirish ko‘zda tutilgan. Dasturga binoan, avval planshet hududi bo‘yicha yerdan foydalanuvchilarning bog‘langan yuzalari aniqlanadi, keyin esa – konturlarning yuzalari erdan foydalanuvchining umumiy maydoniga bog‘lanadi.

Afsuski, bu asboblar tuzilishining murakkabligi va eng muhimi narxi qimmat bo‘lganligi tufayli, ularni keng ravishda ishlab chiqishga joriy etishi mushkil bo‘lmoqda.

Shuning uchun ko‘pincha planda yer maydonlari yuzasi ishlab chiqarishda keng tarqatilgan asbob – o‘zgaruvchan aylantirish richagli qutbli planimetrda aniqlanadi.

Aniqligi bo‘yicha qutbli planimetr ko‘p holatlarda yer tuzish va yer kadastri talablarini qoniqtiriladi, chunki plandagi konturlar yuzasini tasvirlash xatosi, umuman aytkanda uni planimetr bilan aniqlash xatosidan katta. Ammo, mehnat samaradorligi bo‘yicha u zamonaviy talablardan ancha qolishadi va ko‘pincha bu shakllarni qo‘lda aylantirish va hisoblash mexanizmidan sanoq olishda ifodalanadi. Shuning uchun operatorlarning qo‘lda shakllarni aylantirishdan ozod qilinadigan elektron planimetrlarni turli modellari ixtiro qilindi. Ushbu elektron planimetrlar mexanik planimetrlardan o‘lchash natijalarini tasvirlanuvchi suyuq kristallik displey va kerakli ishlash rejimini o‘rnatish uchun klaviaturaning mavjudligi bilan farqlanadilar. Ular qutbli yoki g‘ildirakli ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

Qutbli planimetrlarni turli modifikatsiyalari mavjud bo‘lib, ulardan «Stenli» ingliz firmasining konstruksiyasi diqqatga sazovor. Plan, kartalarda o‘lchash jarayonini avtomatlashtirish maqsadida “Stenli” firmasining planimetrida hisoblash g‘ildiragini shaffof shishali diskdan yasalgan. Diskdagi teshiklardan nur o‘tadi, chiqishda esa nur parchasi fotodiodlar sistemasini yoritiladi. Fotodiodlardan chiqqan signallar hisoblash bloki bilan ulangan impulsli hisoblashgichiga uzatiladi. Asbobda foto elementlar yordamida hosil qilinadigan hisoblash mexanizmdagi ko‘rsatgichlar EHMga beriladi va u yuzalarni hisoblaydi, hisoblash natijalari esa konturlar yuzalarni hisoblash qaydnomasi ko‘rinishida displeyga bosib chiqiladi. Ammo bu planimetr konstruksiyasining murakkabligi, qimmatligi va og‘irligi tufayli keng tarqatilmadi.

Yig‘indisini indikatorda hisoblashiga imkon beradigan «Plakom» (Yaponiya) firmasining chiziqli planimetri (1.2-1 – shakl) yuzalarni aniqlash bo‘yicha ishlarni juda tezlashadi (oddiy planimetrga nisbatan taxminan ikki marotaba).





1.2-1 – rasm. «Plakom» chiziqliplanimetri

Konturlar yuzasining o‘lchash jarayonini qisman avtomatlashtirish imkonini beradigan elektron planimetrning boshqa misoli bo‘lib, X-PLAN raqamli planimetri (Yaponiya) hisoblanadi (1.2-2 - shakl). Unda, avtomatik ravishda sanoqlarni olish, yuzalarni hisoblash va o‘lchash natijalarini tabloga chiqarish jarayonlari amalga oshiriladi.





Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling