Kirish Mavzuning dolzarbligi


Download 1.45 Mb.
bet3/15
Sana15.04.2020
Hajmi1.45 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

1.2-2- rasm. X-PLAN elektronplanimetri

1 - qopqoq, 2 - richag, 3 - g‘ildirag, 4 - linza, 5 - klaviatura,6 - tablo, 7 – raqamli klaviatura, 8 – ishlash rejimi indikatori, 9 – kuzatish rejimni ulash klavishasi,10 – nuqtalash rejimni ulash klavishasi.

Asbob shakllar yuzasi, chiziqlar uzunligini kartalar, planlar, sxemalar va boshqa grafik materiallari bo‘yicha tez va sifatli o‘lchashga imkon beradi. To‘g‘ri chizqlar uzunligi ikki nuqta orasidagi chiziqning boshi va oxirini belgilash, egri chiziqli konturlari esa ularni aylantirishi bilan aniqlanadi. Barcha holatlarda bir o‘lchash jarayonida ham chiziqlar uzunligi, ham shakllar yuzasi aniqlanadi. Shunda, o‘lchash natijalarini yig‘indisi va o‘rtacha qiymatlarini hisoblash mumkin. Buning uchun asbob o‘lchash natijalari ustida turli jarayonlarni amalga oshirishiga imkon beradigan kalkulyator bilan ta’minlangan. Asbobda o‘rnatilgan katta ekssentrik linza operator ishining sodda va napryajeniyadan (qiyinchilikdan) ozod bo‘lishiga imkon beradi. Asbob ham zaryadlanadigan batareya hamda elektrik tarmog‘idan (220V\50Gs) ishlashi mumkin.

Planimetrning texnik tavsiflari:


  • O`lchanadigan qiymatlar - yuzalar, chiziq uzunligi (to‘g‘ri, egri, uzunliklar yig‘indisi);

  • O‘lchash birligi - mm, sm, km, ga, akr, dyum, fut, milya va foydalanuvchi tomonidan beriladigan o‘lchash birligi;

  • O‘lchash rejimi:

a) nuqtali (Point) – burilish nuqtalari orqali to‘g‘ri chiziqli konturlarni o‘lchash;

b) uzluksiz (Sontinious) - to‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli konturlarni aylantirish orqali;



  • O‘lchash chegarasi:

- vertikal bo‘yicha 380mm;

- gorizontal bo‘yicha 100mm.



  • Quvvatlash manbasi - zaryadlanadigan NiSd batareyasi; zaryadlanish vaqti - 8 soat; foydalanish maksimal vaqti - 40soat.

  • Ishlash rejimining temperaturasi +100S dan +300S gacha.

Oxirgi yillarda SOKKIA (YAponiya) firmasi tomonidan X-PLAN elektron plnimetri asosida modifikatsiyalangan PLANIX 5 – qutbli planimetri (1.2-3– rasm, a), PLANIX 7 - g‘ildirakli planimetri (1.2-3 – rasm, b), SUPER PLANIX (1.2-4 – rasm, a), PLANIX S10 marble (1.2-4 – rasm, b) elektron planimetrlar ishlab chiqarilmoqda.

SUPER PLANIX va PLANIX S10 marble elektron plnimetrlari yordamida nafaqat yuzalarni tez va aniq, yana chiziq uzunligi, nuqtalar koordinatalari, burchaklar, yoylar hamda doiraning radiusini ham o‘lchash mumkin.





Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling