Kirish mavzuning dolzarbligi


Download 92.89 Kb.
bet1/3
Sana20.09.2020
Hajmi92.89 Kb.
  1   2   3

  1. KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik asnosida, umumbashariy qadriyatlarga tayangan, go‘zallik-ezgulik-adolat tamoyillariga asoslangan adabiyot ilmi qaror topdi. Adabiyotshunoslik ilmi yangi-yangi talqin va tahlil metodlari, usullari bilan o‘z imkoniyatlarini kengaytirib bormoqda, ildiz otib, palak yozmoqda.

Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”, - deydi Sh.Mirziyoyev ta’lim-tarbiya haqida o‘z nutqida.

Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi ko‘p jihatdan barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalshga bog‘liq. Ana shunday muhim vazifani amalga oshirish uchun Vataniga, xalqiga sadoqatli, mustaqil fikrlaydigan, erkin, ijodkor shaxsni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib turadi.Ma’lumki, hozirgi davrdagi tub islohotlar har bir kishidan bilim, salohiyat, samarali mehnat, madaniyatlilik, yuqori malaka, yuksak onglilik, ijodkorlik, jamiyat oldida mas’uliyatni his etishni talab etadi.Insonparvarlik, demokratik, mustaqil davlat quruvchi har bir inson ana shu xislatlarga ega bo‘lishi zarur.

Pedagogika ilmi va amaliyotdan ma’lumki, nazariyadan yo‘naltirilgan ta’limga qarab borish o‘quvchining ijtimoiy hayotda o‘z bilimi va qobiliyatini namoyish etish imkoniyatini yaratadi.Komil insonni tarbiyalsh maqsadi ta’lim jarayoniga ijodkorlik bilan kompleks yondashishni taqozo etib , zamonaviy darslarni tashkil qilishga zamin yaratadi. Binobarin, faqat ijodkorlik va mustaqil faoliyat muhitida tashkil etilgan ta’lim natijasidagina o‘quvchida o‘zligini shaxs sifatida namoyish eta olish ko‘nikmalari shakllanib boradi.

Badiiy adabiyotning inson kamolotidagi o’rni yuksak ekanligi barchaga yaxshi ayon. Zero, inson ko’ngli kechinmalari, nozik va nafis tuyg’ulari ifodasi bo’lgan so’z san'atining nazokati va sehru jozibasi asrlar osha jilolanib kelmoqda. Bu narsa mumtoz shoirlarimiz asarlari orqali yanada oydinlashmoqda. O’zbek mumtoz adabiyoti xalqimizning ma'naviy mulki, uning hayoti, shuuri, ruhiyati bilan chambarchas bog’liq. Mumtoz adabiyotimizni puxta o’rganish, buyuk san'atkorlarimiz hayoti, shaxsiyati, asarlarini talabalar, o’quvchilar qalbiga singdirishning ahamiyati bugungi kunda yanada yorqinroq namoyon bo’lmoqda.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek: “Sharq sivilizatsiyasi yutuqlarini, o’tmish ajdodlarimizning madaniy va ma'naviy boyligini chuqur va har tomonlama o’rganishimiz darkor... Buyuk ajdodlarimiz bo’lmish mutafakkir, olimlar, go’zallik ijodkorlarining biz uchun yangi bo’lgan nomlari va asarlarini milliy ma'naviyatimiz xazinasiga qaytarish muqaddas vazifamizdir”. Malaka ishimiznig ham dolzarbligi anashundadir.



Malaka ishining maqsad va vazifalari. Har bir lirik janr voqelikni, inson fikr va his-tuyg‘ularini o‘z badiiy ifoda usulari hamda xarakteriga mos tarzda tasvirlaydi. Lirik tur va uning janrlarini o‘quvchilarga tushuntirishda ta’limning samarali metodlarini qo‘llash bo‘yicha ma’lumot berish malaka ishining bosh maqsadidir. Malaka ishining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • lirika haqida;

  • lirikaning kichik janrlari

  • g‘azal va qit’a munosabati

  • tuyuq va tajnis haqida umumiy ma’lumot berish.










II. ASOSIY QISM

  1. Lirika haqida umumiy ma’lumot

Lirika (yun., cholg‘u asbobi) adabiy tur sifatida qadimdan shakllangan bo‘lib, o‘zining bir qator xususiyatlariga egadir. Lirikaning belgilovchi xususiyati sifatida uning tuyg‘u-kechinmalarni tasvirlashi olinadi. Ya’ni, epos va dramadan farq qilaroq, lirika voqelikni tasvirlamaydi, uning uchun voqelik lirik qahramon ruhiy kechinmalarining asosi, ularga turtki beradigan omil sifatidagina ahamiyatlidir. Shu bois ham lirik asarda voqelik lirik qahramon qalb prizmasi orqali ifodalanadi, yanayam aniqrog‘i, lirikada kechinmani tasvirlash uchun yetarli miqdordagi voqelik "parchalari", detallargina olinadi.

Lirikaning asosiy obrazi - lirik qahramon (ba’zan u lirik subyekt deb ham yuritiladi). Ko‘pincha lirik qahramon deganda muallif tushuniladiki, bu har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Zero, shoir o‘zining kechinmalarini tasvirlashi ham, o‘zganing ruhiyatiga kirgan holda o‘sha "o‘zga shaxs" kechinmalarini tasvirlashi ham mumkin bo‘ladi. Bu o‘rinda yana bir muhim masala shuki, she’rda xatto shoir o‘z kechinmalarini tasvirlagan holda ham lirik qahramon bilan real shoir orasiga tenglik alomati qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki, birinchidan, L.Tolstoy aytmoqchi, inson qalbida mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha qalblar imkoniyat tarzida mavjuddir, shunga ko‘ra va ikkinchidan, shoir o‘zganing holatiga qirishi, ma’lum hayotiy situatsiyadagi istalgan insonning kechinmasini his qilishi ham mumkin. Masalan, Cho‘lponning "Men va boshqalar" she’ri garchi lirik "men" tilidan berilgan bo‘lsa-da, uning lirik qahramoni shoir emas, balki o‘zbek qizining umumlashma obrazi ekanligi oyday ravshan. Lirik qahramon, epik asar qahramonlaridan farqli o‘laroq, noplastik obraz sanaladi. Lirik asarda subyektning noplastik obrazi yaratilgani bois ham u o‘quvchi tasavvurida tashqi ko‘rinishi bilan gavdalanmaydi, mavhumligicha qoladi, aniqrog‘i, o‘quvchi o‘zini uning o‘rnida ko‘radi, uning kechinmalariga turtki bergan holatni his qiladi, ko‘nglidan kechgan kechinmalarni o‘z ko‘nglida ham kechiradi. Masalan, tubandagi she’rni shu jihatdan ko‘zdan kechirishimiz mumkin:



Ko‘ksimga qo‘yilgan bu boshni endi

Gohida ko‘z qiyib, gohida qiymay

Va buning ustiga seni unutolmay

Yashash axir menga ko‘p qiyin.

"Bora-bora sevib ketarman

Men erimni balki keyinroq",-

Degan xayol bilan yashaysan,

Mendan ko‘ra senga qiyinroq.

She’rni o‘qigan kitobxon lirik qahramonni - qaysidir sababga ko‘ra sevgilisiga yetisholmagan, endilikda o‘zining oilasida sokin va totuv umrguzaronlik qilayotgan, turmush o‘rtog‘ini-da samimiy hurmat qiluvchi va ayni paytda sevgisini ham unutolmagan odamni tasavvur qiladi, o‘sha odamning ruhiy holatiga kirib, uning kechinmalarini qalbdan o‘tkazadi. Yuqorida aytdikki, lirik qahramon bilan real shoir teng emas, ya’ni, shu she’rni yozish uchun shoirning albatta sevgilisiga yetisholmagan va hamon o‘sha sevgisini qo‘msab yashayotgan odam bo‘lishi shart qilinmaydi. Fikrimizning yorqin dalili shuki, siz, ya’ni she’rxon, bu holatni his qilasiz, holbuki, unda tasvirlangandek hayotiy holatni real hayotda boshdan kechirmagansiz, faqat, Tolstoy aytmoqchi, qalbingizda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha qalblar imkoniyat tarzida yashaydi.

Shoir va lirik qahramon munosabatini asosga olgan holda biz lirik asarlarni ikkiga: avtopsixologik va ijroviy lirikaga ajratamiz. Avtopsixologik lirika deganda lirik qahramon bilan shoir shaxsiyati mos tushgan, ikkalasi bir-biriga yaqin bo‘lgan she’rlar tushuniladi. Ya’ni, avtopsixologik she’rlarda shoir o‘z qalbiga murojaat kiladi, o‘z-o‘zini ifodalaydi. Agar avtopsixologik lirikaga mansublik uchun shoir shaxsiyati va lirik qahramon orasidagi yaqinlik(aynan moslik emas)ni kifoya deb qarasak, u holda lirik asarlarning aksariyati avtopsixologik xarakterga egaligi ma’lum bo‘ladi. Shoir shaxsiyati bilan lirik qahramonning mos tushmasligi ochiq ko‘rinib turgan she’rlarni ijroviy lirika deb yuritamiz. Bu xil she’rlarning ijroviy lirika deb nomlanishiga sabab shuki, ularda shoir o‘zga shaxs ruhiyatiga kiradi, go‘yo uning rolini o‘ynaydi va asarda uning qalbini suratlantiradi. Shuni yodda tutish lozimki, mazmun jihatidan ajratiluvchi janrlar (falsafiy, ishqiy, siyosiy va h.) bularning har biriga birdek singishib ketaveradi (ya’ni, avtopsixologik lirika ham, ijroviy lirika ham mazmunan falsafiy, ishqiy, siyosiy va h. bo‘laverishi mumkin,). Ma’lumki, lirik asarlar asosan she’riy nutq shaklida yoziladi, biroq "she’riy asar" va "lirik asar" tushunchalarini bir-biridan farqlash joiz. Sababki, badiiy adabiyotda she’riy yo‘lda yozilsa-da lirikaga aloqador bo‘lmagan asarlar ham mavjud. Shuningdek, lirik asar odatan hajmining kichikligi, vaqt hissining "hozir"ligi, asosan monologik nutq shakliga va ko‘proq konfliktning ichki turiga (boshqa konflikt turlari genetik jihatdan ta’sir qilgani uchun asarda juda kam ifodalanadi, ifodalanganda ham bilvosita namoyon bo‘ladi) egaligi kabi xususiyatlar bilan ajralib turadi.

Lirik turdagi asar ham, tabiiyki, boshqa adabiy turlarga xos xususiyatlarni qisman o‘ziga singdiradi. Jumladan, lirik asarda voqelikka oid tafsilotlar (epik element) juda kam bo‘lib, ular kechinmani ifodalash, uning omillarini ko‘rsatishga yetarli miqdordagina olinadi. Ya’ni, o‘rinda asosiy me’yor — fragment tarzida olingan epik elementlarning lirik qahramon holatini tasavvur qilish uchun yetarliligi. Shuningdek, lirik asarda yana epik asarga xos voqeabandlik, dramatik asarga xos dialogik holatlar, o‘ziga xos "sahna" yaratish hollari ham uchraydi. Biroq har ikki holda ham bu elementlar kechinmani tasvirlash va ifodalashga xizmat qiladi, ya’ni, lirik asar uchun voqeani yoki "sahna"ni tasvirlash maqsad bo‘lolmaydi, ular vosita xolos.

Ma’lumki, klassik she’riyatimizda faol ishlatilgan ayrim turg‘un janrlar (g‘azal, ruboiy, qasida va b.), shuningdek, xorijiy adabiyotlardan o‘zlashgan turg‘un she’riy shakllar (sonet, rondo, tanka, xokku va b.) hozirgi she’riyatda, xususan, o‘zbek she’riyatida ham oz bo‘lsa-da qo‘llaniladi. Buning ustiga adabiyotshunos faqat hozirgi adabiyotni o‘rganish bilan cheklanmaydi, u, ayniqsa nazariy masalalarni o‘rganish va xulosalar chiqarish jarayonida, umuman jahon adabiyoti materialiga tayanadi. Shunga ko‘ra, o‘zbek she’riyatida qo‘llanilgan she’riy janrlarni, bizningcha, tubandagicha janr turlariga ajratish mumkin:

1) shakl xususiyatlariga ko‘ra (bandning tarkiblanishi, qofiyalanish tartibi va h.) ajraluvchi janrlar: g‘azal, mustazod, tuyuq, ruboiy, tarjiband, tarkibband, musammatlar.

2) anjumanga mo‘ljallangan janrlar: nazira, badiha, muammo, chiston (lug‘z);

3) xorijiy adabiyotlardan o‘zlashgan janrlar: sonet, xokku, tanka, oktava, oq she’r, epigramma va h.;

4) hozirgi she’riyat janrlari: avtopsixologik lirika (uning ko‘rinishlari sifatida meditativ lirika va intellektul lirika), ijroviy lirika, tavsifiy lirika, voqeaband lirika.

Hozirgi she’riyatda qo‘llaniluvchi janrlarni yuqoridagicha turlarga ajratar ekanmiz, biz ularning shakl xususiyatlariga, biroq, mumtoz adabiyotdagidan farqli o‘laroq, ichki shakl xususiyatlariga tayanamiz. Jumladan, avtopsixologik she’r deganda biz lirik qahramon va shoir shaxsiyati munosabatidan kelib chiqamiz.

Avtopsixologik she’rlarning bir ko‘rinishi sifatida olingan meditativ lirikaning predmeti shoir ko‘nglidirki, bunda shoir ko‘nglidan kechayotgan oniy kechinmalar, doim ham mantiqiy idrok etish va tushuntirish mushkul tuyg‘ular ifodalanadi (shu bois ham hozirda buni "ko‘ngil she’riyati" deb atamoqdalar). Umuman lirikaga xos bo‘lgan lirik meditatsiya (hissiy mushohada, his-tuyg‘uga yo‘g‘rilgan mushohada) meditativ she’riyatning asosini tashkil qiladi.

Shoirning mavjudlikning konkret masalasi - hayot va o‘lim, inson taqdiri yoki fe’l-atvori, jamiyat va h. masalalar haqidagi mushohadasi asosiga qurilgan she’rlar intellektual lirika namunasi sanaladi. Intellektual lirikada birmuncha sokinlik, aytish mumkinki, birmuncha "sovuqqonlik" kuzatiladiki, bu unda aqlning hisdan ustunligi bilan izohlanishi mumkin. Masalan, A.Oripovning "Umr o‘tib borar misoli ertak...", "Ona sayyora", "Nisbiylik" kabi qator she’rlari intellektual lirika namunasi sifatida ko‘rsatilishi mumkin.

Yuqorida aytganimizdek, ijroviy lirikada shoir o‘zga shaxs ruhiyatiga kirib, o‘zganing tilidan mushohada yuritadi, natijada o‘sha o‘zga shaxs she’rning lirik qahramoniga aylanadi. Bu haqda yuqoridagilarga shuni qo‘shimcha qilish joizki, 60-yillardan boshlab, ayniqsa, 70-80-yillar she’riyatida tarixiy shaxslar tilidan yozilgan ijroviy she’rlarning ko‘payishi kuzatiladi. Bu narsa, bir tarafdan, milliy o‘zlikni anglashga intilishning boshlangani bilan, ikkinchi tarafdan, bu xil she’rlarning "so‘z aytish"ga nisbatan kengroq imkoniyat yaratishi bilan izohlanishi mumkin. Masalan, X.Davron "Abulhay so‘zi" nomli she’rida olis XY asrda yashagan musavvir Abulhay ruhiyatiga kiradi va uning tilidan yolg‘onga asoslangan san’at, hayotni bejab ko‘rsatadigan san’at haqidagi fikrlarini izhor qiladi, ijod erkinligi masalasini ko‘ndalang qo‘yadi. Shunindek, Rauf Pafining "Muktibdoh", "Turkiston yodi" U.Azimning "Brut" she’rlarida ham tarixiy shaxslar ruhiyatiga ko‘chish holati kuzatiladi.

Aruz vaznidagi she'r shakllari

Aruz she'r tizimida ritmik birliklar. Barmoq vaznidagi misraning aruzda asosiy ritmik birlik bo‘la olmaslik sabablari. Bayt (arabcha-uy) haqida tushuncha. Bayt aruziy ritmik birlik sifatida. Aruzda misra va bayt munosabatlari.



Bayt asosiga quriladigan she'r shakllari.

Tuyuq (turkcha-tuymoq, his qilmoq) — turkiy she'riyatga xos janr ekanligi. Tuyuqning qofiyalanish tartibi. Tuyuqda tajnis (jinsdosh-omonim so'zlar)ning qo‘llanishi. Tuyuq vaznlari. Turk-o‘zbek tiliga xos bo‘lgan vaznlardan ramal vazni bahrlarida tuyuqning ko‘proq yozilishi. Lutfiy va Navoiy tuyuqlaridan namunalar.

G‘azal (arabcha-ayollarga xushomad) — shaklan uch baytdan 19 baytgacha bo‘lgan, o‘ziga xos qofiya tizimiga asoslangan (a — a; b — a; v — a;...) she'r shakli ekanligi. G‘azalning birinchi bayti matla' (arab-awal), so‘nggi bayti maqta' (arabcha-so‘nggi parcha) deb yuritilishi. Maqta'da she'r shoir taxallusining keltirilishi. azalni mazmuniga ko‘ra yakpora (voqeaband) va parokanda kabi turlarga ajratish mumkinligi.

G‘azal V—VII asrlarda arab she'riyatida shakllangan janr bo‘lib, X asrgacha qasidaning boshlanish (nasib) qismi sifatida ishlatilganligi. Fors va turk she'riyatida g‘azal taraqqiyoti. azalning fikriy-hissiy yo‘nalishiga ko‘ra orifona, rindona, oshiqona va boshqa turlarga ajratilishi. azalning mumtoz namunalaridan misollar keltirish.

Qit'a (arabcha-bo‘lak) — hajman 2 baytdan 18 baytgacha bo‘lgan she'r shakli ekanligi. Shakl va qofiya tizimiga ko‘ra matla'siz va maqta'siz g‘azal ekanligi. Qifaning mazmuniga ko‘ra turlari: orifona, rindona, oshiqona. Navoiy va Ogahiy qit'alaridan namunalar.

Mustazod (arabcha-orttirilgan)— g‘azalning bir raisrasiga ayni o‘sha vaznda yarim misra (ikki rukn) orttirilgan she'r shakli ekanligi. Mustazodning ko‘pincha hazaj bahrida yaratilishi. Mustazodning g‘azal usulida qofiyalanishi. Mashrab, Chokar mustazodlaridan namunalar.

Qasida (arabcha-elchi) — Muayyan tarixiy voqea va shaxsni ulug‘-lashga qaratilgan voqeaband she'r shakli ekanligi. Qasidaning ham g‘azal tartibida qofiyalanishi. Uning 13 baytdan kam bo‘lmasligi. Qasida turlari, qasidayi holiya, qasidayi faxriya, qasidayi bahoriya, qasidayi xazoniya, qasidayi hajviya.

Soqiynoma (may quyuvchi) — odatda, soqiyga xitoban aytiladigan she'r shakli ekanligi. Bunda may, rand va soqiy obrazlarining ramziy ma'no tashishi. Soqiynomaning har baytda masnaviy usulida o‘zaro qofiyalanishi.

Masnaviy (arabcha-ikkilik) — har baytning ikki misrasi o‘zaro qofiyalanib keluvchi she'r shakli ekanligi. Masnaviyning ma'no va shakl imkoniyatlari kengligi. She'riy yo'l bilan yaratilgan epik va liro-epik asarlar (doston, noma, masal va b.)ning masnaviy usulida yozilishi. Masnaviy vazni mutaqorib ekanligi.

Musammat — aruz vaznida misralardan tarkib topgan band asosiga quriladigan she'r shakli. Har bir she'r bir necha banddan tashkil topgani holda har banddagi misralar soniga qarab nomlanishi ham joriy etilganligi.

Murabba' (arabcha-to‘rt) — har bandi to‘rt misradan iborat she'r shakli ekanligi. Murabba'larning qofiyalanishi. Murabba' shaklining barmoq vaznida yoziladigan she'r shakllariga yaqinligi. Amiriy va Muqimiy murabba'laridan namunalar.

Muxammas (arab-besh) — har bandi besh misradan iborat bo‘lgan she'r shakli ekanligi. Muxammasda ham barcha musammatlar kabi birinchi bandning o‘zaro qofiyadosh bo‘lib, qolgan bandlarning so‘nggi misralari esabirinchi band bilan qofiyadosh bo‘lib kelishi. Muxammasning ikki turi: sof muxammas va taxmis. Taxmis g‘azallarga bog‘lanadigan muxammas ekanligi.

Musaddas (arabcha-olti) — har bandi olti misradan iborat bo‘lgan she'r shakli ekanligi. Musaddasning qofiyalanish tartibi. Muddasning ikki turi sof musaddas va tasdis. Tasdisning o‘zaro g‘azallarga bog‘lanadigan musaddas ekanligi.

Musabba' (arabcha-yetti) — har bandi yetti misradan iborat bo‘lgan she'r shakli ekanligi. Musabba'ning qofiyalanish tartibi.

Musamman (arabcha-sakkiz) — bandi sakkiz misradan iborat bo‘lgan she'r shakli ekanligi. Musammanning qofiyalanishi.

Muashshar (arabcha-o‘n) — har bandi o‘n misradan iborat bolgan she'r shakli ekanligi. Muashsharning qofiyalanish tartibi. Mumtoz adabiyotdagi mashhur musammatlardan namunalar.

Tarkibband bir necha banddan tarkib topgan she'r shakli bo‘lib, har bandning o‘ziga maxsus qofiyalanish tizimi mavjudligi. Biroq har bandning so‘nggi misralarining mustaqil qofiyalanishi bilan farqlanishi.

Tarje'band bir necha banddan tashkil topgan she'r shakli bo‘lib, birinchi qismning oxirgi ikki misrasi har qismning oxirida qaytarilib turishi bilan farqlanadigan she'r shakli ekanligi. Navoiy va Mashrab tarkibband va tarje'bandlaridan namunalar.

She'riy san'atlar
1. Lafziy san’atlar. She'riy san'atlarning badiiy nutq go‘zalligiga asoslangan badiyat hodisasi ekanligi. Mumtoz adabiyotda she'riy san'atlar alohida ilm («ilmi sanoye'» yoki «ilmi bade'») sifatida o‘rganilishi. She'riy san'atlarning aruziy asoslari. She'r san'atlarining turlari: lafziy, ma'naviy va lafziyu ma'naviy kabi san'atlar.

Lafziy san'atlarning badiiy nutqning tovush jihati bilan bog‘langanligi. Lafziy san'atlarga ko‘pincha shakl hodisasi sifatida qaralishi. Lafziy san'atlarning asosi — «alfozni ma'nig‘a tobc qilinishi» (Atouloh Husayniy).



Tajnis (arabcha-jinsdosh) — yozilishi va aytilishi bir xil bo‘lgan ikki misra so‘zlarining bir vazn va qofiyada kelishiga asoslangan san'at turi ekanligi.

Mulama' (arabcha-har xil) — baytning bir misra bir tilda, ikkinchi misrasi boshqa tilda yozilishiga asoslangan she'riy san'at turi ekanligi. Fors manbalarida bu san'atni «shiru shakar» deb ham atalishi. Sharq adabiyotida bunday she'rlar arab-fors, arab-turk, fors-turk tillarida kelishi.

Muammo (arabcha-yashirin) — bayt tarkibida maxsus qoidalar bilan biror ismning yashirin kelishiga asoslangan san'at ekanligi. Ayrim manbalarda ushbu san'atga adabiy janr sifatida qaralishi. Alisher Navoiy muammolari.

Tarix — arab yozuvidagi har bir harf shakllari biror raqamni ifodalangan holda ularaing qo‘shilishidan hosil bo‘lgan so‘zlar asosida tug‘ilish, o‘lim, to‘y, taztga chiqish, bino solish voqealari sanalariga bag‘ishlanishi. «Abjad hisobi» haqida ma'lumot.

Kitobat — arab alifbosidagi harflar shaklidan lirik va epik timsollar tizish san'ati ekanligi. Kitobat san'ati namunalarining XIV—XV asrlar she'riyatida keng qo‘Uanilganligi. Ogahiy va Furqat g‘azallarida kitobat san'atining faol qo‘Uanishi.

Muvashshah (arabcha-bezalgan) — g‘azal yoki muxammas janrida (goho masnaviy) yozilgan asarlarning har baytidagi bosh harflarni o‘zaro tutashtirganda biror shaxs yoki hodisaning ismi berilishidir. She'rda yashiringan ismga o‘sha asar bag‘ishlanishi, mabodo bag‘ishlanmasa, intizom bed atalishi. Muvashshah san'atining muammo zamirida paydo bo‘lganligi.

Tazod (arabcha-qarshi qo‘ymoq) — o‘zaro zid tushunchalarni ifo-dalovchi so‘zlarni qo‘Uash orqali she'r mazmundorligini oshirish san'ati ekanligi. Qarshilantirish san'atining komil shakli zohiriy emas, balki fikriy qarshilik asosiga qurilishi.

Mazkur she’rda lirik qahramon ruhiyatidan o‘tkazib berilgan tabiat tasvirida uning kayfiyati, kechinmalari, o‘y-fikrlari o‘z aksini topgan. Lirik qahramon o‘zini asirlikdagi bahodirdek sezadi, tun tasviri uning ruhiyatidagi shu sezimni kuchaytirib ifodalaydi. She’rning kuchi shundaki, lirik qahramonning konkret holatdagi kayfiyati o‘quvchi ruhiyatida shunga monand turfa kayfiyatlarni hosil qilishga, shu kayfiyat asosida ko‘nglidan kechinmalar buhronini, ongidan o‘y-fikrlar oqimini o‘tkazishga imkon beradi. Aslida shoirning tub maqsadi tabiat manzarasini chizishgina emas, shu bois u konkret manzarani hissiy bo‘yoqlar bilan chizganki, natijada tabiat manzarasi ayni paytda qalb manzarasiga aylangan. Peyzaj lirikasi tavsifiy she’rlarning bir ko‘rinishi, xolos. Zero, biror narsa yoki hodisani tavsiflash asosida lirik qahramon kechinmalarini ifodalovchi she’rlarning bari tavsifiy lirikaga mansubdir. Jumladan, A.Oripovning vatanni tavsiflovchi "O‘zbekiston", hazrat Navoiyga bag‘ishlangan "Alisher", nogoh uchragan go‘zal tavsiflangan "Go‘zallik" kabi she’rlari ham tavsifiy lirika namunalari sanaladi.

Nihoyat, hozirgi she’riyatda ancha keng tarqalgan voqeaband lirika xususida. Xuddi tavsifiy lirikaga o‘xshash, voqeaband lirikada voqeani tasvirlash maqsad emas, balki vosita sanaladi. Voqea ortida uni hissiy mushohada qilayotgan lirik subyekt qalbi akslanadi. Aytish kerakki, voqeaband she’rlarning barini ham lirik turga mansub asarlar sifatida tushunish unchalik to‘g‘ri emas. Qachonki she’rda tasvirlanayotgan voqea his-tuyg‘ularni ifodalash vositasi bo‘lsa, baski, sodir bo‘lgan voqeaning shunga mos fragmentlari uzib olib tasvirlangan (ya’ni, voqea to‘laqonli gavdalantirilmasa) bo‘lsagina voqeaband she’r haqida gapirish mumkin bo‘ladi. Masalan, A.Oripovning "Ayol", "Yomg‘irli kun edi" she’rlarini voqeaband lirika namunasi desak, uning "Sharq hikoyasi", "Hangoma" asarlari she’riy yo‘lda yozilgan kichik hikoyatlar, ya’ni, mohiyatan epik xarakterdagi asarlar sifatida tushunilgani to‘g‘riroq bo‘ladi.


Download 92.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling