Kirish mavzuning dolzarbligi va zarurati


Download 31.62 Kb.
bet1/3
Sana05.04.2023
Hajmi31.62 Kb.
#1275585
  1   2   3
Bog'liq
04. KIRISH QISMI


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi va zarurati: Hozirgi kunda Respublika transport tizimi qator transport xizmatlari bilan bog’liq muammolarni keltirib chiqaradi. Bu nafaqat umumiy foydalaniladigan transportlarga, balki aholining barcha qatlamlariga ham tegishli. Umumiy ko’rinishda bu muammolarning dolzarbligi:

  • Yoʼlovchilarning manzillariga oʼz vaqtida yetib borishlarini taʼminlash masalalarini tadqiq etishda;

  • Davlatning transport xizmatlari talablariga mos keladigan umumiy foydalaniladigan transport vositalarining moddiy texnik bazasini yaratishga;

  • Transport tashkilotlarini takomillashtirishga; turistlarga transport xizmatini ko’rsatish sifatining oshishiga.

Bu muammolarning to’g’ri yechimi: Transport xizmatiga talabning oshib borish zarurati va uni qanoatlantirish, shuningdek, xizmatlar faoliyatning samaradorligini oshirish bilan bog’liq muammolarning yechimi bilan bog’liq.
Keyingi yillarda avtomobil transporti sohasida aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash borasida ko‘plab chora-tadbirlar ko‘rildi, avtotransport xizmatlarini rivojlantirishning maqsadli parametrlar izchil bajarilmoqda. Yo‘lovchilar tashiydigan avtomobil transportining yangi muntazam yo‘nalishlari hamma joyda ochilmoqda, hozirgi vaqtda ularning soni 4,3 mingtadan oshdi. Faqat so‘nggi 3-yilning o‘zida, asosan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan 3 mingga yaqin avtobus va 12 mingta yengil avtomobil foydalanishga topshirildi. Yangi avtovokzallar va avtostansiyalar barpo etilmoqda, eskilari rekonstruksiya qilinmoqda. Biroq, avtotransport xizmatlari ko‘rsatish tizimini, ayniqsa, qishloq joylarda takomillashtirish ishlarini bundan buyon ham faollashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish zarur.
Oʼzbekiston Respublikаsi Prezidentining "Yangi Oʼzbekistonning 2022–2026 yillarga moʼljallangan taraqqiyot strategiyasi toʼgʼrisida"gi Fаrmoni loyihasida barcha transport turlarini uzviy bog‘lagan holda yagona transport tizimini rivojlantirish, yirik shaharlar o‘rtasida kunlik transport qatnovlari bo‘yicha uzog‘i bilan 6-7 soatda manzilga yetib borish va qaytib kelish imkoniyatini yaratish, Hududlarda yo‘lovchi tashish transporti tizimini takomillashtirish va uning infratuzilmasini rivojlantirish. Toshkent shahar va viloyatlarlar jamoat transporti tizimini takomillashtirish va uning infratuzilmasini rivojlantirish hamda Transport va logistika xizmatlari bozori va infratuzilmasini rivojlantirish, temir yo‘l infratuzilmasini elektrlashtirish darajasini 60 foizga yetkazish va avtomobil yo‘llari tarmog‘ini jadal rivojlantirish alohida ta’kidlab o’tilgan.
Farmonda ko’rstilgan vazifalarni amalga oshirish hamda hududlarda aholiga transport xizmatini qulay tarzda jalb qilish va rivojlantirishda, shuningdek, yoʼlovchilarning manzillariga oʼz vaqtida yetib borishlarini taʼminlash masalalarini tadqiq etishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 31.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling