Kirish Nazariy qism Texnologik xisobotlar


Download 0.69 Mb.
bet1/3
Sana26.11.2020
Hajmi0.69 Mb.
#152141
  1   2   3
Bog'liq
Нормирзаев Сардор курс иши



Mundarija:

  1. Kirish........................................

  2. Nazariy qism............................

  3. Texnologik xisobotlar.............

  4. Xulosa ......................................

  5. Adabiyotlar ro‘yxati.................



KIRISH

Prezidientimiz Mirziyoyev Shavkat Miramanovich O`zbekiston Respublikasining yaqin 5-yillikda qo`yilgan strategik masalalar yuzasidan Oliy Majlisda so`zlagan nutqlarida, 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakat strategiyasi loyihasini keng muhokama qilish davomida kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda, 2017-yil uchun mo‘ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy dasturning o‘n bitta eng muhim ustuvor vazifasi taklif etildi. 

Import hajmi va tarkibini tizimli tahlil qilish, mamlakatimizda raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda mustahkamlash e’tiborga olingan holda, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonini chuqurlashtirish iqtisodiyotimizning yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash imkonini bermoqda. O‘zbekiston metallurgiya sanoati o‘z mavqeini yildan-yilga mustahkamlab bormoqda. Negaki, qudratli mineral-xomashyo bazasi va tog‘-kon sanoati korxonalarining mavjudligi tufayli mamlakatimiz Markaziy Osiyo mintaqasida qora va rangli metall ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. O‘zbekiston metallurgiya kombinati mamlakatimiz metallurgiya sanoatining eng ilg‘orlaridan hisoblanadi.


Nazariy qism
Misli ashyolarni qayta ishlashning zamonaviy usullari
Hozirgi kunda texnika taraqqiyoti yuksak darajada shunchalik tez va eng zamonaviy elektron texnikalar bilan jihozlangan holda rivoj­lanmoq­daki, bu esa o‘z navbatida, mis olish texnologiyasiga ham o‘z­i­ning kuchli ta’sirini o‘tkazmoqda. Mis olish, uning xomashyolarini qay­ta ish­lash qadim­­dan yo‘lga qo‘yilganligi, miloddan oldingi asrlarda ham biz­ning hudu­dimizda mis rudalari qazib olinganligi oldingi bo‘limlarda ta’kidlab o‘tilgan edi.

Arxeologik qazilmalar va ayrim tarixiy manbalar shuni ko‘r­satadiki, qadi­miy Iloq viloyatining poytaxti Tunkentda, To‘qkent­da (Pskent tumani, hozirgi Qirqqiz jamoa xo‘jaligida), Qurama tog‘ tizma­larida misli hamda qo‘rg‘oshinli, oltin va kumushga boy rudalar qo‘l meh­nati orqali qazib olinib, ba’zan alohida boyitilib, ba’zan esa boyi­til­­masdan pechlarda eritilgan. Taxminlarga qaraganda, VI asrgacha mis va oltin boyitilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri eritilgan. Mis, oltin izlovchilar tomo­nidan konlarda yerosti va yerusti usuli bilan ularni rangiga qarab (mis qizg‘ish, oltin sarg‘ish rangda bo‘lgan) o‘tkir bolg‘acha va teshalar bilan ajratib olingan. Ayrim joylarda toshlarni yuqori alangada qiz­dirib, so‘ng suv sepib, minerallarni darz ket­kazish yo‘li bilan parcha­lab, eritish pechlariga olib keltirilgan. Bu eritish pechlari uchun avva­liga yerni 1–2 metr o‘yib, yon tomonlariga, chekkalariga, mo‘rilariga o‘tga chidam­li toshlarni terib, havo berish orqali eritish jarayonini amalga oshirganlar.

VIII – X asrlarga borib nafaqat erkin holdagi mis, balki oksid­langan hol­dagi mislar ham ishlatiladigan bo‘ldi. Sabab, oksidlangan mis xrizokola, malaxit, kuprit, azurit holatida bo‘lib, ular konning ust­ki qatlamida joy­lashadi va boshqa tog‘ jinslariga nisbatan o‘zining rangi orqali ajralib turadi.

Pechlar esa biroz hajmi kengaytirilib, yer ustida poydevor quri­lib, so‘ng o‘tga chidamli g‘ishtlardan terilgan. Ularni hozirgi mino­rali pechlar­ga, biroz bo‘lsa-da, o‘xshatish mumkin.

X–XII asrlarga kelib Shosh, Iloq davlati mis, oltin, kumushni nafaqat metall, balki qotishma holida, tanga, zeb-u ziynat holida tayyor­lash bo‘yicha butun O‘rta Osiyoda yuqori o‘rinlardan birini egallaydi. Toza­ligi va sifatliligi jihatidan bu davlat butun Mo‘g‘uliston, Arab mamlakatlari hattoYevropaga ham aynan shu metallar orqali tanildi.

Mo‘g‘ullar davri va undan keyingi davrlarda metalni eritib olish juda kam amalga oshirilgan. Yozma ma’lumotlarga suyangan holda shuni aniq­lash mumkinki, Petr I davrida Rossiyada metallurgiya, ayniqsa, qora metallurgiya nihoyatda rivojlanib, dunyoda birinchilar qatoridan o‘rin egallagan.

1920–1930-yillarga kelib esa metallurgiya asta-sekin qayta tik­lanib, rangli, so‘ng nodir va qimmatbaho metallar ajratib olish yo‘lga qo‘yila bosh­landi.

Bir vaqtlar 80–90 % mis aynan yallig‘ qaytaruvchi eritish pechida qayta ishlanib, bu usul dunyo bo‘yicha yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelgan bo‘lsa, hozirgi kunda ushbu usul zamonaviy talablarga javob be­rol­may qoldi. Lekin shunday bo‘lsa-da, AQSH, Kanada, Finlandiya va MDH mamlakatlarining ko‘pgina eritish korxo­na­larida haligacha ishlab turibdi.

Yallig‘ qaytaruvchi eritish pechining qariyb sakson yildirki texnolo­giyadan chiqib ketmasligining sababi bor, albatta. Ulardan eng asosiysi, har qanday namlikda, ashyoning yirikligi, hatto uning tarkibi, pechning iqtisodiy ko‘rsatkichiga unchalik ta’sir qilmaydi.

Shuningdek, suyuq holdagi konverter toshqollariga qayta ishlov berish imkoni ham mavjud.



Quydagi rasmda yallig‘ qaytaruvchi eritish pechining sxematik yon tomo­nidan ko‘rinishi tasvirlangan.


Yallig‘ qaytaruvchi eritish pechi.
Rasmdan ko‘rinadiki, pechning har ikkala yon tomonining tepasi­dan, aynan qiyalikka, xomashyo yuklanadi. Shu­ning­dek, yuklatish xam­pa yoni­dan, asosan, texnologik kislorod yoki goh siqilgan havo (yoki aralashmasi) ham qiya­likni qizitish uchun purkaladi. O‘rtacha 200–240 m2 maydondagi pech­larga har ikkala tomondan o‘rtacha 16 tadan 32 tagacha yuklatish xampa­lari hamda ularga gaz va kislorod purkash uchun yondirgich quril­malar o‘rna­tilgan bo‘ladi.

Yallig‘ qaytaruvchi eritish pechining minorali pechni, biroz bo‘lsa-da, texno­logiyadan siqib chiqarishining asosiy sabablaridan biri mis rudalarini flotatsiya usuli bilan boyitishning har tomonlama taraq­qiyotidir.

Minorali pechlarda, yallig‘ qaytaruvchi pechlardan farqli ravishda, mis boyitmalarini qayta ishlash imkoni yo‘q.

XX asrning 80–90-yillariga kelib, yallig‘ qaytaruvchi pechda umumiy mis eritish ko‘rsatkichi dunyo miqyosida 80% dan 50 – 60%ga tushib qoldi. Buning asosiy sabablaridan biri avtogen jarayonlarining keng ko‘lamda sanoatda ishlatilishidir.

Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati boshqa zavodlardan o‘zining ikki xil jarayon bilan ishlayotganligi, ikkita eritish agregatining mav­jud­ligi bilan farq qiladi. Bular yallig‘ qaytaruvchi eritish va kislo­rodli-mash’alli eritish pechlaridir. Quyidagi jadvalda Olmaliq mis eritish zavodi­dagi eritish pechlarining ayrim taqqoslovchi ko‘rsatkichlari keltirilgan.


Olmaliq mis eritish zavodidagi eritish pechlarining ayrim taqqoslovchi ko‘rsatkichlari [15, 16, 17]


t/r

Ko‘rsatkichlar nomi

O‘lchov birligi

Yallig‘ qay­­ta­ruv­chi pech­­da eri­tish

KME pechda eritish

Farqi

1.

Shixta bo‘yicha so­lish­­tirma unum­dor­lik

t/m2

5 – 6

10 –12

5 –7

2.

Shteyn tarkibidagi mis miqdori

%

22 – 28

40 – 50

2 ba­robar

3.

Misning shteynga o‘tish miqdori

%

97

97



4.

Oltingugurtning tex­­no­logik gazdan oli­­nish miqdori

%

28

92


Quyidagi rasmda Olmaliq mis eritish zavodida ishlayotgan kislorod­li- mash’alli eritish pechining yon tomondan ko‘rinishi tasvirlangan. O‘tga chidamli, olovbardosh g‘ishtlar bilan qadalgan, devorlari oralig‘ida suvli quvurlar, ya’ni kessonlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular pech devorlarining chi­dam­liligini saqlaydi. O‘rtacha 0,5 % gacha quritilgan kukunsimon xom­ashyo texnologik kislorod yordamida pechga purkaladi.



Bu har ikkala eritish agregatiga tasnif hamda izoh berishdan oldin, MDH mamlakatlarida va boshqa mis ishlab chiqarish bo‘yicha yetak­chi o‘rinlarda turgan davlatlarda eng zamonaviy, yuqori ko‘rsat­kichlar bilan ishlayot­gan va butun dunyoda o‘zining texnik-iqtisodiy afzal­lik­lari bilan ajralib turadigan eritish dastgohlari haqida to‘xtalib o‘tamiz.


Kislorodli-mash’alli eritish pechi.
Dunyoda mis eritib chiqarish bo‘yicha yetakchi o‘rinlardan birini egal­­lab turgan AQSH yiliga 1,5 mln. tonnadan ortiq, MDH mamlakatlari ham­da Yaponiyada 1 mln. tonnadan ortiq, Xitoy va Chilida 2 million ton­na­dan ortiq mis sof metall holida ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa, Zambiya, Germaniya, Belgiya, Kanada, Avstra­liya kabi mamlakatlar ham juda katta mis koni zaxiralari hamda yuqori texnologiyada ishlaydigan agregatlari tufayli yetakchi mis ishlab chiqa­ra­­digan mamlakatlar sirasiga kiradi. Asrimizning eng taraqqiy etgan eri­tish pechlari qatorida avtogen ja­ra­yonlarni o‘z ichiga olgan pechlar haqi­da ma’lumot bermay ilojimiz yo‘q.

Barcha avtogen eritish agregatlarining paydo bo‘lishiga ham aso­siy sabab – boyitish usullarining o‘ta taraqqiy etganligidir. Chunki boyi­tish­dan so‘ng olingan mis boyitmalari mayda, kukun holida bo‘lib, av­val yallig‘ qaytaruvchi pechlar, keyin elektr pechlari va nihoyat, avto­gen eri­tish pechlarining paydo bo‘lishiga olib keldi.

Avtogen jarayon aslida bugun yoki kecha o‘ylab topilgan yangi ja­rayon emas. O‘z-o‘zidan issiqlik chiqishi bilan boradigan jarayonlar qariyb 100 yildirki sulfidli va oksidli boyitmalarni oksidlovchi kuydi­rish jarayo­nida, shuningdek, misli-nikelli shteynlarni konver­torlash jara­yo­­ni­da ham keng qo‘llanib kelinmoqda. Bunda sulfidli birikmalarning oksidlanishi, parcha­lanishi mobaynida yuqori harorat­ning ajralib chiqi­shi natijasida bora­digan jarayon XX asrning boshidayoq sanoat miqyo­sida keng qo‘llanilgani texno­­logiya tarixidan yaxshi ma’lum [18].

Avtogen eritish texnologiyasini, umuman olganda, oksidlovchi ja­rayon ham deyish mumkin. Avtogen jarayonlarda issiqlik almashuvi, mas­sa alma­shuvi hamda issiqlikning uzatilishi boshqa pechlarga qara­gan­da umuman boshqacha bo‘lishi kuzatilgan, ya’ni oqova gaz hara­kat yo‘nalishi tosh­qolning erish haroratiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Shu­ning uchun ham issiq­likning yo‘qolishi, ya’ni oqova gaz bilan tash­qariga chi­qib ketishi, biroz bo‘l­sa-da, yuqoriroqdir. Yonilg‘ilar, yoqilg‘i resurs­­la­ri­ning yildan-yilga ka­ma­yib ketishi va elektr energiya narxining ortib turishi avtogen jarayon­larning mavqeini yuqori ko‘rsat­kichga ko‘ta­rib kel­moqda. Chunki avtogenli agregatlarga deyarli yoqil­g‘i yoki qizitish uchun elektr energiyasi beril­maydi. Haroratni orttirish uchun ko‘pincha pech­ga oksidlash uchun purka­layotgan havo yoki texnologik kislorod qizdirib beriladi.



Shunday pechlar sirasiga kirgan Vanyukov pechi XX asrning o‘rta­­larida taklif etilgan. Keyinchalik 90-yillarga kelib, u sanoatda keng ish­la­­tilib, suyuq vannada eritish (ya’ni Vanyukov) pechi nomini oldi. Quyidagi rasm­da “Vanyukov pechi”ning umumiy ko‘rinishi tasvirlangan. Bu pech haqida keyingi bo‘limlarda batafsil so‘z yuritiladi.


Vanyukov pechi (VP) (Suyuq vannada eritish pechi).


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling