Kirish Sayyoramizda qancha xalq yashaydi? Hozirgi fan ma’lumotlariga qaragan da ularning soni 3 mingga yaqin! Dunyo xalqlarining yarmidan ko‘prog‘i (57%) — soni kamida 50 mln dan ortiq bo'lgan ko‘p sonli xalqlardir


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
Sana08.03.2020
Hajmi0.52 Mb.

Kirish

Sayyoramizda qancha xalq yashaydi? Hozirgi fan ma’lumotlariga qaragan- 

da ularning soni 3 mingga yaqin!  Dunyo xalqlarining yarmidan ko‘prog‘i (57%) 

— soni kamida 50 mln dan ortiq bo'lgan ko‘p sonli xalqlardir.  Ular orasida soni 

100  mln  dan  ortiq  bo'lgan  xalqlar  ham  bor  (masalan  xitoyliklar).  Shu  bilan 

birga  uncha  ko‘p  bo'lmagan,  hattoki  yo‘qolib  borayotgan  xalqlar  ham  mav- 

jud  (masalan Sibirda  istiqomat qiluvchi tofalar,  2002-yilda o'tkazilgan aholini 

ro‘yxatga 0lish natijalariga ko‘ra ularning soni 837 ta ekan).

0 ‘rganishga qulay bo'lishi  uchun Yer yuzidagi  barcha xalqlar qardosh gu- 

ruhlarga  bo‘lingan.  Bu  guruhlar  til  belgisiga  ko'ra  ajratiladi.  Qardosh  tillar til 

guruhlariga birlashadi, guruhlar esa til oilalariga birlashadi.

Yer yuzidagi  har  bir xalqning  yuzaga  kelish  va  rivojlanish  tarixi  bor.  Ba’zi 

xalqlarda  uning  ildizlari  uzoq  o ‘tmishga  borib  taqaladi.  Bashariyat  tongida, 

ibtidoiy jamoa  davrida  odamlar  oila,  urug‘  va  qabilalarga  birlashib  yashash- 

gan.  Bir hududda birga yashagan  qarindosh-urug‘larda bora-bora yagona til, 

umumiy odatlar va  madaniyat yuzaga  kela  boshlagan.  Shu tarzda xalq  shakl- 

lana borgan. Turli xalqlar turli tarixiy davrlarda paydo bo‘lgan. Qadimda paydo 

bo'lgan  ba’zi xalqlar yer yuzidan yo‘qolib ham  ketganlar.  Hozirgi  ko‘p va kam



Bashariyat 

tarixining ilk 

pal ¡alarida. 

Mamont ovi

sonli xalqlarning  ko'pchiligi  bir  millatli  yoki  ko‘p  millatli  davlatlar  doirasida  ri- 

vojlanishni davom ettirmoqdalar.

Bir kitobda Yer yuzidagi  barcha xalqlar haqida hikoya qilib  berishning  iloji 

yo‘q albatta.  Shu sababli  biz ularning soni va joylashuviga oid  umumiy masa- 

lalarga to'xtalib o'tamiz, xalqlarning madaniyat asoslari -  tili, yozuvi, dini haqi­

da fikryuritamiz.  So'ngra har bir qit’ada yashaydigan xalqlar  bilan tanishamiz.



Dunyo xalqlarini o ‘rganadigan  fan  etnografiya  deb ataladi.  Etnografiya 

so'zi grekcha  «etnos»  —  «xalq»  va  «grafo»  —«yozaman»  so‘zlaridan  kelib 

chiqqan.  Etnografiya xalqning kelib chiqish  tarixi (etnogenez), 

uning  tarkibi,  joylashuvi,  madaniyati  va  turmushining  o ‘ziga 

xos tomonlarini o ‘rganadi.  U boshqa  fanlar bilan chambarchas 

bog‘lanadi.

Yeraholisi

2011-yil  31-oktabrda  sayyoramizning  7  milliardinchi 

odami 

dunyoga  keldi.  Agar  eramiz  boshida  Yer  yuzida  230  mln  ga  yaqin 

aholi  yashaganligini  hisobga  oladigan  bo‘lsak,  bu  juda  katta  raqam. 

Sayyoramiz aholisi muntazam ko‘payib bormoqda.

Soni va joylashuvi

Yer  yuzi  aholisining  o'sish  sur’atlari  hamma  vaqt  ham  bir  xil  bo'lmagan. 

1970-yillargacha  bo'lgan  oxirgi  100  ming  yil  ichida  aholi  juda  tez  o'sgan 

(yiliga  90  mln  kishigacha),  biroq  so'ngra  o'sish  sur’atlari  pasaya  boshlagan. 

Agar  shunday  an’ana  davom  etsa,  bashoratlarga  ko'ra,  2050-yilga  borib 

sayyoramizdagi  odamlar  soni  9,2  mlrd  ga  yetadi.  Buning  ustiga  asosan 

kambag'al mamlakatlar aholisi soni o'sishi  kutilmoqda.

Yer yuzi  aholisi juda  ham  notekis joylashgan.  Aholining  70%  quruqlikning 

atigi 7% hududida istiqomat qiladi. Yer aholisining 80%  Sharqiy yarimsharda. 

Aholi joylashuviga  baho  beradigan  asosiy ko‘rsatkich  —  uning  zichligidir.  Yer 

yuzi  aholisi  joylashuvining  o'rtacha  zichligi  1  km2  ga  40  ta  odamga  to ‘g‘ri

keladi.  Biroq,  mintaqaga  qarab,  aholi 

zichligi ham turlicha bo‘ladi. Dunyoning 

aholisi eng ko‘p mamlakatlari -  Xitoy va 

Hindistondir.  Yer  yuzidagi  har  beshta 

odamning  bittasi  xitoylik  hisoblana- 

di.  Xitoyning  Aomin  viloyatida  1  km2 

maydonda  taxminan  322  ta  odam  ya-



Markaziy Osiyodagi 

ko ‘chmanchilarning ko ‘chma 

turar joyi — o ‘tov

Pekin — 

dunyodagi 

aholisi eng 

ko‘p davlat 

Xitoyning 

poytaxti

shaydi.  Dunyoning  hech  bir yerida  aholi  bunchalik zieh  joylashmagan.  Olim- 

larning  hisob-kitoblariga ko‘ra 2030-yildan  boshlab Xitoy aholisi  soni  kamaya 

boshlaydi  va  XXI  asr  o'rtalariga  borib,  Hindiston  dunyoning  aholisi  eng  ko‘p 

davlatiga aylanadi. Hozir dunyodagi aholisi eng ko‘p shahar — Shanxay (Xitoy), 

unda  16,3  mln  aholi  istiqomat  qiladi.  Ikkinchi  o ‘rinda  Mumbay  yoki  Bombey 

(Hindiston)da —13,8 mln  kishi yashaydi.  Uchinchi o'rinda Karachi (Pokiston), 

unda  13,2  mln  aholi  bor.  Aholi  zichligi  eng  kam  bo‘lgan  davlatlar  (1  km2  da 

4  tadan  kam  odam)  Mongoliya,  Liviya,  Namibiya,  Avstraliya,  Grenlandiya 

hisoblanadi. Yeryuzidagi quruqlikning  15% ida odam umuman yashamaydi — 

bular tabiiy sharoitlari juda og‘ir bo'lgan hududlardir.

Sayyoraning  qayerida  uzoq  umr  ko‘ruvchilar  eng 

Qorabog'da.  Bu  yerda  har  100  ming  aholiga  100  ta 

yoshi  100  dan  oshgan  odam  to ‘g ‘ri  keladi.  «Uzoq  umr 

ko ‘ruvchilar  hududi»  hisoblangan  Abxaziya  ham  undan 

ancha ortda qoladi.  Bu yerda har  100 ming aholiga  82 ta 

uzoq umr ko ‘ruvchi to ‘g ‘ri keladi.


Irq, xalq,  millat

Hozirgi  zamon  ilm-fani  ma’lumotlariga  ko‘ra Yer yuzi  aholisini  uchta  katta 

irqqa  bo‘lish  qabul  qilingan.  Yevropoid  irqi  vakillarining  vatani  —Yevropa  va 

Kavkaz hisoblansa-da, qadim zamonlardayoq bu irq vakillarini Shimoliy Afrikada, 

Old  Osiyoda,  Shimoliy  Hindistonda  uchratish  mumkin  bo'lgan.  Yevropaliklar 

Amerikani kashf qilganlaridan keyin esa ular Amerikada, shuningdek, Avstraliya 

va  Janubiy Afrikaga  tarqalishdi.  Yevropoid  irqiga  mansub  odamlarning  terisi 

och rangli, tekis yoki jingalak sochlari  mayin,  lablari ingichka,  burnilari kambar 

va peshanalari tekis yoki ozroq qiyalashib ketgan bo'ladi.

Uchta katta irq vakil lari


Mongoloid irqiga mansub odamlar esaSharqiy Osiyo, Indoneziya, Markaziy 

Osiyo,  Sibir va Amerikada tarqalgan.  Bu  odamlarning  terisi  bug'doy  rangdan 

ochiq  ranggacha  o ‘zgarib  turadi,  sochlari  odatda  qora,  ko'pincha  dag‘al  va 

tekis, yuzlari yassi, burnilari birozyapaloq,  ko'zlari qiyiq.  Negro-avstraloid yoki 

ekvatorial  irq vakillari terisining  rangi qoradan jigarrangga qadar to'qligi  bilan 

ajralib  turadi.  Bu  irq  vakillarining  ham  ko'zi  qora,  sochi  qora  va  qo‘ng‘iroq, 

burni odatda keng va biroz yapaloq. Ekvatorial irq vakillari asosan Ekvatorial va 

Janubiy Afrika, Avstraliya va ularga yaqin orollarda yashashadi.



Irq  -   tashqi jismoniy  belgilarida  aks  etadigan,  umumiy  kelib  chiqish 

tarixiga  ega  odamlarning katta  guruhi.  Irqiy belgilar nasldan-naslga,  ota- 

onadan bolaga  o'tadi.  Har bir irq vakili boshqasidan  terisining 

rangi,  ko ‘zi,  sochi,  bosh suyagining shakli,  bo'yi va boshqalar 

bilan farq qiladi.

Xalq  (yoki  etnos)  -   bu  bir  qator  belgilariga:  tili,  madaniyati,  yashash 

hududi,  dini,  umumiy tarixiy  o'tmishi  va  h.k.larga  ko'ra  qarab  birlashtirilgan 

odamlar  guruhidir.  Xalqning  muhim  belgilaridan  biri  uning  umumiy  tilidir. 

Garchi  bu  yagona  shart  bo‘lmagan  dunyoda  bitta  tilda  gaplashuvchi  turli 

xalqlar ham  bor.  Masalan,  shotlandlar,  irlandlar va valliylar deyarli to'liq  ingliz 

tilini  egallab  olishgan,  biroq  ular  o'zlarini  ingliz  deb  hisoblashmaydi.  «Xalq» 

so'zi,  shuningdek,  «millat»  ma’nosida  ham  qo'llaniladi.  Millat  —  bu  xalqning 

rivojlanishidagi  ma’lum  bir  bosqich  bo'lib,  bu  davrda  xalq  o ‘z  davlatini 

yaratadi. Ayni  paytda,  masalan,  fransuzlarni oladigan bo'lsak,  fransuzlar xalq, 

etnos,  shu  bilan  birga  millat  hamdir.  Millat tarkibiga turli  etnik jihatdan  bir xil 

odamlar kirganda milliy umumiylikning etnik umumiylikdan farqi yaqqol ko'zga 

tashlanadi.  Aslini  olganda,  hozirda fransuzlar,  bretonslar,  korsikanlar,  elzas- 

lotaringslarni  bitta  davlatga  tegishli  ekanliklari  birlashtirib  turadi,  ularning 

barchasi  Fransiyani  o‘z vatanlari  deb  hisoblashadi.  Ular  orasida  etnik farqlar 

bo‘lishiga qaramay birgalikda  bir millat-fransuzlarni tashkil qiladi.



Til

Til  —  insoniy muloqotning  muhim vositasi.  U  ibtidoiy jamoaning  ilk bosqi- 

chida  shakllana  boshlagan.  Odamlar  hali  hayvonlar terisini  yopinib,  toshdan 

yasalgan  mehnat  qurollaridan  foydalangan  paytlardayoq  ularga  bir-birlarini 

tushunishlari  uchun  belgi  berish  ehtiyoji  tug'ilgan.  Awaliga  odamlar  bir- 

birlarida  eng  asosiy  tushunchalar,  masalan:  «ovqat«,  «olov«,  «xavf»  kabi  tu- 

shunchalarni yetkazib berishni, o‘z his-tuyg‘ulari -  quvonch, qo'rquv, g ‘azabni 

bildirishni 

0

‘rganishgan.  Vaqt o'tishi  bilan  ularning  so‘z  boyligi  orta  borgan. 



Bir-biridan  uzoqda yashaydigan turli qabilalarning  o‘z tillari shakllana boshla­

gan.


Hattoki lingvistika (tillarni o‘rganadigan fan) sohasidagi mutaxassislar ham 

sayyoramizdagi odamlar so‘zlashadigan tillarning aniq sonini aytib bera olish- 

maydi.

Taxminiy  hisob-kitoblarga  ko‘ra,  «tirik»  tillarning  soni  2,5  mingtadan  5 



mingtagacha  deb  hisoblanadi.  «Tirik»  tillarga  hozirgi  vaqtda  hatto  juda  kam

Til insoniyat 

tarixining ilk 

bosqichida 

paydo bo'lgan 

deb taxmin 

qilinadi.

Ingliz tili 

darsida

sonli odamlar guruhi so'zlashishsa ham muomiladagi tillar kiradi. Bugungi kun- 

da hech kim so'zlashmaydigan, qadimiy davlatlarning tillari «o‘lik» tillar hisobla- 

nadi.  Masalan, qadimgi  Misr, yunon va lotin tillari «o‘lik» tillarga kiradi.

Dunyo xalqlarining ko‘p tillari bir-birlari bilan chambarchas bog‘liq, shu sa- 

babli ular til oilalariga birlashtiriladi.  Ulardan eng keng tarqalgani hind-yevropa 

tillari oilasidir.  Bu oiladagi tillarda 2  milliardga yaqin odam so'zlashadi.  Hind- 

yevropa  tillari  oilasidan  keyin  ikkinchi  o'rinda  xitoy-tibet  tillari  oilasi  turadi. 

Shuningdek,  turk,  oltoy,  afrosiyo va  boshqa til  oilalari  farqlanadi.  Agar  u  yoki 

bu tilda qancha odam  so'zlashishini  hisoblaydigan  bo'lsak,  birinchi  o‘rinni xi- 

toy tili egallaydi. Unda 885 mln kishi so'zlashadi.  Ikkinchi o'rinda ispan va ingliz 

tillari  (330  mln  dan),  so‘ngra  hind,  arab,  bengal  (200  mln  ga yaqin  odam) va 

rus (160 mln odam) tillari turadi.  Ba’zi kam sonli xalqlarning  tillari yo’qolib ke- 

tish arafasida turibdi.



Ko‘p sonli odamlar foydalanadigan  tillar xalqaro yoki jahon 

i  miqyosidagi  tillar  hisoblanadi. 



Bizning  davrimizda  yetti  til 

i  xalqaro  til hisoblanadi,  bular:  ingliz,  fransuz,  ispan,  rus,  arab,

;  Portugal va nemis tillaridir.

urkey

¿tffcW'b  branches 

),nass 




orvibm 

\CAtS.  I people  J

j . Help  onyone  i% 

who  osks for 

■fcacher  fcr 

hdf 

eneryone  has 

iXee.p


Yozuv

Ibtidoiy  jam oa  davrida  odam lar  toshlar,  daraxtlar,  qoyalarga  ov- 

manzaralarini,  hayvonlar  va  odam larning  rasmlarini  chizishgan. 

Bunday  rasmlarni  olim lar  piktografiya  deb  atashadi.  Vaqt  o'tishi  b i­

lan  rasmlar  o'rnini  so'zlar  m a’nosini  bergan  turli  belgilar  egallagan. 

Odamzod  tafakkurining  rivojlanishi  natijasida  bu  belgilar  nutqdagi  to- 

vushlarni  ifodalaydigan  bo'lgan. Yozuv shu tarzda paydo b o ‘lgan.

Qadimgi 


Misrda 

piktogra- 

fik  rasm lar  mixxat  bilan  yozilgan 

xatlarga  alm ashtirildi.  M isrliklar 

birinchi  bo'lib  yozuvlar  uchun  na- 

faqat  tushunchani,  balki  tovush- 

larni  ham  anglatuvchi  belgilardan 

foydalana  boshladilar.  Misrliklar- 

ga bog'liq  bo'lm agan  holda  belgi- 

iyerogliflardan  xitoyliklar,  ular- 

dan  so'ng yapo nlar va koreyslar 

ham  foydalana  boshladilar.  Vaqt 

o'tishi  bilan  iyerogliflar,  yozuv tez- 

ligini  oshirish  uchun  soddalashib, 

tovush  yoki  b o ‘g ‘inni  anglatuv­

chi  belgilarga aylana  boshlangan.



S hum erlar  va  boshqa  qadimgi 

xalqlar  shunday  yozuvdan  foydalanganlar.  Finikiyaliklar  bo'g'inlarni 

anglatadigan  belgilardan  voz  kechishgan  va  xatda  faqatgina  harflar- 

dan foydalanishgan.  Finikiyaliklarning xati  barcha Yevropa xalqlari alif- 

bolari va alifbolarining  asosi  b o ‘lgan  yunon  alifbosi yaratilishiga turtki 

berdi.


Qadimgi  rim liklar  ham  garchi  lotin  yozuvi  yunon  yozuvidan  farq 

qilsa-da  o ‘z  alifabolari  uchun  yunon  yozuv  tizim idan  foydalanganlar,



G'arbiy  Yevropadagi  ko'pchilik  xalqlar  lotin 

harflardan  foydalangan  holda  yozishni  saqlab 

qolishgan.  Sharqiy Yevropada esa  boshqacha 

xat  namunasi  paydo  b o ‘lgan,  uning  asosi  ham 

yunon  alifbosidan  iborat  edi.  Birinchi  bo'lib 

Kirill  va  M efodiy  glagolitsasi 

paydo  bo'ldi. 

So'ngra  kirillitsa  -   glagolitsaning  harflar  yo- 

zilishi  shakli  bilan  farq  qiladigan  takom illash- 

gan  varianti  vujudga  keldi.  Bu  alifbo  janubiy, 

sharqiy  va  ehtim ol  g'arbiy  slavyanlar  orasi- 

da  tarqaldi.  1708-yilda  im perator  Pyotr  I  ning 

Farmoni  bilan  Rossiyada  kirillitsa  o'zgartirildi. 

Uning yangi varianti fuqarolik harflari deb nom 

oldi va  rus hamda ukrain  alifbolari yaratilishiga 

asos bo'ldi.  lyerogliflar bizga qanchalik murak- 

kab tuyulm asin,  ko'plab  osiyo  xalqlari  ulardan 

foydalanishni  davom  ettirm oqdalar.  Qoidaga 

ko‘ra,  iyerogliflar  alohida  harflarni  emas,  bal- 

ki tushunchalar -   kanalarni  anglatadi.  Xitoyda, 

masalan,  belgilarning  um um iy soni  50  mingga 

yetadi,  hozirgi  xitoy tilida  ularning  4-7  m ingta- 

sidan  foydalaniladi.  Ilgaridan  Xitoy,  Yaponiya 

va  Koreyada  iyeroglif  xatlar yuqoridan  pastga 

qarab  yozilgan,  biroq  hozirgi  vaqtda  aksariyat 

hollarda  gorizontal  holda  -   chapdan  o'ngga 

qarab yoziladi.

Ishonish  qiyin,  biroq  naqshlarni eslatuvchi jimjimador 

arab xati lotin  va  kirill alifbosi bilan  bir xil ildizlarga  ega. 

Arab  yozuvining  asosi  ham  finikiya  xati  bo'lgan.  Arab 

alifbosi28 harfdan va turlisatrosti va satr ustibelgilaridan 

iborat.  Matn o ‘ngdan chapga qarab o ‘qiladi.

Mixxat


Din

Qad¡m  zamonlardan  odamlar  olamni  yaratgan  va  uni  boshqaradigan 

ilohiy  kuchlar  borligiga  ishonishgari.  Ilohiy  kuchga  ishonishga  asoslangan 

dunyoqarash  va  tasawurlar  din  deb  ataladi.  Vaqt  o'tishi  bilan  din  shakllari 

o'zgargan.  Awaliga  odamlar  tabiat  kuchlariga  ishonganlar.  Keyinroq  har  bir 

tabiat hodisasini  alohida xudoga  bog'lashgan.  Nihoyat odamlar butun  olamni 

boshqaradigan yagona Xudoning  borligi to ‘g ‘risidagi xulosaga kelishgan. Yer 

yuzining  turli  burchaklarida  Xudoni  turlicha  tasawur  qilishgan,  shu  sababli 

turli  dinlar  paydo  bo'lgan.  Ularning  ba’zilari  butun  dunyoga tarqalgan.  Jahon 

miqyosidagi dinlarga,  buddaviylik, xristian va islom dinlari kiradi.

Buddaviylik  miloddan  awalgi  V  asrda 

Hindistonda vujudga kelgan,  u eng qadimiy 

din  hisoblanadi.  Uning  asoschisi  deb 

donishmand  Siddxartxu  Gautamu  (Budda) 

hisoblanadi.  Budda ta’limotiga ko‘ra,  hayot 

azob-uqubatlardan iborat,  har bir mavjudot 

dunyoga  keladi,  o‘ladi,  so'ngra  boshqa 

qiyofada  qaytadan  hayotga  qaytadi.  Biroq 

inson  nirvana  -   o'ziga  xos  ruhiy  holatga



erishsa,  budda  ta’limotiga  ko‘ra  bu  dunyo 

И ш  


tashvishlaridan 

kechib 


o'zini 

rohat- 


farog‘atdasezsa-qaytatug‘ilishlarzanjirini 

Budda 

uzil^  o ‘limdan  so'ng  yagona  Tangri  bilan



haykali 

birlashishi  mumkin.  Nirvanaga  erishgan

odam tashqi  dunyo ta’sirlarini  his etmaydi, 

u o‘zining mukammal ichki ruhiy dunyosidan lazzat oladi.

Dinga  sig'inadiganlar  soni  jihatidan  xristian  dini  dunyoda  eng  keng 

tarqalgan  din  hisoblanadi.  Xristianlarning  umumiy  soni  1  milliarddan  ortadi. 

Xristian dini eramizning I asrida Falastindagi yahudiylar orasida vujudga kelgan 

va xochga  mixlangan  holda  qiynalib jon  bergan  Iso  Masihga  e’tiqod  qilishga 

asoslangan.  Bu  bilan  u  insoniyatning  gunohlarini yuvib,  odamlarni  qutqargan


va ularga o'limdan so‘ng mangu hayot 

hadya  qilgan. 

1054-yilda  xristian 

cherkovida  ixtilof  kelib  chiqqan  va  u 

katolik hamda pravoslav mazhablarga 

bo'linib  ketgan.  XVI  asrda  esa  katolik 

mazhabidan protestantlar ajralib chiq­

qan.


Dunyodagi  uchinchi  -   islom  dini -  

Osiyoda,  Arabiston  yarimorolida  VII 

asrda  paydo  bo‘ldi.  Uning  asoschisi 

payg‘ambar Muhammad alayhissalom 

hisoblanadilar.

Musulmonlarning  asosiy  muqaddas  kitobi  -   Qur’on  (arabcha  «al- 

qur’on»,  ya’ni  «ovoz  chiqarib  yoddan  o ‘qish»  ma’nosini 

bildiradi).  Arablar payg'ambar Muhammad alayhisalomning ilk 

izdoshlari bo‘lishgan.  Hozirda musulmonlar dunyoning  120 dan 

ortiq mamlakatlarida yashaydilar.

Islom  talablarida  5  ta  farz  yoki  rukn 

bor:  kalima  keltirish,  har  kuni  besh 

mahal  namoz  o‘qish,  kambag'allarga 

xayr-ehson  qilishi  -   zakot  berish,  ro‘za 

tutish  va  hayotida  hech  bo'lmasa  bir 

marta  imkoniyati  bo'lsa musulmonlarning 

muqaddas 

shahri 

Makkaga 


tashrif 

buyurib  haj  safarini  amalga  oshirish. 

Shulardan  birinchisi  imonga,  qolgan 

to‘rttasi  ibodatga kiradi.




Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling