Kirish Tadqiqot mavzusining dolzarbligi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/34
Sana28.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#549524
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
Xudayberdiyeva Q.Z dissertatsiya
1, Hukmdor Makiavelli(Kutubxona), Hukmdor Makiavelli(Kutubxona), 43-урок, Nyutonning uchinchi qonuni Test 250420124858, 3 а, 3 а, 10-sinf jaxon 1-5 mavzular(4), BMI mavzulari, I9WmdpYjPkIkgnjG9xbiJhMGkt9DIpufngKJb0rR, elektrotexnika 1 atrabotka, Mirzadavlatov E30-21 Mathematica



 
Kirish
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi: Barkamol avlodni tarbiyalash, yetuk 
mutaxassisni tayyorlash muammolari ta‘lim muassasalarida o‗qitiladigan barcha 
fanlar, jumladan, matematika fanlarining maqsadi, mazmuni, strukturasi va 
vazifalarini qayta ko‗rib chiqishni talab etadi. Fan-texnika taraqqiyotining 
yutuqlarini fanlar mazmuniga singdirish, o‗qitish vositalarini takomillashtirish, 
bozor munosabatlariga o‗tayotgan davlat va jamiyatning kadrlarga bo‗lgan 
talablari asosida ta‘lim jarayonini takomillashtirish, samaradorligini oshirishga 
erishish uchun bu kabi vazifalarni amalga oshirishda har bir o‗quv predmeti o‗z 
xissasini qo‗shishi kerak
1
.
G‗arb davlatlari olimlari taklif etgan matematika ta‘limining yangi 
konsepsiyasiga ko‗ra: 
-matematika tayyor predmet sifatida emas, balki inson faoliyati sifatida
qaralishi lozim; 
-matematikani o‗rganishga majburlash emas, uni qo‗llash kerak; 
-matematikani o‗qitish g‗oyalarni uzatish emas, qaytadan yangilikni ochish 
shaklida bo‗lsin; 
-asosiy urg‗u alohida olingan faktlarga emas, balki matematik g‗oyalar 
orasidagi bog‗lanishlarga berilishi kerak; 
-masalalar to‗plamiga emas, mazmunning boyligiga e‘tibor berish lozim; 
-matematikani o‗rganishda muhimi ko‗nikma emas, balki uni tushunishdir. 
XX asrning o‗rtalarida umumiy o‗rta matematika ta‘limining asosiy 
yo‗nalishlari sifatida uning umumta‘limiy; amaliy, politexnik; o‗quvchilarni oliy 
o‗quv yurtlariga tayyorlashga urg‗u beradigan yo‗nalishlari ajralib chiqqan. 
Buyo‗nalishlarning har biri qolgan ikkitasiga ma‘lum bir ma‘noda zid bo‗lib, eng 
ratsional o‗quv dasturini qurish masalasini qiyinlashtiradi. Matematikaning 
1
O‘zbekiston Respublikasining ‖Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ //Barkamol avlod – 
O‘zbekiston tarraqqiyotining poydevori. –T.:Sharq nashiriyot matbaa- konserni 1997y. 31-61b. 



«klassik», «o‗zagi» va «zamonaviy» mavzularining bir kurs doirasida qo‗shilishi, 
maktab dasturlari uchun yangi mavzularni tanlash masalalari shular jumlasidan. 
Matematika ta‘limi mazmunini davr talabi asosida takomillashtirishyuzasidan 
olib borilgan ilmiy-tadqiqot, tajriba-sinov ishlari natijasida 1968 yil 
A.I.Markushevich va akademik A.N.Kolmogorovlar boshchiligidagi komissiya 
tayyorlagan o‗rta maktab matematika kursi dasturi e‘lon qilingan. 1985 yil bir 
guruh mutaxassislar tomonidan matematika ta‘limining amaliy yo‗naltirilganligi, 
o‗quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan yangi dastur 
ishlab chiqildi. Boshlang‗ich sinflar 1-4, o‗rta ta‘lim uch bosqichda 5-6, 7-9, 10-
11- sinflardan iborat bo‗ldi.[25] 
Mazkur magistrlik dissertatsiyasida uzluksiz ta‘lim tizimining umumiy o‘rta 
ta‘lim maktablarida geometriyaning mazmunini tahlil qilish asosida uning 
maqsad va vazifalarini aniqlash, jumladan matematika fani mazmunining 
mutaxassislikka yo‗naltirilganlik, uzluksizlik va uzviylik tamoyillariga javob 
berishi tahlil qilindi.
2
Bunda horijiy davlatlar, O‗zbekiston Respublikasi 
olimlarining fikr-mulohazalarini e‘tiborga olgan holda yuqorida ta‘kidlangan 
muammolar yuzasidan takliflar berishga harakat qilindi. 
Ko‗pgina geometrik tushunchalar, ba‘zida butun bir geometrik nazariyalar-
ning vujudga kelishi bilan geometriyadan tashqarida bir qancha vaqt davomida 
o‗z tadbig‗ini topmaydi. Geometriya – matematikaning muhim bo‗limlaridan 
biridir. Geometriya fanining qator fundamental faktlarini (tushunchalarini) 
umumiy nuqtai nazardan qayta ko‗rib chiqish natijasida rivojlantiriladi.
3
Umumiy o‗rta ta‘lim maktablari uchun 2020-2021-o‗quv yiliga mo‘jallangan 
tayanch o‗quv rejani tasdiqlash to‗g‗risida 2020-2021-o‗quv yiliga mo‗ljallangan 
tayanch o‗quv reja quyidagi tamoyillarga yo‗naltirilgan: O‗zbekiston 
Respublikasi xalq ta‘limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi 
asosida: PISA {Programme for International Student Assessment), PIRLS 
{Progress in International Reading Literacy Study), TIMSS (Trends in 
2
Oʻzbekiston Respublikasi ―Taʻlim toʻgʻrisidagi qonuni‖. 2020 yil 23 sentabr OʻRQ637, 63 b. 
3
Mirziyoyev Sh Oliy majlisga murojaatnomasidan. Toshkent 2020yil.



Mathematics and Science Study) xalqaro miqyosda o‗quvchilami baholash 
dasturida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‗rish; ―STEAM- ta‘lim‖ (Science, 
Technology, Engineering, Art, Mathematics- biologiya, kimyo, fizika, 
informatika, matematika, tasviriy san‘at, musiqa) dasturini joriy etish; 
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan umumiy o‗rta ta‘limning davlat ta‘lim 
standartini amaliyotga joriy qilish; ―Tarbiya‖ fanining o‗qitilishini bosqichma-
bosqich joriy etish; raqamli iqtisodiyot asoslari hamda informatika va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari bo‗yicha o‗quvchilarga bilim berish; O‗zbek 
tilining ona tili va davlat tili sifatida o‗qitilishini ta‘minlash; 2018-yil 27-aprelda 
tasdiqlangan 0341-16 (l)-son Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena 
normativlari (SanQvaN)ga amal qilish.
4
Hozirgi zamon fanlarining rivojlanishida geometriyaning fizika, biologiya, 
ximiya va boshqa fanlarga keng tatbiq qilinmoqda.
5
Geometriya shunday fanki, u geometrik figuralarning sifatiy xossalarini 
tekislikda (ikki o‗lchovli), uch o‗lchovli fazoda va yuqori o‗lchamli fazolarda 
ham o‗rganishga yordam beradi. 
Yuqoridagi omillarni hisobga olib ―Umumiy o’rta ta’lim maktablari geometriya 
kursida ko’pyoqlar, aylanish jismlari hajmi va sirtini o’qitish metodikasini 
takomillashtirish‖ni o‗rganishga bag‗ishlangani ilmiy-tadqiqot ishi, jumladan 
ushbu bayon etilayotgan magistrlik dissertatsiya ishi mavzusining dolzarbligini 
aytish mumkin. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling